Sanoat tarmoqlarini boshqarish


Download 192.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.06.2020
Hajmi192.23 Kb.
#121434
  1   2
Bog'liq
navoiy metallurgiya konbinatiga qarashli navoiy mashinasozlik zavodida mehnat muhofazasi borasda yagonadavlat tizmini tashkil etish mehanizmi


TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 

“SANOAT TARMOQLARINI BOSHQARISH” FAKUL’TETI 

“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” KAFEDRASI 

 

 

5640100- Hayotiy faoliyat xavfsizligi yo’nalishi 

 

 

“MEHNAT MUHOFAZASI MAXSUS KURSI” 

fanidan 

 

 

 

KURS LOYIHASI 

 

 



Mavzu: Navoiy Metallurgiya konbinatiga qarashli, Navoiy mashinasozlik 

zavodida mehnat muhofazasi borasda yagona davlat tizmini tashkil etish 

mehanizmi. 

 

 

 

 

Rahbar                                                                             G’ulomova  G.M 

Bajardi                                                                             Ubaydullayeva M.I 

 

 

 

Toshkent - 2015 



 

 

MUNDARIJA 

 

I.KIRISH 



II. ASOSIY QISM 

2.1. Navoiy mashinasozlik zavodi haqida umumiy ma`lumot 

2.2. Navoiy mashinasozlik zavodida mehnat muhofazasini tashkil qilish  

2.3.Mashinasozlik zavodida shamollatish tizimlarini tashkillashtirish 

III. XISOB QISMI 

3.1Navoiy mashinasozlik zavodida tabiiy havo almashtirish qurilmalarini 

ishlash prinsipini xisoblash. 

IV. Xulosa 

V. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

KIRISH 

 

NGMK 1969 yil 1iyulda ishga tushgan va 11kg li oltin yombisi olingan. 

Hozirgi kunda  Kombinat tuzilmasiga  respublikaning turli viloyatlarida 

joylashgan beshta shahar tashkil  etuvchi kon boshqarmasi kiradi. 

 

 

Kombinatning markaziy ofisi Navoiy shahrida joylashgan. Navoiy shahri 



geografik  jihatdan Toshkent shahridan 500 km masofada, qadimgi Buxoro va 

Samarqand shaharlarining o'rtasida joylashgan. Respublika poytaxti bilan 

Navoiy shahri temir yo'l, avtomobil va avia aloqasi orqali bog'langan. Navoiyda 

joylashgan: 

-   NKMK boshqarmasi (markaziy ofis)- kombinatning ma'muriy-boshqaruv 

markazi; 

-   Uran chala oksida-oksidi, reniyva oltin chiqarish bo'yicha 1- sonli 

gidrometallurgiya zavodi (1-GMZ); 

    -   "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi; 

    -   Markaziy geologiya-qidiruv partiyasi; 

    -   Tajriba-metodik ilmiy-tekshiruv geologiya-texnologik partiyasi; 

    -   Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi;  

    -   Issiq suv ta'minoti va energiya ta'minotini tashkil etish; 

    -   "Do'stlik" agrofirmasi;  

    -   Uy-joy kommunal boshqarmasini o’z ichiga oladi. 

Hususan “NMZ” ishlab chiqarish birlashmasi va uning tasarrufidagi turli 

sexlarda uch ming nafardan ziyod kishilar mehnat qiladi.  

Birlashma NGMK ning yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Zavod 

tomondan ishlab chiqarilyotgan mahsulotlarga yil sayin talab ortayotgani bois, 

ishlab chiarish hajmi ham ortib bormoqda. Har yili “NMZ” ishlab chiqarish 

birlashmasi stanoklar, asbob uskunalar, metal konstruksiyalar vaehtiyot qismlari 


hamda xalq iste`mol tovarlardan iborat tayyor mahsulotlarni sotadi. Ularning 

qiymati 4 mlrd so`mdan oshadi.  

O`zbekiston respublikasi prezedentining qarori bilan bajarilishi NGMKga 

topshirilgan mahalliylashtirish loyihalarining ko`pchiligi noyob uskunalar bilan 

jihozlangan, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyali-Navoiy mashinasozlik 

zavodi ishlab chiqarish birlashmasda joylashtirilgan.  

 

2.1. Navoiy mashinasozlik zavodi haqida umumiy ma`lumot. 

 

Bugungi kunda “Navoiy Konmetallurgiya kombinati” Davlat korxonasida 



65minga yaqin ishchi xizmatchilar mexnat qilmoqda. Ulardan 58% bevosita 

sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish bilan band. Istiqlol yillarida Kombinat 

iqtisodiy salohiyati mustahkoamlandi . Murontov konida ishlab chiqarish 

quvvatini oshirish foydali qazilmalar rudasi qazib olishda yuqori samaradorliga 

erishish maqsadida qiya nishabli konver ishga tushirildi. Bugungi kunda 3 yarim 

ming nafardan ortiq ishchi mehnat qilayotgan kombinatning yetakchi 

korxonalardan biri hisoblangan “Navoiy Mashinasozlik Zavodi “ ishlab chiqarish 

birlashmasi ham mamlakatimiz sanoatning yetakchilaridan biri desak mubolog’a 

emas. So’ngi 2yil ichida korxonada ishlab chiqarish maderanizatsiyalash 

yuzasidan keng ko’lamli loyihalar amalga oshirildi. 

Korxonada maxalliylashtirish dasturi asosida ish yuritilmoqda, bu dasturda 

asosan parmalash , jilvirlash, frizirlash stanoklari va tokirlik ya’ni metal qirqish 

dasgohlarini ishlab chiqaryapti. Bunda mahalliy bilimdon kadirlarning xizmati 

kata bo’lmoqda.  

NMZ ishlab chiqarish birlashmasi maxsuloti NGMK bo’limlarida 

O’zbekiston Respublikasi Qazilmalarini qazib olish, kon madalarini qayta ishlash 

korxonaning sanoat , kimyoviy agrar sohalarida o’zining ijobiy tomondan 

ko’rsatgan. NMZ ishlab chiqarish birlashmasi stanoksozlik ishlab chiqarish 



maxsuloti Rossiya va boshqa mxrij mamlakatlarda sotilmoqda .zavodda metal 

quyishdan boshlab tayyor texnalogik linyalarni yig’ishgacha bo’lgan jihozlarni 

tayyorlash tog’ri sikli amalga oshirish uchun mashinasozlik va taminlash xizmati 

texnalogik toplamiga ega.  

Quymachilik ishlab chiqarishi (modellsh, qoliplash ,quyish termik ishlov 

berish) Stanoksozlik ishlab chiqarishi (stanoklarni tayyorlash 

moderenizatsiyalash va tamirlash va ularga servis xizmatini ko’rsatish). 

Avtotamirlash ishlab chiqarishi (Belazlarni yamz dvigatellarni kon shaxta 

texnikasini burg’illash qurilmalarini buldozirlani toliq tamirlash). Mexanik yig’ish 

sexi (tokirlik, frezalash, yo’nib kengaytirish, sillig’lash tish qirqish stanoklari). 

Temirchilik tayyorlov sexi (shtamplash ,erkin bolg’alsh, kesish, taxtli 

shtamplash, bo’kish) 

Asbobsozlik sexi (shtmplar ,moslamalar, pres qoliblar ,quyma qoliblar, kesish 

qoliblar, temik ishlov berish). 

 Qozon payvandlash sexi (qazilmalarni qazib olish va madanlarni qayta 

ishlash korxonalar uchun texnalagik jihozlarni turli dematrdagi sig’imlarni 

nostandart jihozlarni va metal konstruksiyalarni ekskavator kovishlarni 

taminlash) 

Elektr tamirlash sexi ( ozgaruvchan va doimiy tok dvigitillarni quvvati 2000 

kvgacha yuqori voltli dvigatellarni tamirlash rottor va yakrlarni muvozanatlash 

turlari 3000 dan ortiq bo’lgan rizinatexnik buyumlar ). 

”NMZ”Mehnat muhofazasi ish jaraYonida insonning mehnat qobiliyatini, 

sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun Yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, 

sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga 

qamrab olgan. «Mehnat muhofazasi» ijtimoiy-huquqiy masalalarni o‘z ichiga 

olgan muhandislik fani bo‘lib, klassik fanlar bo‘lmish fizika, kimyo va 

matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, 


mehnat psixologiyasi, umumiy muhandislik, Yong‘in texnikasi, ergonomika, 

sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan hamohangdir. 

Mehnat muhofazasi ish jaraYonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va 

xavfsizligini ta’minlash uchun Yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial-

iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga qamrab 

olgan. «Mehnat muhofazasi» ijtimoiy-huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan 

muhandislik fani bo‘lib, klassik fanlar bo‘lmish fizika, kimYo va matematika bilan 

birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, 

umumiy muhandislik, Yong‘in texnikasi, ergonomika, sanoat estetikasi va boshqa 

fanlar bilan hamohangdir. 

"Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi  va Zarafshon 

qurilish boshqarmasikiradi, ularning ta'sir zonasi respublikaning  to'rtta viloyatini 

qamrab olgan. Barcha sanab o'tilganshaharlar kombinat  balansida bo'lib, bir-

birlari bilan temir yo'l va avtomobil yo'llari, respublikaning yagona 

energotizimiga ulangan elektr uzatish liniyalari bilan  bog'langan 

bo'lib,markazlashtirilgan issiqlik va suv ta'minotini o'z ichiga  oladigan avtonom 

tizimlar, ijtimoiyob'ektlarga ega. Kombinat xo'jalik  aloqalarini saqlab qoldi va 

MDH mamlakatlari va jahonhamjamiyatining  ishbilarmon  doiralari e'tirofiga 

sazovor  bo'ldi. 

O'zbekiston  Respublikasi Hukumatining va shaxsan Prezident 

I.A.Karimovning faol 

qo'llab-quvvatlashi va  g'amho'rligi tufayli kombinat mustaqillik yillarida 

nafaqat oltin va uran ishlab  chiqarish bo'yicha jahonning yetakchi 

kompaniyalarining birinchi o'nligida  saqlanib qoldi,balki o'zining sanoat giganti, 

betakror davlat korxonasi mavqeini  yanada mustahkamladi.Egallab turgan 

maydoni, faoliyati ko'lami, davlat uchun  daromadligigi darajasi, ishlab 

chiqarishquvvatlarining katttaligi,  chiqarilayotgan mahsulot assortimentining 

kengligi, band bo'lganxodimlar soni,  ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish hajmi 



bo'yicha kombinat respublikada eng yirik korxona hisoblanib, mintaqaviy 

rivojlanish va O'zbekistonning  ijtimoiy barqarorligiga kata hissa qo'shib  

kelmoqda. Bugungi kunga kelib, NKMKda 65 mingga yaqin ishchi-xizmatchilar 

ishlamoqda, ulardan 58% sanoat mahsuloti ishlab chiqarish bilan band.   

Kombinat kuchli ishlabchiqarish va ijtimoiy  infrastrukturaga ega bo'lib, uning 

maydoni yuzlab kvadrat kilometrlarni egallaydi. Bu yerda farovonligi u yoki bu 

darajada kombinat bilan bog'liq 250  minggayaqin kishiyashab, mehnat 

qilmoqda. Kombinat faoliyati butun Qizilqum  mintaqasining, respublikaning 

to'rtta viloyati hayotiga ijobiyta'sir etadi.  Odamlarga g'amho'rlik - ijtimoiy siyosat 

sohasida bizning birinchi navbatdagi vazifamiz. Ishlash va yashash uchun 

munosib va qulaysharoitlarni  ta'minlamasdan turib,porloq kelajak to'g'risidagi 

har qanday gap mazmunsiz  bo'lib qoladi. O'zbekiston  Respublikasi Prezidenti 

I.A.Karimov va Respublika Hukumati Navoiy kombinatiga,uning barqaror  

ishlashini ta'minlash, dolzarb muammolarini yechish, ishlab chiqarish 

 

hajmlarinioshirish, mehnatkashlar va ularning oila a'zolari sog'ligiga,  ta'lim  va 



ma'naviy-ma'rifiymasalalarga  katta e'tibor qaratmoqda. Bu jihat kombinatning 

ijtimoiy siyosat sohasida mehnatkashlar,  butun mintaqa oldida  mas'uliyatini 

oshirmoqda. NKMK nafaqat ijtimoiyan'analarini saqlab qoldi,  balki ularni 

muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda ham. Tibbiy-sanitariyaqismlari,  pansionatlar, 

dam olish uylari va bazalari, profilaktoriylar, sport  komplekslari,maktabgacha 

bolalar muassasalari va yozgi sog'lomlashtirish  oromgohlarining xo'jalik 

ta'minotikombinat hisobidan amalga oshirilmoqda.  Ijtimoiy xarakterdagi har 

yilgi xarajatlar ekvivalentda80 mln. dollardan  oshmoqda, shu jumladan, ijtimoiy 

soha ob'ektlari ta'minoti uchun 60 mln.dollar  sarflanmoqda. NKMK ning  

ijtimoiy  infrastrukturasi umumiy maydoni 2,7 mln.m2 daniborat turar joy fondi, 

200 ming  aholini qamrab olgan oltita tibbiy-sanitariya 

muassasalari,o'quvchilarning  soni 2,6 mingta bo'lgan o'quv muassasalari, bolalar 

va shahardan tashqari sog'lomlashtirish oromgohlari, ikkita profilaktoriy, 


"Lazurnoe" dam  olish uyi va "Gornyak"pansionati, basseynlar, sportzallar, tennis  

kortlari va boshqa inshootlar, 9 ta madaniyat saroyi,shuningdek ijodiy klublar  va 

badiiy ustaxonalar, shahar parklari, dam olish zonalari va boshqa ob'ektlardan 

iborat.Aniq  bir maqsadga yo'naltirilgan kadrlar siyosatisiz ishlab chiqarish 

hajmlarini va  ishlabchiqarish samaradorligini  oshirishning imkoniyati yo'q. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturigamuvofiq  xodimlardan samarali foydalanish, 

kombinatni yuqori malakali mutaxassislar  bilanta'minlash kompleks dasturi 

amalga oshirilmoqda. NKMKda mehnat bozorining  joriy vaperspektiv 

talablarining doimiy monitoringi tizimi amal qilmoqda.  Xodimlarni oldindan 

tayyorlasho'quv-ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi  shakllantirilgan. Mutaxassislar 

va ishchilarnn tayyorlash,qayta tayyorlashning  izchil tizimi korxonaning barcha 

tarkibiy qismlarini kadrlar bilan ta'minlash imkonini beradi. O'quv markazlarida 

yo'l  davomida ishchilardan tortib rahbarlargacha – barchatoifadagi 

mehnatkashlar  tahsil olmoqdalar va malakalarini oshirmoqdalar. Davlatimiz 

rahbari ta'kidlagandek, bizning respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimi yaratilgan  

bo'lib, u yoshlarimizninghayotda o'zining munosib o'rnini topishi uchun xizmat  

qiladi. Davr bilan hamnafas bo'lib,modernizasiyalash, konni qayta ishlash  ishlab 

chiqarishlarini texnik va texnologik yangilashbo'yicha masalalarni hal  eta  borib, 

o'tgan yili kombinatda taxminan  2200 yangi ish o'rinlariyaratildi. Navoiy 

kombinati uchun oliy  ma'lumotli mutaxassislar respublikamiz oliy o'quv 

yurtlarida,alohida, o'ta talab qilingan  mutaxassislar esa yaqin va uzoq xorijning 

oliy o'quv yurtlaridatayyorlanmoqda. O'rta-maxsus, kasbiy  ma'lumotli 

mutaxassislar Navoiy, Zarafshon vaUchquduq kollejlarida  tayyorlanmoqda. 22 

mutaxassislik bo'yicha ikki yarim mingdan ortiqo'quvchilar  ta'lim olmoqda. 

Barcha kollejlar o'quv jarayonini yuqori darajada olib borish imkonini beruvchi 

zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter va  lingafon 

sinflari,multimedia apparaturalari, o'quv-ishlab chiqarish  ustaxonalari bilan 

jihozlangan.  Bolalar  sportini rivojlantirish, sog'lomlashtirish, sog'lom turmush 



tarzi  targ'iboti bo'yicha faol isholib borilmoqda.  Qariyib 30 ming mehnatkashlar 

va ularning oila a'zolari kombinat sporthayotining faol  ishtirokchilaridir. 

Jismoniy tarbiya- sog'lomlashtirish va   ommaviy-sport ishlari 8ta  fizkultura-

sport klublarida va 96 ta jismoniy tarbiya jamoalarida olib borilmoqda. 

Zamonaviysport  komplekslari, suzish basseynlari kombinatimizning har bir 

mehnatkashi uchun ochiq..Kombinat  sportchilari basketbol, boks, voleybol, 

badiiy gimnastika, suzish, og'ir  atletika,qilichbozlik, pauerlifting, taekvondo, 

motosport, stritbol, futbol,  armrestling, parashyut sporti,kurash bo'yicha xalqaro 

va respublika  miqyosidagi chempionatlarda ishtirok etishmoqda.Kombinat 

sportchilari  medallari shodasida minglab oltin, kumush va bronza medallar 

bezabturibdi.  NKMK sportchilari badiiy gimnastika, og'ir atletika, WTF 

taekvondo va  qilichbozlikbo'yicha Pekinda (2008 y.) o'tkazilgan Olimpiada 

uyinlarida  ishtirok etish uchun lisenziyalarniqo'lga kiritganlar.Umuman 

olganda, olib  borilayotgan jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish vaommaviy-sport 

ishlari  sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish, bolalar sportini rivojlantirish,  

o'sibkelayotgan avlodni sog'lomlashtirish, kombinatimizning mehnatkashlari va  

ularning oilaa'zolarining barkamol jismoniy rivojlanishiga xizmat qiladi. 

 NKMK tuzilmasida tibbiymuassasalarning  tarmoqlangan tizimli tibbiy-

sanitariya bo'limi (TSB)faoliyat olib  boradi. TSB da ambulatoriya-piliklinika 

xizmati beshta kattalar, uchta  bolalar, uchta stomatologiya  poliklinikalarida, 

beshta ayollar maslahatxonalarida, umumiy  ixtisoslikdagi poliklinikalar 

qoshidagi  ikkita bolalar va ikkita stomatologiya kabinetlarida ko'rsatilmoqda. 

Buyerda  kombinat xodimlari, ellik mingga yaqin ularning farzandlari, o'n bir 

mingdan  ortiqpensionerlarga, yaqin joylashgan aholi punktlarining kombinatda  

ishlamaydigan yigirma mingdan ortiq aholisi malakali tibbiy xizmatdan 

bahramand  bo'lishmoqda.Har  yili mehnatkashlar va ularning farzandlarini 

sog'lomlashtirish uchun 14 000 dan  ortiq yo'llanmalar "Gornyak"  pansionati, 

"Lazurnaya" dam olish bazasi, "Metallurg" va  "Shaxtyor"sanatoriy-



pofilaktoriylari;  O'zbekiston va yaqin xorij mamlakatlari sanatoriylariga 

 

ajratilmoqda.Bolalar poliklinikalari va  stasionarlari tarmog'i tashkil etilgan. 



Ayollar maslahatxonalaridahomilador  ayollarni o'z vaqtida hisobga olish va 

ularni tug'ruq davriga maksimalsog'lomlashtirish  bo'yicha ish tashkil etilgan.  

Yozgi  davrda "Orlyonok", "Zolotinka","Iskorka", "Gorniy", "Olimpies" kabi   

O'zbekistonning namunaviy   oromgohlari bo'lgan shahardan tashqariva shahar 

oromgohlarida 14  mingdan ziyod bolalar dam olishmoqda. Kombinat 

Qizilqummintaqasining madaniy  hayotida ham faol ishtirok etmoqda. Xodimlar 

qobiliyatlarinirivojlantirishlari  uchun NKMK tasarrufida 9 ta madaniyat uylari 

va klublar bo'lib, ularda 140 ta badiiy havaskorlik jamoalari, 20 ta amaliy san'at 

to'garaklari faoliyat olib  borishmoqda, ularda2000 ta bolalar va kattalar 

shug'ullanishmoqda. Madaniyatni  rivojlantirishning uslubiy markazi"Farxod" 

madaniyat saroyi bo'lib,  u "Qizilqum san'at g'unchalari" va "Golosa Kizilkumov" 

bolalar tanlovlarining o'tkazilishida tashkilotchi rolini bajarib kelmoqda. Bu  

tanlovlarkombinatning talantli yoshlarining ijodiy o'sishi uchun tayanch  nuqtasi 

bo'lib xizmat qilmoqda.Madaniyat uylari solistlari va njodiyjamoalari  respublika 

va xalqaro tanlovlarning lauretlaribo'lishib, respublikamizning  butun jahon 

madaniyat doiralarida nufuzining   oshishiga o'zhissalarini qo'shishmoqda. 

Tasviriy san'at studiyasi va yosh texniklar klubi o'quvchilari  yuqorinatijalarga 

erishmoqdalar. Bu yerda 280 tadan ortiq bolalar  shug'ullanishmoqda. Eng 

yaxshiishlar respublikamizda va xorijda o'tkazilgan  ko'rgazmalar, tanlovlar va 

musobaqalarda birnecha marta taqdirlangan. Kombinat barqaror rivojlanishining  

asosiy sharti xalqaro standartlarga mos keluvchi ishlabchiqarish uslublarini 

doimiy  mukammallashtirish hisoblanadi. Mazkur yo'nalishda NKMK dasifat, 

ekologiya va  sanoat xavfsizligi menejmentining ISO 9001:2000, ISO 14001:2004,   

OHSAS 18001:1999 standartlari talablariga  mos  kelishi integrallangan tizimi joriy  

etilgan vasertifikatlangan; "Qimmatbaho metallar va fosforit mahsulotini  ishlab 

chiqarish", "Polivinilxloridva polietilendan trubalar ishlab  chiqarish", 



"Qimmatbaho metallar qotishmalaridan zargarlikbuyumlari  yaratish va ishlab 

chiqarish" sohalarida.qo'llaniladigan sertifikatlar  olingan;menejmentning joriy 

etilgan tizimining nazorat auditi o'tkazildi  London  quymalarda qimmatbaho 

metallar bozori assosiasiyasi 1994 yilda O'zbek affinajzavodiga optimal yetkazib 

berish  maqomini berdi, 2006 yilda esa bu maqom tasdiqlandi.Navoiy 

kombinatida ishlab  chiqarilayotgan oltin sifatini tasdiqlovchi Tokio tovar 

birjasiningsertifikati olindi. Mustaqillik  yillarida kombinat faoliyatida mamlakat 

ilmiy muassasalarining rolikeskin  darajada oshdi. Kombinat uchun ilmiy- 

tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining  katta hajmini 

O'zbekistongeotexnologiya ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish  institutidan 

(O'zGEOTEXLITI") tahsqari, O`zRFA yadro fizikasi instituti, 

"Qiziltepageologiya"DGK,  O`zR FA mikrobiologiya instituti,"Texnolog" IIChB, 

Toshkent davlat  texnika universiteti, Toshkent avtomobil yo`llari instituti,O`zR 

FA Umumiy va  noorganik kimyo instituti, O`zR FA o`g`itlar instituti, Navoiy 

davlatkonchilik  institutlari bajardilar.Yangi  ishlab chiqarishlarni yarata borib

texnik qayta qurollanish va raqobatbardosh tovarlarchiqarilishini ta'minlab,  

bizlar qo'llari bilan cho'lning murakkab sharoitlarida shaharlar, zavodlar,konlar  

qurilgan eng bosh qadriyat -Inson, Mehnatkash, Yaratuvchini unutganimiz yo'q.  

Biz o'zjamoamiz bilan faxrlanamiz va qayta-qayta takrorlaymiz - mana Qizilqum  

yerining eng kata boyligi, Navoiy kombinatining oltin zahirasi. Kombinatning  

ijtimoiy siyosati mehnat va yashashsharoitlarini yaxshilashga, mehnatkashlarning  

turmush darajasini oshirishga yo'naltirilgan bo'lib,bu uning mintaqaviy 

 

rivojlanish va ijtimoiy barqarorlikka salmoqli hissa qo'shishiga imkonberadi. 1991  



yilning 1 oktyabrida O'zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan 

NKMK Davlatkorxonasi asosida  "Qizilqumredmetzoloto" davlat konserti tashkil 

etilgan bo'lib, uning  tarkibigaqurilish, montaj, sozlash, loyiha va ilmiy-tekshirish 

tashkilotlari  kirgan. 

 


2.2. Navoiy mashinasozlik zavodida mehnat muhofazasini tashkil qilish 

NKMK  ko'ptarmoqli korxona, rivojlangan sanoat va ijtimoiy 

infrastrukturaga ega  bo'lib,(korxonalarida 60 mingga yaqin  kishi mehnat qiladi) 

oltin (2-GMZni rekonstruksiya qilishhisobidan ma'dan  qayta ishlash hajmini 

yiliga 26 mln. tonnnaga   yetkazish va  va 3-GMZ ning ikkinchi navbati qurilishi) 

va uran ishlab chiqarishni  faoliyat yuritayotgan korxonalarda mahsulot ishlab 

chiqarishni ko'paytirish va yangidan foydalanishga kiritilayotgan  korxonalar 

hisobidanko'paytirmoqda. Bundan tashqari, fosforit zavodi birinchi  navbatining 

ishga tushirilishi va  ikkinchi navbati qurilishining tashkil etilishi hisobiga 

kombinat  Hukumat Dasturi- nafaqatmamlakatning qishloq xo'jaligi ehtiyojlari 

uchun,  balki eksport uchun  o'g'itlar chiqarish  vaishlab chiqarish sohasini 

yaratishda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.  Mustaqillik  yo'llarida faoliyat 

yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilinishi va yangilariningqurilishi 

hisobidan  NKMKning barcha ishlab chiqarishi modernizasiya qilinib, 

ularrespublikamizda  va xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy kon-shaxta, 

karerichi,ekskavator-transport, metallugiya,  burg'ulash, geologiya-qidiruv, 

qurilish, mashinasozlik,metallga ishlov berish  va analitik uskunalar bilan 

jihozlangan. Ular dunyoda tengi yo'q sifatli hisoblash texnikasi, KIPiA vositalari, 

loyihalash va konlardan foydalanish  komptertexnologiyalari, chiqarilayotgan 

mahsulot sifatini boshqarish  usullariga, oltin, uran, metallgaishlov berish, sulfat 

kislota, zargarlik,  trikotaj va tekstil mahsulotlari, dekorativ toshdanqoplamalar 

ishlab  chiqarishning ilg'or texnologiyalariga   ega.  Bularning  barchasi NKMKga 

jahon standartlari darajasida, chiqarilayotgan mahsulot sifati bo'yicha esa- 

ko'pincha ulardan ortiq bo'lgan yuqori samarali ishlab  chiqarishni 

ta'minlashimkonini beradi. Chiqarilayotgan oltinning tozaligi  to'rtta to'qqiz 

(99.99) bilan kafolatlanadi.NKMK chiqarayotgan oltin  quymalariga London 

quymalar bozori Arbitraj Laboratoriyasitomonidan  "oltin optimal yetkazib 

beruvchisi" maqomi berilgan. Bu London  qimmatbahometallar bozorida NKMK 



chiqarayotgan oltin quymalarida O'zbekiston  Respublikasi Tovar belgisi 

ro'yxatga olinganligi, NKMK 2-GMZ sifat nazorati  laboratoriyasi esa 

Londondagi LBMAArbitraj Laboratoriyasining texnik vakolat  ekspertizasidan 

muvaffaqiyatli o'tganligi dalolatidir. Uran mahsuloti sifati (uran chala  oksida-

oksidi) ko'p jihatlari bo'yicha jahon standartlaridanancha yuqori.Kombinatning  

ijtimoiy infrastrukturasi ob'ektlari ko'plab yuzlab kilometrlarni egallagan  bo'lib, 

uyerda ko'z o'ngingizda katta parklari, bog'lari, basseynlari va fontanlari 

bo'lgangullab-yashnagan  vohalar namoyon bo'ladi. Bu yerda ellikka yaqin millat 

vakillari: o'zbeklar, russlar, ukrainlar, tatarlar, boshqirdlar, tojiklar, qozoqlar va 

boshqalar  yashab mehnatqilishmoqda.Kombinat  ob'ektlari O'zbekistonning 

tekislik hududining katta qismida Amudaryo va Sirdaryodaryolarining oralig'ida  

("Qizilqum cho'li) joylashgan. 

Kombinat tuzilmasiga  respublikaning turli viloyatlarida joylashgan beshta 

shahar tashkil  etuvchi kon boshqarmasi kiradi.   Kombinatning markaziy ofisi 

Navoiy shahrida joylashgan. Navoiy shahri geografik  jihatdan Toshkent 

shahridan 500 km masofada, qadimgi Buxoro va Samarqand shaharlarining 

o'rtasida joylashgan. Respublika poytaxti bilan Navoiy shahri temir yo'l, 

avtomobil va avia aloqasi orqali bog'langan. Navoiyda joylashgan: 

    -   NKMK boshqarmasi (markaziy ofis)- kombinatning ma'muriy-

boshqaruv markazi;  

    -   Uran chala oksida-oksidi, reniyva oltin chiqarish bo'yicha 1- sonli 

gidrometallurgiya zavodi (1-GMZ); 

    -   "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi; 

    -   Markaziy geologiya-qidiruv partiyasi; 

    -   Tajriba-metodik ilmiy-tekshiruv geologiya-texnologik partiyasi; 

    -   Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi;  

    -   Issiq suv ta'minoti va energiya ta'minotini tashkil etish; 

    -   "Do'stlik" agrofirmasi;  



    -   Uy-joy kommunal boshqarmasi. 

  -   Markaziy kon boshqarmasi (MKB, Zarafshon sh.): tarkibida oltin bo'lgan 

ma'danni kazib olish bo'yicha Muruntau ochiq kon ishlari koni; tarkibida oltin 

bo'lgan ma'danni qayta ishlash bo'yicha gidrometallurgiya zavodi (2-GMZ); 3 

sonli geologiya-qidiruv partiyasi; Muruntau geologiya-qidiruv partiyasi; oltinni 

tanlab eritmaga o'tkazish koni; "Qizilqum fosforit kompleksi; EPM zavodi.  

    -   Zargarlik zavodi.  

    -      Zarafshon  qurilish  boshqarmasi (ZUS, Zarafshon sh.)- yettita qurilish 

boshqarmasini o'z ichiga oladi;  mexanizasiyalashgan ishlar boshqarmasi; ishlab 

chiqarish-texnologik komplektasiya boshqarmasi. 

  -   Shimoliy kon boshqarmasi (ShKB, Uchkuduk sh.) - uran, oltin, marmar, 

granit, qurilish materiallarini kon- qayta ishlovchi komplekslar: uranni yer ostida 

tanlab eritmaga o'tkazish koni; tarkibida oltin bo'lgan ma'danni qazib olish 

bo'yicha konlar; 3 sonli gidrometallurgiya zavodi(3-GMZ); sulfat kislota zavodi, 

tosh kesish  zavodi, 2 sonli geologiya-qidiruv partiyasi. 

    -   Janubiy kon boshqarmasi (JKB, Nurobod sh.) - uranni yer ostida tanlab 

eritmaga o'tkazish va marmarni ochiq qazib olish konlari, tosh kesish  zavodi, 

tarkibida oltin bo'lgan ma'danni qazib olish bo'yicha konlar; 4 sonli 

gidrometallurgiya zavodi(4-GMZ); polivinilxlorid va polietilen trubalarni 

 

tayyorlash zavodi; qishloq xo'jaligi va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 



   -   5 sonli kon boshqarmasi (5-KB, Zafarobod sh.) - uranni yer ostida tanlab 

eritmaga o'tkazish konlari,  asosiy ishlab chiqarishning ritmik ishini ta'minlovchi 

yordamchi xizmatlarning zarur bo'lgan kompleksi. 

      -      "Qimmatbaho  metallar  va  uran geologiyasi" ilmiy-ishlab chiqarish 

markazi O'zbekiston Respublikasining butun hududida qimmatbaho metallar, 

uran va ularga yo'ldosh foydali qazilmalarning geologiya-qidiruv ishlarini tashkil 

etadi. 


Yevroosiyo qit'asida noyob oltin zahiralariga ega bo'lgan Muruntov koni 

kombinatning asosiyxom-ashyo bazasi hisoblanadi. Bu kon oltin kvarsli 

geologiya-sanoat tipiga kiradi. U 1958 yildaochilgan va 1967 yilda ochiq kon 

ishlari boshlab yuborilgan. 

  Muruntov konining chuqurligi 600 metrdan oshdi. Konning alohida ajralib 

turadigan 

xususiyati  -  bu kon ishlarini olib borishning texnika va texnologiyasini 

bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizasiya qilgan holda ochiq qazish 

usulining izchil innovasion 

rivojlanishidir.Bugungi kunda kon ishlarini rivojlantirish va modernizasiya 

qilishning asosiy bosqichlari, konnisamarali va uzoq  muddatga mo'ljallangan 

ishlab chiqishni ta'minlaydigan rekonstruksiya,rivojlantirish va qayta 

jihozlashning innovasion loyihalari belgilangan. 

Karerning IY navbati konturlari ortidagi oltinning qidirib aniqlangan 

zahiralari va  resurslariningmavjudligi, oltinning yuqori narxini hisobga olgan 

holda zahiralarni baholashdagikondisiyalarning pasayishi, rudani qazib olish va 

qayta ishlash ilgor texnologiyalariningqo'llanilishi ochiq usulda olib borilayotgan 

qazish ishlarining chuqurligini 950-1000 metrgachayetkazish hisobiga rudaning 

qo'shimcha zahiralarini qidirib topish, shuningdek konturlar ortidagibort 

zonasida rudani  murakkab ochiq - yerosti usulida qazib olish imkoniyati 

borliginiko'rsatmoqda. 

  Ochiq kon ishlari Qizilqum fosforit kompleksida olib borilmoqda. Jeroy-

Sardara koni  hududidashartli ravishda turli darajadagi sakkizta qidirib topilgan 

uchastkalar ko'rsatilgan. UlardanToshqura, Janubiy Jeroyva Kurukkuduk 

uchastkalarida zahiralar qidirilib topilgan. 

Toshqura  -  bu Jeroy-Sardara konining qidirib topilgan 3 ta konidan biri 

bo'lib, birinchi  navbatdasanoatda foydalanishga qabul qilingan.  1997 yilda 

kombinat uni ochiq kon usulida qazib olishgakirishdi. 



  Oltin  tarkibli  ma'danlarni  qazish  va qayta ishlash bo`yicha Navoiy KMK 

sanoat kompleksi yillardavomida yuqori texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar bilan 

turg`un ishlab kelmoqda. Respublika mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 

1,5 baravarga o`shdi. Bu  yutuqlar amaldagi korxonalarni to`liq texnik qayta 

jihozlash hisobiga, yangi ishlab chiqarishlarni qurish hisobiga, shuningdek oltin 

ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli oshiradigan eng yangi ilmiy-texnik 

ishlanmalarni joriy qilish hisobiga mumkin bo`ldi. Bundayyo`nalishlardagi 

ishlarga birinchi navbatda NKMKning INTEGRA GROUP(AQSH), "Integra" 

YoAJ(Rossiya), Vnipipromtexnologiya(Rossiya), Toshkent davlat texnika 

universiteti, O`zbekiston RespublikasiFanlar akademiyasi seysmologiya instituti

Ukraina Milliy konchilik akademiyasi tabiatdanfoydalanish va ekologiya 

muammolari instituti bilan hamkorlikda bajargan tadqiqotlari kiradi. Ochiq 

konlarni loyihalash, qurish va foydalanish tajribasi ko`rsatadiki, kon qazuvchi 

korxonalarning iqtisodiy samaradorligi asosan qurilish, konchilik ishlarni olib 

borish texnologiyasiva tartibini, ma'danlar va ochishlar hajmining taqvimiy 

taqsimlanishini, ishlab chiqarishjarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash turini 

tanlash masalalarini to`g`ri yechishga bog`liq. 

Kombinatning kon qazuvchi korxonalari rivojini optimallashtirish uchun 

g`arb namunalaridanqolishmaydigan, ayrim hollarda ulardan yuqori bo`lgan 

maxsus kompyuter texnologiyalari ishlabchiqildi va oltin ma'danli konlarni 

loyihalash, rejalashtirish va ishlatish amaliyotga joriy qilindi. 

  1. Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi 

  Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi(KICHLAT)dan 

"Ruda" avtomatik tizimi(AT) bilan birgalikda foydalaniladi. Bu tizimlar doirasida 

konchilik-qazib olish ishlarini geologik-marksheyderlik ta'minoti bilan bog`liq 

vazifalar; shuningdek konlarni o`zlashtirishningjoriyva istiqbolli rejalashtirish 

masalalari yechiladi. Portlatish quduqlarini sinash natijalaribo`yicha jamlangan   

ma'lumotlar negizi asosida ishlatiladigan blokning raqamli modeli tuziladi. 



Sort rejalarini tuzish jarayoni "Ruda" AT yadrosini tashkil qiladi va bundan 

mana 10 yildan ko`proq vaqtdan beri muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Xususan 

ushbu tizimni joriy qilish hisobigasifatini pasaytirmasdan tovar ma'danlari 6% ga 

oshirildi, bu konchilik ishlari hajmini oshirmasdanMuruntov ochiq koni uchinchi 

navbati zahiralari bilan ishlash muddatini bir yildan ko`proqqacho`zish imkonini 

berdi.    

2. Murakkab-tuzilmali konning matematik modelini yasash va uning 

zahiralarini hisoblashning kompyuter texnologiyasi  Ishlab chiqilgan, amalda 

yangi, dunyoda o`xshashi bo`lmagan kompyuter texnologiyasiasosida Muruntov 

ochiq konining matematik modeli birinchi bo`lib qurilgan va  geologlya 

qidiruvquduqlari sinovining ma'lumotlari bo`yicha zahiralarining kompyuterli 

ko`p variantli hisobio`tkazilgan edi. Bunda zahiralarni aniqlashning nisbiy 

xatoligi ma'dan bo`yicha 20.7% dan  9.5%gacha va oltin bo`yicha 23.2% dan 14.8% 

gacha  kamaydi. Natijada kon xom-ashyo bazasiningishonchli hisobi olindi, bu  

Muruntov ochiq konining IV navbatini loyihalash uchun foydalanildi.    

3. Konning matematik modeli asosida ochiq konning optimal final shakli va 

uni grafigini qurishning kompyuter texnologiyalariasosda tayyorlanadi. 

  Bu texnologiya qazishning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisobga olgan 

holda konning matematik modeli asosida qazish uchun rentabelli barcha 

zahiralari ichida bo`lgan ochiq konning konturini(berilgan qiyalik burchagi, 

bermalari va boshqalari bilan) yasash, shuningdekochiq konning chuqurlanish 

tezligi bo`yicha cheklanishlarni hisobga olib uni qazishning taqvimiygrafigini 

qurish imkoniyatini beradi. Ta'kidlash lozimki, shu maqsad uchun g`arb 

kompaniyalarifoydalanayotgan WITTLE-4D dasturi aytilgan cheklanishlarni 

hisobga olish imkoniyatiga ega emas, demak yangi texnologiya dunyoda 

o`xshashi yo`q va noyob. U Muruntov ochiq konining navbatini rivojlantirish  

uchun foydalanilgan edi. IV navbatning TIA(VNIPIPT 1992 yil) bilan 


taqqoslaganda  Muruntov ochiq konining yangi konturida olinishi kerak bo`lgan 

kon massasininghajmi sezilarli(40% dan ko`proqqa) kamaydi.    

4. Ochiq kon avtotransportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi. 

  Ushbu tizimning farqli tomoni shuki unda yer yo`ldoshi radiosignallardan 

foydalanish orqali harakatdagi yoki statsionar ob'ektlarning koordinatalarini 

yuqori aniqlik bilan belgilash imkoniyatini beradigan GPS(Global Poziniyalash 

Tizimi) kosmik navigatsiyali texnologiyaning ishlatilishidir. Avtotransportni 

boshqarishning avtomatik tizimi kon ishlab chiqarishini loyihalashning 

avtomatik tizimi bilan, shuningdek ma'dan oqimi sifatini boshqarishning 

avtomatiktizimi bilan o`zaro bog`lanishda bo`ladi. Kon mexanizmlarining 

joylashuvi va harakati hamdaqazib olinadigan ma'dan miqdori to`g`risidagi 

axborot dispetcher pultiga uzatiladi va KICHLATdasturlarida qo`llash uchun 

qulay ko`rinishda serverga kiritiladi. O`z navbatida KICHLATningalohida kichik 

tizimlari(sort bo`yicha reja, marksheyderlik ma'lumotlar, burg`ilash loyihasi 

vaboshqalari) ishining natijasi to`g`risidagi axborot ma'dan oqimi sifatini 

boshqarishning avtomatiktizimiga va so`ngra atotransportni boshqarishning 

avtomatik tizimiga uzatiladi. Joriy qilingantizimning iqtisodiy samaradorligi 

texnologik avtotransport unumdorligining 8-12% ga oshishibilan asoslanadi.    

5. Ma'dan oqimi sifatini boshqarishning avtomatik tizimi 

  Ekskavator mashinisti ma'dan qazishni portlatilgandan keyin ma'dan bloki 

ustiga qo`yilgan belgi bo`yicha bajaradi. Belgi bo`yicha ma'dan qazishning 

murakkabligi(ayniqsa kechqurun) ma'danning asossiz kamayishi va puch jinslar 

hisobiga kambag`allashuviga olib keladi. Bu оmilning saralangan qazishga salbiy 

ta'siri o`sha GPS Kocmik navigatsiya tizimidan foydalinishbilan Muruntov ochiq 

konida ma'dan oqimi sifatini boshqarishninq avtomatik tizimida(ma'danmiqdori 

va undagi oltinning tarkibi)maksimal kamaytirilgan. Љоmpyuter yordamida 

ekskavatormashinisti avtoto`kkichga yuklanayotgan ma'dan navini har doim 

bilib turadi, bunda tizimko`rsatilgan joyga ma'danning  to`g`ri yetkazilayotqanini 



nazorat qiladi. Qazib olinqanxom-ashyoning sifatini boshqarish tizimi dastlabki 

baholash bo`yicha  puch jinslar hajminisaralash va natijada yo`qotishni  2-3% ga 

va kambag`allashuvni 5-6% ga kamaytirishimkoniyatini beradi. Tizim 

yuklanayotgan ma'dan tarkibini taxminan 1-3% ga oshirish,  Tovar ma'danlarini 

balansdan tashqari bloklardan qazish hisobiga uninq chiqishini lO-15% 

gako`paytirish, minerallangan massalar bloklaridan balansdan tashqari 

ma'danlar chiqishini10-15% ga ko`paytirish, ichki qazish bloklaridan 

minerallangan massalarninq chiqishini 10-15%ga ko`paytirish imkoniyatini 

beradi.    

6. Oltin sulfidli ma'danlarni saralash bilan dastlabki boyitish texnologiyasi 

  Oltin  sulfidli  ma'danlarni  dastlabki boyitish texnoloqiyasi {patent egasi 

INTEGRA GROUP) kombinat tomonidan sanoatda joriy qilish uchun qabul 

qilingan, shu kompaniya mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan RRS modelli  

separatorlar(rentgenradiometrik separator)dan foydalanishni ko`zda tutadi. 

Ma'danlarni dastlabki boyitish texnologiyasi GMZga jo`natilgan dastlabki 

ma'danning sifatini sezilarli(oltinning tarkibini taxminan ikki baravar) oshirish, 

oltin bo`yicha boy navli ma'danlardan, kambag`al va balans ma'danlardan ajratib 

olish hisobiga oltinning qo`shimcha miqdorini qayta ishlashga jalb qilish 

imkonini beradi, bu esa ushbu jarayonuchun yanada samaradorli bo`lib 

hisoblanadi. Ishlab chiqarishga oltin sulfidli ma'danlarniboyitishning texnologik 

sxemasini joriy qilish bilan bir vaqtda NKMKda "erkin" oltinli texnologikturdagi 

Muruntov ma'danlarini boyitish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari kompleksi 

tugallanadi. 

Bunday ma'danlarni bilvosita belgilari bo`yicha ma'dan saralash misollari 

dunyoda yo`q.    

7. Tarkibida oltin bo`lgan ma'danlarni gamma-aktivatsion tahlil qilish 

texnologiyasi. 


  Oltinni aniqlash chegarasi 0,6 g/t bo`lgan elektronlarni chiziqli tezlatgich 

LUE-8-5 ning tormozlinurlanishidan foydalangan holda  avvaldan tortib 

tayyorlangan  oltin tarkibli ma'danlarnigamma-aktivatsion tahlil qilish uchun 

mo`ljallangan avtomatlashtirilgan qurilma "Aura"Texnikaviy Fizika va 

Avtomatlashtirish Umumrossiya ITI (VNIITFA) va Elektron-

fizikaviyApparaturalar Ilmiy-tadqiqot instituti (NIIEFA) bilan birgalikda ishlab 

chiqildi va joriy qilindi. Muruntov ochiq konida qurilgan gamma-aktivatsion 

tahlil laboratoriyasi noyob va dunyo tahliliyamaliyotida o`xshashi yo`qdir. 1992 

yildan boshlab VNIITFA va NIIEFA bilan birgalikda gamma-aktivatsion tahlil  

laboratoriyasini bosqichma-bosqich texnik qayta jihozlash boshlandi. 

Zamonaviy element bazasida dasturiy -boshqariladigan"Astat" gamma-

aktivatsion tahlil qurilmasi ishlab chiqildi va tayyorlandi. "Aura" qurilmasidan 

farqli holda"Astat"da halaqit beruvchi ta'sirlarni yanada to`liq hisobga olish 

imkonini beradigan, gamma-spektrometriyaning"besh oynali" varianti 

ishlatilgan.Ikkita sintillyatsion detektirlovchi qurilmalar qo`llanilishi 

hisobigatahlil davomiyligi 17 sekundan 8 sekundgacha kamaytirildi. Qurilmada 

boshqa elementlariniham aniqlashni bajarish mumkin. Sanoat sharoitida gamma-

aktivatsion tahlil talablaridan kelibchiqib, texnik tavsiflarini sezilarli darajada 

yaxshilash maqsadida, elektronlarni chiziqlitezlatgichlar modernizatsiyasi 

tugallandi.      

8. TQK-270 tik-qiya konveyer asosida resurs tejaydigan toshli kon 

massasining uzluksiz transporti.  

2011 yil 21 iyunda sanoat tarzida ishga tushirilgan “TQK -270” asosidagi 

uzluksiz transportningkonchilik massasini ko'tarish balandligi 270 m, qiyalik 

burchagi 37 gradus, unumdorligi soatiga3500 tonna, loyihaviyyillik quvvati 13 

mln.tonna, shuningdek, o'ziga xos texnologik vakonstruktorlik echimlari bilan 

dunyoning ilg'or standartlarini ortda qoldirgan, noyob muhandislikinshooti 

hisoblanadi. 



Toshli kon massasini tik-qiya holda yuqoriga ko'tarish Muruntau kar’erga 

ishlov berishning iqtisodiy maqsadga muvofiq chuqurligini keskin oshirish 

imkonini beradi. “TQK-270” kompleksidan foydalangan holda avtomobil’ 

transporti bilan kon massasini tashishning o'rtachamasofasi 3,6 kilometrga, bosib 

o'tiladigan yo'l 40 foizga, faqatgina 2012 yilda ekspluatatsiyaharajatlari 2,87 

mlrd.so’mga kamaytirildi. Yutuqlar nashrlar, patent va patent uchun berilgan 

talabnomada o'z ifodasini topdi, shuningdek,xalqaro konferentsiyalar va jahon 

konchilik sanoatida katta qiziqish o'yg'otdi. 

  O`zbekiston olimlarining hissasi 

Kombinat uchun bajarilgan ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga  

O’zbekistongeotexnologiya ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti 

 

«O’zGEOTEXLITI» , O`zR FA yadro fizikasi instituti(YaFI), 



"Qiziltepageologiya"KGP , O`zR FA mikrobiologiya instituti, "Texnolog" IIChB, 

Toshkent davlat texnika universiteti(ToshDTU), Toshkent avtomobil yo`llari 

instituti(TAYI), O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, O`zR FA 

o`g`itlar instituti, Navoiydavlat konchilik instituti (NDKI), "O`zbekiston" ilmiy-

sanoat, tashqi - iqtisodiy va ish bilarmonhamkorligi assotsiatsiyasi va 

respublikaning boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari katta hissa qo`shdilar. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, loyihalashtirish 

ishlari uchun ixtisoslashgan horij injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda 

konlarni ochish va ishlash tizimlaribo'yicha ilgor horij texnologiyalaridan keng 

foydalanish zaruriyati belgilandi. Xuddi shundaykonlarning yerosti ishlari 

sohasida ilgor horij texnologiyalarini o'rganish uchun kombinat 

va"UzgeorangmetLITI" instituti mutaxassislari ilgor horij korxonalarini borib 

ko'rdilar.  Shundanso'ng  NKMK  mutaxassislari institut bilan hamkorlikda 

kombinat uchun o'ta yangi bo'lgano'ziyurar uskunani qo'llagan holda qiya 

transport stvollari yordamida konlarni ochish usuliniqabul qilishdi. 


  NKMK va "Atlas Copco" kompaniyasi o'rtasida shu kompaniya tomonidan 

ishlab chiqarilganburgilash va kon o'tish jihozlarini yetkazib berish bo'yicha 

shartnoma tuzilgan. Transport qiyas'ezdi 780 m asosiy ochish ishlarini bajaradi va 

yiliga 800,0 ming tonna kon massasini yuzagauzatish uchun mo'ljallangan.  S'ezd 

bo'yicha kon massasi MT-431V shaxta avtoo'ziagdargichlariyordamida uzatiladi. 

  Qiya transport s'ezdini olib borish dizel dvigatelli o'ziyurar burgilash, 

yuklash - yetkazib berish vatransport uskunasini qo'llash yordamida 

loyihalashtirilgan. Bu uskuna kon kovlash davridagiasosiy ko'p mehnat talab 

qilinadigan operasiyalarni mexanizasiyalashtiradi. 

  "Zarmitan"  koni  yerosti  ishlarida Atlas Copco (Shvesiya) va Sandvik 

(Finlyandiya) horij 

kompaniyalari dizel dvigatelli o'ziyurar transportdan foydalaniladi. 

Yerosti kon-shaxta mashinalari va jihozlariga qo'yiladigan muhim 

talablardan biri  -  bu kon - 

o'tish ishlari kompleksini o'zaro boglangan to'liq davrining bajarilishini 

ta'minlaydigan  

jihozlarning to'liq komplektini yetkazib berishni ta'minlashdir. 

  NKMK oltin va uran qazib olish hajmi bo’yicha dunyoning o’nga yaqin kon 

qazib oluvchi kompaniyalari safiga kiradi. Kombinat tarkibi beshta kon 

boshqarmasi, “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi Ilmiy-ishlab chiqarish 

markazi”,  Zarafshon  qurilish  boshqarmasi,  to’rtta  gidro-metallurgiya  zavodi  

va  birta  oltin  ajratib  olish  fabrikasi, markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, 

mashinasozlik zavodi, oltin-gugurt kislotasi ishlab chiqarish zavodi va boshqa 

sanoatlashtirilgan  va  yordamchi  korxonalardan  tashkil  topgan  bo’lib,  foydali  

qazilmani  qazish  va  qayta  ishlash, qimmatbaho  metallar  va  uran  qazib  

olishda  geologik  qidiruv  ishlarini  amalga  oshirish,  hamda  kon  metallurgiya 

sanoatida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va innovatsion 

texnologiyalarini ishlab chiqarishdan iborat. 



Har bir rahbar va muhandisning O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni 

muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga amal qilish, ishlab chiqarish 

xavfsizligi masalalarini to‘g‘ri hal etishda ushbu kitob qo‘llanma vazifasini 

o‘taydi.Unda mehnatni muhofaza qilish Qonunlari, sanoat sanitariya va 

gigienasi, texnika xavfsizligi hamda yong‘inning oldini olish masalalari 

yoritilgan. 

Tashkilotlarda mehnat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni 

tahlil qilish, kelgusida mehnat xavfsizligi darajasini ko‘tarish, ish 

yuritishda texnika xavfsizligi mashg‘ulotlarini o‘tkazish, mehnat 

muhofazasi ishlarini tashkil etish, o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalari, 

xizmatchi va ishchilari o‘rtasida shikastlanishning oldini olish hamda 

davlat standarti masalalari talablariga rioya etish maqsadida «Mehnatni 

muhofaza qilish to‘g‘risida» Qonun qabul qilingan. Bu Qonun asoslari 

mazmun jihatidan juda keng bo‘lib, o‘z tarkibida jamoa shartnomasi, 

mehnat shartnomasi, kadrlar tayYorlash va malakasini oshirish, mehat 

intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijtimoiy himoya hamda boshqa 

masalalarni mujassamlashtirgan. 

«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun asosida ishlab 

chiqarishdagi inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan omillarni bartaraf qilish, 

baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining sanitariya-gigienik 

jihatdan qoniqarli holatda bo‘lishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni 

ko‘rish mas’uliyati ma’muriyat zimmasiga yuklatilganligi ko‘rsatib 

o‘tilgan. Kasbiy zararliklar mavjud bo‘lgan hududlarda mehnat qiladigan 

ishchilar uchun qisqartirilgan ish kuni, qo‘shimcha dam olish kunlari joriy 

etilishi, zararli ish joylarida ishlaganlarga, ya’ni juda issiq haroratli, sovuq 

zax va sog‘lik uchun zararli sharoitda mehnat qilaYotganlar uchun maxsus 

ustama haq hamda himoya kiyimlari berilishi ko‘zda tutiladi. Kasbiy 

kasalliklarning oldini olish, ishchilarning sog‘ligini mustahkamlash 



maqsadida ularni o‘rnatilgan tartib asosida sut va parhez taomlar bilan 

ta’minlash tartibi joriy etilgan. 

Ishlab chiqarish korxonalarida Mehnat Kodeksi va mehnatni muhofaza 

qilish to‘g‘risidagi me’yorlarni buzishda ayblangan rahbar shaxslar 

maьmuriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy javobgarlik 

— xodimga hayfsan berish, ishdan chetlashtirish, o‘rtacha oylik ish 

haqining yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish va 

mehnat shartnomasini bekor qilishdan iborat. Moddiy javobgarlik esa 

«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunni buzgan shaxslarni 

nazorat tashkilotlari tomonidan belgilangan miqdorda jarima to‘lashga 

Yoki keltirilgan moddiy zararni qoplashga majbur qilishdan iborat. 

“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunni buzish baxtsizlik Yoki 

o‘limga sabab bo‘lsa, aybdor shaxslar belgilangan tartibda jinoiy javobgar-

likka tortiladi. 

Xotin-kizlar erkaklar bilan teng huquqli bo‘lib, ular davlat, xo‘jalik, 

madaniy va jamoat ishlarida faol qatnashish imkoniyatiga ega. Mehnat 

Kodeksida xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga 

olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Og‘ir va organizm 

uchun zararli ishlarda aYollarning mehnat qilishiga Yo‘l 

qo‘yilmaydi.Homilador aYollarga davlat tomonidan ish haqi to‘lanadigan 

ta’til beriladi.Mehnat Kodeksida o‘smirlar mehnatiga alohida e’tibor 

berilgan. 18 Yoshga to‘lmagan yigit-qizlarni ishga qabul qilishda ularning 

xohishiga qarab, yilning istalgan vaqtida bir-oylik (kalendar bo‘yicha) 

mehnat ta’tili berilishi belgilangan. O‘smirlar fabrika, zavod kasaba 

qo‘mitalari ruxsatisiz qo‘shimcha ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Ular 

tibbiy ko‘rikdan majburiy o‘tkazib turiladi. Agar o‘smirlarni bajaraYotgan 

yumushlari ularning sog‘ligiga ta’sir qilaYotgani sezilsa, u holda shifokor 

maslahati va tegishli hujjatga asosan boshqa ishga o‘tkaziladi. 



Tarmoq kasaba ko‘mitasining texnik inspektori har bir sanoat 

korxonasiga biriktirib qo‘yilgan. U korxonada mehnatni muhofaza qilish 

qoidalari bajarilaYotganligini, baxtsiz hodisaga uchraganlar hisobga 

olinaYotganligini nazorat qiladi, og‘ir Yoki o‘lim bilan tugagan hodisalarni 

guruh bilan birga tahlil qiladi, mehnatni muhofaza qilish qoida va 

me’Yorlarini buzganlarni javobgarlikka tortish maqsadida tegishli joylarga 

ma’lumot yuboradi. Texnik inspektor yangi uskunalarni qabul qilishda 

qatnashadi hamda bir vaqtning o‘zida ular yangi ob’ektlarni foydalanish 

uchun qabul qilish komissiyasining a’zosi hisoblanib, mehnat muhofazasi 

tadbirlarining bajarilayotganligini nazorat kiladi. 

Sanoat korxonalarida xizmat ko‘rsatayotgan kasaba uyushmasining 

inspektori mehnatni muhofaza qilish bo‘limi rahbarligi ostida ish olib 

boradi. 

Sanitariya-epidemiologiya stansiyalarining vakillari kapital qurilish 

ob’ektlarini qabul qilishda qatnashadi, kasbiy zaharlanish va 

kasallanishlarni tekshiradi, korxona ma’muriyati bilan birgalikda bu 

kasalliklarni yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘radi. Suv havzalaridan to‘g‘ri 

foydalanish va tashlandiq suvlarning suv g‘avzalariga qo‘shilishi 

masalalari bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh sanitariya-epidemiologiya 

boshqarmasining mahalliy sanitariya-epidemiologiya stansiyalari 

shug‘ullanadi. 

Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat 

qilish agentligi («O‘zsanoatgeokontexnazorat» agentligi) respublika davlat 

boshqaruvi, nazorat qilish va tekshirish organi hisoblanadi o‘z faoliyatida 

O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekistan Respublikasi 

Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlariga, Oliy Majlis Qonunlariga, 

Vazirlar Mahkamasining karorlari va farmoyishlariga amal qiladi. U 

texnologik me’yorlarning buzilmasligini, shuningdek, xavfsizlik 



texnikasining qoida va ko‘rsatmalariga rioya qilinaYotganligini kuzatib 

boradi. 


Bundan tashqari, bu organ bosim ostida ishlaydigan bug‘ qozonlari va 

idishlarining holatini, suv isitish qozonlarining issiq suv va par beradigan 

quvurlar, yuk ko‘taruvchi kranlar, liftlar, ekskalatorlar va odamlarni 

tashiydigan osma arqon yo‘llarining holatini kuzatadi hamda qoidalar 

buzilmaYotganligini tekshirib turadi. 

«O‘zsanoatgeokontexnazorat» sanoat korxonalaridagi qozon, 

agregatlar, ko‘tarishqurilmalarini tekshirib, ishlashi uchun ruxsat beradi va 

ularni ro‘yxatga oladi, U kapital qurilish ob’ektlarini qabul qilib olishda va 

korxonada yangi uskunalarni foydalanish uchun qabul qilishda, nazorat 

ostidagi ob’ektda bo‘ladigan baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlashda 

qatnashadi. 

Mahalliy boshqaruv organlari va yong‘indan muhofaza qilish 

bo‘limlari hamda yong‘inga qarshi kurashuvchi qismlar, o‘zlari xizmat 

ko‘rsatadigan sanoat korxonalarining hamma ob’ektlarida yong‘inga 

qarshi chora-tadbirlarning bajarilishini, yong‘inga qarshi kurash olib 

boruvchi xizmatchilarning tayyorligini, korxonadagi yong‘inni o‘chirish 

vositalarining ishga yaroqliligini va yangi ishlab chiqarish korxonalarini 

loyihalaganda yong‘in xavfsizligiga rioya qilinayotganligini kuzatish yo‘li 

bilan nazorat qilib boradi.Yonish chiqmasligi choralarini ko‘rish vazifasi 

xodimlar zimmasiga yuklatilgan. 



Download 192.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling