Sanoat soxalari texnologiyasi fanidan oraliq nazorat savollari 21- variant


Download 300 Kb.
Sana07.06.2020
Hajmi300 Kb.
#115911
Bog'liq
Sanoat soxalari


Sanoat soxalari texnologiyasi" fanidan oraliq nazorat savollari
21- variant

1. Mashinasozlik texnologiyasining predmeti va vazifalari

2. Texnologik jarayonlar strukturasi, texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish uchun qanday ma'lumotlarga ega bo'lish kerak?

3. Adekvativ model deganda nimani tushunasiz?



Kafedra mudiri: dots. T.Dadaboev

Tayyorladi: B. Mullaboev

Mashinasozlik sanoati – milliy iqtisodiyot uchun mashina va mexanizmlar, jihozlar, agregat va apparatlar, asbob uskunalar, madaniy-maishiy mollar, shuningdek, mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi og’ir sanoat tarmoqlari majmui. Mashinasozlik sanoati butun milliy iqtisodiyotni texnika bilan ta’minlashda moddiy asos hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, xalqning moddiy-madaniy farovonligi va mamalakat quvvati mashinasozlik sanoati taraqqiyotiga bog’liq. Uning ahamiyati, eng avvalo, hozirgi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga va insonlar hayotining barcha sohalariga joriy etish asosida qo’l mehnatini mashina mehnatiga aylantirish, mashinani mashina bilan yaratish, tejamkorlikni ta’minlash, yengillashtirish va mehnatning mazmuni va xarektirini o’zgartirishdan iborat. Mashinasozlik sanoati mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning samaradorligini yuqori darajaga ko’tarishga imkoniyat yaratadi. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi milliy iqtisodning barcha sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan mehnat qurollari ya’ni mehnat vositalari bilan ta’minlashdan iborat. Ular turli tarmoqlar va korxonalarda tayyorlanadi. Hozirgi kunda mashinasozlik sanoatining 15 tarmog’i mavjud bo’lib, ular tasarrufida 100 dan ortiq yirik va o’rtakorxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.

Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari keskin o’zgardi. Uni quyidagi jadvalda ko’rish mumkin (14 - jadval).

14-jadval

O’zbekiston mashinasozlik sanoatida muhim mahsulot turlari

Avtomobillar

Avtobuslar

Kuchlanish trans-formatorlari

Traktorlar

Traktor kulьtivatorlari

Paxta terish mashinalari

Maxsus elektrik ko’prik kranlari


Mashinasozlik sanoati tarkibida metall ishlash sohasi ham mavjud bo’lib, bu soha o’z navbatida, metall buyumlar tayyorlash, metall kostruktsiyalar hamda mashina va asbob-uskunalar remonti tarmoqlaridan iborat. Bunday faoliyat bilan 2,5 mingdan ortiq korxonalar shug’ullanadi.

O’zbekiston mashinasozligiga avtomobilsozlik, samolyotsozlik, traktorsozlik va qishloq xo’jalik mashinasozligi, elektro-texnikasozlik, asbobsozlik va kabelsozlik kabi yirik tarmoqlar kiradi.

Mashinasozlik ishlab chiqaradigan mahsulotlar hajmi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati va xodimlarini soni jihatidan O’zbekiston sanoat tarmoqlari orasida yuqori o’rinlarda turadi.

Avtomobil sanoati – mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, uning korxonalarida avtomobillar, tirkama (pritsep) va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar va boshqa ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. SHuningdek, mototsiklar, motorollerlar, mopedlar, velosiped ishlab chiqarish korxonalari ham avtomobilь sanoati tarkibiga kiradi.

Qishloq xo’jaligi mashinasozligi. 1931 yil «Toshqishloqmash» zavodining birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod paxtachilik uchun xilma-xil texnika ishlab chiqara boshladi. Hozirgi paytda bu tarmoq korxonalari qishloq xo’jaligi uchun mashinalar sistemasiga tegishli barcha mashina - mexanizmlarni yetarli darajada ishlab chiqarmoqda.

Paxta tozalash sanoati mashinasozligi «O’zbekpaxtamash» birlashmasida jamlangan. Uning tarkibida Toshkent mashinasozlik zavodi (bosh korxona), Andijon «Tojmetall» zavodi va Kattaqo’rg’on «Paxtamash», CHustdagi «Olmospaxtamash» zavodlari, Toshkent davlat maxsus paxta tozalash uskunalari konstruktorlik byurolari bor. Bu sohaning asosiy mahsulotlari – paxta tayyorlash punktlari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik qurilmalar, arrali va jo’vali (valikli) paxta tolasi ajratish (jun) mashinalari, linterlar, tola tozalagichlar, chigit saralash va tozalash mashinalari, transportyorlar, g’aram buzgichlar, paxta uzatkichlar, tunnel ochish mashinalari, paxta g’aramlarini shamollatish va chang tutish mashinalari, shuningdek, kanopni qayta ishlash mashina va qurilmalari – jami 50 xil dan ortiq mahsulot turlarini o’z ichiga oladi.

Mashinasozlikda mehnat qurollari yaratiladi, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarining asosiy bo’g’ini bo’lib, davlatning texnik taraqqiyoti darajasini belgilaydi.

Mashinasozlik texnologiyasi predmeti mashinasozlikda yaratiladigan moddiy ne’matlarni yaratishdagi ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni o’rgatadi. Mashinasozlik texnologiyasi fanining tarmog’i sifatida xomashyolardan zagotovkalar olish, mashinalar ishlab chiqarishdagi qonuniyatlarga asoslangan holda yuqori sifatli, arzon mashinalar ishlab chiqarish yullarini va usullarini o’rgatadi.

Mashinalarning vazifasiga muvofiq mashinasozlikning kuyidagi asosiy tarmoqlari - stanoksozlik, og’ir, transport, energetika mashinasozligi, samolyotsozlik, avtotransportsozlik, qishloq xo’jalik mashinasozligi, shuningdek, tog’, neftь, ximiya, to’qimachilik, yengil, qurilish, aloqa va boshqa sanoat tarmoqlar uchun asbob uskunalar ishlab chiqaradi.

Hozirda mashinasozlik sanoatining oldiga qo’yilgan asosiy vazifalar qilib ishlab chiqarilayotgan mashina, asbob-uskunalar va uskunalarning sifatini oshirish, texnik darajasini, umumdorligini, ishonchliligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Mashinasozlikning hamma tarmoqlarida yangi turdagi mashinalardan foydalanish orqali qora metall prokati profillaridan samarali foydalanish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, ko’p mehnat talab etadigan ishlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hamda metallardan samarali foydalanishga erishish mumkin. Hozirgi zamon talabiga javob beradigan yangi stanoklardan, avtomatik liniyalar va metallarga ishlov berishning yangi usullaridan foydalanish orqali mashinasozlik sanoatini texnik jihatdan qurollantirilishini ta’minlash mumkin.

Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo, uning ro’y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar mavjud bo’lmog’i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’i nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo’lgan uchta omili ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo’lishi shart.

Ishlab chiqarish jarayonida biz yuqorida sanab o’tgan omillarning hammasi qatnashadi, ular bir-birini to’ldiradi, bir-biriga ta’sir qiladi. Ulardan biri bo’lmasa ishlab chiqarish bo’lmaydi, yoki samarasiz bo’ladi, ko’zlangan maqsadga erishilmaydi. Ikki, yoki bir nechta ishlab chiqarish omillarining bir-biriga o’zaro ta’siri natijasida vujudga kelgan mahsulot yoki xizmat hajmining o’zgarishi ishlab chiqarish funksiyasi deyiladi.



Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarning iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar faoliyatining asosiy tomoni, chunki bu jarayonda kishilar o’rtasida bo’ladigan munosabatlar boshqa hamma sohalarda – ayirboshlash, taqsimot va iste’mol sohalarida ro’y beradigan munosabatlarning xususiyatlarini va yo’nalishini belgilab beradi.

Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko’rinishini o’zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan faoliyatdan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o’zaro ma’lum munosabatda bo’ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida bo’ladigan bu munosabatlarning xarakterini, shakllarini va xususiyatlarini o’rganish va ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil etish oliy maqsadga, ya’ni cheklangan Iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda kishilarning o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishning birdan-bir yo’lidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishning ichki qonuniyatlari va uning rivojlanish xususiyatlari ko’pgina Iqtisodchi olimlar tomonidan ko’rsatib berilgan. Ular mehnat kishilar yashashining umumiy asosidir deb ta’riflaydilar. Demak, mehnat iste’mol qiymatlarini yaratuvchi sifatida, foydali mehnat sifatida kishilarning yashashi uchun hech qanday ijtimoiy shakllarga bog’liq bo’lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir, mehnat bo’lmaganda kishi bilan tabiat o’rtasida modda almashinuvi ham mumkin bo’lmas edi.

Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo’llashni kengaytirib boradi.

SHunday qilib, mehnat jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.

Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo’lib, umum insoniy kategoriyadir (tushunchadir).

SHuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega bo’lib, oddiy tosh va yog’och qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan tortib to hozirgi zamon murakkab texnologiyasiga asoslangan robotsozlik, samolyotsozlik, komp’yuter texnikalarini, zamonaviy radio va televidenie vositalarini ishlab chiqarishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi davrda mamlakatimiz hududida bir necha yuzlab tarmoqlar va sohalarda xalqimizning iste’moli va ishlab chiqarishning o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlari va asbob uskunalar ishlab chiqariladi.

Ishlab chiqarish jarayoni – korxonaning murakkab va ko’p qirrali faoliyati asosida tashkil topgan bo’lib, uning asosiy vazifasi dastlabki xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishdir.

Ishlab chiqarish jarayoni mehnat vositasi, ishlab chiqarish quroli va jonli mehnat harakati yig’indisidan iborat bo’lib, xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylantirishga xizmat qiladi.

Ma’lumki xom-ashyolarning tayyor mahsulotga aylanishiga xamma jarayonlarning roli bir xil bo’lmaydi. Ba’zi jarayonlar xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylantirishda bevosita qatnashadi. SHunday jarayonlarning yig’indisi asosiy ishlab chiqarishni tashkil etadi. Ayrimlari esa xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylanishida kerakli imkoniyat yaratadi. Bular korxonaga tayyor mahsulot yetkazib berish, dastgoxlarini tuzatish, elektr quvvati bilan ta’minlash, tayyor mahsulotlarni jo’natish kabi yordamchi jarayonlar yig’indisidan iborat. Bu jarayonlar yig’indisiga yordamchi ishlab chiqarish jarayoni deb ataladi.

Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari va qisman mehnat bir – biri bilan o’zaro bog’liq tarzda yo’lga qo’yilgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish natijasida korxona yuqori darajadagi samaradorlik ko’rsatkichlarga erishadi. SHuni aytish kerakki, asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida, bir xil uchastkalarning unumliligi bir-biriga mos emasligi, ishchilarning noto’g’ri joylashtirilishi, dastgohlar ishlashi buzilishi, texnologiya tuzimiga e’tibor bermaslik, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilmaslik natijasida yordamchi ishlab chiqarish jarayoni yuqori darajada tashkil etilmasligi kabi holatlar korxona texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladi.

Ishlab chiqarish jarayonlarining yig’indisi qisman mehnat jarayonlaridan iborat bo’lib, ularni turkumlashda oqilona variantlardan foydalanib, to’g’ri loyihalash talab etiladi. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonni chizma bo’laklarga taqsimlashda xolislikni talab qiladi, chunki ularda doimiy alomatlar saqlanib qolishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoni chizma bo’laklarining birlamchi asosiy qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchi, mehnat buyumi va mehnat vositasining doyimiyligi natijasida paydo bo’ladi. Agar ulardan qaysi biri o’zining harakati va sifati jihatidan o’zgarsa yangi ishlab chiqarish jarayoni paydo bo’ladi.



Yani ishchi ish qurolini yoki xom-ashyoni o’zgartirsa, albatta yangi mahsulot, yangi mehnat paydo bo’ladi. Bir xil ish joyida bir yoki bir necha ishchilar turli xil jarayonni boshqarishi mumkin. Bu esa qisman mehnat jarayonini tashkil qiladi. Ko’chib yuruvchi jarayon mehnat buyumining bir joydan ikkinchi joyga o’tish holatini o’zgartiradi.

4.1-chizma.Ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlari

Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov idoralari, moddiy-texnika ta’minoti, kommunal va uy-joy xo’jaliklari, turli xil xizmat ko’rsatish sohalari va boshqalardan iborat. Har bir mamlakat o’z taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo’lgan tarmoqlar tarkibini vujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib ishlab chiqarishni o’stirish va xalqning talabini qondirish uchun o’ta zarur bo’lgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo’ladigan hamkorlikni yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e’tibor beriladi.

Turli mulk shakllarining teng huquqliligi qaror topayotgan hozirgi o’tish davrida aholiga turli xizmatlar ko’rsatish miqdori ham o’smoqda. Bu esa Respublikamiz hukumatining keyingi yillarda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlari (individual mehnat faoliyati, kooperatsiya, ijara pudrati, yer, mulk, tadbirkorlik, soliqlar to’g’risidagi qonunlar) natijasidir.

Xo’jalik yuritishning yangi shakli va usullarining aholiga xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini, turli chiqindilarni qayta ishlash usullarining Iqtisodiyotimizga kirib kelishining ob’ektiv sababi mehnatkashlarni tovar va xizmatlar bilan ta’minlash sohalarini rivojlantirishdir.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mehnat faoliyatining muhim tomoni bo’lgan uy xo’jaligi imkoniyatlaridan (kasanachilik, hunarmandchilik, nonvoylik, uy bog’cha va yaslilari ochish, repetitorlik, qo’shimcha dars o’tish) foydalanishning munosib yo’llaridan biri hisoblanadi, chunki bu usul qo’shimcha binolar qurilishini talab qilmaydi va mablag’ni tejashga imkon beradi va shu bilan birga xizmatlar turini va miqdorini kupaytiradi.

Ma’lumki, bizda ish vaqtining anchagina qismi uy-ro’zg’or ishiga to’g’ri kelmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakat aholisi uy-ro’zg’or ishlariga yiliga sarflagan vaqt ijtimoiy ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqtiga qaraganda ko’proq ekan. Buning ustiga uy-ro’zg’or ishlari talaygina quvvatni talab qiladi. Ushbu va shunga o’xshash boshqa misollar maishiy xizmatlar ko’rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, uy-ro’zg’or ishlarini mexanizatsiyalash imkonini beradigan mashina va asbob – uskunalarni ko’plab ishlab chiqarishni talab etadi. Ehtiyojlar turi qancha ko’p bo’lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o’rganish oson bo’lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishlarga bo’linadi.

Moddiy ishlab chiqarish sohasida zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, nomoddiy sohada esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.

Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va ikkinchi bo’linmalardan iborat bo’ladi. Birinchi bo’linmada ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo’lgan vositalar - stanok, mashina, asbob-uskuna, xom ashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo’linmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo’lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi.

Birinchi bo’linmada ishlab chiqarilgan tovarlar shu yilning o’zida ikkinchi bo’linmada va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo’linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o’z navbatida birinchi bo’linma uchun zarurdir. SHuning uchun ular o’rtasida doimo Iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo’lib turadi.

Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayoni jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xos bo’lgan umumiy hodisa bo’lsa-da, kishilar, sohalar, korxonalar o’rtasida ma’lum shakldagi o’zaro munosabatsiz amalga oshishi mumkin emas. SHuning uchun ishlab chiqarish jarayoni hamisha ma’lum bir ijtimoiy shaklda, ya’ni shu davrda amal qilayotgan ishlab chiqarish munosabatlariga mos holda amalga oshadi.

Bozor Iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymati yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o’sish jarayonidir.

Har qanday mahsulot, shu jumladan bozor sharoitidagi yoki unga o’tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo’lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o’zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o’zaro bog’liq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir. SHuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o’sishida ko’rinadi. SHu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatini yaratish, ko’paytirish va qiymatlarning o’sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatni, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo’ladi.

Bozor Iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin.

4.2-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni.

Ishlab chiqarish jarayoni ikki tomonlama tahlil qilib o’rganilganda uni to’g’ri tushunish mumkin bo’ladi. Bu yerda shuni hisobga olish lozimki, oldingi ishlab chiqarish jarayonidan chiqqan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko’paymagan holda o’zi qancha bo’lsa shu miqdorda aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o’tkaziladi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar qiymatga ega emas, shuning uchun ular iste’mol qiymatini hosil qilishda omil sifatida qatnashsa ham, lekin qiymatning tashkil topishida qatnashmaydi. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham ikki tomoni borligini ko’rsatadi.

Har qanday korxona faoliyatini asosiy ishlab chiqarish jarayoni tashkil etadi. SHu sababdan korxona muvaffaqiyati ana shu jarayonni qanday tashkil etilishiga bog’liqdir. Ishlab chiqarish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish uning samaradorligini oshiradi, moddiy xarajatlarni kamaytiradi, mehnat sarfini qisqartirib, tannarxni pasaytiradi.

Yuqorida aytganimizdek ishlab chiqarish jarayoni - mahsulot ishlab chiqarish uchun mazkur korxonalar va mehnat qurollari xarakatlarining majmuidir yoki boshqacha qilib ta’rif berilsa, ishlab chiqarish jarayoni insonning mehnat qurollari yordamida mehnat buyumlariga maqsadga muvofiq ta’siridir. Ishlab chiqarish jarayoni uch elementdan tashkil topadi.

1. Mehnat buyumlari - xom ashyo, materiallar.

2. Mehnat vositalari - jixozlar va uskunalar.

3. Mehnat - inson faoliyati.

Ishlab chiqarish jarayoni texnologik jarayonlar va yordamchi jarayonlardan tashkil topadi.

Texnologik jarayon buyumlar holatini o’zgartirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni bir qismidir. Texnologik jarayon texnologik operasiyalar yig’indisidan iborat.

Texnologik operatsiya ish o’rnining ishlov berilayotgan mahsulotning va ishchining o’zgarmasligi bilan harakterlanadi. Ana shu elementlardan birontasining o’zgarishi bir operasiya tugab ikkinchisi boshlanganidan dalolat beradi.

Qo’llaniladigan jixozlarga ko’ra texnologik operatsiyalarning quyidagi turlarini ajratish mumkin.

1. Qo’l operatsiyalari – faqat qo’lda bajariladi.

2. Mashina qo’l operatsiyalari – mashina va qo’lda bajariladi.

3. Mashina operatsiyalari - jarayon ishchining ishtirokisiz bajariladi, ishchining funktsiyasi jixozni ishga tayyorlashdan iboratdir.

4. Avtomatlashgan operatsiyalar - ishchining ishtirokisiz amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish jarayoni turli xil ko’rinish va xarakterga ega bo’lgan qismiy jarayonlardan tashkil topadi. Barcha qismiy jarayonlar asosiy va yordamchi jarayonlarga bo’linadi. Xom ashyoning shakli va holatini bevosita o’zgartirib, yangi mahsulot yaratadigan jarayon asosiy ishlab chiqarish jarayonidir. O’z navbatida asosiy jarayonlar mehnat va tabiiy jarayonlarga bo’linadi. Ishlov berilayotgan buyumlarning shakl, o’lcham, fizikaviy - ximiyaviy xususiyatlarining o’zgarishi bevosita insonning maqsadga muvofiq ta’sirida ro’y bersa, ushbu jarayon mehnat jarayoni hisoblanadi. Tabiiy kuchlar ta’sirida amalga oshiriladigan jarayonlar tabiiy jarayonlardir.

Asosiy jarayonlar bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonida yordamchi jarayonlar ham mavjud. Yordamchi jarayonlar asosiy jarayonlarning uzluksizligini ta’minlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Yordamchi jarayonlarga texnologik asbob uskunalar tayyorlash, jixozlarni ta’mirlash, mahsulot sifatini nazorat qilish, transportirovka, moddiy boyliklarni saqlash jarayonlarini misol qilish mumkin.

2. Korxonalarda shlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish va uning turlari


Ishlab chiqarish jarayoni va uning tuzilishi. Ishlab chiqarish jarayoni -korxonaning murakkab va ko’p qirrali faoliyati asosida tashkil topgan bo’lib, uning asosiy vazifasi dastlabki xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishdir.

Ishlab chiqarish jarayoni mehnat vositasi ishlab chiqarish quroli va jonli mehnat harakati yig’indisidan iborat bo’lib, xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylantirishga xizmat qiladi. Barcha ishlab chiqarish jarayonlarini asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi jarayonlarga bo’lish qabul qilingan. Ma’lumki xom ashyolarning tayyor mahsulotga aylanishiga hamma jarayonlarning roli bir xil bo’lmaydi. Ba’zi jarayonlar xom ashyoning tayyor mahsulotga aylantirishda bevosita qatnashadi. SHunday jarayonlarning yig’indisi asosiy ishlab chiqarishni tashkil etadi. Ayrimlari esa xom ashyoning tayyor mahsulotga aylanishida kerakli imkoniyat yaratadi. Bular korxonaga tayyor mahsulot yetkazib berish, dastgohlarini tuzatish, elektr quvvati bilan ta’minlash, tayyor mahsulotlarni jo’natish kabi yordamchi jarayonlar yig’indisidan iborat.

Bu jarayonlar yig’indisiga yordamchi ishlab chiqarish jarayoni deb ataladi. Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari va qisman mehnat bir - biri bilan o’zaro bog’liq tarzda yo’lga qo’yilgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish natijasida korxona yuqori darajadagi samaradorlik ko’rsatkichlarga erishadi. SHuni aytish kerakki, asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida, bir xil uchastikalarningunumliligi bir-biriga mos emasligi, ishchilarning noto’g’ri joylashtirilishi, dastgohlar konpanovkasi buzilishi, texnologiya tuzimiga e’tibor bermaslik, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilmaslik natijasida yordamchi ishlab chiqarish jarayoni yuqori darajada tashkil etilmasligi kabi holatlar korxona texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladi.

Ishlab chiqarish jarayonlarining yig’indisi qisman mehnat jarayonlaridan iborat bo’lib, ularni turkumlashda oqilona variantlardan foydalanib, to’g’ri loyihalash talab etiladi. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonni chizma bo’laklarga taqsimlashda holislikni talab qiladi, chunki ularda doimiy alomatlar saqlanib qolishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoni – chizma bo’laklarining birlamchi asosiy qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni – ish kuchi, mehnat buyumi va mehnat vositasining doyimiyligi natijasida paydo bo’ladi agar ulardan qaysi biri o’zining harakati va sifati jihatidan o’zgarsa yangi ishlab chiqarish jarayoni paydo bo’ladi. (Ishchi ish qurolini yoki xom ashyoni o’zgartirsa, albatta yangi mahsulot, yangi mehnat paydo bo’ladi).

Bir xil ish joyida bir yoki bir necha ishchilar turli xil jarayonni boshqarishi mumkin. Bu esa qisman mehnat jarayonini tashkil qiladi. Ko’chib yuruvchi jarayon mehnat buyumining bir joydan ikkinchi joyga o’tish (fazodagi) holatini o’zgartiradi.

Nazoratchi jarayon texnologik jarayonning qanday vaziyatda bajarilayotganini (harorat, namlikning to’g’ri topilishi) nazorat qilib turadi. Ta’minlovchi jarayon texnologik jarayonning qoidali kechishiga shart-sharoit yaratib beradi. Ishlab chiqarish jarayonlarining bajarilish usullari uch turga bo’linadi: mashinada (mashina yordamida va ishchi nazorati ostida) amalga oshiriladigan jarayon, qo’lda (mashina yordamisiz) bajariladigan jarayon, jarayon mashina va qo’l kuchi birdamligida ishchining bevosita ishtirokida bajariladi.

Ishlab chiqarish davrining davomiyligi. Ishlab chiqarish davri deb biror-bir mahsulotni tayyorlashda unga (boshidan to oxirigacha) sarf bo’lgan hamma ish va dam olish vaqtlari umumiy davomiyligining ish vaqti birligi (kun, soat, minut) bilan o’lchanadi.

Ishlab chiqarish davri davomiylik muddatini qisqartirish omillari. Har bir ishlab chiqarish siklida texnologikva ko’chib yurish jarayonlari bo’lib, ularning bir birlari bilan vazifalarini almashib bajarishlari natijasida ishlab chiqarish sikllari davomiyligi uzunliginiqisqartirish mumkin. SHunga o’xshash nazorat, reglamentlikdan olish va boshqa jarayonlarni ham qisqartirish mumkin.

Ishlab chiqarish siklining qisqarishiesa mahsulot ishlab chiqarishdagi hajmga, sifatga va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun, texnologik ishlab chiqarish siklini kam vaqt sarf bo’ladigan variantlarni qo’llash kerak. Ishlab chiqarish siklini davomiyligini qisqartirish omillari 8-chizmada ko’rsatilgan.

Ishlab chiqarish turlari. Ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari va miqdorlariga qarab ishlab chiqarish yakka (donalab), seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo’linadi. Yakka ishlab chiqarish – mehnat jarayonlarining tuzilishi, o’zining beqarorligi bilan korxonalarning asosiy ishlab chiqarish ish joylarida bajarilayotgan jarayonlar bir mahsulot tayyor bo’lgandan so’ng ikkinchi mahsulot uchun o’zgaradi, yana yangimehnat jarayoni boshlanadi. Seriyali ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish shaklida ma’lum vaqt oralig’ida bir xil mahsulotlarning seriyalarini tayyorlash takrorlanadi. Ommaviy ishlab chiqarish – mehnat jarayonining davomiyligi va uning murakkabligi bilan farq qiladi. Bu yerda mahsulot tayyorlash har bir ish joyida, har bir ish kunida bir xil mehnat jarayonida tayyorlanadi.

Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishni tashkil etishda ixtisoslashuv muhim o’rin tutadi. Ixtisoslashuv - ayrim korxona yoki uning bo’linmalarini ma’lum bir turdagi mahsulot yoki uning ayrim qismlarini ishlab chiqarishga moslashtirishdir.

Mehnat taqsimotiga ko’ra ixtisoslashtirishning uch xil turi mavjud: buyumli, texnologik, detalli. Ixtisoslashtirishning ushbu turlari nafaqat asosiy ishlab chiqarishga, balki yordamchi ishlabchiqarishga ham xosdir. Masalan, instrumentlar va tamirlash sexini ixtisoslashtirish, qo’l instrumentlarini ishlab chiqaruvchi, mashina va jihozlarni tamirlashda ishlatiladigan instrumentlarni ishlab chiqaruvchi bo’linmalarni tashkil etishda ko’rinadi. Ixtisoslashtirishning yuqorida qayd etilgan shakllari tarmoq, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo ixtisoslashuv ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Tarmoq ixtisoslashuvi buyumli ixtisoslashuv ko’rinishida namoyon bo’ladi. Tarmoq ichidagi ixtisoslashuv bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishni tarmoq korxonalari ichida taqsimlanishini ko’zda tutadi. Tarmoqlararo ixtisoslashuv detalliva texnologik shakllar bilan bog’langan bo’lib, bir qancha tarmoq korxonalari foydalanadigan mahsulot turini ishlab chiqarishda ko’rinadi. Korxonalarning bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarishga moslashtirilishi korxona ishlab chiqarish bo’linmalarining ham ixtisoslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Ixtisoslashtirishning qaysi shaklini qo’llash shu korxonadagi ishlab chiqarish sharoitiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga, ishlab chiqarish turiga, texnika va texnologiya darajasiga bog’liq. Ko’p hollarda korxonalarda har uch shakl ham birgalikda uchraydi. Ichki buyumli ixtisoslashuv buyumli yakunlangan sexlarni tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir uchastka alohida detal va bo’g’inlarni ishlab chiqaradi. Masalan: shesternya, boltlar, gaykalar, vallar ishlab chiqaradi. Ichki texnologik ixtisoslashuvda texnologik jihatdan bir xil bo’lgan jarayonlar bir uchastkaga birlashtiriladi.Masalan: quyish sexi, mexanik sex, yig’uv sexi. Ixtisoslashtirishning muhim tomoni shundaki, u ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish, asbob-uskunlardan samarali foydalanish, progressiv usullarni qo’llash, ishlab chiqarishning bir maromda ishlashini ta’minlash imkonini yaratadi. Bundan tashqari ixtisoslashuv korxonalarda ommaviy ishlab chiqarish elementlarini qo’llash imkoniyatini kengaytiradi. Ishlab chiqarish turlari va ularning xarakteristikasi. Korxona ixtisoslashuv darajasi eng avvalo tanlangan ishlab chiqarish turi bilan belgilangan. Ishlab chiqarish tipi uning tashkiliy-texnik xususiyatlari yig’indisi bilan xarakterlanadi. Ushbu xususiyatlar bir vaqtda va doimiy ravishda ishlab chiqarishga kiritilayotgan bir turdagi mahsulot miqdori shuningdek mahsulot turi bilan belgilanadi.

Tanlangan ishlab chiqarish tipi ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy-texnik parametrlarini shakllantirishga, ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, rejalashtirish, nazorat qilishusullarini tanlash, sex uchastkalarni tashkiliy tuzilmasini tuzish, joylashtirish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish me’yorini ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadi.

Ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplarining uyg’unlashuvidan kelib chiqib ishlab chiqarishning 3 ta asosiy turini ajratish mumkin: ommaviy, seriyali, yakka tartibli. I shlab chiqarish turidagi farq birinchinavbatda ish o’rinlarining ta’minlash xarakterida yoki boshqacha qilib aytganda ularning ixtisoslashganlik darajasida namoyon bo’ladi.

SHu nuqtai nazardan barcha ish o’rinlarini 3 guruhga ajratish mumkin:

1. Bir xil detallar ustida bir xil operasiyani bajarishga ixtisoslashgan ish

o’rinlari;

2. Bir nechta detallar ustida ma’lum bir ketma-ketlikda muntazam ravishda

bir nechta doimiy operasiyalarni bajaradigan ish o’rinlari;

3. Turli detallar ustida turli vaqtda turli xil operasiyalarni bajaradigan ish

o’rinlari.

Birinchi guruhdagi ish o’rinlari ko’proq ommaviy ishlab chiqarishga; ikkinchi guruh ish o’rinlari – seriyali ishlab chiqarishga, uchinchi guruh ish o’rinlari esa yakka tartibli ishlab chiqarish uchun xosdir.

Ishlab chiqarish jarayonlarinini tashkil etishning xususiyatiga ko’ra bir nechta ko’rinishlari bor. Bular:

Potokli - Ishlab chiqarishning har bir uchastkasida muayyan ish nomeklaturasi, ish o’rni mahsulot tayyorlashga qarab belgilanadi, bunda odatda, bir turdagi mahsulot ko’plab tayyorlanadi.

Seriyali ishlab chiqarish – bu usulda mahsulotning ayrim turlari partiyalab ishlab chiqariladi. Partiya miqdoridan kelib chiqib yirik seriyali va kichik seriyali ishlab chiqarishni ajratiladi.

Yakka tartibli yoki individual ishlab chiqarishda yirik nomeklaturadagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.



Adekvativ model – bu jarayonni shunday modeli bo’lib, sifat va miqdor jihatdan yetarli darajaga mazkur jarayonni ifodalab berishdir. Adekvativ model fizikaviy yoki matematik yo’l bilan belgilanadi. O’zinintabiatiga ko’ra texnologik jarayonlar determinatsiyalangan va stoxastik turlarga bo’linadi. Determinatsiyalangan usulda aniqlanyotgan kattalik ma’lum bir qonunuiyat asosida to’xtovsiz o’zgaradi. CHiqish ko’rsatkichlari kirish ko’rsatkichlari kabi birday aniqlanadi. Bu usulni ifodalashdaklassik tahlil va raqam usulidan foydalaniladi. Masalan, har qanday fizikaviy massa alamashinish yoki issiqlik almashinish jarayonini determinatsiyalangandir. Stoxastik usuli deb shunday jarayonga aytiladiki, unda zarur ko’rsatkichlarni o’zgarishi tartibsiz va u davriy harakterga ega. Bunda chiqish ko’rsatkichlari kirish ko’rsatkichlariga mos holatda bo’lmaydi. Bunday jarayonni ifodalashda ehtimol statistik usuldan foydalaniladi.unga har qanday katalitik jarayon misol bo’lib, jarayon davomida mahsulotni chiqishi katalizatorlarning faolligiga bog’liq bo’ladi.
Download 300 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling