Sariq oltin jumayev Anvar O`rol O`g`li Jizzax viloyati Zafarobod tumani 8-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi


Download 68 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi68 Kb.
#149707
Bog'liq
hikoya 2nd edition(2003)


SARIQ OLTIN

Jumayev Anvar O`rol O`g`li Jizzax viloyati Zafarobod tumani 8-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi.

Teraklar mayin shamol ta`sirida borliqqa shivirlab nimadir deyotgandek. Quyosh ufqqa bosh qo`yib, o`sha yoqni qizg`ish rangga burkadi.Sobir, demak ertaga issiq bo`ladi - dedi-yu, ketmonini yelkaga olib uyiga jo`nadi. Yo`l bo`yi ko`zini ufqdan bir lahza ham uzolmay hayolga cho`mdi. Nega quyosh yagona? Uning o`rnini bosuvchi, ham issiqllik, ham yorug`lik ulashuvchi manba bormi? Yo`q! U yakka. Tanho. Sobir nega yakkalik haqida ko`p o`ylayotganini tushunmasdi. Chuqur uh tortdi-yu, qadamini jadallatdi.

Uyga kelsa xotini yo`q. Qumg`onning tagidagi cho`g` hali sovimagan, ovqat ham tayyor.

Qo`shninikiga chiqqandurda deb choyni damlab ovqatni yeb bo`ldi hamki, Ma’sumadan hech darak bo`lmadi. Hamsoyalar ham qayoqdaligini bilishmaydi.

Sobir darhol qaynatasinikiga otlandi. U to`g`ri o`ylagan ekan. Eshikdan kirdi-yu, bir tizzaga boshini qo`yib ko’zlarini bir nuqtaga tikib o`tirgan qaynonasiga, chakkan nosi esidan chiqib, do`ppisini qo`liga olib, allaqachon sochlar tark etgan boshini qashlayotgan qaynotasiga va yig`layverganidan ko`zlari qontalash bo`lgan Ma`sumaga ko`zi tushib esankirab qoldi.

Hamma gapni eshitib kuyov ham naridan beri bo`ldi, qoldi.

Sobir yoshligidan yetim qolgandi. Qishloq eshonining uyida katta bo`ldi. Qishloq ahli uni uylantirdi. Jussasi kichkina bola ne qiyinchiliklarni ko`rmadi. Bular kamdek xotini – dadasi bolamni tug`ilmasdan oldin o`ldirib qo`ydim- deb o`zini har tomonga urayapti. Avvalgi ikki bolasining qismati ham huddi shunday bo`lgandi. Daxshat.

Sobir Ma`sumaning qo`lidan ushladi-yu, bir og`iz ham gapirmay uyiga olib ketdi. Ancha vaqt er-xotin bir-biriga teskari burilib yotdi.

Ma`sumaning piq-piq yig`isini eshitib Sobir chidab turolmadi.Uni mahkam bag`riga bosib , ko`zlarini tutmoqchi bo`ldiyu, eplolmadi.

Sobir aka hamma ayb menda, javobimni bering . Sizni ham baxtsiz qilmay. Bir tomchi yosh jallod kipriklar orasidan sizilib chiqib , labining ustiga ustalik bilan qo`ndirilgan xol ustida mavjlandi.

Sobir rafiqasining iforini to`yib hidladi. Eshon nikoh o`qiyotganda yaxshi – yomon kunda birga bo`lishga va`da berganman. Nasib qilgan bo`lsa farzandimiz ham bo`ladi.

Ular to`ydan avval ne-ne orzular qilishmagandi. Birinchisi o`g`il bo`ladi. Keyin ikki qiz. Aka singillarini hech kimga xafa qildirib qo`ymaydi. Har kuni uchrashadigan soy yonida Sobir bu gaplarni aytganida Ma`sumaning ikki yuzi qizarib, ko`zi bilan nuqul yer chizardi.

Haqiqatdan ham ertalabdan kun qizib ketdi. Ma`sumaning qovoqlari ishib choy qaynatdi. Birga nonushta qilishdi. Ikkisi ham bir- biriga o`ng`aysizlanib, so`z topisholmadi. Sobir beliga non tugib, chopiq ketmonini ko`tarib dalaga jo`nadi.


  • Ha Sobir kechasi xotiningni qidirib yuruvding topdingmi- dedi Homid mo`ylov yonidagilarga iztehzoli kulib. Bunday erkak bo`lganingdan o`lganing ma`qul.

  • E, xotiniyam bepusht erdan zerikib ketib , bir aylanib kelgandurda-gap qo`shdi yonidagi Ma`ruf tirriq. Gurillib kulgu ko`tarildi.

  • O`ttizga chiqqanda yoningda o`tin teradigan o`g`ling bo`lsin deyishgan. Nechchiga kirding Sobir, qirqni urib qo`ydingov. Kulgi boyagidan ham balandladi.

Yer yorilmadiyu, Sobir kirib ketmadi. O`ng qovog`i tepaga uchib , boshi g`uvillab, qolgan gap qulog`iga ham kirmadi. Qo`rqqanidanmi, hayajondanmi kafti terlab ketmon toyib yerga tarsillab tushgandan so`nggina hayoli joyiga keldi. Kun bo`yi qo`li ishga bormadi.

Ma`sumani qishloq ayollari to`y-marakalarga ham aytmay qo`yishdi. Yangi kelinning ham taqdiri bunikiga o`xshamasin. Xatto ko`cha -ko`yda ko`rganda salomlashishga ham irim qilishdi.

Ma`suma achchiq-achchiq ko`z yosh to`kib supada uxlab qoldi.Boshi og’rib ko’zini ochdi-yu , ertalab yoki nomoshshomligini bilolmay uzoq turib qoldi. Voy sho’rim hozir xo’jayinim keladi deb ovqat pishirmagani esiga tushdida o’choq boshiga chopdi.

Nahotki. Ko’zlariga ishonmadi.Qozonda palov damlangan, qumg’ondagi choy vaqirlab qaynayapti. Shu payt eshik g’iyqillab ochildi-yu,Sobir qo’lida ikkita qog’oz qop bilan kirib keldi. Ichida rangli suv, konfet, shkalat, pecheniy, olma , anor xullas hamma narsa muhayyo.

Sobir chiroyli qilib dasturxon yasatdi. Sakkiz enli atlasdan tikilgan gajak ko’ylak berib kiyib chiqishini aytdi. Yelkalari biram mos tushdiki, Ma’suma o’zini ko’zguda ko’rib tanimadi. Sobir piyolaga rangli suvni to’ldirib Ma’sumani ajoyib bayram bilan tabrikladi.

Tug’ilgan kuning bilan!!!

Inson tashvishlari bilan bo’lib o’z tug’ilgan kunini ham esdan chiqararkan.Ma’suma ko’zlaridagi yoshini ham o’zini ham to’xtatolmay, to’xtatgisi ham kelmay o’zini Sobirning bag’riga otdi. Bu bag’rda u halovat topdi. Ayolga bundan ortiq nimaham kerak deb o’ylaysiz.

***


Bir xil atlasdan jimjima ko’ylak kiygan ikki qizaloqlarning kichigi opasiga so’z bermay gapirardi.

  • Oyijon tug’ilgan kuniyiz bilan tabyiklayman. Hay doyim menga shiyin- shiyin ovqatlar tayyorlab beying.

Nari tur -, dedi kattasi. Ko’ylagini hilpiratib ajoyib she’r bilan oyisini qutladi. Ikki qiz biri dadasini biri oyisini quchoqlab olishdi. Shu vaqt eshikdan Shukrullo alvastini ko’rganday kirib keldi. U nuqul ko’cha tarafga imo qilar halloslaganidan gapi og’zidan chiqmasdi.

  • O’glim nima bo’ldi o’zingni bos - dedi dadasi.

Biroz nafas roslagach tez-tez gapira boshladi. Bolalar bilan tuyatortarga cho’milgani borgandik. Anov borki Homid akaning yakka o’g’li Tilovoldi tuyatortarning eng chuqur joyiga kalla tashlab qaytib chiqmadi.

  • Mo’ylovnimi?

  • Ha .

Sobir yugurgancha daryo tomon ketdi.


Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling