Sayfiyeva Aziza Sanoat farmatsiyasi 101-a mashg`ulot-18 mavzu: Farmasevtik korxonalar xodimlarining yong`in xavfsizligini ta`minlashdagi burchlari


Download 18.09 Kb.
Sana23.04.2020
Hajmi18.09 Kb.
#101048
Bog'liq
Sayfiyeva Aziza 101-A


Sayfiyeva Aziza Sanoat farmatsiyasi 101-A

MASHG`ULOT-18

MAVZU:Farmasevtik korxonalar xodimlarining yong`in xavfsizligini ta`minlashdagi burchlari.

:


  1. Yonishning fizik-kimyoviy asoslari.

  2. Yong‘in nazorati tashkilotlarining vazifalari.

  3. Ishchilarning xavfsiz evakuatsiya qilish? 


1. Yonuvchi modda ma’lum haroratlarda o‘zidan yonuvchi bug‘lar ajratib chiqarishi natijasida alangalanish ta’minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb yuritiladi. Ba’zi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq paxta, ko‘mir mahsulotlari, qora mollarning chiqindilari) o‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega. CHunki ular g‘ovak asosga ega, oksidlanishi mum­kin bo‘lgan yuzasi juda katta bo‘lganligidan, bu moddalar ochiq joylarda ma’lum miqdorda tushib qolsa, ob-havo sharoiti ta’sirida qizib yonib ketadi.

Buning asosiy sababi organik moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar rivojlanadi va ularning rivojlanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi, bu hodisani organik moddalarning o‘z-o‘zidan qizish jarayoni deb ataladi.

Bunday hodisalar ba’zi bir kimyoviy moddalarda ham bo‘lishi mumkin. Masalan, ishqoriy er metallar, kalsiy karbid, so‘ndirilmagan ohak uncha ko‘p bo‘lmagan suv ta’siridan qizib alangalanib ketishi mumkin. Bunday hodisalar ko‘pincha yong‘in chiqishiga bevosita sababchi bo‘ladi.

Gazsimon moddalarning yonish va portlash xususiyatlari.

Har qanday gazsimon modda, umuman yonuvchi gazlar va bug‘larning yong‘inga hamda portlashga xavfliligi ularning alan­galanish chegaralari, yonish harorati va alanganing normal tarqalish tezligi bilan belgilanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2992-sonli Qarorida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli ob’yekt va hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar har chorakda yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazilishi, ular doirasida o‘ziga qarashli ob’yekt va hududlarning yong‘inga qarshi holatini tanqidiy tahlil qilib borishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan yong‘in xavfsizligi tizimida ilk bor haftaning har chorshanba kuni “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” deb belgilandi.



O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, korxona va tashkilotlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash, mazkur tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklatilganligi belgilab qo‘yilgan.
3. A, B va V kategoriyasidagi yong‘inga xavfli ob’ektlarda yong‘in haqida xabar beruvchi datchiklar o‘rnatiladi. Ular yong‘in bo‘lgan taqdirda qabul qilish apparatiga signal yuboradi. Bunday sistemalar yong‘in signalizatsiyasi deb ataladi. YOng‘inni avtomatik signalizatsiya qurilmasi (YOASK) to‘g‘ri va aylanasimon sxemada o‘rnatiladi. Ular ishlatiladigan datchiklar turiga bog‘liq holda issiqlik, tutun muhofazalovchi va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Bu qurilmalar yong‘in va muhofaza-yong‘in turlariga bo‘linadi. YOng‘indan muhofaza sistemalari qimmatbaho materiallar saqlanadigan omborlarda, turar joy kvartallarida ishlatiladi. YOng‘in va uning muhofaza signalizatsiyasining asosiy elementlariga yong‘in to‘g‘risida xabar beruvchi qurilma qabul qilish stansiyasi, aloqa tarmog‘i, kuchlanish manbai, tovushli yoki yorug‘likli signal qurilmasi kiradi.

YOng‘in avtomatik signalizatsiyasiga APST-1, signalizatsiyali issiqlik yong‘in qurilmasiga-STPU-1 lar misol bo‘la oladi. Ushbu qurilmalardagi yong‘in to‘g‘risida avtomatik xabar beruvchi moslamalar muhitdagi issiqlik o‘zgarishi, tutun va issiqlik o‘zgarishi hamda yorug‘lik energiyasining o‘zgarishini qayd etish asosida ishlaydi.
Download 18.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling