Satsial tashkilot faoliyati reja: Satsial tashkilot faoliyati to'g'risida umumiy tushuncha


Download 213.02 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi213.02 Kb.
#1747821
Bog'liq
Satsial tashkilot faoliyati

Satsial tashkilot faoliyati

REJA:

1.Satsial tashkilot faoliyati to'g'risida umumiy tushuncha.

2.Satsial tashkilot faoliyatini rejalashtirish.

3.Satsial tashkilot faoliyatini tashkil etish yo'llari. Tashkilotning asosiy maqsadini shakllantirish.

  • Erttgg

REJA:
1.Satsial tashkilot faoliyati to'g'risida umumiy tushuncha.
2.Satsial tashkilot faoliyatini rejalashtirish.
3.Satsial tashkilot faoliyatini tashkil etish yo'llari. Tashkilotning asosiy maqsadini shakllantirish.
Tashkilot deb, eng avvalo o'zaro bog'langan va o'ziga xos maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan ijtimoiy guruhlarga aytiladi. "Tashkilot" atamasi ijtimoiy birlashuvlarning shakli sifatida qo'llaniladi.
G'arb sotsiologiyasida sotsial (ijtimoiy) tashkilotlarni tadqiq qilishda, ularning psixologik qonuniyatlariga ko'proq e'tibor beriladi. Masalan: sotsiologik nazariyalarida ijtimoiy tashkilotlardagi subyektning xulqi va motivini psixologik asosda tushuntirishga asoslaniladi.
Amerikalik mashhur sotsiolog J.Homansning ijtimoiy tashkilotlarni tadqiq qilishda sotsiologiya, psixologiya va pozitiv mantiqqa asoslanish zarurligi to'g'risidagi fikri, hozirgi davrda nazariy jihatdan sotsiologiyani rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.
Yana bir Amerikalik sotsiolog D. Bell ,,Universitet, institutlar ijtimoiy tashkilotlarning markaziy o'rinlarini egallaydi" deb ko'rsatadi. Uning maorif va fan ijtimoiy progressni ta'minlovchi asosiy institutlar hisoblanadi, degan fikri hozirda bir qator ilg'or davlatlar tajribasida isbotlandi.
Sotsial tashkilotlar ikki xil funksiyani bajaradi:
1.Axloq normalarini va qadryatlarni o'zlashtirish yo'li bilan ijtimoiylashuvni ta'minlash, insonlarning ijtimoiy munosabatlarda qatnashuvlari uchun dastlabki shart-sharoitlar yaratish.
2.Individ xatti-harakatlari, yo'nalishlari va munosabatlarining mavjud tizim doirasidan chetga chiqmasligini nazorat qilish.
Satsial tashkilotlar maxsus yo'nalish nazariyasiga ko’ra 2 xilga ajratiladi:
● 1)Rasmiy
● 2)Norasmiy
Rasmiy tashkilotlar - yuqori darajada rasmiylashgan guruhdir. Bu ma'muriy apparatning asosiy vazifasi tashkilot mavjudligini ta'minlash uchun uning a'zolari faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Amerikalik sotsiolog A. Etsioni rasmiy tashkilotlarni 3 ta asosiy tashkilotga ajratadi:
● 1.Erkin tashkilotlar (ko'proq jamoat tashkilotlari, xotin-qizlar jamiyatlari)
● 2.Utilitar (manfaatli) tashkilotlar (birlashmalar, firmalar, davlat muassasalar)
● 3.Majburiy tashkilotlar (axloq tuzatish muassasalari, qamoqxona, turma, armiya)
Norasmiy tashkilotlar - o'z-o'zidan, ichki sabablar tufayli vujudga kelgan kishilar birligi sifatida tashkiliy masalalarni rasmiy qonunlarda ko'rsatilganidek farq qiladigan usullarda hal qilishga harakat qiladi va erkin bo'ysunishga asoslanadi.
Download 213.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling