Sanoat ishlab chiqarish qishloq xoʻjaligi zargarlik buyumlari maishiy uy roʻzgʻor buyumlari va maxsulotlarni tayyorlashda homashyo texnologik jarayonlarni loyihalash texnologiyasini oʻrganish


Download 5.74 Mb.
bet1/10
Sana21.11.2023
Hajmi5.74 Mb.
#1792364
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Zardo’zlik


Sanoat ishlab chiqarish qishloq xoʻjaligi zargarlik buyumlari maishiy uy roʻzgʻor buyumlari va maxsulotlarni tayyorlashda homashyo texnologik jarayonlarni loyihalash texnologiyasini oʻrganish


MUNDARIJA
Kirish...................................................................................................................3
I BOB.ZARDOZLIK SAN’ATINING KELIB CHIQISHI TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI.....................................................................6
1.1. Zardo’zlik san’atining tarixiy rivojlanishi. . ................................................6
1.2. Zardo’zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar..............................................10
2 BOB. XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNALOGIYASI MAVZUSINI OʼQITISH METODIKASI(ZARDUZLIK)VA BIR SOATLIK DARS ISHLANMA.........................................................................................................21
2.1. Zardo'zlikda ishlatiladigan materiallar materialar to’grisida bir soatlik dars ishlanma..................................................................................................................21
2.2. Zardo'zlikda ishlatiladigan materiallar (gazlamalar turlari, zar iplar) umumiy malumot……………………………………………………….……………….. 28
XULOSA VA TAVSIYALAR................................................................................32
Adabiyotlar ro’yxati..............................................................................................34
Ilovalar.................................................................................................................36


Kirish.

Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi

birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak.

Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.

Shavkat Mirziyoyev


Mustaqil O’zbekiston jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilgan goyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash — davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biriga aylandi. Natijada xalqimiz o’z taqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy qadriyatlar va madaniyat sohibiga aylandi.


Yurtimizning istiqlolga erishishi milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanishi bilan bir qatorda, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’atning naqqoshlik, ganchkorlik, yogoch o’ymakorligi, kashtachilik, badiiy kulolchilik, zardo’zlik, miniatyura san’ati turlari kabi zardo’zlik san’atida ham yangi amaliy ijodiy ishlar yaratilishiga hamda taraqqiy etishga keng yo’l ochib berdi.[2]
O’zbek zardo’zligi, kashtachiligi, kandakorligi va keramika san’ati milliy madaniyatimiz, san’atimizning ajralmas bir bo’lagi hisoblanadi. Asrlar davomida rivoj topib, shakllanib kelayotgan bu san’at turlari, o’zbek xalq amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining alohida ahamiyatga egadir.
O’zbek xalq amaliy bezak san’ati turlaridan biri zardo’zlikdir. Zardo’zlik –- zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi. U forscha zar (tilla), do’zi (tikmoq) so’zini anglatadi.
Zardo’zlikni bilish uchun asosan quyidagi hunarlarni yaxshi bilishi kerak: 1. Rasm solish va naqsh chizishni; 2. Gul kesishni, ya’ni gulbur bo’lishni; 3. Kesilgan gulga zarni tika bilishi kerak;
Zardo’z quyidagi tartibda ishlaydi. Tikiladigan har bir buyum uchun alohida andoza tayyorlanadi va bichiladi. Axta va Xoka yordamida kartonga naqshi tushiriladi. Axta, ulgi, nusha - naqsh yoki rasmni oozga chiziqb, chiziq yo’llari igna bilan teshqilib, tayyorlangan andoza. Naqsh gullarini tuya bo’yin aychi yordamida kesib olinadi. Bunday ishni gulbur bajaradi. hozirda kartondan foydalanqiladi. Kartonni yuziga sari bo’z yopishtirilsa, bu holatda karton sinmaydi va bir tekisda chiqadi. Kartondan gul kesish tez va oson, zar bilan tikish ulay hamda sifatli bo’ladi. Gullar kesilib, chambarak tayyor bo’lgach, ya’ni unga bo’zdan ilingan kerish tortiladi. Kerish ustiga tikiladigan buyum gazlamasiga adab chiqiladi. Gazlama ustidan uyqilgan gul bichilari surqilib ketmasligi uchun ular yirik avilar bilan chatib o’yqiladi. Odatda ta’vor ish batamom nioyasiga etgandan keyin olib tashlanadi. Usta zardo’z ikkita angishvona yordamida tikib ammamizga ayonki, zardo’zlik ikki o’l bilan tikqilib, ignasi kalta va nozik bo’lishi lozim. Tilla rangli zarni izil, sari iplar bilan, kumush zar ip bilan tikiladi. Zar ipni to’rt qavat qilib patilaga ya’ni zar ip o’raydigan cho’pga o’raladi. Keyin maxsus kartondan kesilgan gullar ustidan tikib chiqiladi.[2]
Zardo’zlik ishi quyidagicha olib boriladi: dastlab zar ip bilan asosiy gullar, keyin toftado’ziy yoki simdo’ziy zar ip bilan gulning ismlari tikiladi. Bu iplarni berishimdo’ziy, ipak, sun’iy ipak ip aralashgan zarrin sim kabi nomlar bilan ataladi. Zargarlik ziynatlari, tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan tayyorlangan muncholar, metall po’lakcha, bo’rtma naqshlar tikiladi. Shu tariqa gullarning barchasi tikilib bo’lgach, irolarini pishiina yigirqilgan zarrin ip tarir bilan nozik yo’l qilib, qator alachalar yordamida aylantirqilib chiqiladi. Gullarning girdini aylantirish bilan baravariga tikilmay olgan joylarni ham margula, tagalak (jingalak, spiralsimon jingalak nusha gullar bilan to’ldirib bezatiladi. Erkak va ayollar kiyim - kechaklari, uy-ro’zor buyumlari zardo’zlik ishi tugashi bilan korcho’pdan birato’la olinadi. Ko’ylak kashtalari, poyafzal, do’ppilar, peshonaband, ro’mollar va bosha buyumlar qalinroq bo’lishi uchun teskari tomonidan elimda bir necha qavat gazlama yoki oz o’yib elimlanadi va tayyor buyum holatiga keltirib tikiladi.
Kurs ishining maqsadi: O’quvchilarga Xalq hunarmandchiligi texnalogiyasi mavzusini oʼqitish metodikasi(zarduzlik)haqida malumotlar berib utish

Download 5.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling