Sana: Sinf: 6 – sinf Mavzu: Sifat Darsning maqsadi


Download 1.76 Mb.
Sana20.12.2019
Hajmi1.76 Mb.
  • Sana:
  • Sinf: 6 – sinf
  • Mavzu: Sifat
  • Darsning maqsadi:
  • a) ta`limiy maqsad: o`quvchilarga sifat haqida ma`lumot berish;
  • b) tarbiyaviy maqsad: tabiatga muhabbat, vatanparvarlik, axloq-odob tuyg`ularini singdirish;
  • d) rivojlantiruvchi maqsad: so`zlarga izoh berish malakasini hosil qilish, fikrlash qobiliyatini shakllantirish.
  • Dars turi: aralash
  • Dars usuli va uslublari: suhbat, ko`rsatish, munozara,
  • guruhlarda ishlash
  • Dars jihozi: darslik, multimediya, tarqatmalar, “kredit
  • kartochkalar” …

Dars bosqichlari jadvali:

  • Guruhlarga topshiriqlar
  • berish orqali
  • o`tilgan mavzuni so`rash
  • Yangi mavzuni bayon
  • etish
  • Xotira mashqlari va
  • mashqlarni bajarish
  • orqali mavzuni
  • mustahkamlash
  • Dars yakuni va
  • o`quvchilarni
  • baholash
  • Uyga topshiriqlar
  • berish
  • Tashkiliy qism
  • 1
  • D a r s b o s q i c h l a r i
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 15 daqiqa
  • 10 daqiqa
  • 2 daqiqa
  • 10 daqiqa
  • 5 daqiqa
  • 3 daqiqa
  • II. O`tilgan mavzuni so`rash:
  • O`tilgan mavzuni so`rashda o`quvchilar
  • 4 guruhga ajratiladi. Har bir guruhga
  • Topshiriq beriladi. O`quvchilar berilgan
  • topshiriqni guruh bo`lib bajaradilar.
  • Topshiriq sharti:
  • Berilgan gaplardagi otlarni aniqlang, ajratib
  • ko`rsatilgan so`zning qaysi gap bo`ladi
  • vazifasida kelayotganini ayting.

Matn namunasi:

  • Namuna:
  • 1. Oila -jamiyatning bir bo`g`ini.
  • 2. Ona-aziz va mo`tabar zot.
  • 3. Vatan -muqaddas go`sha.
  • 4. Maktab –ziyo tarqatuvchi dargoh.
  • Topshiriq.
  • Berilgan so`z birikmalaridan qanday,? qanaqa, ? qaysi so`roqlariga javob bo`luvchi so`zlarni aniqlang.
  • Chiroyli ko`ylak, baland bino, devoriy gazeta, qiziq gap kuzgi ekin.
  • III. Yangi mavzu bayoni:
  • Yangi mavzuni o`tishdan oldin o`qituvchi guruhlar ishtirokiga qarab “Bilimlar banki”ning “kredit kartochkalari” berib borilishini e`lon qiladi. Kartochkalarga “5”, “4”, “3” raqamlari yozilgan.
  • Nazariy ma`lumotlarni izohlashdan oldin darslikda berilgan topshiriqlar bajariladi.
  • Tarkibiga ko`ra tub
  • yasama
  • Tuzilishiga ko`ra sodda
  • qo`shma
  • juft
  • takroriy
  • Ma’nosiga ko`ra
  • xususiyat sifatlari makon-zamon
  • sifatlari
  • Rang –tus sifatlari
  • maza-ta’m sifatlari
  • hajm-o`lchov sifatalri Hid sifatlari
  • Topshiriqlar asosida nazariy
  • ma`lumotlar aytiladi va izohlanadi
  • Otga bog`lanib, uning belgini bildiradigan va qanday? qanaqa? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlarga sifat deyiladi.
  • (Quyidagi ko`rgazma doskaga ilinadi va o`quvchilarga topshiriq berildi)
  • Topshiriq:
  • Berilgan so`zlarga mos sifatlar toping
  • (Kodoskopdan yoki multimediya orqali bo`lishsizlik olmoshiga oid ma`lumot ko`rsatiladi)
  • vatan
  • bahor
  • ona
  • oila
  • 3. Moviy osmonda qushlar erkin sayr qilmoqda.
  • N A M U N A :
  • 4. Gullarning xushbo`y hidi dimoqqa uriladi.
  • 2. Odobli bola- elga manzur.
  • Guruhlarga bittadan gap tuzish topshiriladi. Gapdagi sifatlar aniqlanadi. Gaplarning tarbiyaviy tomoniga e`tibor qaratiladi. Darsning tarbiyaviy maqsadi amalga oshiriladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

  • 325-mashq. (Doskada bajariladi)
  • Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib, gaplarni yozadi, sifatlarni topib, izohlaydi.
  • Baqqol amaki o`zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshanasi keng, yakkam-dukkam soqolli, burni puchuq, iyagi kalta odam .
  • 326-mashq. (Mustaqil bajariladi)
  • O`quvchilar matnni ko`chiradilar. Sifatlarni topib, ularning qanday so`roqqa javob bo`layotganini aniqlaydilar.
  • Yo`lga tushishdi. Kech kirib, ajib bir so`lim payt boshlandi.
  • Yonbag`irlar ko`m-ko`k . Bu taraflarda mashinalar ko`p
  • qatnamaganidan chang-to`zon bo`lmas, tez-tez yomg`ir
  • quyib turganidan daraxtlarning shundog`am beg`ubor
  • barglari yuvilib, xandon pista mag`izidek och yashil tusda
  • ko`rinar edi. Yo`lning bir tomoni azamat toshlar
  • qalashgan yonbag`irlik , bir tomoni soy. Unda yuqoridan
  • shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib,
  • qirg`oqqa sapchib oqardi.

MUSTAQIL ISH

  • Berilgan so`zlar oldidan sifat topib qo`ying.
  • olma
  • koptok
  • qiz
  • gazeta

V. Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash. Savollar:

  • Sifat deb nimaga aytiladi?
  • Sifatlar qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
  • Rang –tus bildiruvchi sifatlarga misollar keltiring.
  • Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar ishtirokida gaplar tuzing
  • Belgi-xususiyat bildiruvchi sifatlar qaysilar?
  • VI. Uyga vazifa 327-mashq. Ertalab barvaqt turing. Tong tasvirini daftaringizga tushiring. Unda sifatlardan foydalaning
  • O`quvchilarni “kredit kartochkalari” bilan “5”, “4”, “3” baholar bilan baholanadilar. “Kredit kartochkalari” jamlanadi. Bu kartochkalarni nimaga ishlatish so`raladi.
  • Javoblar: 1-guruh. Biz bu “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni “Mehribonlik uyi” uchun sarflamoqchimiz. 2-guruh. Biz “Kredit kartochka” dagi mablag`imizni jismonan sog`lom bo`lgan sportchilar uchun sarflamoqchimiz. 3-guruh. “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni mustaqil O`zbekistonning rivoji uchun sarflamoqchimiz. 4-guruh. Biz “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni ta`lim sohasi uchun sarflamoqchimiz. 5-guruh. Biz “Kredit kartochka”dagi mablag`imizni oilalar mustahkamligi uchun uchun sarflamoqchimiz.

O`zbekiston Respublika Xalq Ta’limi Vazirligi


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling