Saparniyazov Aybek
Download 38.24 Kb.
|
1 2
Bog'liqfizika(11-20) 2 DUZUWLENDI
Saparniyazov Aybek Mexanika(11 - 20)№2 1. Jismning bir nuqtasiga 8 N dan bo'lgan ikkita kuch bir-biriga 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi qanday (N)? A) 6 B)7 С) 8 D) 16 2. Har biri 9 N dan bo'lgan va bir tekislikda yotgan uchta kuchning teng ta sir etuvchisining moduli va yo'nalishini toping. Birinchi bilan ikkinchi va ikkinchi bilan uchinchi kuchlar orasidagi burchaklar 60°. A) 9 N; F2 vektor bo'у lab yo'nalgan. B) 9N; F1 vektor bo'ylab yo'nalgan. C) 18N; F 2 vektor bo'ylab yo'nalgan. D) 18 N; F3 vektor bo'ylab yo'nalgan. 3. Massasi 5 kg bo'lgan jismning harakat tenglamasi x=t2 (m) ко rinishga ega. Jismga tasir etuvchi kuchni aniqlang (N). A) 10 B) 12 C)5 D) 15 4. Ikki odam arqonni qarama-qarshi tomonga har biri 100 N kuch bilan tortmoqda. Arqonning taranglik kuchi qanday (N) bo'ladi? A) 0 В) 200 С) 120 D) 100 5. 10 kg massali yuk osilganda 10 cm uzunlikdagi prujina 5 cm uzaygan. Prujinaning bikrligi qanday (N/m)? g=10 m/s2 A) 1000 B) 2000 C) 5000 D) 500 6. 2L uzunlikdagi prujinaning bikrligi k bo'lsa, bikrligi 2k bo'lishi uchun shu prujinadan qanday uzunlikda olish kerak? A) L B) L/2 C) L/3 D) L/5 7. Ikki jism orasidagi gravitatsiya kuchi 36 marta ortgan bo'lsa, ular orasidagi masofa qanday o'zgargan? A) 6 marta kamaygan. B) 6 marta ortgan. C) 36 marta ortgan. D) o'zgarmagan. 8. Radiusi Yerning radiusidan 2 marta kichik, massasi Yer massasidan 2 marta katta bo'lgan sayyorada og'irlik kuchi Yerdagidan qanday farq qiladi? A) 2 marta katta. В) 8 marta katta. С) 4 marta kichik. D) 2 marta kichik. 9. Yer sirtidan Yer radiusiga teng balandlikda erkin tushish tezlanishi nimaga teng (m/s2)? Yer sirtida g=10 m/s2 A) 1,11 B) 2,5 C) 3.3 D) 10 10. Yer sirtidan necha km balandlikda Yerning tortish kuchi 75% kamayadi? Yerning radiusi R=6400 km. A) 6400 B) 1600 С) 19200 D) 3600 11. Jismning vazni (og'irligi) deb nimaga aytiladi? Jismning vazni deb : jismning Yerga tortilish kuchi tufayli .. A) tayanch yoki osmaga ... B) faqat tayanchga ... C) yonida turgan jismga ... D) faqat osmaga ... ko'rsatadigan ta’sir kuchiga aytiladi. 12. 5g tezlanish bilan yuqoriga tik ko'tarilayotgan m massali jismning vazni (og'irligi) nimaga teng? A) 4mg B) 0,5mg C) 6mg D) 1,5mg 13. Massasi 1 t bo'lgan lift tekis tezlanuvchan harakat qilib, 5 s da 20 m masofaga tushdi. Lift kabinasini ko'taruvchi arqonning taranglik kuchi qanday (kN)? (g=10 m/s2) A) 10 B) 8,6 С) 9,8 D)8,4 14. Avtomobil egrilik radiusi 20 m bo'lgan qavariq ko'prikdan qanday tezlikda o’tsa vazinsiz ahvolga keladi A) 12,5 B) 15 C) 14,1 D)24 15. Ko'pi bilan 150kg massali yukni ko'tara oladigan arqon yordamida necha kg massali yukni g/2 tezlanish bilan ko'tarish mumkin? A) 75 B) 85 C) 100 D) 45 16. Tik erkin tushayotgan jismning harakat boshidan 6 va 9 s da bosib o'tgan yo'llarini taqqoslang. A) 4:9 B) 6:81 C) 6:9 D) 36:9 17. Biror balandlikdan erkin tushayotgan (boshlan'ich tezliksiz) jism yo'lning birinchi 1/4 qismini 10 s da o'tdi. Jism yo'lning qolgan qismini necha sekundda o'tadi? A) 5 B) 8 C)9 D) 10 18. Jism h balandlikdan boshlang'ich tezliksiz tushmoqda. U harakatining oxirgi to’rt sekundida Зh/4 ga teng yol o'tadi. h necha metrga teng? g=10 m/s2. A) 280 B) 320 C) 220 D) 45 19. 35 m balandlikdan boshlang'ich tezliksiz erkin tushayotgan jismning tezligi 20 m/s bo'lganda, u yerdan qanday (m) balandlikda bo'ladi? A) 20 B) 15 С) 30 D) 10 20. Ikkinchi tomchi uzilgandan 3 s o'tgach tomchilar orasidagi masofa 35 m ga teng bo lgan bo'lsa,tomchilar necha sekund vaqt intervali bilan uzilgan? A) 0,5 B) 1 С) 1,5 D) 1,2 21. Shaxtaga tushib ketgan toshning shaxta tubiga urilgandagi tovushi 9 s dan Keyin eshitildi. Shaxtaning chuqurligi qanday (m)? Tovushning tezligi 320 m/s, g=l0 m/s2. Havoning qarshiligini hisobga olmang." A) 160 B) 220 С) 320 D) TJY 22. Jism 30 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otildi. U 25 m balandlikdan pastda necha sekund bo'ladi? A) 6 B) 4 C) 3 D) 2 23. Bir nuqtadan ikki jism bir vaqtda harakat qila boshladi ularaan biri 60 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi, ikkinchisi esa erkin tusha boshladi. Necha sekunddan so'ng ular orasidagi masofa 120 m bo'ladi? A) 2 B) 3 C) 1,5 D) 2,5 24. Tosh gorizontal yo'nalishda otiigan. 2 s dan keyin tezlik vektori yer sirti bilan 45° burchak hosil qilgan bo'lsa, toshning boshlang'ich tezligi qanday(m/s)? A) 40 В) 25 С) 20 D) 30 25. 36 km/h tezlik bilan uchayotgan samolyotdan tashlangan yuk 1000 m uzoqlikka borib tushgan bo'lsa, samolyotning uchish balandligi qanday (km) A) 500 B) 50 С) 64 D)50000 26. Jism gorizontga 30° burchak ostida 20 m/s boshlang'ich tezlik bilan otildi. Boshlang'ich tezlik vektorining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilari qanday (m/s)? sin30°=0,50; cos30°=0,87. A) 10 va 17,3 B) 10 va 10 C) 17,3 va 17,3 D) 17,3 va 10 27. Zambarakdan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan snaryad 20 m balandiikka ko'tarildi. Uning uchish vaqtini toping (s). g=10 m/s2. A) 10 B) 20 C) 4 D) 2 28. Gorizontga burchak ostida 100/3 m/s tezlik bilan otilgan jism 4 s da yerga qaytib tushdi. Uning uchish davomidagi minimal tezligi qanday (m/s). A) 15 B) 10 C) 20 D) 26,6. 29. To'pning uchish uzoqligi uning maksimal ko'tarilish balandligidan 4 marta katta bo'lishi uchun to'pni gorizontga nisbatan qanday burchak ostida otish kerak? A) 15° B) 30° C) 60° D) 45° 30. Sun’iy yo'ldosh orbitasining radiusi 9 marta ortsa, uning doiraviy orbita bo'ylab aylanish davri qanday o'zgaradi? A) 9 marta kamayadi B) 9 marta ortadi C) 27 marta kamayadi D) 27 marta ortadi Download 38.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling