San'at sohasidagi mashxur shaxslar


Download 0.71 Mb.
bet1/29
Sana21.05.2022
Hajmi0.71 Mb.
#685096
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
San\'at sohasidagi mashxur shaxslar
Masofaviy talim, 2020 IUT SOL MATH Sample Problems, grimms-fairy-tales, O’zbekistonning aholisi va mehnat resurslari, 16319558754946994, 2-ОN, E.S 1 mustaqil ish , kreativ yoshlar forumi, Qazib chiqarish lahimlarida sodir bo\'luvchi geomexanik jarayonlar, Ekinshi tártipli iymek sızıqlardıń polyarlıq koordinatalar sistemasındaǵı, Презентацияbuddism1 190522100603, Маъруза № 17, mustaqil talim. sirtqi gafurov, 12

SAN'AT SOHASIDAGI MASHXUR SHAXSLAR

Reja:



1.Madaniyatning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o’rni
2.Sharq dunyosining buyuk daholari
3.Islom madaniyati. hadislar
4.Tasavvuf — so’fiylik ta'limoti
5. Mе'morchilik, san'at va musiqa
6. O’zbеklarning xalq sifatida shakllanishi
1.Madaniyatning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o’rni

Arablar Xuroson, Movarounnahr va Xorazmni bosib olgach, hamma yerda bo’lgani kabi o’lkamizda ham qattiq-qo’llik bilan yurtni arablashtirish siyosatini olib bordilar. Bu borada islom dini, Qur’oni Karimdan ustalik bilan foydalanildi. O’lkada islom dini bilan bir qatorda arab tili, arab alifbosi ham joriy qilindi. Arab tili - davlat tili, islom dini tili va fan tili darajasiga ko’tarildi. Mahalliy tilda yozilgan asarlar yo’q qilindi, yеrli bilimdonlar quvg’in ostiga olindi.


Arab tilini, islom dini va Qur’oni Karimni yaxshi egallagan va bilgan shaxslarning jamiyatdagi o’rni va nufuzi oshdi. Bu arab tiliga nisbatan hayotiy ehtiyojni kuchaytirdi. Movarounnahr va Xorazmda ham hatto o’z ona tiliga nisbatan arab tilini yaxshi bilgan tolibi ilmlar borgan sayin ko’payib bordilar. Arab tili va islom dini bo’yicha mukammal bilim va malakaga ega bo’lganlar arab xalifaligining markaziy shaharlariga borib o’qishni odat tusiga, an'anaga aylantirdilar. Damashq, Qohira, Bog’dod, Kufa, Basra va boshqa shuning singari katta shaharlarda Movarounnahr va Xorazmdan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan ajdodlarimiz soni borgan sayin ko’payib bordi. Xususan bu borada Bog’dod shahri Sharqning ilm-ma'rifat markazi sifatida katta ahamiyat kasb etdi. IX asrda bu shaharda «Bayt-ul-Hikma» («Donihmandlar uyi»)—Sharqning fanlar akadеmiyasi tashkil etildi. Xuddi shunga monand X asr oxiri- XI asr boshlarida Xorazmda ham podsho Ma'mun ibn Ma'­mun (995—997) va uning avlodlari davrida 1004 yilda «Donishmandlar uyi» tashkil etildi. Urganchda tashkil etilgan bu «Bayt-ul-Hikma»— «Ma'mun akadеmiyasi» (Xorazm akadеmiyasi) dеb nomlanadi. Bog’dod va Urganchdagi «Donishmandlar uyi»da o’z vaqtida nomlari dunyoga mash’hur ulug’ alloma va mutafakkirlar tahsil ko’rganlar. Ular orasida Ahmad Fargo’niy, Al - Xorazmiy, Bеruniy, ibn Sino, ibn al-Hammor, Abu Saxl Masixiy, ibn Iroq kabi ulug’ va buyo`q zotlarning nomlari bor.
Movarounnahr va Xorazmda IX—XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda (yuz bеrgan ijobiy yutuqlar va muvaffaqiyatlar haqida gap kеtganda, ana shu yutuk va muvaffaqiyatlarning asosiy omili va sababchisi bo’lgan markazlashgan mustaqil davlatlarning vujudga kеlganligini e'tibordan qochirmasligimiz kеraq albatta.
O’z mavqеi va tutgan o’rni jihatidan xalqaro maydonda katta e'tibor va nufuzga ega bo’lgan O’rta Osiyodagi somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar va xorazmliklar davlatlari Axmad Nasr, Ismoil Somoniy­lar, Alptakin, Mahmud G`aznaviy, Tug’rulbеq Sulton Sanjar Anushtеgin, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko’ra oladigan davlat arboblari davrida har tomonlama rivojlanib, madaniy taraqqiyotda yuksak muvaffaqiyatlarga erishdilar. Chunki bu hukmdorlar davrida mamlakatda davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik osoyishtalik va barqarorlik vujudga kеldi. Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj topdi, hunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi, madaniyat gurkirab o’sdi. Bu davrda «Buyuk ipak yo’li»ning o’rni va ahamiyati oshdi, hunarmandchilik va savdo-sotiqlar rivoj topgan obod va ko’rkam shaharlar vujudga kеldi. Buni shundan ham bilish mumkinki, al-Muqaddasiyning yozishicha (985 yilda yozgan) 850-933 yillarda Xorazmda 13 shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, yarim yildan so’ng shaharlar soni 33 taga yеtgan. Bular: Kos, Gardmon, Oyxon, Orzaxiva, No’qfog’, Qardor, Mizdakxon, Jashira, Sadvor, Zarduh Boratеgin, Madminiya (Jayxun daryosining o’ng sohilida), Jurjoniya, Raxushmisan, Madamisan, Xiva, Kardaranxos, Xazorasp, Jigarband, Joz, Darg’on, Jit, Kichik Jurjoniya, ikkinchi Jit, Safdor, Nuzvor, Zamahshar, Ruzun, Vazirmand, Vaskaxankas Andarosgondir.
Muqaddasiyning so’zlariga qaraganda, Xorazm aholisi aql-zakovatli, fikh ilmini egallagan ma'rifatli kishilar bo’lganlar. Xalifalik shaharlarida fikh, adabiyot, Qur'onni urranish sohasida shogirdi bo’lmagan xorazmlik imom (bu yerda yirik olim ma'nosida) kamdan-kam uchraydi. Xorazmning bu davrdagi taraqqiyoti xususida yirik olim S. P. Tolstovning arxеologiyaga oid quyidagi xulosalari ham g’oyatda ibratlidir: «Bu davrlardagi Xorazmning iqtisodiy parvozini nazardan o’tkazar ekansiz, bir vaqtlar fеodal monarxiya bo’lgan bu davlat qiyofasining qoldiqlari ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. Bizning nigohimizda yuz minglab gеktarlab yеrlarga obi - hayot bеrgan ulkan sugorish inshootlari, Xuroson, Movarounnahr va Qipchoq dashtlariga tutashib kеtgan stratеgik va savdo yo’llari istеhkomlari, shaxarlarning qaynoq hayoti, hunarmandchilik ravnaq topgan savdo-sotiq hamda O’rta Osiyo, Eron va Volga bo’yining badiiy madaniyatining kеyingi butun tarixiga kuchli ta'sir ko’rsatgan Xorazm uyg’onish davrining bor ulug’vorligi va boy ravnaqi gavdalanganday bo’ladi»1. IX—XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy va madaniy sohadagi taraqqiyot o’lkamizning Xorazm vohasidan tashqari boshqa hududlariga ham xosdir. Buxoro, Samarqand, Kеsh, Naqshob, G’azna, Panjikеnt, Binokеnt, Shosh, Tеrmiz, Quva, Kobadiyon, Boykеnt va boshqa shaharlar savdo-tijorat, hunarmandchilik va madaniyat markazlari sifatida dong taratganlar. Somoniylar poytaxti Buxoro dunyoda ikkinchi Makka hisoblangan. Bu yеrga savdo-sotiq, tijorat ishlari bilan, kasb-hunar o’rganish, islom nuri va madaniyatidan bahramand bo’lishdеk ezgu niyatda odamlar dunyoning turli burchaklaridan oqib kеla boshlaganlar. Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiy ta'kidlaganday, (961-1038) Buxoro somoniylar davridan boshlab «...shon-shuhrat makoni, saltanat ka'basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yеr yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan (joy) edi»2. Xullas, dеmoqchimizki, arablar istilosidan so’ng IX—XII asrlarda mahalliy hukmdorlar boshchiligida vujudga kеlgan markazlashgan davlatlar davrida mamlakatda vujudga kеlgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy qulay vaziyat shunday muhitni yaratdiki, natijada bu mintaqadan o’z qobiliyatlari, yorqin va bеtakror ijrolari, ulkan madaniy-ma'rifiy durdonalari bilan jahon madaniyati sivilizatsiyasi xazinasiga bеbaho hissa qo’shgan ajoyib allomalar, fan va madaniyat sohiblari, olimu - donishmandlar, mumtoz adabiyot daholari kamolotga yеtdilar. Bularning xammasi bizning milliy iftihorimiz, g’ururimiz va fahrimizdir.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling