Savollar kitobi


Download 450.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.11.2020
Hajmi450.58 Kb.
#145460

 

OLIY MAKTAB 

 

NODAVLAT TA‟LIM MUASSASASI

 

 

O‘QITUVCHILAR UCHUN DIAGNOSTIK TEST SINOV 



SAVOLLAR KITOBI 

 

O‘QITUVCHI: _________________________________________________________________  _________________ 

                                                                                             F.I.O.                                                                 Imzo 

 

 



O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA! 

Test topshiriqlarini yechishdan avval savollar kitobini varaqlab, unda har bir blok bo„yicha 20 ta (yoki 30 ta) savol mavjudligini 

tekshiring. Agar savollar soni kamligi aniqlansa, darhol testni sizga topshirgan vakilga murojaat qiling. 

Test natijalarini telegramda 

 @Natija2020Bot 

orqali bilib olasiz. 

 

KITOB TIPI: 

56 

 

 

FANLAR: 

1-30 test topshiriqlari: Tarix (30 ta) 

31-50 test topshiriqlari: Ona tili (20 ta) 

@oliymaktabuz telegram kanalida yangiliklar berib 

boriladi. 

@DTS_uz da test jarayonlari va testlar haqida o„z  fikr va 

mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin. 

 

Savollar kitobi raqamini javoblar varaqasiga 

to‘g‘ri kiriting va bo‘yang. 

 

Xato to„ldirilsa test natijasi e‟lon qilinmaydi. 



  

 

 



 

 

 



 

Savollar kitobi raqami:



 

70182379 

 

Toshkent — 2020 

 


Oliy Maktab 

70182379 

 

TARIX (30 TA) 



1. 

Hozirgi Eron hududida qadim zamonlardan qaysi qabilalar yashab kelgan? 

A) kassiylar va xettlar    B) xettlar va elamiylar    C) kassiylar va elamiylar    

D) giksoslar va xettlar 

 

2. 

Buddaviylik dini qachon paydo bo„ldi? 

A) mill. avv. VI asrda    B) mill. avv. VII asrda    C) mill. avv. V asrda    D) 

mill. avv. IV asrda 

 

3. 

Ilk marotaba “Avesto” qismlarini tarjima qilgan olim kim? 

A) J. Shampolyon    B) Rixtgofen    C) A. Dyuperron    D) Dyurant 

 

4. 

Rasmda ifodalangan xudo vazifasiga ko„ra Qadimgi Yunonistondagi qaysi 

xudoga mos keladi?  

 

A) Zevs    B) Poseydon    C) Aid    D) Appolon 



 

5. 

Somoniylar davrida xonaqohlar bino qilingani ma‟lum. Ular qanday binolar 

bo„lgan? 

A) shifoxonalar 

B) ibodatxonalar 

C) g„aribxona, musofirxonalar 

D) karvonsaroylar 

 

6. 

G„aznaviylar davrida shahar boshqaruv ishlari kim tomonidan amalga 

oshirilgan? 

A) rais    B) kutvol    C) voliy    D) amid 

 

7. 

Chingizxon hujumi paytida Xo„jand hokimi kim edi? 

A) Najmiddin Kubro    B) Ahmad ibn Umar Xivaqiy    C) Temur Malik    D) 



G„oyirxon 

 

8. 

Qaysi vatandoshimiz matematika tarixida birinchi bo„lib algebra faniga asos 

soladi? 


A) Abu Bakr ar-Roziy    B) Muhammad Xorazmiy    C) Abu Ali ibn Sino    D) 

Al-Ma'sudiy 

 

9. 

Quyidagi shaharlardan qaysilari IX - X asrlardayoq yuksala boshlagan 

shaharlar sirasiga kiradi?  

1) Padeborn; 2) Venetsiya; 3) Florensiya; 4) Marsel; 5) Tuluza; 6) Gamburg. 

A) 1, 2, 3, 4    B) 1, 3, 5, 6    C) 2, 5, 6    D) 2, 3, 4, 5 

 

10.  Konstantinopolda 1096-yilning kuzidan to„plana boshlagan ritsarlar kimga 

vassallik qasamyodini qabul qiladilar? 

A) Urban II ga    B) Bonifatsiy XII ga    C) Aleksey I ga    D) Roman V 

Diogenga 

 

11.  Xaritada ajratib ko„rsatilgan hudud 1982-yilda qaysi davlat tomonidan 

egallangan edi?  

 

A) Germaniya    B) Italiya    C) Buyuk Britaniya    D) Ispaniya 



 

12.  1655-yilda  xivaliklar tomonidan qaysi shahar 2 bor talon-taroj qilingan? 

A) Karmana    B) O„ratepa    C) Buxoro    D) Qorako„l 

 

13.  Qaysi voqeadan so„ng Amudaryoning o„zani o„zgargan? 

A) Amudaryodan juda ko„p kanalllar qazilgach 

B) Chingizxon Amudaryo to„g„onini buzdirib tashlagach 

C) Orolbo„yida iqlim issiqlashib, cho„llar ko„paygach 

D) Shayboniyxon tomonidan Amudaryoda yangi suv ombori qurilgach 

 

14.  Qo„qon xonligida “tutun haqi” zakoti qaysi vaqtda olingan? 

A) qishda    B) bahorda    C) yozda    D) kuzda 

 

15.  “Amerika otalarini” aniqlang.  

1) Jorj Vashington; 2) Jon Jey; 3) Benjamin Franklin; 4) Jeyms Uilson; 5) 

Jeyms Medison. 

A) 1, 3, 4, 5    B) 2, 3, 4, 5    C) 1, 2, 4, 5    D) 3, 4, 5 

 

16.  Yaponiyada nechanchi yil xristian dinini ta‟qiqlovchi qonun chiqarildi? 

A) 1587- yil    B) 1592- yil    C) 1603- yil    D) 1614- yil 

 

17.  Mantiqan bir xil ma‟no anglatuvchi qatorni aniqlang.  

 

A) 1    B) 2    C) 3    D) 4 



 

18.  Buxoroda Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi ta'sis etilgan yilni 

aniqlang. 

A) 1865-yilda    B) 1886-yilda    C) 1881-yilda    D) 1876-yilda 

 

19.  Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari qachon boshlandi? 

A) 1910-yil    B) 1913-yil    C) 1911-yil    D) 1915-yil 

 

20.  XIX asr ikkinchi yarmida Turkiston o„lkasida sodir bo„lgan milliy-ozodlik 

harakatlariqaysi jihatdan alohida ahamiyatga ega? 

A) faqat kambag„allar ishtirok etgani bilan 

B) faqat yirik yer va mulk egalari, diniy ulamolar ishtirok etgani bilan 

C) faqat dehqonlar va hunarmandlar ishtirok etgani bilan 

D) o„lka xalqlarinig deyarli barchasidan vakillar ishtirok etgani bilan 

 

21.  Morgan tomonidan 1 milliard dollarlik kapitalga ega bo„lgan “Po„lat trest” 

qachon tashkil qilingan? 

A) 1881-yilda    B) 1904-yilda    C) 1902-yilda    D) 1901-yilda 

 

22.  1899-yilda AQSH davlat kotibi Xey ayni bir mazmunda nota yuborgan 

davlatlarni aniqlang.  

1) Buyuk Britaniya; 2) Germaniya; 3) Rossiya; 4) Yaponiya; 5) Fransiya; 6) 

Italiya; 7) Braziliya; 8) Argentina; 9) Kuba. 

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6    B) 1, 2, 3, 7, 8    C) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 9    D) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 

9 

 

23.  Rossiyada “Mehnatni ozod qilish guruhi” qachon tuzilgan? 

A) 1881-yilda    B) 1882-yilda    C) 1883-yilda    D) 1884-yilda 

 

24.  Xiva xoni Asfandiyorxon o„ldirilgandan keyin taxtga kim keladi? 

A) Is‟hohbek    B) Davlatbek    C) Said Abdulla    D) Nurullaboy 

 

25.  Junaidxon 1924-yil 17-iyunda o„zining  bir  necha hamrohi bilan 

Afg„onistonning qaysi shahariga yetib boradi? 

A) Hirot    B) Marv    C) G„azna    D) Chorjo„y 

 

26.  Qaysi davlatda Urush qishloq xo„jaligi, sanoat va kredit tizimiga jiddiy zarar 

yetkazdi, dunyodagi kreditorlik pozitsiyasini qisman yo„qotdi. 

A) Britaniya    B) Rossiya    C) Italiya    D) Fransiya 

 

27.  Qachon prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-

boshqaruv hokimiyati qo„shib yuborildi. 

A) 1990-yil 24-mart    B) 1990-yil 1-noyabr    C) 1991-yil 18-noyabr    D) 



1991-yil 29-dekabr 

 

28.  Toshkent shahridagi “Bobur” bog„iga 1917-yilda qanday nom berilgan? 

A) “Xalqlar do„stligi” bog„i 

B) “Mustaqillik” bog„i 

C) “Do„stlik” bog„i 

D) “Kamalak” bog„i 

 

29.  Qaysi AQSH prezidenti Eronni “yovuzlik tayanchi” mamlakatlari qatoriga 

qo„shib, terrorizmni moliyalashtirishda aybladi? 

A) B. Klinton    B) J. Bush    C) B. Obama    D) R. Reygen 

 

30.  1990-yillari “neoliberal islohot yutuqlarining namoyishi” bo„lgan Lotin 

Amerikasi davlatini aniqlang. 

A) Meksika    B) Braziliya    C) Chili    D) Argentina 

 


Oliy Maktab 

70182379 



ONA TILI (20 TA) 

31.  Mos javobni tanlang . Nuqtalar oʻrniga shunday harflar qoʻyingki, natijada 

shakldosh soʻzlar hosil boʻlsin.  

 …alak - …alak; …aqir - …aqir; so… - so… 

A) d va t undoshlari    B) f va p undoshlari    C) g va k undoshlari    D) z va 



s undoshlari 

 

32.  Juft soʻzlarning tushirib qoldirilgan qismini toping.  

Kasb -... kollejlari yangi tipdagi oʻquv dargohi sanaladi. Mamlakatimizda 

tinchlik -...ning hukm surayotgani bizning baxtimizdir 

A) hunar/ osoyishtalik 

B) hunarmandchilik/ farovonlik 

C) hunar/urush 

D) ta‟lim/ farovonlik 

 

33.  Berilgan gapning ifoda maqsadiga koʻra turini aniqlang.  

 Bugungi ishni ertaga qoʻyma! 

A) His-hayajon gap    B) Darak gap    C) Soʻroq gap    D) Buyruq gap 

 

34.  Toʻgʻri mulohazani aniqlang. 

A) Tobe soʻz hokim soʻzga bogʻlanadi. 

B) Tobe soʻz tobe soʻzga bogʻlanadi. 

C) Hokim soʻz tobe soʻzga bogʻlanadi. 

D) Hokim soʻz hokim soʻzga bogʻlanadi. 

 

35.  Soʻroq gapni hosil qilgan vositani aniqlang.  

“Mustaqil yurt” deganda, nimani tushunasiz? 

A) soʻroq olmoshi 

B) soʻroq yuklamasi 

C) soʻroq ohangi 

D) Ushbu gap darak gap hisoblanadi 

 

36.  Berilgan gapning ifoda maqsadiga koʻra turini aniqlang.  

Ipak qurticha gʻayrating yoʻqmi? 

A) istak gap    B) soʻroq gap    C) buyruq gap    D) darak gap 

 

37.  Ot kesimlar qanday soʻroqlarga javob boʻladi? 

A) nima qilmoq?, nima boʻlmoq? 

B) nima qilmoq?, kimning? 

C) qay holatda?, qanday? 

D) kim?, nima?, qanday? 

 

38.  Qaysi gap boʻlagi hokim boʻlakka kelishik qoʻshimchalari yoki 

koʻmakchilar yordamida bogʻlanadi. 

A) aniqlovchi    B) toʻldiruvchi    C) hol    D) ega 

 

39.  Nuqtalar oʻrniga kerakli bogʻlovchi vositani qoʻying.  

Yashnagay to abad ilm ... fan, ijod. 

A) va    B) bilan    C) -u    D) -mi 

 

40.  Undalmani aniqlang.  

Ey otajon! Idish ichidagi narsani birovga aytmoq va koʻrsatmoq mumkin 

boʻlsa edi, usti oʻralmagan, ochiq boʻlar edi. 

A) idish    B) Ey otajon    C) birovga    D) narsani 

 

41.  Ular picha yurib, toʻrt-besh tanob joyni ishgʻol etgan bedazorga chiqishdi.   

Ushbu gapda yopiq boʻgʻinlar tarkibidagi sonor tovushlar miqdorini toping? 

A) 7 ta 

B) 8 ta 

C) 6 ta 

D) 9 ta 

 

42.  Ushbu gapda necha xil turkumga oid mustaqil soʻzlar mavjud?  

Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror 

jozibasi bilan singadi. 

A) 5    B) 4    C) 3    D) 2 

 

43.  Qizardi, ulgʻaydi, chopdi, sugʻordi, gapirdi, qichqirdi, toʻxtadi, tashladi, 

yugurdi, qimirladi, topdi.  

Harakat fe‟llari sonini aniqlang. 

A) 7 ta    B) 10 ta    C) 8 ta    D) 9 ta 

 

44.  Soʻz qoʻshilmalarida soʻzlar nimalar yordamida birikadi? 

A) sanash ohangi va teng bogʻlovchilar 

B) vergullar va tobe bogʻlovchilar 

C) koʻmakchilar va yuklamalar 

D) teng va tobe bogʻlovchilar 

 

45.  Sodda gaplarning asosiy belgisi nimada? 

A) ohang tugalligida 

B) mazmun yaxlitligida 

C) kesimlik shaklining yagonaligida 

D) tobe bogʻlovchilarning ishtirokida 

 

46.  Quyidagi qoʻshma gapda qanday vosita sodda gaplarni bogʻlashga xizmat 

qilgan?  

Doʻstlikdan oʻtadigan hech narsa yoʻq, shuning uchun doʻst orttirish 

imkoniyatini sira qoʻldan boy berma. 

A) bogʻlovchi 

B) ohang 

C) modal soʻz 

D) bogʻlovchi vazifasidagi vosita 

 

47.  Bogʻlangan qoʻshma gap berilgan qatorni aniqlang. 

A) Ba‟zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi. 

B) Mahsulot aynigan yoki agrotexnika qoidalari buzilgan. 

C) Dasturxon ustida dam oʻzbek kuylari, dam hind qoʻshiqlari ijro qilinardi. 

D) Kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. 

 

48.  Anor soʻzlar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar.  

Ushbu qoʻshma gap qismlari orasida qanday ma‟no ifodalangan? 

A) maqsad    B) sabab-natija    C) oʻrin    D) daraja 

 

49.  -u(-yu), -da yuklamalari bogʻlangan qoʻshma gap qismlarini bogʻlash bilan 

birga ular oʻrtasida …, … munosabati mavjudligini bildiradi. 

A) payt, oʻrin 

B) ketma-ketlik, sabab-natija 

C) zidlash, ketma-ketlik 

D) ketma-ketlik, payt 

 

50.  Bogʻlangan qoʻshma gap qismlari oʻrtasida qiyoslash va zidlash ma‟nolarini 

hosil qiluvchi bogʻlovchi vositani aniqlang. 

A) zidlov bogʻlovchilari    B) ayiruv bogʻlovchilari    C) boʻlsa, esa soʻzlari    

D) yuklamalar 



 

Download 450.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling