Sayfullayeva ra'no filologiya fanlari doktori, professor Ra'no Sayfullayeva


Download 354.5 Kb.
bet1/2
Sana09.03.2022
Hajmi354.5 Kb.
#600879
  1   2
Bog'liq
Laziza Boboxo\'jayeva, MT
2 5325616123981335241, 7 jahon savol-javoblar to'plami. 2017, terms, letter, YENGIL ATLETIKA VA UNI O, YENGIL ATLETIKA VA UNI O, Kurs ishi mavzular(1-u), -افکار و عقاید کلامی ناصر خسرو, Stylistics final. Gofurova Sh 419, Stylistics final. Gofurova Sh 419, ikkinchi tartibli chiziqlarning umumiy tenglamasi. parabola ellips va giperbolaning kanonik va urinma tenglamalari, 9-Амалий иш (1), 2 5219687571738594120, 9-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-2, TOG'AYEVA Dilshoda. suv sifati

SAYFULLAYEVA RA'NO
Filologiya fanlari doktori, professor Ra'no Sayfullayeva 1948-yili Buxoro viloyatida tavallud topgan. 1972-yili ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan. 1979-yildan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti O'zbek tilshunosligi kafedrasida faoliyat ko'rsatib keladi. Bir necha yil O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasida bo'lim boshlig'i vazifasida ishladi.
Olima o'zbek tilidagi qo'shma gaplarning substansial tadqiqi bilan shug'ullanib kelmoqda. Uning hammualliflikda yaratgan oliy o'quv yurtlari uchun “Hozirgi o'zbek adabiy tili”, o'rta ta'lim 8-9- sinflari uchun “Ona tili” darsliklari zamonaviy tipdagi qo'llanmalar sifatida amalda.




"Hozirgi o'zbek adabiy tili" o‘quv qo'llanmasi Filologiya (oʻzbek filologiyasi) bakalavri yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tayyorlangan. Mualliflar: R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Qurbonova, Z. Yunusova, M. Abuzalova.
Qoʻllanma uzluksiz ta'lim tizimida 1999-yilning 16-avgustida tasdiqlanib, umumiy o'rta ta'limda joriy etilgan «Ona tili» (qar.: Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va oʻquv dasturi. «Ta'lim taraqqiyoti». 1999, 1-maxsus son), 2000-yilning 10-avgustida ma'qullanib, akademik litseylarning ijtimoiy-gumanitar va filologiya yoʻnalishida 2000-2001 o'quv yilida tatbiq qilingan «Hozirgi o'zbek tili" oʻquv dasturining (tuzuvchilar A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, N.Qosimova) bevosita davomi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Oliy o'quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumida muhokama etilgan va tasdiqlangan (2002-yil 15-iyun, 27-bayonnoma) Filologiya (oʻzbek filologiyasi) bakalavri yoʻnalishi uchun namunaviy oʻquv dasturi (tuzuvchilar H.Ne'matov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva., M.Qurbonova, Toshkent, OʻzMU, 2008) asosida yozilgan.
Qoʻllanma 1993-2006-yillar chop etilib, sinovdan o'tkazilgan bir necha o'quv qo'llanmalari asosida yaratildi. Tajriba-sinov davomida akademik A. Hojiyev, professorlar A.Nurmonov, N.Mahmudovlar tomonidan bildirilgan tegishli taklif-mulohazalar ushbu nashrda inobatga olindi.
O'quv qo'llanmani yaratishda oʻzbek tilini substansial tadqiq qilish natijasida erishilgan yutuqlarga tayanilgan.
Qo'llanma oliy o'quv yurtlari uchun O'zR Vazirlar Mahkamasining 2001 - yil 16 - avgustdagi Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risidagi 343 - Qarori asosida O'zR Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2002 - yilning 18 - iyunida tasdiqlanib , BM - 343-52201-131 - raqami bilan qayd etilgan , O'zMU , SamDU , BuxDU , QarDUda sinovdan o'tgan Hozirgi o'zbek adabiy tili namunaviy dasturi ( tuzuvchilar H.Ne'matov , N.Mahmudov , A.Nurmonov , R.Sayfullayeva , M.Qurbonova ) asosida yozilgan , unda hozirgi o'zbek tilining asosiy sathlar tizimlarining lisoniy holati talqini va nutqiy voqelanishi yoritildi. Avvalo shuni ta'kidlash joizki , o'quv fanining nomi ( Hozirgi o'zbek adabiy tilis ) XX asrning ikkinchi yarmida yetakchilik qilgan o'zbek formal tilshunosligi ta'siri ostida shakllangan va an'ana sifatida o'quv rejasidan o'quv rejasiga ko'chib kelmoqda . Shuning uchun bu muqaddimada fanda mavjud bo'lgan ikki ilmiy yo'nalish: formal tahlil va substansial tahlil haqida qisqa ma'lumot berish zarur. Tilshunoslikda XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida formal yo'nalish ijtimoiy ehtiyoj natijasida shakllangan va o'z oldiga , asosan :
- ommaviy savodxonlikni ta'minlash ;
-zamonaviy adabiy til me'yorlarini ishlab chiqish ;
-adabiy til me'yorlarini ommalashtirish kabi o'z davri uchun o'ta zarur masalalar yechimini maqsad qilib qo'ygan , tilshunoslik nazariyasi ham, ona tili ta'limi ham mana shunga xizmat qilar edi. Jamiyat oldida ommaviy savodxonlikni ta'minlash, shevalararo farqlarni yo'qotish, adabiy tilni ommalashtirish, til va xalqning tarixiy yozma yodgorliklarini nashr etish va yoyish, ta'limni zamonaviy usullarda yo'lga qo'yish kabi amaliy vazifalar turgan paytda eng samarali va eng qulay lingvistik tavsif va ta'lim yo'li mana shu formal usuldir. Shuning uchun jahonning barcha ilg'or davlatlari tilshunosligida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu ilmiy yo'nalish keng ommalashdi . O'zbek tilshunosligida ham bunday yo'nalishning tamal toshlarini Abdurauf Fitrat, Elbek, Qayum Ramazon kabilar qo'ygan bo'lsalar - da , uning keng va izchil ommalashishi professor Ayub G'ulomov nomi va faoliayati bilan bog'liq .

XX asrning boshi va o'rtalarida o'zbek madaniyati va fani uchun juda zarur bo'lgan formal tilshunoslik ta'siri ostida oily o'quv yurtlarining filologik yo'nalishlarida asosiy maqsad o'zbek adabiy tili me'yorlarini ommalashtirish bo'lganligi sababli o'quv fani ham shunday nomlangan. Davr, maqsad va vazifalar tamoman o'zgargan, tilshunoslik zamon talabi bilan uzviy bog'liqlikda boshqa tahlil usullariga o'tib ketgan bo'lsa ham, o'quv fanining nomlanishi saqlanib qolmoqda. Qo'llanma o'zbek formal tilshunosligi yutuqlariga tayanib, funksional - struktural ( Praga strukturalizmi ) tahlil usullarini ongli , izchil , dialektik tamoyillar bilan to'ldirib , tilga tafakkurni shakllantiruvchi va rivojlantiriruvchi, nutqiy muloqotda son-sanoqsiz shakll va ko'rinishlarda voqelanadigan, har bir voqelanish ko'rinishi o'ziga xos maqsad va vazifaga ega bo'lgan imkoniyatlar xazinasi sifatida yondashadigan o'zbek substansial tilshunosligi talqinlarini o'z ichiga oladi .


"Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" yosh avlodning mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur ko'nikmalariga ega bo'lishini talab qiladi . Bunday ko'nikma va malakalami shakllantirishning asosiy vositalaridan biri esa tarbiyalanuvchilarga o'zbek tili imkoniyatlari xazinasini ochish , undan ijodiy va unumli foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish . Bunday ehtiyoj hozirgi kunda o'zbek tilshunosligida shakllangan va tilimizning asosiy sathlari birliklarining nisbatan yaxlit tavsifini bergan ilmiy yo'nalishlardan substansial tahlil usullari bilan qondirilishi mumkin . Shuning uchun davr va oliy ta'lim DTSlari talablariga mos mazkur dastur asosida tuzilgan bu qo'llanmada asosiy e'tibor , adabiy til me'yorlarini ommalashtirishga emas , balki lisoniy imkoniyatlar xazinasini ochish va boyitish, bu xazinadan nutqning turli ko'rinishlarida ijodiy, unumli va samarali foydalanish malakalarini hosil qilishga qaratilgan. Substansial tahlil nuqtayi nazaridan esa Hozirgi o'zbek adabiy tili tushunchasi va atamasi hozirgi o'zbek tili ( hozirgi o'zbek tili lisoniy imkoniyatlari ) ning muayyan bir voqelanish ko'rinishi, ya'ni tom ma'noda nutqiy ko'rinishlardan birining nomi . Shuning uchun o'quv qo'llanmasining sarlavhasi ham uning chiqqan ilk nashridagidek - "Hozirgi o'zbek tili" Lekin o'quv rejalarida fanining adabiy til deb monelik qildi. Kitobxon shuni yaxshi bilishi kerakki, adabiy til me'yorlarini ishlab chiqish, o'rganish va ommalashtirish formal tilshunoslik, tilning ichki imkoniyatlarini va ularning voqelanish usullarini o'rganish va o'rgatish esa substansial tilshunoslik oldida turgan ijtimoiy buyurtma - vazifa. Shu bilan substansial tilshunoslik, bir tomondan, formal tilshunoslikdan, ikkinchi tomondan sof struktural-funksional tahlildan tubdan farq qiladi va fanda yangi bir ilmiy yo'nalish mavqeni kasb etadi.
Qo'llanma o'quv-metodik maqsadlarni ko'zlayotganligi va o'zbek tilshunosligining ma'lum bir bosqichi (jumladan, formal-funksional, substansial yo'nalishdagi tadqiqotlar)ni yakunlovchi ish bo'lganligi sababli unda A. Abduazizov, M. Abuzalova, Sh. Akramov, T. Asadov, B. Badriddinova, E. Begmatov, Sh. Bobojonov, O. Bozorov, M. Boshmonov, I. Madrahimov, N. Mahmudov, B. Mengliyev, S. Muhammadjonova, N. Musulmonova, D. Nabiyeva, M. Narziyeva, S. Nazarova, G. Ne'matova, L. Ne'matova, A. Nurmonov, Sh. Rahmatullayev, R. Sayfullayeva, B. Qilichev, G. Toirova kabi tilshunoslarning ishlaridan ham unumli foydalanildi va ayrim o'rinlarda qo'llanmaning ma'lum bir band yoki bo'limi shu sohani maxsus tadqiq qilgan dissertatsion va monografik tadqiqotlar asosida talqin qilindi. Ishlardan aynan olingan o'rinlargina qo'llanmada manbalari ko'rsatilgan holda berildi.
Qo'llanmaning maqsadi o'zbek tili substansial tabiatining ma'lum bir qirralarining hozirgi holatini lison va nutq farqlanishi nuqtayi nazaridan asoslab berishdan iborat.

Substansial tahlilning bosh tamoyili asosida tilimiz qurilishini yoritishda lisoniy birliklarga


Download 354.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling