Sayt dizayni qanday yaratiladi?


Download 12.62 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi12.62 Kb.
#1082993
Bog'liq
4-savol


SAYT DIZAYNI QANDAY YARATILADI?
Saytning eng birinchi bosqichi – bu asosiy sahifaning dizayinidir. Bu maqola sayt dizayni qanday qilinishi haqida emas balki sayt yaratish haqida malumot beradi. Umuman olganda qanaqa dizaynli sayt yaratish kerak, shuni yodda tutish kerakki sayt bu bir guruh yig`indisi, 100 dan ortiq sahifalar, har bir sahifa uchun alohida dizayn qilish kerak emasku. Bugun man sizlarga qanday qilib sayt dizaynini qilish haqida o`rgatmoqchman, keyinchalik sayt yaratuvchi unda butunlay ishlashi uchun.

Hozirda veb saytlarning dizaynini tayyorlash uchun 2 xil dastur eng keng tarqalgandir. Ular:

Adobe Photoshop
Adobe Fireworks
Har ikki dasturning afzalliklari bor, Photoshop dasturi biroz qiyinroq. Uning imkoniyati ham ko’p. Chunki Photoshop – bu universal bo’lib uni dizaynning istalgan yo’nalishida ishlatish mumkin, Masalan Fotograf uchun ham, Naqqoshlar uchun ham, logotiplar yaratish uchun ham qo’l kelaveradi… Photoshopni o’zingiz mustaqil o’rganish qiyin. Siz uchun ustoz yoki biror darslik kerak bo’ladi

Fireworks esa aynan interfeys (sayt va dasturlarning dizayni) yaratish uchun moslangan, Unda ishlash ham juda oson. Hatto o’zingiz “kavlab” ham o’rganasiz… Bu dasturda ham boshqa vazifalarni bajarish mumkin. Masalan Logotiplar yoki rasmlarni bezatish kabi ishlarni qilish mumkin. Lekin ba’zi qiyin effektlar tayyorlashda baribir Photoshopga murojaat qilasiz…

Saytingiz dizayni haqida gapiradigan bo’lsak, unda asosan quyidagi sahifalar uchun dizayn qilasiz. Ammo ularning fon va menulari deyarli bir xil bo’lishi ham mumkin.

Bosh sahifa


Bo`limlar sahifasi
Maqolalar bo`limi
Ro`yhatdan o`tish sahifasi
Qidirish natijalarini chiqaruvchi sahifa
Baholash natijalarini chiqarish sahifasi
Foydalanuvchilarni qayta ishlash sahifasi…
Qolgan barcha sahifalar dizayinni kuchirmasi bilan bir xil bo`ladi va faqat o`rta qismi kontenti o`zgaradi.
Download 12.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling