Savollar: Moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyati va o‘rni


Download 34.8 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi34.8 Kb.
#1385931
Bog'liq
birja


MMR-84 Abdumalikov Yusuf
Birja ishi

Savollar:



  1. Moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyati va o‘rni

  2. Korxonalar obligatsiyalari

  3. Depozit sertifikatlari

  4. Qimmatli qog’ozlarning milliy bozori

  5. Qimmatli qog’ozlarning jahon bozori



  1. Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uning tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog’liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi:
    — iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslani samarali jalb qilinishi;
    — kapitalning samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsim lanishi;
    — davlat byudjetiga xizmat ko'rsatishi, uning kamomadini (defisitini) qoplash uchun pul mablag’larining samarali jalb qilinishi;
    — iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
    — inflyatsiya sur’atlari (templari) va valyuta kurslari o'zgarishiga operativ ta’sir ko‘rsatilishi;
    — davlatning kredit-pul va byudjet-soliq siyosatini obyektiv va
    mutanosiblikda olib borilishi;
    — mulkka egalik huquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;
    — jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni integrallashuvi.


  1. Korxona obligatsiyalari — ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar.
    Korxonalar obligatsiyalari tijorat krediti va munosabatlarining asosiy quroli bo‘lib, unda bir turdagi korxonalar qarzdorlar, boshqa korxonalar yoki aholi esa kreditorlar bo’lishadi.
    Korxonalar obligatsiyalari sanoat korxo-nalarini kreditlash jarayonlarida, ya’ni banklar berilgan kreditlaiga qarshi ulardan yanada m ayda summalarga bo'lingan qarz majburiyatlari (obligatsiyalar)ni olgan yillarda paydo bo‘ldi.
    Sanoat obligatsiyalari o'rniga beriladigan bunday kredit kopincha bank kreditining turilariga qaraganda arzonroq bo'lgan. Sanoat obligatsiyalari bo'yicha, odatda, ancha yuqori foizlar to'lanar edi. Chunki obligatsiyalar bo'yicha foiz to'lovlarini korxonaning soliqqa tortiladigan foydasidan chiqarib tashlash mumkin bo'lib, aksiyalar bo'yicha dividendlar esa soliqqa tortilar edi. Moliyalash vositasi sifatida obligatsiyalar o 'z larin in g ustun tomonlari bilan bir qatorda kamchiliklariga ham ega. Sanoat obligatsiyalari bo'yicha qat’iy foiz kompaniya uchun doimiy xarajatlarning o'sishini anglatadi.




  1. Depozit sertifikati (ingl. Certificate of deposite) - bankka qo'yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni scrtifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan bclgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog'oz.

O'zbekistonda mustaqillikka erishilganidan keyin 1994-yildan boshlab
sertiflkatlar ikki turda chiqarila boshlandi:
• depozit sertifikatlari - yuridik shaxslar uchun, 1 yilgacha muddatga;
• depozit (jamg'arma) sertifikatlari - jismoniy shaxslar uchun, 3 yilgacha muddatga.
Sertifikatning muomalada bo'lish muddati berilgan sanadan boshlab uning egasi omonatni talab qilib olish huquqini oladigan sanagacha hisoblanadi.
Agar sertifikat bo'yicha depozit va omonatni olish muddati kechiktirilsa, u holda bunday sertifikat u bo'yicha talab qilib olinadigan hujjat hisoblanadi,
ushbu sertifikat bo'yicha bank uning egasining birinchi talabiga ko'ra zudlik bilan unda ko'rsatilgan summani to'lash majburiyatini oladi.

  1. Qimmatli qog'ozlarning milliy bozori deganda fond boyliklari bilan davlat doirasida savdo qilish sohasi tushuniladi. Mazkur bozorlar rezidentlarniring o'zaro qimmatli qog'ozlar bilan (re zidentlar hamda norezidentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlar bilan) savdosini qamrab oladi. Turli mamlakatlardagi qimmatli qog'ozlarning milliy bozorlari boshqalardan farq qiluvchi xususiyatlarga va, shu bilan birga, umumiy belgilarga ega. Masalan, AQSH va Germaniya bozorlari bir-biridan boshqarish hamda tartibga solishdagi mutlaq turli yondashuvlar, bozorga bank muassasalarining ishtirokiga ruxsat etish im koniyatlari, moliyaviy dastaklar soni, amalga oshiriladigan operatsiyalaming hajmi va hokazolar bilan farq qiladi. Ayni paytda, fond bozorlari faoliyat ko 'rsatishining nazariyasi va amaliyoti mazkur mamlakatlarda qimmatli qog'ozlarning barcha nashrlari majburiy ro'yxatga olinishi, emitentlarni nazorat qilish, professional ishtirokchilaiga majburiy tarzda litsenziya berish va ular faoliyatini nazorat qilish, sarmoyadorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi ko'pgina o'xshash mavqelarga ega. Qimmatli qog'ozlar milliy bozorlari mamlakatning barcha hududlarida amal qiluvchi yagona qonunchilikka asoslanadi. Ular o'zlarining modellari, tizimlari, rivojlanish konsepsiyalari bilan tavsiflidir. Mintaqaviy fond bozorlari ularning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Qimmatli qog'ozlar milliy bozorining xalqaro kapital bozoriga integratsiyalashuvi darajasi uning muhim tavsifi bo 'lib xizmat qiladi.

  2. Qimmatli qog'ozlarning xalqaro bozori - bu jahon miqyosida qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilish (norezidentlar o'rtasida qimmatli qog'ozlar
    oldi-sotdisi bo'yicha operatsiyalar bajarish) sohasidir. Bunday savdoning mumkinligi, birinchidan, ushbu sohada hukumatlararo (ikki tomonlama yoki ko'ptomonlama ) kelishuvlarning mavjudligi bilan, ikkinchidan, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish (bitimlari tuzilishi va ro'yxatga olish, bitim , kliring, pul hisob-kitoblarining ko'rsatkichlarini taqqoslash, qimmatli qog'ozlarni boshqa shaxsga o'tkazish )ning yagona qoidalari mavjudligi bilan ifodalanadi. Qimmatli qog'ozlar bilan xalqaro savdo qilish natijasida kapital bir mamlakatdan ikkinchisiga oqib keladi. Bunda emitentlar va sarmoyadorlar, bitim ishtirokchilari sifatida, ham
    bir tomondan , ham ikkinchi tomondan , yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlatning o'zi qatnashishi mumkin. Yevroobligatsiyalar va yevroaksiyalar bilan savdo qilish qimmatli qog'ozlarning xalqaro bozoriga misol bo'lishi mumkin. Xalqaro kelishuvlar bo'yicha bitimlar chet el qimmatli qog'ozlari bilan savdo qilish uchun maxsus seksiyalaiga ega bo'lgan fond birjalarida, shuningdek, birjadan tashqari bozorda tuziladi. Nyu-York, London , Tokio, Frankfurt shaharlari qimmatli qog'ozlar bilan xalqaro savdo qilishning eng yirik markazlari hisoblanadi.

Download 34.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling