Savollarga javoblar. Fuqaroviylikning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?


Download 19 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi19 Kb.
#333755
Bog'liq
fuqarolik-8
Mustaqil ish (Saidmurodov Anvar), 2-joriy nazorat Sotsiologia 22 ga, metall, 1-lab E va S, laboratornye i prakticheskie raboty 11 klass, laboratornye i prakticheskie raboty 11 klass, English answer, Mavzu Korxonaning boshqarish usullari. Reja, 11 sinf fizika nazorat ishi test, FALSAFA 6 (1) -TOPSHIRIQ (1), РОЛЬ СПЕЦИАЛЬНЫХ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗОН В РАЗВИТИИ РЕСПУБЛИКИ КАЗАХСТАН, ozbek xalq ertaklari va ularda millat ijtimoiy-maishiy turmush tarzining yoritilishi , ozbek xalq ertaklari va ularda millat ijtimoiy-maishiy turmush tarzining yoritilishi , Анализ, 18-maktab To'garak jadval 2020

Savollarga javoblar.

1.Fuqaroviylikning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?

Javob: Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi.
2.Fuqaroviylikning asosiy xususiyatlari haqida nimalar deya olasiz?

Javob: Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi:


fuqaroning o‘z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi;


boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish;
fuqaroning o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi;
davlat va jamiyat oldida o‘zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash;
fuqarolarning tengligi;
yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqelikka nisbatan ob’ektiv va tanqidiy yondashuv;
hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot yuritish qobiliyati;
bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va til makoniga mansublikda ifodalangan fuqaroviy o‘zlikni anglash va hokazolar.

3.Fuqaroviy ong nima?

Javob: Fuqaroviy ong demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlarni anglashdan iborat.
4.Fuqaroviy ongning namoyon bo‘lish omillari

Javob: Fuqaroviy ong iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalarda me’yoriy, shakllantiruvchi, yo’naltiruvchi, muloqotga etaklovchi singari rang-barang vazifalarni bajaradi



5. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni

Javob: Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning to’laqonli rivojlanishiga, undagi imkoniyatlarning to’liq namoyon bo’lishiga xizmat qiladi.
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling