Savol: Kesselman fanning yutuqlarini nimaga qiyoslagan? Javob: Aysbergning yuqori qismiga. Izoh


Download 26.25 Kb.
bet1/4
Sana29.03.2022
Hajmi26.25 Kb.
#617793
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5326028801619006413
9. Назорат учун саволлар(1), 1 mavzu ma`ruza matni, 3-mavzu (2), 2-mavzu. Ish ishlab chiqarish ergonomikasi., 2МИ 414,415-18 РҚЛК, 2МИ 414,415-18 РҚЛК, 2МИ 414,415-18 РҚЛК, M-2 rqlk, 2-Laboratoriya ishi vazifalari, 27.02.2020 DTM test, 05.02.2020 o'NLI KASRLARGACHA, (Basketbol) Musobaqalarni tashkil qilish va , 2.5 модули, Muxriddin., Muxriddin.
    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

1-tur

1. Fizik olim Vladimir Kesselman aytadiki, ilmiy faoliyatning kashfiyotga olib boruvchi kattagina qismi ommaga ma’lum emas. Shu sababdan, Kesselman fanning yutuqlarini Unga qiyoslagan.


Savol: Kesselman fanning yutuqlarini nimaga qiyoslagan?
Javob: Aysbergning yuqori qismiga.
Izoh: Olimlar ishining katta qismi, odatda, odamlarga ko‘rinmaydi.

2. Bir rus videoblogerining aytishicha, daraxtdagi Uni otib o‘ldirgan ovchi o‘ljasiga ega chiqolmasligi ham mumkin. U yoshi kattaygani sari ko‘proq tabassum qilar ekan.


Savol: Uni yozib bering.
Javob: Yalqov.
Izoh: Yalqovning panjalari shunchalik baquvvatki, o‘lgandan keyin ham daraxt shoxini ushlab tura oladi. Juda ko‘p yillar daraxtda tepaga osilib turishi natijasida yalqovning yuzi pastga osilib boraveradi, natijada ko‘proq tabassum qilayotganday ko‘rinadi.

3. Qadimiy rasmiy hujjatlarda u haqida oddiygina “bir telba” deb aytib ketilgan.


Savol: Uning ismini yozib bering.
Javob: Gerostrat.
Izoh: Efesdagi Artemida ibodatxonasini yoqqani uchun uni unutish bilan jazolashadi va ismini tilga olishni ta’qiqlashadi.

4. 18-asr o‘rtalarida Vinchenso Mengini o‘z gipotezasini tekshirish uchun qonni quritdi, uni kukunga aylantirib, magnitdan foydalandi.


Savol: Gipoteza mazmunini yozing.
Javob: Qonda temir moddasi mavjudligi.
Izoh: Boloniyalik vrach shu yo‘l bilan qonda temir borligini isbotladi.

5. Afrikadagi numidiyaliklar rim sarkardasi Ssipionga daxshatli raqibga qarshi kurashishda katta yordam ko‘rsatishgan. Gap shundaki, ularning otlari bir xislatga ega bo‘lgan.


Savol: Numidiyaliklar otlari qanday foydali xislatga ega bo‘lishgan?
Javob: Fillardan qo‘rqishmagan.
Izoh: Karfagen sarkardasi Gannibal qo‘shinida fillar bo‘lgan.

6. “Alfa – hech tinch o‘tirmaydi, har doim turli xil muammoli vaziyatlarga tushib yuradi. Xarakteri haddan ortiq mustaqil, dangal va injiq. Betta - mehribon, deyarli gapirmaydi, lekin hissiyotga boy, tinchlikni yaxshi ko‘radi, ammo doim Alfa tufayli tinchi buziladi, hatto Alfa tufayli asablari portlab ketadi. Lekin Alfasiz Betta zerikadi” - siz zamonaviy serialning qisqacha annotatsiyasini eshitdingiz.



Download 26.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling