«sanoat marketingi» kafedrasi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana14.04.2020
Hajmi0.62 Mb.
#99239
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
iqtisodiy bilimlar tarixi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT KIMYО-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 



 

«MENEJMENT VA KASBIY TA’LIMI» FAКULTETI 

 

 «SANOAT MARKETINGI» KAFEDRASI 



 

 

 

 

 

Tasdiqlayman 

                                                                                  Tosh KTI  o‘quv ishlari bo‘yicha 

Rektor muovini  

dots.Ismailova L.A. 

____________________ 

«____»____________2007  

 

 

 

«IQTISODIY BILIMLAR TARIXI»  

FANI BO‘YICHA 



 

MA’RUZALAR  MATNI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

Toshkent – 2007 y 



     

        Ma’ruza  matni  “Sanoat  marketingi”  kafedrasi  yig‘ilishida  _________ 



200__ yil protokol № __, ko‘rib chiqildi va bosmaga ruxsat berildi. 

 

Tuzuvchilar:   dots.Xasanov R.S. 



 

 

                        ass.Usmanova K.A. 



                  

 

 



 

 

Taqrizchilar:    TDAI prof., t.f.d. Axmetov K. 



                         TKTI “Sanoat menejmenti” kafedrasi  

                          dots. Sabirova M.P. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


     



Mavzular mundarijasi 

 

1-mavzu. Qadimgi dunyo va feodal jamiyati davridagi iqtisodiy bilimlar. 



 

2-mavzu. Merkantilizm va ilk klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi. 

  

3-mavzu. Adam Smit va David Rikardoning iqtisodiy bilimlari. 



 

4-mavzu.  Mayda  ishlab  chiqarish  nazariyalarining  vujudga  kelishi  va 

XU111-X1X asrlar bo‘sagasida yangi iqtisodiy yo‘nalishning paydo bo‘lishi 

.  


 

5-mavzu. Markscha iqtisodiy g‘oyalarning mohiyati  va tarixiy taqdiri  

 

   


6-mavzu. X1X asr oxiri-XX asr boshidagi jaxon iqtisodiy g‘oyalari mohiyati 

.  


 

7-mavzu.  Sovet  davri  iqtisodiy  bilimlari  shakllanishining  dastlabki 

bosqichlari .  

 

8-mavzu.  Xozirgi  davr  garb  iqtisodiy  bilimlarning  shakllanishi,  rivoji  va 



ularning makro-iqtisodiy taxlili . 

 

9-mavzu. Jaxon xo‘jaligi  to‘g‘risidagi  iqtisodiy bilimlar. 



 

10-mavzu. 

O‘zbekiston  respublikasida  erkin  bozor  iqtisodiyotini 

yaratishning  konsepsiyalari va uning  shakllanish xususiyatlari.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

     



Kirish 

"Iqtisodiy  bilimlar  tarixi"  kursi  iqtisodiy  fanlar  tizimida  muxim  o‘rin 

egallaydi. 

Insoniyat  o‘zining  ming  yillik  tarixi  davomida  katta  iqtisodiy  va  ijtimoy 

taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Xar bir davrda u yoki bu mamlakatlarda ayrim 

shaxslar (olim yoki xokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik 

fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalari ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir 

xolda  shular  tufayli  davlat  va  xalqaro  ravnaq  topgan,  ba’zida  tushkunlikka 

uchragan.  Ana  shu  iqtisodiy  g‘oyalar  har  tomonlama  chuqur  o‘rganish,  taxlil 

etish,  ular  orasidan  umumbashariy  ahamiyatlarini  ajratib  olib,  xozirgi  davrda, 

ya’ni  xayotga  tadbiq  etish  nixoyatda  ham  nazariy  ham  foydalidir.  Chunki 

ulardan ko‘p yillik tajriba mujassamlashgan bo‘ladi. 

"Iqtisodiy  bilimlar  tarixi"  kursi  iqtisodiyot  mutaxassislari  tayorlashda 

muxim fan sifatida o‘rganiladi. Iqtisodchi bakalavr  yo‘nalishida bu fan uchun 

o‘quv  rejalarida  54  soat  vaqt  ajratilgan  bo‘lib,  uning  36  soati  ma’ruzalardir. 

Kafedra  tomonidan  tayorlangan  va  qabul  qilingan  namunaviy  dastur  bo‘yicha 

o‘nta  mavzu  berilgan.  Ushbu  dastur  asosida  ma’ruza  matnlari  tayorlandi, 

kafedra  a’zolaridan  kat.o‘q.Saipova  M.P.  ass.Usmanova  K.A.  kafedra  mudiri 

dots.Xasanov R.S. lar ishtirok etishdi. 

Yordamchi materiallarni tayorlashda prof. Kadirov M.A. ham qatnashdi. 

Ma’ruzalar  matnida  qadimdan,  to  xozirgi  davrgacha  paydo  bo‘lgan 

iqtisodiy  fikr,  g‘oya,  qarash  va  bilimlarning  mazmuni,  mohiyati,  ularning 

evolyusiyasi  (rivojlanishi)  va  bugungi  kundagi  ahamiyati  mantiqiy  va  tarixiy 

ketama-ketlik  va  namunaviy  dastur  asosida  ifoda  etiladi.  Mustaqil 

O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi yoritilgan. 

Keltirilgan  materiallarda  mavzu,  unga  oid  reja,  rejadagi  savollarga 

qisqacha  javob,  muxim  tushuncha  va  matnlar  ro‘yxati  shaklida  tuzildi. 

Adabiyotlar ro‘yxati oxirida (asosiy va qo‘shimcha) to‘laroq shaklda berildi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

     



1- mavzu. Qadimgi dunyo va feodal jamiyati 



davridagi iqtisodiy bilimlar 

                             



Reja 

 

1. "Iqtisodiy bilimlar tarixi" ning predmeti, uslubi (metodi) va ilmiy davrlash. 



2. Qadimiy sharq mamlakatlarida iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi. 

3. Antik dunyo davlatlaridagi dastlabki iqtisodiy qarashlar. 

4.  Arab  va  g‘arbiy  yevropa  davlatlarida  feodalizm  davridagi  iqtisodiy 

g‘oyalar. 

5. IX-XV asrlarda o‘rta osiyodagi iqtisodiy fikrlar. 

6. Xulosa. 



Tayanch ibora va tushunchalar 

Konfutsiylik;  boylik  taqsimoti;  legistlar;  daosizm;  "Manu  qonunlari"; 

"Artxoshastra";  "Buyumning  qiymati";  sudxo‘rlik;  "Gapiruvchi  qurollar"; 

"Ekonomika";  "Xrematistika";  "Buyuk  Ipak  Yo‘li";  A.Temur  davrida  yer 

egaligining besh ko‘rinishi; A.Navoiy savdogarlarning ikki guruxi va boylikni 

orttirishning ikki yo‘li to‘g‘risida. 



 

1  "Iqtisodiy  bilimlar  tarixi"  ning  predmeti,  uslubi  (metodi)  va  ilmiy 

davrlash. 

"Iqtisodiy  bilimlar  tarixi"  fanning  predmeti  bo‘lib,  ma’lum  davrlardagi  u 

yoki bu sinflar ijtimoy qatlamlar insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy 

g‘oyalarning  vujudga  kelishi,  rivojlanishi  va  almashuvining  tarixiy  jarayoni 

xisoblanadi. 

"Iqtisodiy  bilimlar  tarixi"  mustaqil  fan  sifatida  eng  qadimgi  davrdan 

boshlab,  to  xozirgi  zamongacha  vujudga  kelgan  asosiy  iqtisodiy  fikr,  g‘oya, 

qarash nazariya va bilimlarni o‘z ichiga oladi. 

Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiy nazariyasi fani bilan 

bevosita bog‘liq.  Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil 

xarakterga  ega.  Bu  fanni  o‘rganish  orqali  ekonomiks,  xalq  xo‘jaligi  tarixi, 

iqtisodiy  tarix  va  iqtisodiy  konsepsiyalari  hamda  aniq  iqtisodiy  predmetlarni 

o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishlarni shart-sharoitlari va 

oqibatlarini taxlil etishga katta ko‘mak beradi.  

Masalan:  bizga  bugun  yangidek  tuyilgan  bozor  iqtisodiyoti  to‘g‘risidagi 

fikrlar  adam  Smit  tomonidan  1776  yili  chop  etilgan  "Xalqlar  boyligi"  asarida 

asosan to‘la taxlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar esa qadimdan ma’lum, 

ularni o‘rganishda eng muximi xayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‘p 

xollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat q‘olmaydi. 


     

Bu  fanni  o‘rganish  metodologiyasi  asosida  tarixiylik,  ob’ektivlik  va 



dialektik usuli yotadi.  

"Iqtisodiy  bilimlar  tarixi"  ni    o‘rganishda  ma’lum  davrlash  tizimidan 

foydalaniladi. Xozircha eng makbo‘l usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning 

o‘zgarishiga  qarab  ish  yuritishdir.  Chunki  qaysi  formatsiya  ustun,  ilgor 

boshqarishning  amalga  oshirish  bo‘lsa  o‘sha  (masalan,  quldorlik  yoki 

kapitalizm)  davrga  xos  jamiyatning  sinfiy  tuzilishi  iqtisodiy  manfaatlari  va 

boshqalar yotadi. 

Quldorlik va feodalizm davrida g‘oyalarning tarqalishi (migratsiyasi) juda 

qiyin  bo‘lgan.  Shuning  uchun  bu  davrlardagi  iqtisodiy  fikrlarni  mamlakatlar 

miqyosida alohida-alohida o‘rganishmoqda. 



2. Qadimgi sharq mamlakatlarda iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi. 

Iqtisodiy  fan  manbalarni  avvalo  jaxon  sivilizatsiyasining  beshigi  bo‘lgan 

qadimgi sharqdan izlamoq mantiqan to‘g‘ridir. 

Iqtisodiy  g‘oyalarning  shakllanishi  insoniyatning  paydo  bo‘lishi  bilan 

boglangan  ammo  xozirgi  paytda  qul  yozmalarda  aks  ettirilgan  g‘oyalargina 

taxlil  qilingan.  Shu  sababli  iqtisodiy  bilimlar  tarixi  quldorlik  jamiyati  paydo 

bo‘lishi bilan boglanadi. 

Dastlabki  quldorlik  jamiyati  sharqda  sinfiy  ajralish  boshlagan  joylarda, 

Mesopatomiya  (Tigr  va  Yevfrat  daryolari  oraligida)  va  Misrda  eramizdan 

avvalgi  1V  ming  yillikda  yuzaga  keldi.  Bunga  asosiy  sabab  shuki,  bu  yerda 

texnologik  inqilob  ro‘y  berdi.  Metall  kurollar  ishlatila  boshlandi,  qishloq 

xo‘jaligida intensif ko‘p  xollarda  sugorma dexqonchilikka o‘tildi. Shu asosda 

nisbatan  turgun  qo‘shimcha  maxsulot  olish  imkoni  tugilgan.  Oqibatda 

jamiyatda  mexnat  taqsimotini  rivojlantirishga,  ko‘pgina  xunarmandchilik 

sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishiga turtki bo‘ldi. Bu davrda 

qo‘shimcha  maxsulot  olishning  asosiy  usuli  jamoaga  birlashgan  dexqonlarni 

ekspluatatsiya  qilish  yo‘li  bilan  renta  soliq  olish  (Osiyo)  bo‘lsa,  qullarni 

(Davlat yoki xususiy) beayyov ishlatish bilan (Evropa) katta boylik ortirilgan. 

Sharqda  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi  darajasiga  qarab,  ayrim  "Erkin" 

axolining  axvoli  qularanikidan  deyarli  farq  qilmagan  (umuman  sharq 

mamlakatlarida qulchilik masalasi xali o‘zul-kesil xal etilgan emas). Akademik 

V.V.Struve  uni  tan  oladi.  Lekin  ko‘pgina  olimlarning  fikricha,  sharqda 

quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya’ni uy xo‘jaligida ustun 

bo‘lgan. 

Sharq,  jumladan  O‘rta  Osiyo  mamlakatlaridagi  xo‘jalik  faoliyatida 

nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dexqonchilik, qurilish sohasida 

qullar mexnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G‘arbiy Yevropadagi) ayrim 

regionallarda  xalqaro  savdoni  olib  borish  bilan  bog‘liq  ravishda  tovar-pul 

munosabatlari  ham  anchagina  rivojlangan  (masalan,  gretsiyaning  ayrim 


     

shaxarlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. 



O‘z  maxsulotini  mo‘ljallab  ishlab  chiqargan  qulchilik  xo‘jaliklari 

ekspluatatsiyani  kuchaytirishi  talab  etilgan.  Oqibatda  klassik  yoki  antik 

qulchilik yuzaga kelgan (Gretsiya va Italiya). 

Qadimgi  Misrdan  farqli  ravishda  mesopatamiyada  xususiy  mulkchilik  va 

tovar-pul  munosabatlarining  nisbatan  tez  rivojlanishi  xarakterlidir.  Bu-bobil 

(Vavilon)  da  podsholik  qilgan  hammurapi  qonun  to‘plamlari  (jami  282ta) 

diqqatga  sazovar.  Bunda  ishlab  chiqarishni,  birinchi  navbatta  qishloq 

xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mexnatsiz daromat 

topishga  qarshi  ko‘rashilgan.  Qarzni  qarz  xisobiga  uch  yildan  ortiq  ushlab 

turish  mumkin  bo‘lmagan  umuman,  xususiy  mulkchilik  shu  jumladan  yerga 

ham  tan  olingan.  Birovning  xususiy  mulkiga  ko‘z  olaytirgan,  unga  zarar 

yetkazganlar  iqtisodiy  jixatdan  jazolangan.  Bu  qonunlar  tuplami  davlatning, 

mamlakatlarning  iqtisodiy  boshqarish  sohasidagi  dastlabki  tajribasini 

ko‘rsatadi.  Oqibatda  shu  davrda  mamlakat  ham  siyosiy  jipslashgan  ham 

iqtisodiy ravnaq topdi.  

Qadimgi  xindistonning  "Manu  qonunlari  "da  (e.a.1V-111  asrlar)  ijtimoiy 

mexnat  taxsimotining  xukmronligi  va  buysunush  institutlarining  mavjudligi 

aytiladi.  

Xindistondagi  iqtisodiy  g‘oyalarni  aks  ettiruvchi  Qadimgi  yodgorlik 

"Artxashastra"dir (e.a.1V-III asrlar oraligida) unda qulchilikni  mustaxkamlash 

asosiy vazifa qilib kuyilgan. Asarda "Buyumning qiymati"  muammosi, qiymat 

miqdori,  davlatning  boshqarish  bo‘yicha  takliflar  va  bir  qancha  iqtisodiy 

g‘oyalar ilgari surilgan.  

Qadimgi  Xindistonda  yaratilgan  "Veda"larda  bir  qancha  muxim  iqtisodiy 

g‘oyalar keltirilgan.  

Qadimgi  Xitoydagi  iqtisodiy  g‘oyalari  Konfutsiy  yoki  Kun-Szi  (e.a.  551-

478 y y.) va boshqa iqtisodchilarning asarlarida jamlangan bo‘lib, tabiiy xuquq 

nazariyasi ilgari suriladi. 

Ularda  mexnat  taxsimoti,  davlatning  roli,  xalq  boyligi  va  xunarmandlar 

mulki o‘rtasidagi boglanish, iqtisod va qonun masalalariga bagishlanadi. 

Respublikamiz 

olimlarining 

tadqiqotlariga 

ko‘ra, 


zardushtiylik 

(Zaroastrizm)  dinning  (islomgacha)  mukaddas  kitobi  bo‘lgan  "Avesto"  (asli 

"Ovesta")da ham muxim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. 

Jumladan,  sun’iy  sugorish  asosida  dexqonlik  yuritish,  ona  tabiatni 

ezozlash, xayvonlarni  asrash, noo‘rin suymaslik, unga zulm qilmaslik, tuprok 

sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi 11 ming 

yillik oxiri - 1 ming yillik boshlaridagi vokealarni aks ettiradi va juda qadimiy 

yodgorlikdir. Bu dinning ta’sir doirasi juda keng bo‘lib, xozirgi Eron, markaziy 

Osiyo Kavkaz orti yurtlari (ayniqsa Ozarboyjon) va boshqa joylarda tarqalgan. 


     

Avesto  ma’lumotlariga  qarab  shu  davrdagi  jamiyatning  ijtimoiy  axvolini 



bilib olish mumkin. Bu davrda urug jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta) lar 

paydo  bo‘lganligi  ayondir,  ular  koxinlar,  xarbiylar,  chorvadorlar  va 

xunarmandlar, demak ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo‘lgan. Axoli 

ko‘proq  yarim  kuchmanchilik  asosida  kun  kechirgan.  Ekstesiv  chorvachilik 

yetakchi edi.  

3. Antik dunyo davlatlaridagi dastlabki iqtisodiy g‘oyalar. 

  Platon  (Aflotun)  "Davlat"  va  "Qonunlar"  asarlarida  ideal  davlat  qanday 

bo‘lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‘ldi. U axolini uch toifaga ajratgan:  

1.Faylasuvlar-davlatni boshqaruvchilar.  

2.  Xarbiylar  -  davlatning  boshqarish  apparatining  bir  qismi  bo‘lib  ular 

biror mulk egasi xuquqiga ega emas, iste’mol qilish esa ijtimoiy xarakterga ega 

bo‘lishi kerak .   

3. "Qora" toifa  - dexqon, xunarmand va savdogarlardan bo‘lib, ular  mulk 

egasi bo‘lishi kerak. 

  Bu  olimning  mexnat  taksimoti  tovar,  pul  va  savdogarlarning  ajralib 

chikishi,  o‘rtasidagi  aloqadorlik  to‘g‘risidagi  fikrni  usha  davr  uchun  buyuk 

kashfiyot  -  deb  baxolash  mumkin.  Ammo  aflotun  qulchilikka  asoslangan 

natural  xo‘jalikni  ximoya  qildi,  pul  funksiyasini    maomala  doirasidagina  deb 

bilishga  xarakat  qildi.  Pulni  jamiyatdagi  dushmanchilikning  bosh  sababchisi 

deb bildi. 

Agar osiyoda quldorlik ko‘proq patriarxal shaklda bo‘lsa, antik dunyoda u 

klassik  ravishda  ro‘y  bergan,  natural  xunarmandchilik-dexqonchilik  xo‘jaligi 

qullangan, ammo bu davr oxirida sudxurlik ham qo‘llab-quvvatlangan. Pulning 

asosan almashuv (Ksenofond jamgarmasi) funksiyasi tan olingan. U sudxurlik 

operatsiyalarini  inkor  etdi  va  baxolarni  me’yorida  saklash  yo‘li  bilan 

savdogarlarning foydasini chegaralashni talab qildi. Aflotun qullarni fukarolar 

deb  tan  olmadi  va  ular  biror  toifaga  kiritmadi.  Shunday  qilib,  aflotun  o‘zinig 

ideal, ya’ni bakamu-ko‘st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiy saklash 

tarafdori  edi.  Platonga  nisbatan  Aristotel  pulning  mohiyatini  kengrok  va 

chuqurrok anglab yetdi. Ammo u tovar ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi 

va  qiymatni  to‘la  tushunmaganligi  tufayli  tovarlar  pul  tufayli  bir  biri  bilan 

solishtirilishi mumkin degan xato xulosaga keldi.  

Rim (xozirgi Italiya) da quldorlik munosabatlari yuksaldi, lekin tanazzulga 

ham uchray boshladi.osiyoda feodalizm munosabat o‘zgardi. Erkin soxibkorlik 

ustunligi  oydin  bo‘lib  qoldi,  dexqonchilik  bilan  chorvachilik,  yirik  savdo 

sudxurlik  jamiyati  qullangan  (Sitseron).  Mayda  ishlab  chiqarishga  o‘tish 

jarayoni, isloxotlar (grakxlar) yo‘li boshlandi. 

Katon  tomonidan  foyda  tushunchasi  kiritilgan,  ammo  uni  xato  ravishda 

qiymatdan  ortiq  maxsulot  deb  bilgan.  Undan  tashqari  Rimning  iqtisodiy 



     

g‘oyalari  Varron,  Qolummela,  Sitseron  va  boshqalarning  asarida  ham 



ko‘rsatilgan. 

4.  Arab  va  G‘arbiy  Yevropa  davlatlarida  feodalizm  davridagi 

iqtisodiy g‘oyalar. 

  Feodal  munosabatlar  Sharqda  nisbatan  erta  tarkib  topdi  va  uzoqroq 

davom  etdi.  Arab  mamlakatlarining  iqtisodiyotiga  islom  akidalari  ijobiy  ta’sir 

etdi.  Kur’oni  Karim  va  xadislarda  keltirilgan  iqtisodiyotga  aloqador  qonun  - 

qoidalar  "Xidoya"  va  shu  kabi  boshqa  fikr  keng  o‘rganildi,  amalga  oshirdi, 

natijada  muxim  iqtisodiy  g‘oyalar  ilgari  surildi.  Mexnat,  ayniqsa  qishloq 

xo‘jaligi    xunarmandchilik  va  savdo  qo‘llab  -  quvvatlandi.  Isrovgarchilik, 

mexnatsiz daromat, ayniqsa sudxo‘rlik xarom deb e’lon qilindi. 

  Bu davr uchun Ibn Xoldunning iqtisodiy g‘oyalari nixoyatda muximdir, u 

o‘z  asarlarida  ijtimoiy  ishlab  chiqarish,  mexnat  unumdorligi,  oddiy  va 

murakkab mexnat, zaruriy va qo‘shimcha maxsulot, tovarning iste’mol qiymati 

va  umuman  qiymatning  farqini  ta’riflab  beradi,  ayirboshlash  tamoyirini 

(sarflangan  mexnatning  yarimi)  to‘g‘ri  talqin  etdi,  sarflangan  mexnat  bilan 

birga  shu  tovarning  odamlarsha  zarurligi  ham  muximligini  ta’kidladi.  Uning 

asarlarida  mexnat  taksimoti,  tovar  pul  munosabatlari,  soliq  tizimining  xalq 

farovonligi  ta’siri  asosan  to‘g‘ri  taxlil  etib  berilgan.  G‘arbiy  Yevropadagi 

feodal  munosabatlar  nisbatan  kech  tarkib  topgan  bo‘lsa  ham,  uning  rivoji 

tezroq  bo‘ldi.  Dexqonchilik  umuman  qishloq  xo‘jaligi  ustun  bo‘lishiga 

qaramay,  xunarmandchilikda  sex  tizimi,  keyinroq  manufaktura  vujudga  keldi, 

mexnat  taksimoti  tamoyillari  tarkib  topdi.  Bu  davrda  garbda  natural  xo‘jalik 

(iste’mol  qiymati  ishlab  chiqarish)  qullangan,  oltin  va  kumush,  zeb-ziynat 

sun’iy  boylik  deb  qaralgan.  "Adolatli  baxo"  masalasi  ko‘tarilgan.  Bu  yerda 

ham  din  va  din  ahli  tomonidan  iqtisodiyotda  muxim  fikrlar  ilgari  surilgan. 

Masalan, f. Akvinskiy "Adolatli baxo" masalasini naf va  manfaatlar tengligini 

asosida  hal  etdi.  Protsent  (foizni)  oqlaydi,  uni  qo‘llaydi  va  tavakkalchilik 

to‘lovi  deydi.  U  shuningdek  rentani  ham  qo‘llaydi,  uning  ekpluatatorlik 

mohiyatini inkor etadi. 

Rossiyada  shu  davrdagi  iqtisodiy  g‘oyalarda  ham  dexqon  mexnati  - 

boylikning asosi ekanligi ko‘rsatiladi. 

Natural  renta  miqdori  2  foiz  belgilanadi,  tovar  pul  munosabatlariga 

ayniqsa savdoga qarshi g‘oyalar ko‘p edi. 

5. IX-XV asrlarda O‘rta Osiyodagi iqtisodiy g‘oyalar

O‘rta Osiyoda dastlabki uygonish davrida olamga mashxur donishmandlar 

yetishib chikdi, ularning faoliyatida iqtisodiyot masalalari asosan to‘g‘ri talqin 

etildi. Isrofgarchilik, soliq, xisob-kitob muammolari ko‘tarildi. Markazlashgan 

davlat  asoschisi  Amir  Temur  va  uning  avlodlari  davrida  muxim  iqtisodiy 

g‘oyalar vujudga keldi. Bu yerda boshqa mamalakatlardan ancha ilgari ishlab 



     

10 


chiqarish  bilan  birga  savodga  ham  e’tibor  berildi,  foydaning  katta  qismi  shu 

sohaga (ya’ni  muamola sohasi) bilan bog‘liq ekanligi aytildi va "Buyuk Ipak 

Yo‘li" ni avj oldirishga ahamiyat berildi. 

Jaxonda  birinchi  marta  byudjet  (davlat  xazinasi),  kirim-chikim  daftari, 

xisob-kitob,  maosh,  soglik,  taksimot,  nazorat  masalalari  ilmiy  darajaga 

ko‘tarildi. Soglik tizimi daromad katta yordam berdi, ya’ni soglik daromadning 

o‘sishiga  xalaqit  bermagan.  Bu  davlatda  iqtisodiy  g‘oyalar  asosida  shunday 

iqtisodiy  siyosat  olib  borilganki,  davlat  va  xalqning  turmush  darajasi  ancha 

yuksaklikka  ko‘tarilgan.  Sovdagorlarning  faoliyati  (10%  foyda)    kallob  va 

tovlamachilardan  farqlangan.  Iqtisodiy  erkin  soxibkorlar  tomonidan  olib 

borilgan,  ammo  bunda  davlat  ham  ancha  ishtirok  etgan  (qonunlar  amaliyoti 

nazorat  etilgan).  Ayniqsa  yer,  suv  munosabatlarida  muxim  g‘oyalar  bo‘lgan, 

masalan,  yangi  yer  olganlar  dastabki  uch  yil  dovamida  soliqdan  ozod 

etilganlar.  Ishlab  chiqarishning  shaxsiy  manfaatdorlik  tamoyiliga  amal 

qilinganligi  juda  muxim  narsa  bo‘lib,  u  rivojlanishning  bosh  omili  edi. 

Mamlakatlar  rivojida  tinch  osoyishtalik  va  birlikning  ahamiyati  tushinib 

yetilgan (A.Navoiy). 

Xulosa 

Dastlabki  iqtisodiy  g‘oyalar  insoniyatning  paydo  bo‘lishi  bilan 

shakllangan,  ammo  bizgacha  yetib  kelganlari  e.a.  2-ming  yillikka  to‘g‘ri 

keladi,  ko‘proq  qadimiy  Osiyo  xalqlarining  xo‘jalik  faoliyatini  aks  ettiradi. 

Antik  dunyoga  ma’lum  darajada  birinchi  iqtisodiyot  mushoxadalar,  ayrim 

iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshlagan. 

Qullikka  asoslangan  natural  xo‘jalik,  ayniqsa  qishloq  xo‘jaligi  qo‘llab-

quvvatlangan, boylikning asosiy  manbai  mexnat deb xisoblangan Xindistonda 

"Buyumning  qiymati"  ni  "ish  kunlari"  bilan  belgilash,  maxsulotning  bozor 

baxosi  bilan  uning  tabiiy  o‘iymati  o‘rtasidagi  farq  aytilgan,  foyda  masalasi 

ko‘tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodiga aralashuvi qo‘llab -

quvvatlangan. 

Feodal yer egalari davrida natural xo‘jalik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi asosiy 

edi,  ammo  shu  bilan  birga  bu  paytda  shaxarlar  soni  o‘sdi,  tovar-pul 

munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali ishlab chiqarish 

usuli bo‘lgan krepostnoylikka o‘tildi. Avvalgi davrdagi natural xo‘jalik ishlab 

chiqarishni  (T-T)  asta-sekin  T-P-T  munosabatlari  bilan  almasha  bordi  (agrar 

yo‘nalish  xal  qiluvchi),  iste’mol  qiymatlarini  yaratish  baribir  asasiy  maksad 

bo‘lgan va shu g‘oya ximoya etilgan, mexnat qurollari takomillashgan davrda 

bu tabiiy bir xol edi. 

Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom 

etdi.  Arab  mamalakatlari  iqtisodiyotiga  Islom  aqidalari  faol  ijodiy  ta’sir  etdi. 

Qur’oni Karim va Xadislarda keltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun qoidalar 


     

11 


"Xidoya" va shu kabi boshqa fiqx kitoblarida keng o‘rganilib, amalga oshirildi, 

natijada  muxim  iqtisodiy  g‘oyalar  ilgari  surildi.  Mexnat,  ayniqsa,  qishloq 

xo‘jaligi,  xunarmandchilik  va  savdo  qo‘llab  quvvatlandi.  Isrofganchilik, 

mexnatsiz daromad, ayniqsa sutxo‘rlik xarom deb e’lon qilindi. 



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling