Sana: Sinfi: VI o’quvchi soni: Qatnashdi: Fan


Download 44.02 Kb.
Sana03.03.2020
Hajmi44.02 Kb.

Sana:_______

Sinfi: VI

O’quvchi soni: ______

Qatnashdi: ______

Fan: Botanika

Mavzu: Qarag’ay.

Darsning texnologik xaritasi


Mavzu: Qarag’ay.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ochiq urug’lilar,qarag’ay, urg’ochi qubba,erkak qubba ,arxegoniy,antiridiy , qubba meva bo’yicha bilim ko’nikma hosil qilish.

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha tarifi: O’quvchilarga mustaqil ishlarga berilgan ishlarni mustahkamlash hamda mavzuda olgan bilimlari bilan taqqoslash

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Metod: suhbat, munozara,savol-javob, mustaqil ish.

Shakl: jamoa, guruh bilan ishlash

Jihoz: mavzuga doir ko'rgazmalar. Ochiq urug’li o’simliklarning gerbariy nusxalari, “Qarag’ayning ko’payishi va rivojlanishi” jadvali va modellari.

Nazorat: o’quvchilarning darsdagi faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: o’quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari:

Maqsadlar: Maqsadlar:

Talimiy: O’quvchilarni Qaraga’ayning tuzilishi,tarqalishi,ko’payishi va ahamiyati bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish ekalogik va estetik tarbiya berish .

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning ochiq urug’lik o’simliklar haqidagi bilimlari,tabiiy obeyktlari bilan ishlash, taqqoslash va darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.



Kutilayotgan natija: Dars yakunida o’quvchilarning olgan bilimlari bo’yicha bilim ko’nikmalari mustahkamlanadi.




Dars jarayoni va texnologiyasi

Bosqichlar

Mazmuni

Vaqti

1-bosqich

Tashkiliy qism



Salomlashish. O’quvchilarni darsga tayyorgarligi, sinfda psixologik muhit yaratish.

7 daqiqa

2-bosqich. O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash

O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, hamda uyga vazifa bajarilganligini tekshirish.

7 daqiqa



3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzuning mazmunini tushuntirish. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.

25 daqiqa

4-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash

O’quvchilarni egallagan bilim, ko’nikma va malakalari savol-javob orqali aniqlanadi. O’quvchilar rag’batlantiriladi.

4 daqiqa


5-bosqich. Darsni yakunlash, o’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish

Baholarni e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish, o’quvchilar bilan xayrlashish.

2 daqiqa



Darsning borishi: 

I. Tashkiliy qism.

Noan’anaviy usulda salomlashish. Bunda o’quvchilar bir-birlariga qarab oladilar.

O’qituvchi: Inglizlar bir-birlari bilan qanday salomlashadilar?

O’quvchilar: Hello, deb salomlashadilar.

O’qituvchi: Ruslar bir-birlari bilan qanday salomlashadilar?

O’quvchilar: Zdrastvuyte deb salomlashadilar.

O’qituvchi:  Hindlar bir-birlari bilan qanday salomlashadilar?

O’qituvchi: Bizning o’zbek millatida kichiklar kattalarga qanday salom beradilar?

O’quvchilar: Ustozlarga qarab “Assalomu alaykum”deyishadi.

Navbatchi o’quvchi ma’lumot beradi.

Tartib posboni o’quvchilarning darsga tayyorgarligini ko’rib chiqadi.

Siyosiy daqiqa 5 min.

O’qituvchi: Bizning bilim olishimizdan maqsadimiz nima?

O’quvchilar:  shior aytadilar: “Vatanga munosib farzand bo’lamiz -Kelajagi buyuk davlat quramiz”.

O’qituvchi: Bugungi darsimiz nima?

O’quvchilar: Botanika

O’qituvchi: Botanika bizga nimani o’rgatadi?

O’quvchilar: Atrof olam sirlarin…

II.O’quvchilar bilimini batanikadan mustaqil o’quv-ish daftaridagi test topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash.

I.Ochiq urug’li o’simliklarning aniqlang

A)Archa qirqquloq,saur B).Qara’ay archa saur

D) Qirqbo’g’in qirqqoloq,qora qarag’ay E) Terak ,archa qarag’ay

2.Ikki uyli ochiq urug’li o’simlikni toping.

A) Archa B) Qarag’ay D) Qaraqarag’ay E) Terak

3.Bahor ohirlarida erkak archalarning yosh novdalarida nimalar hosil bo’ladi.

A)changchi qubbalar B) Urug’chi qubbalar

D) Arxegoniya E) Changdonachalari

4.Bahor oxirlarida urg’ochi archalarning yosh archalarida nimalar hosil bo’ladi

A) Changchi qubbalar B) Urug’chi qubbalar

D) Chang donachakar T) Urug’ kurtaklar

5.Changchi qubbalarda nimalar yetiladi.

A) Arxegoniya B) Tuxum hujayra

D) Urug’ kurtak E) Chang donacha

6.Urg’ochi qubbalarda nimalar hosil bo’ladi

A) Chang donachalar B) Urug’ kurtak

D) Tuxum hujayra E) Arxegoniya

7.Urug’ kurtagidagi arxegoniyada nima yetiladi

A) Arxegoniya B) Tuxum hujayra

D) Qibba meva E) Chang donachalar

8)Archaning mevasi nima deb ataladi?

A) Qubba meva B) Dukkak meva

D) Qo’zoq meva E) Rezavor meva

9.Shimoliy Amerkadan keltirilgan archani aniqlang.

A) Sharq sauriy B) Zarafshon archasi

D) Virgin E) Turkiston archasi

10.Archadoshlar oilasiga mansub mahzarali o’simlikni aniqlang.

A) Sharq sauri B) Turkiston archasi

D) Qarag’ay E) Zarafshon archasi

III. O’tgan mavzuni yakunlash va yangi mavzuni o’rganish

IV.O’quvchilar faoliyatini yangi mavzuni o’rganishga qaratish va modulining didaktik maqsadi bilan tanishtirish.

Qarag’ay turkumi qarag’aydoshlar oilasiga mansub bo’lib, Yer yuzida turkumning 100 ga yaqin turi o’sadi. Ular asosan Shimoliy Yarimsharda tarqalgan. Yevropa, Osiyo va Amerikada katta-katta maydonlarda qarag’ay o’rmonlari mavjud.

O’zbekistonda qarag’aylar tabiiy holda o’smaydi. Lekin ularning 10 ga yaqin turi O’zbekistonda eng yaxshi xushmanzara va yog’ochbop o’simlik sifatida ekib o’stiriladi. Qarag’aylardan eng keng tarqalgani oddiy qaragay hisoblanadi (56-rasm). O’zbekiston sharoitida uning balandligi 10 – 20 m oralig’ida bo’ladi.

Oddiy qarag’ay bir uyli yorug’sevar, doimo yashil daraxt. Tanasi qizg’ish-qo’ng’ir, shox-shabbasi o’sish sharoitiga qarab turlicha bo’ladi. Ochiq joylarda o’sgan tuplari juda ham sershox va salobatli bo’ladi.



Barglari novdalarda 2 tadan bo’lib o’rnashgan, uzunligi 5 – 7 sm, och yashil rangli. Oddiy qarag’ay urug’idan yaxshi o’sadi.

Changchili qubbalari bahor oylarida yillik novdalarning pastki qismida boshoqsimon zich «to’pgul» hosil qilib o’rnashadi. Qubbalarning o’rtasidan o’tadigan o’qda spiral shaklida tangachalar, tangachalarning ostki qismida changdonlar o’rnashgan. Changdonlar ichida changlar hosil bo’ladi va shamol yordamida urug’chi qubbalarga uchib o’tadi.

Urugchili qubbalari bittadan yoki ikkitadan uzun novdalarning uchida paydo bo’ladi. Qubbaning o’rtasidan o’qqa urug’chi tangachalar birlashadi. Bu tangachalarda 2 ta urug’kurtak joylashadi.

Urug’langan tuxum hujayradan murtak, undan esa urug’ hosil bo’ladi.

 

56-rasm. Oddiy qarag’ay: 1 – urug’chi qubbali shoxchasi; 2 – changchi qubbali shoxchasi; 3 – yetilgan urug’chi qubbasi.

 

Oddiy qarag’ayning qubbalari 2 yilda yetiladi va shamol ta’sirida to’kila boshlaydi.



Qarag’aylarning qubbalari turlicha shakl va kattalikda. Urug’ saqlaydigan qubbalarning tangachalari juda mustahkam bo’ladi.

Qarag’aylar o’rta hisobda 200 – 400 yil yashaydi.

O’zbekistonda qarag’aylar qishloq va shaharlarimizni ko’kalamzorlashda ko’plab ekiladi. Ular tez o’sadigan sifatli yog’ochbop o’simlik bo’lishi bilan bir qatorda dorivorlik xususiyatga ham ega. Bulardan tashqari qarag’aylardan oliy nav qog’ozlar tayyorlashda va texnik spirtlar olishda foydalaniladi.

 

V.O’quvchilarning moduli dasturi yordamida mustaqil ishlarni tashkil etish har bir modul yakunida o’quvchilari jamoasi bilan savol-javob o’quv munozaralarini o’tkazish.



Mazkur mavzu mazmunini quyidagi tugallangan mantiqiy mazmunga ega modul (blok yoki qism) ga ajratish mumkin:

1.Oddiy qarag’ayning yashash muhiti.

2. Oddiy qarag’ayning tuzilishi

3. Oddiy qarag’ayning ko’payishi

4. Oddiy qarag’ayning ahamiyati

Shu modul asosida dastur tuziladi

Modul dasturining didaktik maqsadi . Siz modul dasturi yordamida ishlab,qirqquloqlarning tuzilishi,ko’payishi ahamiyati bilan tanishishingiz darslik va qo’shimcha o’quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash ko’nikmalaringiz nitq va muloqot madaniyatingizni rivijlantiringiz zarur.

O’quv materiallari yuzasidan topshiriqlar: Topshiriqqa oid ko’rsatma:

Maqsad . Qarag’ayga xos xususiyatlarini o’rganish. Quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:

1.Qarag’aylar qanday joylarda o’sishga moslashgan?

2.O’zbekistonda qarag’aylarning qanday turlari o’sadi? Darslikdagi matnni diqqat bilan o’rganing .
Maqsad .Qarag’ayning tuzilishini o’rganish.Quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring.

1.Oddiy qarag’ay qanday sharoitda o’sadi?

2.Oddiy qarag’ayning tanasi qanday tuzilgan?

3.Oddiy qarag’ayning barglari qanday tuzilgan?

O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang

Maqsad. Oddiy qarag’ayning ko’payishini o’rganish. Quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring.

1. Oddiy qarag’ayning changchi qubbasi qanday tuzilgan?

2. Oddiy qarag’ayning urug’chi qubbasi qanday tuzilgan?

3. Oddiy qarag’ayning qubbalari qachon yetiladi va qanday tarqaladi?

O’quvchilar jamoasi bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.

1.Oddiy qarag’ayning ahamiyatini o’rganing.

A) ko’kalamzorlashtirishda;

B)yog’ochbop o’simlik;

D)dorivorlik hususiyati;

E) oily nav qog’ozlar tayyorlashda;

F) Texnik spertlar olishdagi ahamiyati

O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang

VI.Modulni yakunlash.

VII.Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash uchun batanikadan mustaqil o’quv-ish daftaridagi topshriqlar beriladi

1-topshiriq .Jadvalning chap tomonida keltirilgan o’simliklarni ularga xos xususiyatlar bilan juftlang.

O’simliklar nomi Xususiyatlar

A.Archa


1.O’zbekistonda tabiiy holda o’smaydi

2.Ikki yilli o’simlik

3.Qubbaning o’rtasidan o’qqa birlashgan tangachalarda 2 tadan urug’ kurtak joylashadi

4.Juda sekin o’sadi

5.O’zbekistonda qishloq va shaharlarimizni ko’kalamzorlashda ko’plab ekiladi.

6.ulardan oily nav qog’ozlar tayyorlashda va texnik spirtlar olishda foydalaniladi.

7.Barglari juda mayda ,yashil rangli, tangachasimon.

8.O’rta xisobda 200-400 yil yashaydi

9.urug’chili qubbalari bittadan yoki ikkitadan uzun novdalarning ichida paydo bo’ladi.

10.Bir uyli yorug’sevar ,doimiy yashil daraxt.

D.Qarag’ay 11.Bahor oxirlarida ayrim tuplarning yosh novdalarida changchili qubbalarda juda ko’p miqdorda chang yetishadi

12.Changchili qubbalari bahor oylarida yillik novdalarningpastki qismida boshoqsimon zich “to’p gul” hosil qilib o’rnashadi.

13.Qubbalardagi spiral shaklida tangachalar,ularning ostki qismida changdonlar o’rnashgan.

14Ayrim tuplarda uzunligi 0.5 -1 sm keladigan sharsimon urug’chi qubbalar hosil bo’ladi

15.Urug’idan yaxshi o’sadi

16.Barglari novdalarda 2 tadan bo’lib o’rnashgan,uzunligi 5-7 sm, och yashil rangli

17.O’rta Osiyoda 7 ta yovvoyi turi o’sadi.

18.Ular tez o’sadigan sifatli yog’ochbop o’simlik,dorivorlik hususiyatiga ham ega.

19.ming yil va hatto undan ortiqroq ham yashaydi.

Topshiriqlarning javobi: A-1,3,5,6,8,9,10,12,13,15,16,18 B-2,4,7,11,14,17,19

2-topshiriq. Test savollariga javob bering.

1.Ochiq urug’li o’simliklarga qaysi o’simliklar kiradi?

A.Sharq sauri . B.Yong’oq

D.Qarag’ay. E. Archa F. Virgin archasi

2. Barglari 5-7 sm, novdada 2 tadan joylashgan ochiq urug’li o’simlikni yozing?

A.Qarag’ay B. Sharq sauri

D.Virgin archasi E. Archasi

3.Qaysi o’simlikdan qog’oz , texnik spirt olinadi?

A. Sharq sauri B.Yong’oq

D.Virgin archasi E. Qarag’ay

4. Archadoshlar oilasiga kiriuvchi manzarali daraxtni aniqlang?

A. Sharq sauri B.Yong’oq

D.Virgin archasi E. Archa

5.archadoshlar oilasiga qaysi o’simliklar kiradi?

A.Virgin archasi B.Sharq sauri

D. Qarag’ay E.Archa

6.Qaysi o’simlikning urug’chi qubbalarining tangachalarida ikkitadan urug’kurtak bo’ladi?

A.Sharq sauri B.Virgin archasi

D.Archa E.Qarag’ay

7.Shimoliy Amerikadan keltirilgan archani aniqlang?

A.Qarag’ay B.Virgin archasi

D.Archa E.Sharq sauri

8. Bir uyli ochiq urug’li o’simlikni toping?

A.Archa B.Qarag’ay

D.Zarafshon archasi E.Terak

9.Ochiq urug’li o’simliklarni aniqlang?

A.Archa qirqquloq saur

B.Qarag’at Archa ,saur

D.Qirbo’g’in ,qirqquloq, qoraqarag’ay

E.erak,archa qarag’ay

10.Yovvoyi archa turini aniqlang?

A.Sharq sauri B.Zarafshon archasi

D.Virgin archasi E.Qarag’ay

VIII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.

Shartlar baholanib, g‘olib guruh aniqlanadi va o‘quvchilar baholanadi.

Dars yakuni:

Uyga vazifa.

Mavzuni o'rganish.



Darsmiz bo’ldi yakun.

Uzr kamchilik uchun,

Diqqat, qunt uchun rahmat,

Burcha bo 'lsin salomat!
Download 44.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling