Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish


Download 50.51 Kb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi50.51 Kb.
#1036029
  1   2   3   4
Bog'liq
DAVLATNING INVESTITSIYA SIYOSATI VA IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI TARMOQLARIDA RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION OMILLARI

MAVZU: DAVLATNING INVESTITSIYA SIYOSATI VA IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI TARMOQLARIDA RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION OMILLARI

Reja:


Kirish
1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiyaning o`rni
2. Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyaning tasnifi
3. Asosiy investitsiya kiritilayotgan hududlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

KIRISH


Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholining turmush farovonligini oshirish zaruriyati insonlardan yangicha iqtisodiy fikrlashni talab qiladi. Bu esa ularda iqtisodiy bilimlarni o’zlashtirish zaruriyatini keltirib chiqarali. Xususan, 2019 yil 8 oktyabrda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-sonli farmoniga asosan ilm-fanni yangi bosqichga ko’tarish ustivor vazifa sifatida belgilanganligi malakali kadrlarni tayyorlashga yangi talablarni qo’yadi. Ayniqsa, mamlakatimizda iqtisodiy sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyojni qondirish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, O’zbekistonni yuqori darajadagi industrlashgan mamlakatga aylantirish sanoat korxonalari faoliyatini takomillashtirish bo’yicha asoslangan qarorlarni qabul qilishni talab qiladi. Zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalarini va shakllarini hamda usullarini mukammal o’zlashtirgan mutaxassisgina mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni ta’minlaydi. Vaholanki hozirgi vaqtda turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni barpo etish va shu orqali iqtisodiyotni mustahkamlash ustuvor masala sifatida belgilangan.
Qo’yilgan ushbu masalalarni hal qilish yuqorida aytilganidek chuqur iqtisodiy bilimlarni talab etadi. Shuning uchun malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlashda “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish” fanining ahamiyati beqiyosdir. “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish” fani ixtisoslik fanlar blokidagi tanlov fani sifatida “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishining o’quv rejasiga kiritilgan. ”Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish ” fanini o’zlashtirish davomida talabalar korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari, ishlab chiqarish tuzilmasi, ishlab chiqarish turlari va usullari, mahsulot sifatini nazorat qilish usullari, korxonada strategik va taktik rejalashtirishni tashkil etish bo’yicha bilim va malakalarini shakllantiradi.



Download 50.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling