Sanoat iktisodiyoti va menejment


 Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana09.02.2020
Hajmi0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

2.2. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi 

 Axoli  migratsiyasi  deganda  insonlarning  ma’lum  xududlar  chegaralaridan 

doimiy  yashash  joyini  almashtirish  yoki  unga  kaytish  bilan  kuchib  utishi 

tushuniladi. 

Xalqaro (tashki) migratsiya turli shakllarda mavjud buladi: mexnat, oilaviy, 

rekretsion, turistik va boshka turdagi migratsiya shakllari mavjud.  

Jahon  buyicha  1960  yilda  3,2  mln, 1995 yilda  esa  35  mln.dan  ortik 

mexnatkash migrant mavjud edi. Agar xar bir mexnatkash migrant karamogida uch 

kishi  bor  deb  xisoblasak  u  xolda  90-yillar  urtasida  migratsiyadagi  axoli  soni  100 

mln.dan ortikni tashkil etadi. 

Ishchi  kuchi  migratsiyasiga  xam  iqtisodiy,  xam  noiqtisodiy  xarakterdagi 

omillar  sabab  buladi.  Noiqtisodiy  xarakterdagi  sabablarga:  siyosiy,  milliy,  diniy, 

irkiy, oilaviy va boshkalar kiradi. 

Xalqaro  ishchi  kuchi  migratsiyasining  5ta  yunalishini  ajratib  kursatish 

mumkin: 

1)  Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya; 

2)  Sanoati rivojlangan davlatlar doirasidagi migratsiya; 

3)  Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya; 

4)  Sobik sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya; 

5)  Ilmiy  xodimlar,  malakali  mutaxassislarning  sanoati  rivojlangan 

davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi. 

 

 



Ishchi  kuchini  eksport  kiluvchi  davlatlar  xam  uz  navbatida  kator 

afzalliklarga ega buladilar. Ularning asosiylari kuyidagilardir: 

1.  Ishchi  kuchi  eksporti  davlatga  konvertirlangan  valyuta  olib  keluvchi 

muxim manba xisoblanadi. 

 

 

2.  Ishchi  kuchi  migratsiyasi  davlatda  ortikcha  ish  kuchining  bosimini 



kamaytiradi va natijada davlatdagi ijtimoiy keskinlikni kamaytiradi. 

3.  Eksportyor  davlat  uchun  bepul  ravishda  ishchilarni  yangi  professional 

tajribalarga urgatish,  mexnatni tashkil kilishning ilgor usullari bilan tanishtirish. 

Ayni  paytda  ishchi  kuchi  eksportyorlari  ba’zi  negativ  xolatlarga  xam  duch 

keladilar.  Asosiysi  -  “akllarning  ketishi”,  milliy  iqtisodiyotga  juda  kerak  bulgan 

malakali, tashabbuskor kadrlarning ketib kolishidir. 

 

 

10 



Xozirgi zamondagi ishchi kuchi tortish markazlari. 

Ikkita  ishchi  kuchi  tortish  markazlari  bulib  an’anaviy  ravishda  AKSH  va 

Garbiy yevropa xisoblanadi. 

2.3. Xalqaro mexnat taksimoti mohiyati.  

 

Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar  mohiyati,  ma’nosini  kursatuvchi  asosiy 

kursatkichlardan biri xalqaro mexnat taksimotidir. Dunyoning barcha mamlakatlari 

u  yoki  bu  jixatdan  XMTga  kushilgan.  Uning  chukurlashuvi  ITIning  katta  ta’siri 

ostida bulgan ishlab chikarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chikadi. 

Xalqaro  mexnat  taksimotida  ishtirok  etish  davlatlarga  kushimcha  iqtisodiy 

samara berib, uz extiyojlarini eng kam xarajatlar bilan tulikrok kondirish imkonini 

beradi. 


Mexnat  taksimoti  -  bu  tarixan  belgilangan  ijtimoiy  mexnat  tizimidir.  U 

jamiyat  rivojlanishi  jarayonida  faoliyatning  sifat  jixatdan  differentsiatsiyasi 

natijasida kelib chikadi. 

Mexnat  taksimoti  turli  shakllarda  buladi.  Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar 

kursida xalqaro mexnat taksimoti urganiladi. 

Xalqaro  mexnat  taksimoti  mohiyati  ishlab  chikarish  jarayoni  mexnat 

faoliyati  turli  shakllarining  ixtisoslashuvi  va  ularning  kooperatsiyalashuvi,  uzaro 

xamkorligida  namoyon  buladi.  Mexnat  taksimoti  fakat  ajratish  jarayoni  sifatida 

emas, balki, ayniksa jahon mikyosida mexnatni birlashtirish yuli sifatida chikadi. 

Xalqaro  mexnat  taksimoti  davlatlar  urtasida  mexnatning  ijtimoiy-xududiy 

taksimotining  darajasi  xisoblaniadi.  U  aloxida  davlatlar  ishlab  chikarishlarining 

ixtisoslashuviga asoslanadi. 



2.4. XMT rivojlanishiga ta’sir kiluvchi omillar. 

Birinchi  navbatda  ishlab  chikarish  unumdorligini  oshirish,  ishlab  chikarish 

samaradorligini  oshirish,  ishlab  chikarish  xarajatlarini  kamaytirishga  intilish 

zaruriyati. 

Xalqaro  mexnat  taksimoti  rivojlanishi  jarayonida  asosiy  narsa  bu  shu 

jarayonning  xar  bir  ishtirokchisi  o’zining  XMTdagi  ishtirokidan  iqtisodiy  foyda 

kidirishi va topishidir. 

Xar  kanday  davlatning  xalqaro  almashuv  jarayonida  xalqaro  mexnat 

taksimotining  ustunliklarini  amalga  oshirishi  kulay  sharoitlarda:  birinchidan, 

eksport  kilinayotgan  tovar  va  xizmatlarning  tashki  va  ichki  bozor  narxlaridagi 

farkni  olish;  ikkinchidan,  arzonrok  bulgan  importdan  foydalanib  milliy  ishlab 

chikarishdan voz kechgan xolda ichki xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. 



 

2.5. XMT rivojlanishining zamonaviy o’ziga xos tomonlari, xalqaro 

ixtisoslashuv va ishlab chikarish kooperatsiyasi. 

 

Xalqaro  mexnat  taksimoti  rivojlanishining  asosiy  yunalishi  xalqaro 

ixtisoslashuv va ishlab chikarish kooperatsiyasining kengayishi buldi. 

Xalqaro  kooperatsiya  (XK)  va  xalqaro  ixtisoslashuv  (XI)  xalqaro  mexnat 

taksimotining shakllari bulib, uning mohiyatini namoyon kiladilar. 

 

11 



Turli davlatlar korxonalarining ma’lum bir tovarga ixtisoslashuvi zamonaviy 

ITI bilan boglik. Ishlab chikarishning texnilogik tizimining murakkablashib borishi 

bilan  tayyor  maxsulotda  ishlatiladigan  detallar  kupaydi.  Masalan:  yengil 

avtomobilda  20  minggacha,  prokat  dastgoxlarida  100  minggacha,  elektrovozlarda 

250 minggacha detal ishlatiladi. 

Xalqaro  ishlab  chikarish  ixtisoslashuvi  (XII)  ikkita  yunalish  -  ishlab 

chikarish  va  xududiy  yunalish  buyicha  rivojlanmokda.  Uz  navbatida  ishlab 

chikarish  yunalishi:  a)  soxalararo;  b)  davlatlar  guruhi;  v)  aloxida  korxonalarning 

ixtisoslashuviga bulinadi. 

Xududiy  xalqaro  ishlab  chikarish  ixtisoslashuvi:  a)  aloxida  davlatlar;  b) 

davlatlar guruhi; v) xududlarning jahon bozori uchun ma’lum tovarlar va ularning 

kismlari uchun ishlab chikarishga ixtisoslashuviga bulinadi. 

Xalqaro  ishlab  chikarish  ixtisoslashuvining  asosiy  turlariga: 1) predmetli 

(maxsulot  ishlab  chikarish); 2) detalli  (maxsulotni  tashkil  kiluvchilarni  ishlab 

chikarish); 3) texnologik  yoki  bosqichli  (ya’ni  aloxida  texnologik  jarayonlarni 

amalga oshirish. Masalan: yigish, buyash va x.k.) ixtisoslashish kiradi. 



Tayanch  iboralar:  demografik  muammolar,  ishsizlik,  urbanizatsiya, 

migratsiya,  mehnat  taqsimoti, ishlab  chiqarish ixtisoslashuvi, kooperatsiya, ilmiy-

texnika inqilobining ta’siri. 

 

Nazorat uchun savollar: 

1.  Zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi demografik muammolar haqida gapirib bering. 

2.  Ishchi kuchi migratsiyasining asosiy sabablari nimalardan iborat? 

3.  Ishchi kuchi migratsiyasining asosiy yo’nalishlari. 

4.  Ishchi  kuchi  migratsiyasi  eksportyor  va  importyor  davlatlar  iqtisodiyotiga  qanday 

ta’sir ko’rsatadi? 

5.  Xalqaro  mehnat  taqsimotining  mohiyati  qaysi  olimlarning  nazariyalarida  aks 

ettirilgan? 

6.  Xalqaro mehnat taqsimotiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillarni sanab bering. 

7.  Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi nima? 



8.  Ishlab chiqarish ixtisoslashuvining shakllari.  

 

 

3-mavzu. Xalqaro savdo. Tashki savdo siyosati 



 

 

 

3.1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo. Xalqaro savdo 

kontseptsiyasi. 

3.2. 

 Xalqaro 

savdo 

xududiy-tovar 

tizimi 

dinamikasi 

va 

uzgarishlarning xususiyatlari. 

3.3. 

Zamonaviy  xalqaro  savdoning  karama-karshiliklari.  Xalqaro 

tashkilot  -  tariflar  va  savdo  bosh  bitimi  (Butunjahon  savdo 

tashkiloti)ning roli. 

 

 

3.1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo. Xalqaro savdo 

kontseptsiyasi. 

 

12 



Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan ko’rinishi 

tashki savdo xisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy xajmining 80%i 

savdoning ulushiga tugri keladi. 

Xar  kanday  mamlakat  uchun  tashki  savdoning  roli  kattadir.  J.Saksning 

fikricha “dunyodagi xar kanday davlatning iqtisodiy muvaffakiyati tashki savdoda 

tugiladi.  Xozirgi  davrgacha  xech  bir  mamlakat  jahon  iqtisodiy  tizimidan  ajragan 

xolda soglom iqtisodiyot xosil kila olgani yuk”. 

Xalqaro  savdoda  xalqaro  mexnat  taksimoti  asosida  paydo  buladigan  turli 

davlatlar  tovar  ishlab  chikaruvchilari urtasidagi  alokalarning  bir  shakli  bulib,  ular 

urtasidagi uzaro iqtisodiy bogliklikni namoyon kiladi. 

“Tashki  savdo”  deganda  bir  mamlakatning  boshka  mamlakat  bilan  xak 

tulanadigan  olib  kirish,  ya’ni,  import  va  xak  tulanadigan  olib  chikish,  ya’ni, 

eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. 

Dunyodagi  barcha  mamlakatlarning  xak  tulanadigan  tovar  aylanmasi 

yigindisi xalqaro savdo deb ataladi. 

 Xalqaro  savdo  tushunchasi  torrok  ma’noda  xam  ishlatiladi.  Masalan, 

sanoati  rivojlangan  davlatlar  tovar  aylanmasi  yigindisi,  rivojlanayotgan  davlatlar 

tovar aylanmasining yigindisi va x.k. 

Barcha  davlatlar  oldida  tashki  savdo  buyicha  milliy  siyosat  tanlash 

muammosi yotadi. Ikki asr mobaynida bu mavzuda tortishuvlar ketyapti. 



Erkin savdo yoki protektsionizm siyosatini tanlash yoki uni kanday bulsa shu 

xolda  saklash  oldingi  asrlarning  xarakteri  edi.  Bizning  davrimizda  bu  ikki 

yunalish  uzaro  boglik.  Ammo  kup  xollarda  bu  karama-karshi  birlik  erkin  savdo 

tamoyilining bosh rolini bajaradi.  

 

3.2. 



Xalqaro savdo xududiy-tovar tizimi dinamikasi va 

uzgarishlarning xususiyatlari. 

XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  xalqaro  savdo  tez  sur’atlar  bilan  rivojlana 

boshladi. 1950-1998 yillar orasidagi davrda xalqaro savdo oboroti 14 barobar usdi. 

Garb  mutaxassislarining  fikricha  1950  va  1970  yillar  oraligidagi  davrni  xalqaro 

savdoning “oltin asri” deb aytish mumkin. Aynan shu davrda jahon eksporti yiliga 

urtacha  7%ga  usdi.  Ammo  70-yillardayok  u  55ga  tushdi  va  80-yillarda  yana 

kamaydi. 80-yillarning oxirida jahon eksporti sezilarli ravishda jonlandi (1988y.da 

8,5%). 


Xalqaro savdoning barkaror usishiga kator omillar ta’sir kursatdi: 

1) xalqaro  mexnat  taksimoti  va  ishlab  chikarishning  baynalmilalashuvining 

rivojlanishi; 

2) ITI; 


3) jahon bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati; 

4) xalqaro  savdoning  Tarif  va  Savdo  Bosh  Bitimi  (TSBB)  faoliyati  orkali 

tartibga solinishi (erkinlashtirilishi); 

5) xalqaro  savdoning  erkinlashtirilishi,  kuplab  davlatlarning  importni  son 

jixatdan  cheklashni  bekor  kiluvchi  va  bojlarni  keskin  kiskartiruvchi  rejimga 

utishlari, erkin savdo xududlarining tashkil topishi; 

 

13 


6) savdo-iqtisodiy  integratsiya  jarayonlarining  rivojlanishi:  mintakaviy 

tusiklarning  olib  tashlanishi,  umumiy  bozorlar,  erkin  savdo  xududlarining  tashkil 

etilishi; 

7) sobik  mustamlaka  davlatlarning  mustakillikka  erishishlari.  Ular  orasidan 

tashki  bozorga  yunaltirilgan  iqtisodiyot  modelini  tanlagan  “YAngi  industrial 

davlatlarning” ajralishi. 



3.3. 

Zamonaviy xalqaro savdoning karama-karshiliklari. Xalqaro 

tashkilot - tariflar va savdo bosh bitimi (Butunjahon savdo 

tashkiloti)ning roli. 

Xalqaro  savdodagi  sodir  bulyotgan  jarayonlarni  taxlil  kilar  ekanmiz 

erkinlashtirish  uning  eng  asosiy  yunalishi  ekanligini  ta’kidlab  utish  lozim.  Boj 

tulovlarida  sezilarli  kamaytirishlar  yuz  berdi,  kupgina  cheklashlar,  kvotalar  va 

boshka  tusiklar  yuk  kilindi.  Birok  bir  kator  muammolar  mavjud.  Ularning  eng 

asosiysi  -  protektsionistik  xarakatlarning  kup  narsalarda  bir-biriga  zid  bulgan 

iqtisodiy  guruhlar,  mamlakatlarning  savdo-iqtisodiy  bloklari  mikiyosida  rivoj 

topishi. 

Savdo-iqtisodiy  bloklarning  paydo  bulishidagi  birinchi  kadam  bu  erkin 

savdo xududlarining yaratilishidir. Xalqaro  bankning  axborotlariga  karaganda 90-

yillar  arafasida  dunyo  savdosining  42%  shunday  xududlarda  olib  borilgan.  Eng 

mashxur  xududlar  bu  -  Ovrupaning  erkin  savdo  assotsiyatsiyasi(EAST),  Ovrupa 

Xamjamiyati(ES),  SHimoliy  Amerika  erkin  savdo  zonasi(NAFTA),  Osiyo-

Tinchokeani iqtisodiy xamkorlik tashkiloti(ATES) va boshkalar. 

Xalqaro  xududiy  savdo  bloklarining  eng  yirik  tukkiztasining  tarkibi  kuyida 

keltirilgan: 

1.  

Evropa  Xamjamiyati(ES)-Avstriya,  Germaniya,  Velikobritaniya,  Italiya, 



Irlandiya,  Frantsiya,  Ispaniya,  Portugaliya,  Finlyandiya,  SHvetsiya,  Daniya, 

Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandu, Gretsiya. 

2.  

SHimoliy  Amerika  erkin  savdo  xakidagi  kelishuvi  (NAFTA)  -  AKSH, 



Kanada, Meksika. 

3.  


Evropa  Erkin  Savdo  Assotsiatsiyasi  (EAST)  -  Islandiya,  Norvegiya, 

SHveytsariya, Lixtenshteyn. 

4.  

Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy xamkorligi (ASEAN) - Avstraliya, Bruney, 



Malayziya,  Singapur,  Tailand,  YAngi  Zelandiya,  Papua-Novaya  Gvineya, 

Indoneziya,  Fillipinu,  Tayvan,  Gonkong,  YAponiya,  YUjnaya  Koreya,  Kitay, 

Kanada, SSHA, Meksika, CHili. 

5.  


“Merkosur” - Braziliya, Argentina , Paragvay, Urugvay. 

6.  


Janubiy Afrika Tarakkiyot kumitasi (SADK) - Angola, Botsvana, Lesoto, 

Malavi, Mozambik Mavrikiy, Namibiya, YUAR, Svazilend, Tanzaniya, Zimbabve. 

7.  

Garbiy  Afrika  iqtisodiy  va  valyuta  ittifoki(YUEMOA)-  Kot-d`Ivuar, 



Burkina-Faso, Nigeriya, Togo, Senegal, Benin, Mali. 

8.  


Janubiy  Osiyo  xududiy  xamkorlik  assotsiatsiyasi(SAARK)-  Indiya, 

Pakistan, SHri Lanka, Bangladesh, Maldiv orollari, Butan, Nepal. 

9.  

And pakti- Venesuella, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya. 



Bunday  bloklarning  to’zilishiga  siyosiy,  iqtisodiy  va  tarixiy  xarakterdagi 

ob’ektiv  jaryonlar  sabab  buladi.  Xalqaro  savdoni  boshkarish,  uning  tarakkiyotiga 

 

14 


bulgan  tusiklarni  yuk  kilish,  uni  erkinlashtishida  xalqaro  iqtisodiy  tashkilotlar 

muxim  axamiyat  kasb  etadi.  Bunday  tashkilotlarning  eng  asosiylaridan  biri  bu-

Tariflar  va  savdo  bosh  bitimidir  (GATT)  dir.  GATT  to’zilishi  xakidagi  kelishuv 

1947 yilda 23 mamlakat tarafidan imzolandi va 1948 yilda kuchga kirdi. 1995 yil 

31  dekabrda  GATT  uz  faoliyatini  tugatdi  va  uning  urniga  Umum  jahon  savdo 

tashkiloti(VTO) barpo kilindi. 

GATT  bu  kup  tomonlama  xalqaro  kelishuv  bulib,  u  a’zo  mamlakatlarning 

uzaro  savdosiga  alokador  kupgina  printsiplar,  xukukiy  normalar,  savdoni  olib 

borish  va  davlat  boshkaruviga  oid  koidalarni  uz  ichiga  oladi.  GATT  eng  yirik 

xalqaro  iqtisodiy  tashkilotlardan  biri  bulib,  uning  faoliyat  doirasi  dunyo 

savdosining 94%ni kamrab oladi. 

Tayanch iboralar: tashqi savdo, xalqaro savdo, eksport, import, reeksport, 

reimport, mutloq ustunlik, nisbiy ustunlik, tashqi savdo aylanmasi, GATT, JST. 



 

Nazorat uchun savollar: 

1. 


Tashqi savdo deganda nima tushuniladi? 

2. 


XX  asr  ikkinchi  yarmidan  boshlab  xalqaro  savdoning  jadal  rivojlanishiga 

qanday omillar ta’sir ko’rsatgan? 

3. 

Sizning fikringizcha, 21 asrda tashqi savdoning rivojlanishiga asosan qanday 



omillar ta’sir ko’rsatadi? 

4. 


Mintaqaviy  integratsiya  jarayonlarining  kuchayishi  xalqaro  savdoning 

rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi? 

5. 

Mutloq ustunlik nazariyasini tushuntirib bering. 



6. 

Nisbiy ustunlik nazariyasini tushuntirib bering. 

7. 

GATT va JST o’rtasida qanday farq mavjud? 



8. 

JST xalqaro savdoni rivojlantirishdagi ahamiyatini tushuntirib bering. 

 

4-mavzu. O’zbekiston Respublikasini tashqi savdosi va uni boshqaruvi 

 

 



 

4.1. O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi 

4.2. Respublika tashqi savdosining hozirgi ahvoli 

4.3. Tashqi savdo siyosati sohasida olib borilayotgan kontseptsiyalar 

 

4.1.  O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi 

Tashki  iqtisodiy  alokalarni  rivojlantirish  va  tartibga  solishda  Respublika 

Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 17-noyabrdagi, “Uzbekiston Respublikasi tashki 

iqtisodiy faoliyatining asosiy  yunalishlari va yangi strategiyasi” karoriga muvofik 

Tashki iqtisodiy alokalar Vazirligi ishi kayta tashkil etildi. Hozirgi vaqtda vazirlik 

Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga aylantirilgan. 

SHuningdek  Tashki  iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki,  bojxonalar  xizmati 

tashkil  etiladi.  Vazirlar  Maxkamasida,  Vazirliklar  va  idoralarda,  korporatsiyalar, 

kontsernlar,  uyushmalarda  va  maxalliy  boshkaruv  idoralarida  tegishli  tashki 

iqtisodiy  bulinmalar  to’zildi  va  ish  olib  bormokda.  Xorijiy  xamkorlar  ishtirokida 

respublikada  xalqaro  savdo-sotik  markazi  to’zildi.  Biz  dunyoning  bir  kancha 

mamlakatida  savdo  uylari  ochdik.  Uzbekiston  bilan  AKSH,  Buyuk  Britaniya, 

 

15 



Germaniya  urtasida  xamda  respublikamiz  bilan  faol  xamkorlik  kilishdan 

manfaatdor  bulgan  boshka  mamlakatlar  urtasida  baxamjixatlik  asosida  savdo-

sanoat palatalari barpo etildi. 

4.2. Respublika tashki savdosining xozirgi axvoli 

 

Mustakil  Respublikaning  tashki iqtisodiy  alokalar soxasidagi  yangi siyosati 

jahondagi juda kup mamlakatlar bilan xar tomonlama alokalarni kengaytirishda uz 

ifodasini  topmokda.  CHet  el  davlatlari  bilan  o’zaro  munosabatlarda  respublika 

milliy  manfaatlarini  amalga  oshirishning  asosiy  mexanizmlaridan  biri  bo’lib, 

savdo-iqtisodiy  hamkorlik  bo’yicha  ikkitomonlama  hukumatlararo  komissiyalar 

faoliyati  hisoblanadi.  Hozirda  bunday  komissiyalar  30  dan  ortiq  mamlakatlar-

asosiy sheriklarimiz bilan tashkil etilgan. 

Hozirgi vaqtda O’zbekiston 140dan ortiq mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy 

aloqalarni  o’rnatgan.  Ularning  orasida  Koreya,  Germaniya,  AQSH,  Buyuk 

Britaniya,  SHveytsariya,  Turkiya,  Frantsiya,  YAponiya,  Eron,  Gollandiya,  MDH 

mamalakatlari  –  Rossiya,  Ukraina,  Qozog’iston,  Turkmanistonning  bilan  savdo 

alokalari keng yo’lga qo’yildi. 

O’zbekiston  yevropa  Ittifoqining  Markaziy  Osiyodagi  eng  yirik  savdo-

iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktyabrda O’zbekiston bilan yevropa Ittifoqi 

o’rtasida  diplomatik  munosabatlar  o’rnatildi  va  Bryusselda,  YI  huzurida 

O’zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi ishlay boshladi. 1995 yilda YI 

bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida SHeriklik va hamkorlik to’g’risida bitim 

to’zish  bo’yicha  bir  necha  muvaffaqiyatli  muzokaralar  o’tkazildi.  Bu  bitim  YI, 

YIga  a’zo-mamlakatlar  va  O’zbekiston  o’rtasida  iqtisodiy,  savdo,  ilmiy-

texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. 

O’zbekiston  va  yevropa  Ittifoqi  o’rtasida  shuningdek  to’qimachilik 

mahsulotlari  savdosi bo’yicha bitim  to’zilgan.  O’zbekistonda yevropa  Ittifoqining 

“TASIS” texnikaviy ko’maklashish dasturi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. 

 

4.3. Tashqi savdo siyosati sohasida olib borilayotgan kontseptsiyalar 

 

Mustaqillikning 

dastlabki 

yillarida 

tashqi 

aloqalarni 



kengaytirish, 

respublikaning  eksport  imkoniyatlarini  rivojlantirishni  rag’batlantirish  maqsadida 

butun  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  erkinlashtirish  uchun  xuquqiy  negizlarni  yaratib 

bergan  asosiy  qonun  xujjatlari,  Prizident  farmonlari  va  xukumat  qarorlari  qabul 

qilindi. Bular avvalo, “Tashqi iqtisodiy faoliyat tugrisida”, “CHet el investitsiyalari 

va  xorijiy  sarmoyadorlar  faoliyatlarining  kafolatlari  tugrisida”gi  qonunlar  xamda 

boshqa qonuniy va meyoriy hujjatlar bo’lib, ular tashki iqtisodiy alokalarni amalga 

oshirish, tashki iqtisodiy faoliyat soxasida xalqaro shartnomalarni to’zish va ularni 

bajarish uchun asosiy shart-sharoitini yaratishga imkon berdi. 

Tashki  savdo  alokalarini  kengaytirishni  ragbatlantirish  maksadida  bir  talay 

imtiyozlar  joriy  etildi.  Avvalo,  tovarlarni  import  kilish  uchun  bojxona  tulovlari  

ancha  kamaytirildi,  qo’shma  korxonalar  maxsulotini  eksport  kilish  uchun  esa 

bojxona tulovlari olinmaydigan buldi. Valyuta tushumidan solik olish urniga uning 

30%dan  iborat  kismini  Respublika  Markaziy  bankiga  majburiy  sotish  joriy  etildi. 

 

16 


Korxonalarning  eksportidan  olingan  valyuta  tushumlarini  moddiy  bazani  va 

eksport  imkoniyatini  kengaytirishga  sarflashdan  manfaatdorligini  oshirish  uchun 

kupgina  korxonalar  valyuta  tushumining  bir  kismini  majburiy  sotishdan  ozod 

etildi. Xorijiy sarmoya ishtirokida korxonalar barpo etish, tashki iqtisodiy faoliyat 

katnashchilarini  ruyxatdan  utkazish  va  chetga  chikariladigan  maxsulot  uchun 

ruxsatnoma  (litsenziya)  berish  tartibi  ancha  soddalashtirildi.  Bunday  maxsulotlar 

turlarining  soni  1994  yilning  o’zidayok  74  tadan  11  tagacha  kamaytirildi. 

Bularning  barchasi  tashki  iqtisodiy  faoliyatni  kuchaytirishga,  eksport  va  import 

tarkibini yaxshilashga ijobiy ta’sir kildi.  



Tayanch  iboralar:  tashqi  savdo  hajmi,  eksport,  import  hajmi,  tashqi 

savdoda  sanoat  mahsulotlarining  ulushi,  JST  bilan  hamkorlik,  rivojlangan 

mamlakatlar  bilan  savdo-iqtisodiy  hamkorlik,  tashqi  iqtisodiy  munosabatlarni 

erkinlashtirish. 


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling