Savollar: Boshqaruv usullari deb nimaga aytiladi?


Download 13.01 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi13.01 Kb.
#184273
Bog'liq
menejment 4-mavzu javobi


Boshqaruv usullari

Savollar:

1.Boshqaruv usullari deb nimaga aytiladi?

2.Boshqaruv usullari qaysi omillar ta’sirida o‘zgaradi?

3.Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga qanday manfaatlar orqali ta’sir ko‘rsatadi?

4.Iqtisodiy usullarning mohiyati nimalardan iborat?

5.Iqtisodiy ta’sir vositalari nimalardan iborat?

6.Tashkiliy-farmoyish (ma’muriy) usullarning mohiyati nima?

Javoblar:


1.Boshqaruv usullari bu boshqaruv subʼektining boshqaruv obʼektiga maqsadli yo`naltirilgan taʼsir o`tkazishning usullari, yaʼni boshqaruvchining u boshkarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga quyilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati koordinatsiyasini taʼminlashdir. Boshkaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mexnat resurslarini imkoni boricha kam sarf kilib yuqori natijalarga erishish maqsadida taʼsir etiladi.

2. Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar taʼsirida oʼzgaradi.

Tashqi omillarga:

-tashqi va ichki sharoit oʼzgarishi,

iqtisodiyotni boshqarishda tub isloxatlarni amalga oshirish,

-xalq xoʼjaligining texnikaviy qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida oʼzgarishlar

-iqtisodiy isloxatlar va kiradi.


ichki omillarga:

-yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish kontsentratsiyasini amalga oshirish;

-ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi oʼzgarishi;

-ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish

-ishlab chiqarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini qoʼllash.

-kadrlar salohiyati va x.k.


3. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali taʼsir koʼrsatish va buning uchun iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir

Iqtisodiy usullar iqtisodiy taʼsir vositalari yigʼindisidan Masalan:ish haqi, narx, kredit, kredit foizlari, biznes-reja, foyda, soliqlar, iqtisodiy ragʼbatlantirish….

Boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega boʼlib, ular moxirona va oʼz vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va xuquqiy usullar bilan qoʼshib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.

4. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali taʼsir kursatadi.

Iqtisodiy usullarning moxiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bulishini taʼminlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi urinni egalaydi. Iqtisodiy usullar iqtisodiy taʼsir vositalari yigindisidan (narx, kredit, biznesreja, foyda, soliklar, ish xaki, iktisodiy ragbatlantirish va x.k.), yaʼni xujalik faoliyatiga taʼsir etishning xar bir jamoa mos xujalik bo`g`ini bilan uzviy aloqada amal qilishini taʼminlovchi tadbirlaridan iboratdir. Bozor mexanizmining muxim vazifalaridan biri biznes reja va bozorning uzviy boglik bulishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari tugri nisbatini taʼminlashdir. Bozor iktisodiyoti maʼmuriy-buyrukbozlik tizimiga nisbatan karama-karshi tizim bulib, bozorda narx, solik, kredit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy maksadda amalga oshiriladi. Bozor iktisodiyoti sharoitida narx va ish haqi o`zgarishni qatʼiy tartibga solmay barqarorlikka erishib bulmaydi. Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga eag bulib, ular moxirona va uz vaktida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va xukukiy usullar bilan kushib olib borilgan takdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Korxonalar, aktsioner jamiyatlari, firmalarda muxim boshkaruv usullaridan biri - biznes-rejalardir. U iktisodiy jaraѐnlarni umummilliy manfaatlarni kuzlab, xujalik amaliѐtida obʼektiv iktisodiy konunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maksadga intilgan xolda boshkarishning uzaro uzviy boglik tizimidan iboratdir. Biznes-reja vositasida xal etiladigan asosiy vazifalar kuyidagilardan iborat: iktisodiѐt rivojlanishi yunalishlari va maqsadlarni amalga oshirish yullarini kursatish, iktisodiѐtning barkaror, mutanosib usishini taʼminlash, moddiy, mexnat va moliyaviy resurslarni tarmoklar va ishlab chikarishlar urtasida taksimlash va kayta taksimlash, fan-texnika tarakkiѐti yutuklarini joriy etishni taʼminlash; tarmoklararo integratsiya, tarmok ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chukurlashtirish; xujalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koordinatsiya kilish. Biznes-reja korxona, aktsionerlar jamiyati, kontsernlar faoliyatining xamma tomonlarini: maxsulot ishlab chikarish va sotish; moddiy-texnikaviy taʼminot va ishlab chikarish fondlaridan foydalanish, mexnat va ish xaki, jamoada ijtimoiy jaraѐnlar va x.k.larni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng xuquqlar beriladi.


5. Iqtisodiy usullar iqtisodiy taʼsir vositalari yigʼindisidan M:ish xaqi, narx, kredit, kredit foizlari, biznes-reja, foyda, soliqlar, iqtisodiy ragʼb

Boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga eag boʼlib, ular moxirona va oʼz vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va xuquqiy usullar bilan qoʼshib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.


6.Xoʼjalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish boʼyicha faoliyati boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qoʼllash bilan bogʼliqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini taʼminlovchi taʼsir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni toʼldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari.

Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga maʼmuriy va tashkiliy jixatdan taʼsir oʼtkazadi.

Menejment tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning xamkorlikdagi xarakati tartibga solinadigan maʼmuriy xujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qoʼllash asosini boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi.



«boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «maʼmuriy boshqaruv usuli» tushunchasidan bir muncha kengdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli koʼlamda va shaklda tashkiliy taʼsir etishni qamrab oladi.

Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni taʼminlaydilar, tashkiy tizim, boshqaruvning xar bir boʼgʼini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini taʼminlaydi, ishda tartib oʼrnatadi.
Download 13.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling