Sana: Sinf: 7 Fan


Download 1.54 Mb.
bet4/7
Sana09.09.2022
Hajmi1.54 Mb.
#803137
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 sinf amir temurning harbiy yurishl
РЕЗИНА БИЛАН ЎЙИБ ОЛИШ ВА ЎЙИШ, axborotnoma I variant, амалиёт хисоботини тайёрлаш такдимоти, kurs ishi namuna, kurs ishi namuna, kurs ishi namuna, kurs ishi namuna, menejment asoslari, 1 Past Simple(1) 5233537548, 10-11- sinf algebra, 20200620190033, 27-01 08-35, 0000612812, Globalnye ekologicheskie problemy, e3l2writingparagraphs
Yangi mavzuni bayoni (15 daqiqa)
Mamlakat xavfsizligi yo‘lida
Amir Temur saltanatiga xavf solib turuvchi kuchlar hali bartaraf etilmagan edi. Bir tomondan, Mo‘g‘uliston xonlari Chig‘atoy ulusini birlashtirishga intilib tinchlik bermasdi. Ikkinchi tomondan, Oltin 0‘rda va Oq 0‘rdaga bo‘linib ket- gan Jo‘ji ulusi xonlari ham shimoliy hududlar hamda Xorazm tomon­dan xavf solib turardi.
Biroq bu davrda Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oq O‘rda va Oltin O‘rda edi. Avval Amir Temur Oltin 0‘rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga harakat qiladi. Lekin u Jo‘ji ulusini o‘z davlatiga qo‘shib olish niyatida emas edi. Amir Temur Oltin O‘rdaning Movarounnahrga tutashgan sharqiy qismini o‘z ta’siri ostiga olish hamda uning poytaxti Saroy Berka orqali o‘tadigan karvon yo‘lini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko‘zlaydi.
Amir Temur o‘z maqsadini amalga oshirish uehun Jo‘ji ulusidagi o‘zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi. Oltin O‘rdada toj-taxt uchun ayovsiz kurash boshlangan edi. Bunday sharoitda ba’zi chingiziylar turli tomonlarga qochib jon saqlaganlar. Ulardan biri To‘xtamish Oq 0‘rdadan qochib Samarqandga keldi. Amir Temur unga izzat-hurmat ko‘rsatdi, oxir-oqibatda u Amir Temur yordamida Oltin O‘rda taxtini egalladi.
Amir Temur va To‘xtamish
Keyinchalik To‘xtamish xoinlik yo‘liga kiradi. U Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o‘tadi. Natijada Amir Te­mur To‘xtamishga qarshi uch marta qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi.
S o‘nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy Kav- kazda Tarak (Terek) daryosi bo‘yida sodir bo‘ldi. Shiddatli muhoraba uch kun davom etdi. Bu safar Amir Temur qo‘shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o‘qqa tutish usulini qo‘lladi. O‘q va qilich zarbiga chiday olmagan To‘xtamish qo‘shinining safi buzilib, orqaga chekindi va tarqalib ketdi. To‘xtamishxon sanoqligina askari bilan qochib changalzorga kirdi va ta’qib etib kelayotgan askarlardan bekindi. Rusiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiy- laming ta’kidlashicha, Amir Temurning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling