Savollar: Axborot tizimi nima va uning ishlash texnologiyasi


Download 11.19 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi11.19 Kb.
#160377
Bog'liq
IAKT oraliq nazorat Mamajonova Dilafro'z


I-80 guruhi talabasi Mamajonova Dilafro'zning IAKT fanidan oraliq nazorat savollariga bergan javobi

Savollar:

1.Axborot tizimi nima va uning ishlash texnologiyasi.

2.Axborot kommunikatsion texnologiyalarining texnik ta'minoti nima?

3.Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni yechishda qaysi asosiy jarayonlarni o'z ichiga oladi?

Javoblar:

1.Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat uz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murakkablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob'ekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv sub'ekti, boshqaruv apparati yig’indisini o’zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabo`l kilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. i.Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma'lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash bo’yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqasi ob'ektning axborot tizimini tashkil etadi.

Axborot tizimlari nafakat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabo`l qilish (sun'iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish xisobiga boshqaruv ob'ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi.

2.Kompyuterlar xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, guruhlarga bo’lish mumkin: katta kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar (PCPersonal Computer), bloknot (notebook) kompyuterlar. Uning ko’rinishi oddiy. U quyidagi asosiy qurilmalardan ibo rat: Tizimli blok - kompyuter ishini ta’minlaydi va boshqaradi. U quyidagi qismlardan tashkil topadi.

Bosh plata. Barcha kompyuter qismlari, asosiy va qo’shimcha qurilmalar ulanadigan maxsus plata.

Mikroprotsessor – kompyuterning eng muhim qismini mikroprotsessor tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma- mikroprotsessor deyiladi.

Operativ xotira - kompyuterning vaqtinchalik xotirasi, u kompyuter ishlayotgan paytda dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydigan qurilma. Kompyuter tezligi operativ xotira hajmiga ham bog’liq bo’ladi.

Doimiy xotira (vinchester) - ma’lumotlar doimiy saqlanadigan maxsus qurilma. Xotira hajm bilan o’lchanadi. Hajm ko’p bo’lsa, kompyuter shunchalik ko’p ma’lumotlarni saqlash imkoniga ega bo’ladi.

Monitor - kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlovchi qurilma. Monitorlar oq-qora va rangli turlarga ega. O’lchami televizorlarga o’xshash: 14, 15, 17, 19, 21 dyuym va hokazo.

Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir.Kompyuter texnikasining qo’shimcha qurilmalari

Printer - Printerlar kompyuterda olingan natijalarni va ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko’rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo’ladi: matritsali, purkovchi va lazerli.

Sichqoncha – kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmasi hisoblanadi. Sichqoncha yordamida ma’lumotni kompyuterga kiritish tezlashtiriladi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqoti engillashtiriladi. Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma.

Modem (faks-modem)- Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so’zlaridan olingan bolib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir.

Tarmoq platasi - kompyuterni ichki mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi. Mahalliy tarmoq bir necha kompyuterni birlashtiradi va ma’lumot almashish imkonini beradi.

Multimedia qurilmalari - kompyuter yordamida musiqa va ovozli ma’lumotlarni ko’rsatishni ta’minlovchi qurilma. Bu qurilmalarga : kompakt disklarni o’quvchi qurilmalar (CD-Rom , CD-RW , DVD-ROM , DVD-RW), mikrofon, kolonkalar, ovoz kartalari kiradi.

3.Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar.

Axborot tizimidagi jarayonlar quyidagi bloklardan iborat:

-axborotlarni tashqi yoki ichki manbalardan kiritish;

-kiritilgan axborotlarni qayta ishlash va qulay ko‘rinishda tasvirlash;

-axborotlarni iste’molchilarga chiqarish yoki boshqa AТlarga uzatish;

- teskari aloqa – mazkur tashkilot personali tomonidan qayta ishlanib yana kiritiladigan axborot.Axborot tizimlari quyidagi xususiyatlarga ega:

- har qanday axborot tizimi -tizimni yaratishning umumiy tamoyillariga binoan tahlil qilinishi, qurilishi va boshqarilishi mumkin;

- axborot tizimi o‘zgaruvchan va taraqqiy etuvchidir;

-axborot tizimini yaratishda tizimli yondoshishga amal qilinadi;

-axborot tizimining mahsuloti bo‘lmish axborotga asoslangan holda qarorlar qabul qilinishi mumkin;

-axborot tizimini axborotlarni qayta ishlashning inson-kompyuter tizimi sifatida qarash mumkin.

- yechilayotgan boshqaruv masalalarining strukturalashganini;

-firma boshqaruvining yechimni qabul qilishi lozim bo‘lgan darajasini (bo‘g‘inini);

- hal kilinayotgan muammoning biznesning muayyan funksional sohasiga tegishliligini;

- ishlatilayotgan axborot texnologiyasining turini.Axborot tizimlarini joriy etilishidan kutilayotgan natijalar. Axborot tizimlarini joriy etilishi quyidagi natijalarni berishi mumkin:

- matematik metodlar va intellektual tizimlarni joriy etish evaziga boshqaruv masalalarini yechimining ratsional variantlariga ega bo‘lish;

-avtomatlashtirish evaziga xodimlarni qiyin va bir xil ishlarni bajarishdan xalos qilish;

-axborotlarning ishonchliligini ta’minlash;

-ma’lumotlarni qog‘oz ko‘rinishdan magnit tashuvchilarga o‘tkazish;

-muassasadagi axborotlar oqimini va hujjatlarni yuritishning strukturasini takomillashtirish;

-mahsulotlarni chiqarish va xizmatlarni ko‘rsatish tannarxining kamayishi;

-iste’molchilarga yangi xizmat turlarini taklif etish;

-bozorda yangi imkoniyatlarni topish;

- turli qulayliklar va imtiyozlarni taklif etish evaziga iste’molchilarni firmaga bog‘lab qo‘yish.Axborot tizimlari va texnologiyalarining iqtisodiy jarayonlarni boshqarishdagi yutuqlari:

- Boshqa organlar bilan elektron axborot almashinuvi ta’minlanishi;

-Davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish;

- Davlat boshqaruviga ketadigan xarajatlarni kamaytirish;

-Davlat hokimiyati bilan fuqarolar va xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi interaktiv muloqot asosida munosabatni yaxshilash.

-Soliq to‘lovchilarning bir qancha to‘g‘ri va egri ehtiyojlarini kamaytirish.

- Soliq tushumlarini operativ tarzda nazorat qilish va tegishli boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish;

-Ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayoni samaradorligining oshishi, ish sifatining ortishi imkoniyatlari yaratildi.Axborot tizimlari va texnologiyalarini iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi muammolar:

-Axborot oqimi va hajmlarining fan-texnika taraqqiyoti bilan, soliq tizimida yangi, yanada murakkabroq bo‘g‘inlararo aloqalarning paydobo‘lishi bilan bog‘langan keskin o‘sishi, o‘sib borayotgan axborotni qayta ishlash muddatlarining qisqarishi boshqarish jarayonining tabiatini yanada murakkablashtiradi, eng maqbul qarorlar qabul qilish imkonini bermaydi;

-Axborot tizimlari va texnologiyalarida foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalarning xilma-xilligi va murakkabligi, ularni sinovdan o‘tkazish va joriy etish hamda o‘zlashtirishda ma’lum vaqtni talab etishi;

-Axborot tizimlari va texnologiyalarida saqlanadigan axborotlar: dasturlarning xavfsizligini ta’minlash;



-Тexnik qurilmalarning yangi avlodlari yaratilishi munosabati bilan axborot tizimlari va texnologiyalarini ushbu texnik qurilmalarga moslashtirish;

-Axborot tizimlari va texnologiyalari bilan ishlovchi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
Download 11.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling