Sana: Mavzu : 1– 7 misol va masalalar. Massa birliklari orasidagi munosabatlar Maqsad


Download 40.4 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi40.4 Kb.
#159096

Sana:__________________________

Mavzu : 1– 7 - misol va masalalar. Massa birliklari orasidagi munosabatlar

Maqsad: O’quvchilarni DTS talablari asosida bilim berish. 1 dan 1000 000 gaca bo’lgan sonlar ichida to’rt arifmetik amallarni bilishi.

Ta’limiy: O’quvchilarga massa birliklari orasidagi munosabatlar haqida bilim berish.

TK1 matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.TK2 axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; uchta sonning o‘rta arifmetigini topish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni mehnatsevarlik, ishchanlik, tirishqoqlik sifatlarini tarbiyalash.. TK3 ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish; o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtira olish.TK4 atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish. FK1 narx, miqdor, baho kabi kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarga oid masalalarni yecha oladi.

Dars turi: Yangi tushuncha berish.

Metodi: Savol javob, muammoli vaziyat , zinama – zina.

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari.

Darsning borishi:

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish

b) ma’naviyat daqiqasi “Obod turmush yili” mavzusida suhbat.

d) ingliz tili daqiqasi 62 - sixty – tvo, 63 - sixty –three.

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

O’tgan mavzuni mustahkamlab yangi mavzu bilan bog’lash.



III Yangi mavzu bayoni 1. 4 t; 7 q; 5 q; 16 q ni kilogrammlarda;

4 t = 4000 kg; 7 q = 700 kg; 5 q = 500kg; 16 q = 1600kg;

2) 5 000 kg; 300 000 kg; 715 000 kg ni tonnalarda;

5 000 kg = 5 t; 300 000 kg = 300t; 715 000 kg = 715 t;

3) 2 kg; 3 kg; 5 kg; 11 kg; 40 kg ni grammlarda ifodalang.

2 kg = 2000g; 3 kg = 3000g; 5 kg = 5000g; 11 kg = 11000g; 40 kg=40000g;



2. Haydovchi tirkamali yuk mashinasida 12 t g‘alla keltirdi. Tirkamada 8 t g‘alla bor edi. Yuk mashinasining o‘zida qancha g‘alla bo‘lgan? Berilgan masalaga teskari ikkita masala tuzing.

Yechish: 12 – 8 = 4 Javob: 4 t g`all abo`lgan.

3. Tomorqaga lavlagi, sabzi, piyoz va kartoshka ekilgan. Diagrammada tomorqaga ekilgan ekinlar egallagan maydon ko‘rsatilgan. Shu diagramma yordamida har bir ekin uchun ajratilgan yer maydonining yuzini hamda butun tomorqa yuzini aniqlang:

Yechish:

Rediska – 20 m2

Sabzi - 35 m2

Piyoz - 15 m2

Kartoshka - 110 m2

20 + 35 + 15 + 110 = 180 m2

Jvob: 180 m2

IV Mustahkamlash: Berilgan misollarni o`quvchilar mustaqil bjaradilar. Ular ishlarini nazorat qilish.

4. 47 m 50 cm – 18 m 75 cm = 28 m 75 sm 5 t 423 kg + 2 t 908 kg = 8 t 331 kg.

V Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.

VI Uyga vazifa. 5 – 6 – misol va masala. Omborda 260 kg olcha bor edi. Maktab oshxonasiga har birida 6 kg dan 8 ta yashik, bolalar bog‘chasiga har birida 5 kg dan 7 ta yashik, qahvaxonaga 8 kg dan 9 ta yashik olcha jo‘natildi.

Yechish: 6 · 8 = 48 5 · 7 = 35 8 · 9 = 72 48 + 35 + 72 = 155 260 – 155 = 105

1) Ombordan necha kilogramm olcha jo‘natildi? 6 · 8 + 5 · 7 + 8 · 9 = 155

2) Omborda necha kilogramm olcha qoldi? 260 – 155 = 105

Har bir savolga javob berish uchun ifodalar tuzing va ularning qiymatini toping.

6. Ifodalang: 1) kilometr va metrlarda: 4 098 m = 4 km 98 m; 45 981 m = 45 km 981m;



2) tonna va kilogrammlarda: 28 691 kg = 28 t 691 kg; 2 790 kg = 2 t 790 kg;


Download 40.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling