Sana Mavzu: Yer usti va yer osti suvlari Darsning ta'limiy maqsadi


Download 392.54 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi392.54 Kb.
#154926
Bog'liq
iiiiiiii


Sana___________

Mavzu: Yer usti va yer osti suvlari

Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga daryo va ko’llar,muzning erishi va suvning qaynashi haqida bilim va ko'nikmalarini shakllantirish. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish.T.k.6 tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish,F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi,

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarni suvni toza saqlash, ifloslantirmaslik va undan tejab- tergab foydalanishga o'rgatish. T.k.3 o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.T.k.4 farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish,

Darsning rivojlantish maqsadi: :o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stirish, ekologik dunyoqarashini va tafakkur doirasini kengaytirish.F.k.1 O‘z o‘lkasining tabiati va tarixiy yodgorliklari haqida aytib bera oladi.

Darsning jihozlari maktab globusi, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlar, O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, darslik.

Darsda qo'llaniladigan metod: Suhbatlashish tajribalar o’tkazish

Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini tekshirish, ularning darsga tayyorligini aniqlash, maktab globusini o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish.

II. Uy vazifasini so`rash: : Avvalgi darsda o'tilgan « Tabiatshunoslik nimani o’rganadi» mavzu yakunida berilgan savollarga o'quvchilar javob beradilar. Javob bergan o'quvchilarga qo'shimcha savollar beriladi.

III. Yangi mavzuning bayoni.

Okean va dengizlar

Ona zaminimiz -Yer shar shaklida. Yer yuzini o‘rganish uchun globusdan foydalaniladi. Globus - Yer sharining kichraytirilgan shakli (4- rasm). Globus sirtining katta qismini havorangda tasvirlangan suv egallagan.Bu - okean va dengizlardir. Okeanning quruqlikka tutashgan qismida dengizlar joylashgan (5- rasm).

Dengiz — okeanning bir qismidir. Ba’zi dengizlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan, Dengiz va uning sohili

Okean va dengizlarning suvi sho‘r bo‘ladi va ichishga yaramaydi.

Odamlar okean va dengizlardan ko‘p miqdorda baliq ovlaydilar. Ulkan kemalarda yuklarni okean va dengizlar orqali tashiydilar.



Amaliy ish

1.Globusni ko‘rib chiqing. Okeanlarni toping, nomlarini daftaringizga yozing.

2.Globusdan bir nechta dengizni toping va ularning nomlarini daftaringizga yozing.

Daryo va ko‘llar

Globusda ilon izi shaklidagi havorang egri-bugri chiziqlar bor. Bunday chiziqlar daryolarni bildiradi.

Daryolar, asosan, tog‘lardan boshlanadigan jilg‘a- lardan hosil bo‘ladi (6- rasm). Daryolar o‘z yo‘lida shar- sharalarni hosil qilishi mumkin (7-rasm). Ularning suvi dengiz va ko‘llarga quyiladi. Daryolar suvidan dala va bog‘larni sug‘orishda, aholi ehtiyojini qondirishda foydalaniladi.

O‘lkamiz hududidan Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolar oqib o‘tadi.

Yer yuzining ba’zi joylarida tabiiy ravishda ko‘p niqdorda suv yig‘ilib qoladi. Bunday suv to‘plangan joy ko‘l deb ataladi (8- rasm).

Bir qismi o‘lkamiz hududiga tegishli bo‘lgan Orol dengizi aslida ko‘ldir. U dengiz kabi katta, suvi sho‘r va taxir bo‘lgani uchun qadimdan dengiz deb atalgan. O‘lkamizda Sariqamish, Aydarko‘l, Arnasoy kabi yirik ko‘llar ham mavjud.

Okean, dengiz, daryo va ko‘l suvlari yer usti suvlarini tashkil etadi.



Amaliy ish

Globusdan bir nechta daryo va ko‘lni toping. Ularning nomini daftaringizga yozing.

Muzliklar. Yer osti suvlari

Yer sharining Shimoliy va Janubiy qutblari eng sovuq joylardir (9-a, b rasm). Bu qutblar va ularning atrofini qoplagan muzliklar yozda ham erimaydi. Bunday joylar doimiy muzliklar deb ataladi.


9-rasm. Doimiy muzliklar egallagan joylar

Baland tog‘larning cho‘qqilaridagi qor va muzlar ham yozda erimaydi (9- d rasm). Ular ham doimiy muzliklarni tashkil etadi.

Yomg‘ir va qor suvlari hisobiga dala va bog‘lar sug‘oriladi. Suvlarning bir qismi yer ostiga singib ketadi. Bu suvlar yer osti suvlarini hosil qiladi. Ba’zi joylarda yer ostidagi suvlar dengiz, daryo yoki ko‘l suvlariga qo‘shilib ketadi. Ayrim joylarda buloq bo‘lib sizib chiqadi.

Suv. bormagan joylarda quvurlar orqali yer ostidan suv tortib chiqariladi. Ba’zi joylarda chuqur quduq qazib ham yer osti suvlaridan foydalaniladi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Tayanch so‘zlar: globus, okean, dengiz, yer usti suvlari, yer osti suvlari, buloq, quduq, daryo, ko‘l.

Savollar

1.Okean va dengiz bir-biridan qanday farq qiladi? Ularni globusdan ko’rsating.

2.Okean va dengiz suvlarini nima uchun ichib bo’lmaydi?

3.Daryo va ko’l deb nimaga aytiladi? O’lkamizda qanday yirik daryo va ko’llar mavjud?

4. Muzliklar qayerda bo’ladi?

5. Yer osti suvlari haqida nimalar bilasiz?



Topshiriq

Krassvordni daftaringizga ko’chiring va yeching.



Krassvord

Bo’yiga:

1.Oqar suv.2.Yer yuzining eng ko’p suv

yig’ilgan joyi. 3. Yozda ham qor va muz

bo’ladigan joy.



Eniga:

1.Okeanning bir qismi.4.Tabiiy

ravishda chuqurlikda yig’ilgan suv.

5.Yer ostidan sizib chiqadigan suv.



V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Oquvchilar bilimi baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.Mavzuni o`qib, gapirib berishga tayyorlanib kelish.

Savollarga jajob berishga tayyorlanib kelish.
O`IBDO`:_______________________________

Sana:_____________________

Mavzu: Quyosh sistemasidagi boshqa osmon jismlari.Kosmonavtika

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini o’stirish

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning axloqiy tarbiyalarini mustahkamlash

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga iqtisodiy bilimlar berish.



Kommunikativ kompetensiya:

mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, darslikdan foydalanib, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish; darslik, o‘quv atlasi ma’lumotlardan samarali foydalanish; muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :

kompyuter, televizor va boshqa manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, ulardan samarali foydalana olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

fan to‘garagida mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

farzandlik, o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrash.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.

Dars turi: Yangi materialni o’rganish

Dars jihozi: rasmlar,bukletlar

Darsning borishi.


T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.

O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.

Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.

Yangi mavzu bayoni.

Tunlari yulduzlar orasida «bosh» va unga ergash-gan «dum»dan iborat osmon jismini kuzatish mumkin. «Bosh» va «dum»dan iborat bo‘lgan Quyosh sistem asidagi osmon jism i kometa deyiladi. Kometaning boshi qattiq holatdagi tosh, temir va boshqa moddalardan, dumi esa gaz va changlardan iborat. Boshining diametri bir necha kilometr, dumining uzunligi esa bir necha million kilometrgacha bo‘ladi. Kometalar orasida shunday ulkanlari borki, ularning uzunligi 200 million kilometrdan ortiq, ya’ni Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofadan ham katta.



Kometalar Quyosh atrofida sayyoralar kabi ma’lum orbita bo‘yicha aylanib yurmaydi. Ular sayyoralarning orbitasini kesib o‘tib, Quyoshga gohida yaqinlashadi, gohida uzoqlashadi. Masalan, katta kometaning boshi Venera sayyorasining oldida bo‘lsa, dumining uchi Mars sayyorasi yonida bo‘lishi mumkin. Quyosh sis-temasida 6 mingdan ortiq kometalar bor. Ba’zan say­ yoralar o‘z yo‘lida kometaning dumi orasidan o‘tadi. Kometalar dumini Yer sayyorasi ham kesib o‘tishi mumkin. Agar shunday hodisa yuz bersa, kometa dumini tashkil etgan gaz va changlar Yer sharini o‘rab turgan havoda yo‘q bo lib ketadi. Bizga keyingi 200 yil ichida kometalar Yer bilan ikki marta to‘qnashgani ma’lum. Ikkala holda ham kometaning dumi Yer sharini kesib o‘tgan. Lekin Yer shari zarar ko‘rmagan. Mabodo kometaning boshi Yer shariga yaqinlashsa, undagi tosh va temirlar havoda erib ketadi. Chunki kometa boshi Yerga juda katta tezlik bilan yaqinla-shayotganda havoga ishqalanib erib ketadi. Yerni o ‘rab turgan havo bizni kometalardan himoya qilib turadi.



Yangi mavzuni mustahkamlashYangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan . Kartochkalar orqali savol-javob o’yini o’tkaziladi

Kosmonavtikaning qisqacha tarixi, amaliy vazifalari

Kosmonavtika (yunoncha) - Yer atmosferasidan tash-qarida koinotni kosmik apparatlar (9-rasm) yordamida tekshirish bilan shug‘ullanadigan ilm va amaliyot sohasi.

Kosmonavtika 20-asrning boshlaridan rivojlana boshla-di. 1957-yil 4- ktabr kuni Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirildi.

1961-yil 12-aprel kuni esa fazoga birinchi inson uchdi. Rus kosmonavti Y. A. Gagarin «Vostok-1» havo kemasi-da Yer atrofini 108 minut davomida aylanib chiqdi.

1969-yilda amerikalik N. Armstrong va Y. Oldrin «Apol-lo -11» havo kemasida Oyga qo‘ngan.

O‘tgan davr mobaynida bir qancha mamlakatlar tomoni-dan yuzlab havo kemalari uchirilib, Quyosh sistemasidagi sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari o‘rganildi. Shuningdek, Quyosh sistemasidan tashqaridagi, juda olisdagi osmon jismlari ham o‘rganilib, ko‘plab kashfiyotlar qilinmoqda.



1. Kometa deb qanday osmon jismiga aytiladi?
2. Kometalar qanday ko‘rinishda va kattalikda bo‘ladi?
3. Meteor qanday osmon jismi? Tunlari osmonda ularni ko‘rganmisiz?
4. Meteorlar nima uchun Yerga kelib urilavermaydi?
5. Meteorit nima? Meteor meteoritdan nimasi bilan farq qiladi?

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.. Darsga yakun yasash, baholash metodlari va ajratilgan vaqti 5 minut

Uyga vazifaUyga vazifa berish va ajratilgan vaqti 4 minut. Mavzuni o’qib kelish.

O’IBDO’:_______________
Download 392.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling