Sanoat iktisodiyoti va menejment


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana09.02.2020
Hajmi0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Tayanch  iboralar:  “katta yettilik”,  YAIM  darajasi,  tashqi  savdo  hajmi, 

resurslarga  ehtiyoj,  TMK,  sanoatlashish  darajasi,  postindustrializatsiya,  xizmatlar 

sohasi ulushining ortib borishi. 

 

Nazorat uchun savollar: 

 

Sanoati rivojlangan davlatlar guruhiga qaysi mamlakatlar kiritiladi?  



 

Sanoati  rivojlangan  davlatlarning  jahon  iqtisodiyotidagi  o’rnini  qaysi 

ko’rsatkichlar bilan ko’rsatib berish mumkin? 

 

32 



 

Jahon iqtisodiy rivojlanishining uchta asosiy markazini ko’rsatib bering. 

 

“Katta yettilik”ka kiruvchi davlatlarni sanab bering. 



 

Rivojlangan  davlatlarning  tashqi  iqtisodiy  ekspansiyasini  amalga 

oshirishda TMK qanday o’rin tutadi? 

 

Sanoati rivojlangan davlatlar ishtirokidagi qanday integratsion guruhlarni 



bilasiz? 

 

YAponiya  iqtisodiy  rivojlanishiga  ta’sir  qiluvchi  asosiy  omillarni  sanab 



o’ting? 

 

YAponiya  iqtisodiyotining  jahon  bozoridagi  raqobatbardoshligi  nimalar 



hisobiga erishilgan? 

 

8-mavzu.  RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR – XALQARO 



IQTISODIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA 

8.1.Rivojlanayotgan 

mamlakatlarning 

asosiy 

ijtimoiy-iqtisodiy 

xususiyatlari. 

8.2.Rivojlanayotgan  mamlakatlarning  xalqaro  tovar  almashinuvida 

tutgan urni va roli. 

8.3.Xorijiy sarmoyalar - rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyotida. 

8.4.“YAngi industrial mamlakatlar”ning jahon xo’jaligida tutgan urni  

 

8.1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy 



xususiyatlari. 

XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar 

rivojlanishining  axamiyatli  tomonlaridan  biri,  sobik  mustamlaka  va  karam 

territoriyalarning  roli  va  axamiyati  kuchayishi  xisoblanadi.  Bu  mamlakatlarni 

xozirda  rivojlanayotgan  mamlakatlar  yoki  ozod  etilgan  malakatlar, “uchinchi 

dunyo  mamlakatlari”, “janub”  mamlakatlari, “periferiya”  mamlakatlari  sifatida 

tilga olishadi. 

Bu  mamlakatlar  turli-tumandir,  ularning  xududida  3,2  mlrd  axoli  yashaydi. 

Ushbu mamlakatlarda juda murakab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar kechmokda. 

Ozodlikka erishgan mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishi XX asrning 60 

yillaridan  boshlab  tobora  usib  boruvchi  xarakter  kasb  etdi.  Ularning  eng  ilgorlari 

1950  yilga  kelib,  rivojlanayotgan  mamlakatlarning  “urtachalaridan” (54 

mamlakat) 2,4 marta,  yuksaklikka  erishdi.  Asrning  urtalaridan  boshlab,  yukorida 

zikr  etilgan  malakatlar  urtasidagi  rivojlanish  darajisidagi  fark  sezilarli  darajada 

ortib  bordi.  1992 yilga  kelib  rivojlanayottgan  malakatlarning  birinchi  guruhiga 

kiruvchi  (19  ta  mamlakat)  malakatlardagi  axoli  jon  boshiga  “tugri  keluvchi 

urtacha foyda” urtachalari nisbatan 2,9 barobar, kuyi guruhlarinikiga nisbatan esa 

12,2  barobar  yukori  buldi.  Rivojlanayotgan  mamlaktlarning  aynan  shu 

guruhlarining  tarkibida  xam  uzgarishlari  vujudga  keldi.  SHuningdek,  ular  xar 

birining doirasidagi mamlaktlarning rivojlanish darajalari urtasidagi boglikda xam 

uzgarishlar yuzaga keldi.  

 

Rivojlanayotgan  mamlakatlar  iqtisodiyoti  kup  ukladli  ijtimoiy-



iqtisodiy  tarkibga  asoslanadi.  Bir  kator  mamlakatlarda  kapitalistik  uklad  bilan  bir 

katorda  xamon  urug-aymogchilik  va  patriarxal  munosabatlar  xam  mavjuddir. 

 

33 


Rivojlanayotgan  mamlakatlar  iqtisodiyotida  davlat  va  davlat  ukladi  muxim  rol 

uynaydi.  Davlat  sektorini  rivojlantirish  bosqichi  kapitalistik  ishbilarmonlikni 

kengaytirish  siyosati  bilan  xamoxang  olib  boriladi.  Buning  natijasida  esa  davlat 

kapitalizmi paydo buladi va rivojlanadi.  

Milliy  xusuiy  kapitalistik  ukladning  rivojlanishi  va  shakllanishi  jamgarish 

muammolari  (ya’ni  pul  resurslarining yetishmovchiligi)  va  jamgarilgan 

mablaglarning  sarflanishi  xususiyatlariga  boglik.  Bu  mablaglar  asosan  savdoga 

(ichki  va  tashki),  kuchmas  mulklarni  sotib  olishga,  mashinalarni  ta’mirlashga, 

sugurtaga,  benzin  kuyish  shaxobchalariga,  taksiga,  ya’ni  sarmoyalarni  aylanishi 

tez bulgan soxalarga yunaltiriladi.  



8.2. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida 

tutgan urni va roli 

Xalqaro mexnat taksimotida faol ishtirok etish, jahon xo’jaligi alokalarining 

rivojlanishi,  moliyaviy  resurslarning  mamlakatlararo  okib  yurishi,  iqtisodiy 

tarakkiyotning  asosiy  shart-sharoitlariga  aylanib  koldi.  Mustakil  davlat  sifatida 

jahon  xamjamiyatida  ishtirok  etish  orkali,  rivojlanayotgan  mamlakatlarning 

barchasi  70  yillarning  boshlaridan  e’tiboran  xalqaro  mexnat  taksimotida  faol 

ishtirok etishga intilmokdalar. 

Ularning xalqaro mexnat taksimotida faol ishtirok etish zaruriyati ular tayyor 

maxsulot  ishlab  chikarish  uchun  zarur  bulgan  barcha  narsalarni yetishtirish 

imkoniyatiga ega emasligi bilan asoslanadi. Xozirgi paytda ular sanoati rivojlangan 

mamlakatlar uchun xom ashyo yetishtirib beruvchilar xamda nisbatan arzon ishchi 

kuchi manbai bulib xisoblanadilar. 

Xalqaro  mexnat  taksimotida  xujalik  faoliyatining  barcha  shakllari 

jamlangan.  Eng  muximi,  xalqaro  savdo  asosini  tashkil  etuvchi  xom  ashyo  va 

tayyor  maxsulotlarni  ishlab  chikarish  barcha  iqtisodiy  resurslarning  tasarruf 

etilishi  mumkin  bulgan  kismlarini  rivojlanayotgan  mamlakatlar  va  boshka 

dunyolar urtasidagi almashinuvini ta’minlaydi.  

8.3. Xorijiy sarmoyalar - rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyotida 

“Kashshoklik  botkogi”dan  kutilishga  intilish,  iqtisodiyotning  ilgor 

tarmoklari  rivojlanishga  imkoniyat  yaratish,  iqtisodiyotning  barcha  tarmoklarini 

rivojlantirish,  rivojlanayotgan  mamlakatlardan  xorijiy  sarmoyalarni  izchil  jalb 

kilishni talab etadi. Bunday maksadlarda, investitsiya muxim kafolat shart-sharoiti 

mavjud bulgan maxsus iktsodiy zonalar tashkil etiladi. 

Kupchilik  rivojlanayotgan  mamlakatlarni  kuchaytirib  berish  jaryoni  oson 

kechmadi.  SHuningdek  1992  yilda  rivojlanayotgan  mamlakatlarga  kirtilgan 

tugridan-tugri  investitsiyalarning  mikdori  51,5  mlrd.  dollorni  tashkil  etgan 

darajasiga nisbatan ikki barobardan xam kamrokdir.  

Rivojlanayotgan  mamlakatlar  xususiy  sarmoyalarini  jalb  kilar  ekan  eng 

muximi, ular dinamikali usish imkoniyatiga ega bulgan va iqtisodiyotning istikboli 

porlok  bulgan  mamlakatlar  tomon  ilgarilab  bormokda.  Bugungi  kunda  xususiy 

investitsiyalarning 80% rivojlanayotgan mamlakatlarning 20404ga tugri kelmokda. 

Bunda asosiy urinni SHarkiy Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari egallamokda.  

Rivojlanayotgan mamlakatlar amaldagi  karzlari xususiy kapital kuyilmalari 

xisobtdagi  mulkiy  munosabatlar  orkali  tuplanib  boradi.  Kreditor  mamlakatlar 

 

34 



orasida  YAponiya  birinchi  urinni  egallagan  bulib,  uning  rivojlanayotgan 

mamlakatlardagi , birinchi navbatda Osiyo mamlakatlaridagi kredtlarining mikdori 

236 mlrd. dollarga yetdi. Keyingi urinni – 147 mlrd. dollar mikdoridagi kursatkich 

bilan  AKSH  egallagan  bulib,  ularning  yarmisi  Lotin  Amerikasi  mamlakatlariga 

tugri keladi. Uchinchi urinda esa Germaniya turadi – 106 mlrd. dollar mikdoridagi 

sarmoyalarni chetga chikargan mamlakat bulib xisoblanadi. Uz navbatida Frantsiya 

xamxorijiy  mamlakatlarga  uncha  katta  mikdorda  bulmagan  kreditlarni  beruvchi 

davlat  xisoblanadi  –  uning  mikdori  103  mlrd.  dollarni  tashkil  etadi.  Uning 

karzdorlari bulib, asosan Afrika va Osiyo mamlakatlari bulib xisoblanadi. 

8.4. “YAngi industrial mamlakatlar”ning jahon xo’jaligida tutgan urni  

“YAngi 


industrial 

mamlakatlar” 

rivojlanayotgan 

mamlakatlarning 

kupchiligidan iqtisodiy parametrlarning barcha sistemalari buyicha ajralib turadi.  

YAIMni rivojlanayotgan mamlakatlardan farklanib turuvchi tomonlar, ularni 

rivojlangan  kapitalistik  mamlakatlardan  xam  ajratib  turadi.  Ular  rivojlanishning 

“YAngi  industrial”  modeli  sifatida  mavjuddir.  Bu  xarakterli  tomonlar,  Lotin 

Amerikasidagi  xamda  Osiyodagi  YAIMning  rivojlanish  tajribasini  analiz  kilish 

jarayonida anik kuzga tashlanadi.  

Lotin  Amerikasidagi  YAIM  rivojlanish  tajribasining  muxim  rolini 

pasaytirmasdan  turib  shu  narsani  ta’kidlab  utish  joizki,  Osiyodagi  YAIM,  aynan: 

Janubiy  Koreya,  Tayvan,  Gonkong,  Singapur,  kupchilik  ozodlikka  erishgan 

mamlakatlar  uchun  xalk  xo’jaligining  ichki  dinamikasi  buyicha  xam,  tashki 

iqtisodiy  munosabatlarning  ekspansiyasi  buyicha  xam,  rivojlanishning  o’ziga  xos 

namunasi  bulib  koldilar.  Odatda, “YAngi  industrial  mamlakatlar”  katoriga 

Osiyodagi  turtta  kayd  etilib  utilgan  Janubiy  Koreya,  Tayvan,  Gonkong,  Singapur 

shu bilan  bir katorda  Lotin  Amerikasidagi  YAIM  –Argentina, Braziliya, Meksika 

kabi  mamlakatlar  taalukli  bulib  xisoblanadi.  Nomma  –nom  sanab  utilgan  barcha 

mamlakatlar  YAIMlarning  birinchi  avlodlari  yoki  birinchi  kaldirgochlari  bulib 

xisoblanadi. Ularning orkasida “YAIM”ning sunggi avlodlari yetishib chikmokda. 

Masalan: ikkinchi avlod mamlakatlariga Filippin, Xitoyning Janubiy chegaralari va 

boshkalar  kiradi. “YAngi  industriallashuvning”  butun  boshli  zonalari,  yakin 

mintakalarda uz ta’sirini utkazayotgan iqtisodiy usuvchanligi yukori bulgan kutblar 

paydo bulmokda.  

BMT  tomonidan  ishlab  chikargan  metodika  buyicha  YAIM  katoriga 

kiruvchi  mamlakatlar  u  yoki  bu  kreteriyalar  buyicha  aloxida  ajralib  turadi.  Ular 

kuyidagilardan iboratdir:  

2.  Axoli jon boshiga tugri keladigan yalpi ichki maxsulotlarning mikdori. 

3.  Uning urtacha yillik usish sur’ati; 

4.  YAIM  tarkibidagi  kayta  ishlash  sanoatining  umumiy  mikdori.  U  20% 

atrofida bulishi kerak; 

5.  CHikariladigan 

tovarlar 

umumiy 

mikdoriga 



nisbatan 

sanoat 


maxsulotlarining ulushi va eksport mikdori; 

6.  Xorijiy  mamlakatlarga  chikariladigan  tugridan–tugri  investitsiyalarning 

umumiy mikdori; 

Bu kursatkichlar buyicha YAIM nafakat rivojlanayotgan mamlakatlar oldida 

ajralib turadi, balki  ayrim  xollarda bir kator sanoati  rivojlangan  mamlakatlar xam 

 

35 



ushbu  kursatkichlar  buyicha  ustunlikka  ega  buladi.  Masalan,  Tayvan, 1952-93 

yillar  oraligida  YAIM  xajmini  170  marotaba  ustirdi. (axolining  usishiga  nisbatan 

2,5  marotaba  ortikrokdir),  tashki  savdo  xajmini  esa  543,6  marotabaga  oshirdi. 

Inflyatsiyaning  past  darajada  saklanganligi  sharoitida  –3,6%,  iqtisodiy  usishning 

urtacha  yillik  sur’ati  8,7%  tashkil  etdi.  Tayvan  ijtimoiy  rivojlanish  kursatkichlari 

buyicha dunyoning ilgor  mamlakatlari  katoriga  kiritiladi. Axolisining  jon boshiga 

tugri  keladigan  YAIM  ning  xajmi  12  ming  dollarni  tashkil  kiladi. (90 yillarning 

urtalarida).  

Osiyo  regionidagi  mamlakatlarning  30  yil  oraligidagi  iqtisodiy  rivojlanish 

sur’ati  xisoblab  kurilganda  (1960-1990)  uning  mikdori  yiliga  5%ni  tashkil  etgan, 

usha paytda bu kursatkich yevropa mamlakatlarida 2%ga teng bulgan. Bu paytda, 

Tayvanda usish sur’ati juda yukori bulgan. SHuningdek 90 yillarda J.Koreya 8%, 

Singapur 8%, Malayziya 9% yillik usish sur’atiga ega bulgan.  

“YAngi  industrial  mamlakatlar”  iqtisodiy  rivojlanish  sur’atining  yukoriligi 

ular  axolisining  yashash  sharoitlari  yaxshilab  borayotganligi  bilan  uygunlashib 

ketadi. SHuningdek 60 yillarning urtalaridan 90 yillarning boshlariga kadar utgan 

davr  ichida  axoli  jon  boshiga  tugri  keladigan  yillik  daromad  bu  mamlakatlarda  4 

marotaba usdi. Xalqaro eksportlarning prognoz kilishicha, 2010 yilga borib sharkiy 

Osiyo  Garbiy  yevropani  yalpi  milliy  maxsulotning  xajmi  buyicha  kuvib  utadi, 

2020 yilga borganda esa SHimoliy Amerikani kuvib utadi.  

Singapur  xakida  shuni  aloxida  ta’kidlab  utish  joizki,  u  1995  yil  Janubiy 

sharkiy  Osiyo  davlatlari  ichida  birinchi  bulib  “industrial  rivojlangan  mamlakat” 

statusini  kulga  kiritdi.  Bunday  unvon  unga  iqtisodiy  xamkorlik  va  rivojlanish 

tashkiloti  (IXRT)  tomonidan  rasman  e’lon  kilindi.  Uz  navbatida  Gonkong  xam 

Buyuk  Britaniyaning  sobik  koloniyasi  bulib  xisoblanar  edi,  keyinchalik  esa  u 

kupchilik  ijtimoiy-iqtisodiy  kursatkichlar  buyicha  o’zining  metropoliyali 

darajasidan yukori pogonaga kutarildi. 

“YAIM”ning iqtisodiy modeli va uning muvaffakiyatli rivojlanish tomonlari 

karab chikilayotganda, uning muvaffakiyatlarini ta’minlab beruvchi tashki va ichki 

darajasidan  yukori  omillar  xususida  xam  tuxtalib  utiladi.  Kurinib  turibdiki, 

omillarning  bu  ikki  grux,  YAIM  xukumatlari  tomonidan  olib  borilayotgan  nozik 

maksadli  siyosatlar  orkali  tuldirib  turiladi. “YAIM”ning  ichki  to’zilishidagi 

muammolarga,  xamda  ularning  xujalik  mexanizmlari  tadrijiga  asosiy  e’tiborni 

karatmasdan,  YAIM  tashki  iqtisodiy  omillarining  o’ziga  xos  tomonlari  va  uning 

Osiyo “ajdarxolari”ning kuchayib borishidagi xamda Lotin Amerikasi YAIMining 

rivojlanishidagi rol xususida tuxtalib utamiz.  

Jahon  tajribasi  guvoxlik  bermokdaki,  xalqaro  iqtisodiy  xamkorlikka  aktiv 

kirishayotganda,  u  yoki  bu  mamlakatlar  asosiy  ishni  xorijiy  investitsiyalarni  jalb 

etish  xamda  tashki  savdoning  usishiga  zaruriy  bulib  xisoblanadigan  sharoitlarni 

yaratishdan boshlaydi. SHunday ekan, bu mamlakatlar uz iqtisodiyotlari doirasida 

texnologik  xalklarning  barcha  buginlaridan  foydalangan  xolda  tarkibiy  kayta 

kurishlarga  –xom  ashyolardan  esa  texnologik  sigimi  yukori  bulgan  tayyor 

maxsulotlarga uta boshlaydi. Tarmoklarni rivojlantirish va kayta ta’mirlash uchun 

eksportdan  tushgan  daromadlardan  keng  foydalanish,  xalqaro  mexnat  taksimoti 

kulamida ancha istikbolli va “foydali” usul bulib xisoblanadi.  

 

36 



Osiyodagi  “yangi  industrial  mamlakatlar”  iqtisodiyotining  eksportga 

muljallangan  ancha  samarali  va  tez  moslashuvchan  modelini  joriy  etdilar.  Bu 

model,  ma’lum  davr  mobaynida  bir  vaktning  o’zida  import  urnini  egallash 

siyosatini  uz  ichicha  oladi.  Eksportga  muljallangan  siyosat  urnini  egallashga 

muljallangan  industriallashuvning  tugallangan  davrini  kayta  sodir  etishni  talab 

etmaydi.  Import  urnini  egallash  va  eksportga  muljallangan  siyosat  bir  –biri  bilan 

tengma  –teng xolda xakarat  kilib, ba’zi davrlarda  esa  ular bir –biridan ustunlikka 

xam  ega  bulishi  mumkin.  SHu  bilan  bir  katorda  eksportni  kengaytirish  davriga 

yeppasiga  utish  oldidan,  import  urnini  egallash  mamkalar  ishlab  chikarishining 

zamonaviy  tizimlari  shakllanishining  boshida  xalk  xo’jaligi  an’anaviy  sektorini 

kayta kurish uchun xarakat kilishdi. Buning natijasida esa, industriallashuvga utish 

mumkin bular edi. 

SHarkiy  Osiyodagi,  shuningdek  janubiy  SHarkiy  Osiyodagi  kupchilik 

mamlakatlarda (Tayvanda, 50 –yillarda J.Koreyada; 60 yillarda –Malayziyada; 60 

yillar  70  yillarning  boshlarida  –Tailandda; 50 yillarning  boshlari  60  yillarning 

oxirida  Filippinda;)  import  urnini  egallash  siyosati  ustuvor  yunalishga  ega  buldi. 

Gonkong  va  ma’lum  darajada  Singapur,  uzlarining  tarixiy  shart  –sharoitlari, 

jugrofiy  joylashuvi  va  ichki  talabning  seklanganligi  ta’sirida  ishlab  chikarishni 

kuprok  eksportga karatdilar. Maxalliy ishlab chikarishni ragbatlantiruvchi chora –

tadibrlar,  kayta  ishlash  sanoatidagi  foyda  me’yorini  oshirishga  olib  kelishi, 

iste’mol  maxsulotlar,  sungra  esa  oralik  talabga  ega  tovarlar  va  uzok  muddatli 

foydalanishga  muljallangan  tovarlar  ishlab  chikaruvchi  tarmoklarning  asta  –

sekinlik bilan import urnini egallashga olib kelishi kerak.  

Janubii  Koreya  shu  yillarning  o’zida  jahon  bozoriga  xuddi  shu 

maxsulotlarning mos ravishda 2,9; 3,4; 9,6; 9,3; 11,1 va 9,6% ini yetkazib berdi. 

Bundan  tashkari,  uning  jahon  kemasozlik  sanoati  eksportidagi  ulushi  13,1%  ga 

tugri keldi. 

Rivojlangan mamlakatlar orasida eng yirik chet el kapitali importyori bulgan 

“YAngi  industrial  davlatlar” 80-yillar  oxiridan  chikishning  geografiyasi  ancha 

keng.  Bu  avvalo,  ilgor  sanoati  rivojlangan  davlatlar,  Osiyo-Tinch  okeani    

regionidagi    rivojlanayotgan    davlatlar, kapitalning yangi bozorlaridir. Masalan, 

Janubiy  Koreya  firmalari  AKSHda  anik  maksadga  yunaltirilgan  eksport 

ekspansiyasini   utkazmokdalar.    Amerika  iqtisodiyotiga  kapital  kuyib,  Janubiy 

Koreyaliklar  eng  yangi  texnologiyalarga  yul  ochmokdalar.  Boshka  Osiyo 

“ajdarxo”lariga   xam   kapital   olib   chikishni  kupaytirmokdalar.   Masalan,   

Tayvanning   kit’adagi  karindoshi  Xitoyga  bulgan  kizikishi  juda  sezilarlidir. 90-

yillar    XX-asrning  50-yillarida  ruy  bergan  jahon  xo’jaligi  baynalmilallashuvi       

jarayoninig  tezlashishi  rivojlanayotgan  davlatlarni,  birinchi  navbatda  “yangi 

industrial davlatlar”ni xam kamrab oldi. 

Bu   davlatlarda   kabul   kilingan   iqtisodiy  strategiyaning   asosiy   

yunalishi   bulib   ilmtalab maxsulotlar ishlab chikarish kolmokda. Mexnat talab va 

past  rentabelli  ishlab  chikarishlar  “ikkinchi  okim”  YAID,  shuningdek  Xitoy  va 

V’etnamga  “topshirilmokda”.  Natijada  bu  ishlab  chikarishlarni  bir  paytlar  sodir 

bulgan  sanoati  rivojlangan  davlatlardan  birinchi  avlod  “yangi  industrial 

davlatlar”ga kuchish jarayoni amalda kaytarilmokda. 

 

37 



 

Tayanch  iboralar:  yuqori  darajada  rivojlanayotgan,  o’rtacha  darajada 

rivojlanayotgan,  past  rivojlangan  mamlakatlar, “yangi  industrialllashish”,  YAIM 

o’sish  sur’atlari,  tashqi  savdo  aylanmasining  o’sishi,  eksportga  yo’naltirilgan  va 

importni qoplash siyosatlari. 

 

                             Nazorat uchun savollar: 

Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga qaysi davlatlar kiradi? 

Rivojlanayotgan mamlakatlar necha guruhga bo’lib o’rganiladi? 

Rivojlanayotgan  mamlakatlar  iqtisodiyotining  qanday  umumiy  xususiyatlari 

mavjud? 

Rivojlanayotgan  davlatlar  uchun  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish  qanday 

ahamiyatga ega? 

Nima  sababdan  rivojlanayotgan  va  sanoati  rivojlangan  davlatlar  o’rtasidagi 

iqtisodiy rivojlanishdagi farq oshib bormoqda? 

Rivojlanayotgan davlatlarning xalqaro qarzlari muammosi haqida gapirib bering.  

YAIDlar qatoriga kiritishda qanday ko’rsatkichlar e’tiborga olinadi? 

YAIDlarning jadal iqtisodiy rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko’rsatgan? 

YAID qanday rivojlanish modellari mavjud? 

 

 

9-mavzu.  XALQARO VALYUTA-MOLIYA VA KREDIT 

MUNOSABATLARI 

9.1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va strukturasi. 

9.2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari. 

9.3. Xalqaro rezerv valyuta birliklari. 

9.4. yevropa valyuta tizimi. 

9.5. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari.  

 

9.1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va strukturasi 

XX  asr  o’rtalarida  xalqaro  iqtisodiy,  moliyaviy  va  valyuta  munosabatlari 

rivojlanishi  yangi  kuchlanish  oldi.  Ochik  iqtisodiyot  qurishning  umumiy 

tendentsiyasi 

savdo 

ayirboshlashuvining 



tezlashishiga, 

xalqaro 


moliyalashtirishning   rivojlanishiga,   yangi   valyuta bozorlarini hosil bo’lishiga, 

turli  mamlakatlar  orasida  valyuta-moliya  munosabatlarining  kengayishiga  imkon 

beradi. 

Valyuta   munosabatlari   pulning   jahon   puli  funktsiyasi  bilan  bog’liq 

bo’lgan  iqtisodiy  munosabatlarni  namoyon  qiladi.  Pul  jahon  puli  sifatida  tashqi 

savdo va xizmatlar, kapital     migratsiyasi, foydaning investitsiyalarga ko’chishi, 

zayom va subsidiyalar berish, ilmiy-texnik almashuv, turizm, davlat va xususiy pul 

ko’chirishlariga xizmat qiladi. 

 

38 


Valyuta  munosabatlari  milliy  va  xalqaro  darajalarda  amalga  oshiriladi. 

Milliy darajada ular milliy valyuta tizimlari (MVT) sohasini qamrab oladi. Milliy 

valyuta  tizimi  bu  valyuta  qonunchiligi  bilan  belgilanadigan  davlat  valyuta 

munosabatlarini tashkil qilishning shaklidir. MVTning o’ziga xos tomoni u yoki bu 

davlat  iqtisodiyotining,  shuningdek  tashqi  iqtisodiy  aloqalarining  rivojlanish 

darajasi va o’ziga xosligi bilan aniqlanadi. 

Milliy   valyuta   tizimi   quyidagilar   bilan xarakterlanadi: 

-milliy valyuta birligi; 

-rasmiy oltin va valyuta zahiralarining tarkibi; 

-milliy   valyuta  pariteti   va   valyuta   kursi shakllanishining mexanizmi; 

-valyuta qaytishi sharoitlari; 

-valyuta cheklanishlarining mavjudligi yoki yuqligi; 

-davlatlarning  tashqi  iqtisodiy  hisob-kitoblarini  amalga  oshirish  tartibi  va 

boshqalar. 



9.2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari. 

  

Xalqaro valyuta tizimi-dinamik rivojlanayotgan tizim. U   doimo o’zgaradi, 



rivojlanadi.  XVT  evalyutsiyasining  yo’nalishi  g’arb  davlatlari  iqtisodiyoti 

o’zgarishining  ilg’or  tendentsiyalari,  umuman  jahon  xo’jaligining  sharoitlari  va 

talablari o’zgarishi bilan aniqlanadi. O’z rivojlanishida Xalqaro valyuta tizimi mos 

ravishda to’rtta xalqaro valyuta tizimlarini namoyon qiluvchi to’rt bosqichni bosib 

o’tdi. 

Oltin standart deb ataluvchi birinchi tizim stixiyali ravishda XIX asr oxirida 



vujudga  keldi.  Unda  qator  davlatlarning  valyutalari  o’z  davlatlarining  ichki 

bozorida  erkin  ravishda  oltinga  aylanardi.  Oltin  standart  tizimi  quyidagilar  bilan 

ajralib turadi: 

-valyuta birligining ma’lum oltin qiymatiga egaligi; 

-valyutaning  oltinga  konvertatsiyalanishi  alohida  bir  davlatning  ichida  ham 

tashqarisida ham ta’minlanadi; 

-oltin quymalar erkin ravishda tangalarga almashtirilishi mumkin, oltin erkin 

eksport va import qilinadi, xalqaro oltin bozorlarida sotiladi; 

-milliy  oltin  zahirasi  va  ichki  pul  taklifi  o’rtasida  kuchli  nisbatning 

saqlanishi. 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling