Savollar: Tarmoq texnologiyalarida qo'llaniladigan qurilmalarga misollar keltiring va ularning vazifasini batafsil yoriting. Tarmoq topologiyasi nima va qanday turlarini bilasiz?


Download 21.72 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi21.72 Kb.
#228103
Bog'liq
Мустакил иш 3


Savollar:


  1. Tarmoq texnologiyalarida qo'llaniladigan qurilmalarga misollar keltiring va ularning vazifasini batafsil yoriting.

  2. Tarmoq topologiyasi nima va  qanday turlarini bilasiz?

  3. Internetning qanday asosiy protokoli mavjud?

  4. Modem qurilmasining vazifasi nimadan iborat?

  5. Internet tarmog‘idagi qidiruv tizimlarining vazifasini izohlang.

  6. Internet provayder – kim?


Javoblar:
1. Tarmoq texnologiyalari qurilmalariga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: koaksial, o`ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata, radio to`lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari.

Koaksial kabel (coaxial cable) - bu kabeldan ma’lumotlar uzatishning ikkita turli tizimida foydalanish mumkin: signalni modulyatsiyalab va modulyatsiyalamasdan uzatish.

Birinchi holda raqamli signal SHKdan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday shaklda foydalaniladi. U tezligi 10 Mbit/s gacha va eng yuqori ta’sir radiusi 4000 m bo’lgan bitta uzatish kanaliga ega. Ikkinchi holda raqamli signal analogli signalga aylantiriladi va u qabul qilish stantsiyasiga yo’naltiriladi, u yerda u yana raqamli signalga aylantiriladi. Signalni aylantirish operatsiyasini modem (modulyator/ demodulyator) bajaradi va har bir stantsiya o’z modemiga ega bo’lishi kerak. Ma’lumotlarni uzatishning bu usuli ko’p kanalli hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarni, videosignallarni, ma’lumotlarni uzatish mumkin. Kabel uzunligi 50 km gacha yetishi mumkin

Optik tolali kabel tarmoqda foydalaniladigan eng yangi texnologiya hisoblanadi. Bunda axborot eltuvchi yorug’lik nuri bo’ladi, u tarmoq tomonidan o’zgartiriladi va signal shaklini oladi. Bunday tizim tashqi elektr xalaqitlariga bardoshli va shuning uchun ma’lumotlarni tez (2 Gbit/S gacha) va xatosiz uzatish mumkin hamda uzatilayotgan axborotning maxfiyligini ta’minlaydi. Kamchiliklari qatorida qiymati yuqoriligi va ulash murakkabligini ko’rsatish mumkin.


2. Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo‘yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini, axborot almashishning bo‘lishi mumkin bo‘lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo‘lmasada, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini, afzallik va kamchiliklarini, hamma bilishi kerakdir.

Tarmoqni asosan uch xil topologiyasi mavjud.



  • shina (bus), hamma komp’yuterlar bitta aloqa yo‘liga parallel ulangan va axborot har bir komp’yuterdan bir vaqtning o‘zida qolgan komp’yuterlarga uzatiladi;

  • yulduz (zvezda, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi kompyutrlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o‘z aloqa yo‘llaridan foydalanadi;

  • halqa (kolso, zing), har bir komp’yuter har doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keyingi komp’yuterga uzatadi, axborotni esa zanjirdagi bitta oldinda joylashgan komp’yuterdan oladi va bu zanjir yopiq ya’ni halqasimondir.

Qo’shimcha topologiyalar ham mavjud: to’r(mesh), chiziqli (line), daraxt (tree), keng daraxt (fat tree), to’liq bog’langan (fully connected).
3. IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP.

TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasi qullanganda va har qanday operatsion tizimli kompyuterlarda ishlatish mumkin bo‘ladi.

Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimalravishda moslashuvchandir. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‘lgani uchun ham aloqa kanalining sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi. TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi.

TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va fundamentaldir. U har qanday o‘lchamdagi mahalliy tarmoqlarda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan Internet global tarmog‘ida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir.

TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko‘p protokollar kiradi, lekin o‘z nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan.

TCP (Transmission Control Protocol) – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.


4. Modem modulyator-demodulyator so’zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo’ylab uzatishni ta’minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmog’i orqali bog’lanish mumkin. Bunday modemlarning nazariy jihatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil etadi. Modem ichki va tashqi turlarga bo’linadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.

Modem - telefon tarmog`i orqali kompyuter bilan aloqa qilish imkonini beruvchi qurilma. Kommunikasiya vositalari kompyuterlarni o`zaro hamda internet tarmog`i bilan bog`lash uchun xizmat qiladi va ular orqali ma‘lumotlar almashiniladi.


5. Internet tarmog`idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o`ziga kerakli bo`lgan biror ma‘lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Internet tarmog`i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan vebsaytlar, ularning manzili va ichki ma‘lumotlari bo`yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo`lgan axborotni samarali qidirish va tez toppish imkoniyatini beradi.

Internet tarmog`i yirik ma‘lumotlar ombori hisoblanadi. Undan kerakli ma‘lumotlarni qidirib topish foydalanuvchining oldiga qo`yilgan eng asosiy masalalardan biridir.

Bunday hollarda yirik ma‘lumotlar omboridan kerakli ma‘lumotlarni qidirib topishda axborot-qidiruv tizimlari muhim ahamiyatga ega. Internet tarmog`ida bunday tizimlarning ko`plab turlarini uchratish mumkin. Bulardan Google, Rambler, Yandex, Yahoo tizimlari o`zbek, rus va ingliz tillarida qidiruvni olib boradigan eng mashhurlari hisoblanadi


6. Internet provayder – Internet tarmog`i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet provayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.

Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, electron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko`rsatilmoqda.

Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi.

Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega bo`lmagan kompyuterlar mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi manzillarga ega bo`lishi va mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan ishlashi mumkin:

192.168.0.1 - 192.168.255.255

172.16.0.1 - 172.16.255.255



10.0.0.1 - 10.255.255.255

Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida bir qancha Internet provayderlari xizmat ko`rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.
Download 21.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling