Sana: Sinf: 7 Fan


Eron, Iroq, Shorn, Hindistonga yurish


Download 1.54 Mb.
bet5/7
Sana09.09.2022
Hajmi1.54 Mb.
#803137
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 sinf amir temurning harbiy yurishl
РЕЗИНА БИЛАН ЎЙИБ ОЛИШ ВА ЎЙИШ, axborotnoma I variant, амалиёт хисоботини тайёрлаш такдимоти, kurs ishi namuna, kurs ishi namuna, kurs ishi namuna, kurs ishi namuna, menejment asoslari, 1 Past Simple(1) 5233537548, 10-11- sinf algebra, 20200620190033, 27-01 08-35, 0000612812, Globalnye ekologicheskie problemy, e3l2writingparagraphs
Eron, Iroq, Shorn, Hindistonga yurish
Amir Temur o‘z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengay- tirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shorn (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar deb nom olgan. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gur- jiston va Armanistondagi (Van ko‘li atrofidagi) yerlar egallanadi. Amir Temur o‘z ixtiyori bilan taslim boiib, moli omon to‘lagan sha- harlarga tegmagan, qo‘shinlami bunday shaharlarga kiritmagan.
Erondagi muzaffariylar, jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayir- machilik harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko‘tarilgan qo‘z- g‘olonlar Amir Temuming Eronga yana yurish qilishiga olib keldi. Bu besh yillik (1392-1396) urush davomida G‘arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi. 1398-1399 yillarda Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi.
1399-1404-yillarda Eron, Old va Kichik Osiyolarga bir necha yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi bilan kirgan.
Keng koiamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni yaxshilash tarafdori bo‘lgan. Ziddiyatlarni diplomatik yo‘l bilan hal qilish maqsadida ikki tomon o‘rtasida to‘rt marta xat al- mashish tashabbuskori bo‘lgan. Sulton Boyazid esa har safar qaysar- lik, manmanlik qilgani, hatto Amir Temur nomiga nomaqbul so‘zlami ham yozganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Boyazid qora- qo‘yunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylaming Amir Temurga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan. Shu omillar tufayli bu ikki davlat o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lishi muqarrar bo‘lib qoldi.
Anqara jangi
Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvehi jang 1402-yil, 20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir boiadi. Bu jang tarixda «Anqara jangi» deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi boiib 360 ming nafar, shu jumladan, Sohibqiron Amir Temuming taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan qo‘shinning markaziy qismiga Amir Temuming o‘zi qo‘mondonlik qiladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohib­qiron kuchlari turk qo‘shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Uning bilan birga o‘g‘li Muso Chalabiy ham asirga tushadi. Amir Temur rumlik askarlami ta’qib etib Bursa va 0‘rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etadi va salbchilaming Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Amir Temurga Misr ham o‘z itoatkorligini izhor etadi. Vizantiya va boshqa xristian olamidan Boyazidga beriladigan bojlar endi Amir Temurga to‘lanadigan bo`ldi.
Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temumi Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohib­qiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Us­monli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo‘shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temuming to‘satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling