Sayt dizayni


Download 0.91 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1612120
  1   2   3

Sayt dizayni
Sayt dizayni saytning tashqi ko’rinishi bo'lib, bunga ranglar, stil va ma’lumot bloklarini joylashuv tartibi kiradi. Sayt dizayni uning mavzusiga mos bo’lishi kerak. Masalan, bolalar kiyimi internet do’koni yorqin ranglardan tashkil topishi kerak, qurilish mollari ishlab chiqaruvchisining sayti esa qat’iylikni anglatuvchi ranglardan tashkil topgani ma’qul.
Sayt foydalanuvchilariga sayt dizayni katta ta’sir ko’rsatadigan eng muhim qism bo’lib, mijozlarning siz haqingizdagi birinchi tasavvurlarini belgilaydi va mos ravishda ular sizga murojaat qilish yoki qilmasliklari, mahsulotingizni xarid qilish yoki qilmasliklari ko’p jihatdan dizaynga bog’liqdir.

Sayt dizayni qanday yaratiladi?


Saytning eng birinchi bosqichi – bu asosiy sahifaning dizayinidir.
Hozirda veb saytlarning dizaynini tayyorlash uchun 2 xil dastur eng keng tarqalgandir. Ular:

  1. Adobe Photoshop

  2. Adobe Fireworks

Har ikki dasturning afzalliklari bor, Photoshop dasturi biroz qiyinroq. Uning imkoniyati ham ko’p. Chunki Photoshop – bu universal bo’lib uni dizaynning istalgan yo’nalishida ishlatish mumkin, Masalan Fotograf uchun ham, Naqqoshlar uchun ham, logotiplar yaratish uchun ham qo’l kelaveradi… Photoshopni o’zingiz mustaqil o’rganish qiyin. Siz uchun ustoz yoki biror darslik kerak bo’ladi
Fireworks esa aynan interfeys (sayt va dasturlarning dizayni) yaratish uchun moslangan, Unda ishlash ham juda oson. Hatto o’zingiz “kavlab” ham o’rganasiz… Bu dasturda ham boshqa vazifalarni bajarish mumkin. Masalan Logotiplar yoki rasmlarni bezatish kabi ishlarni qilish mumkin. Lekin ba’zi qiyin effektlar tayyorlashda baribir Photoshopga murojaat qilasiz…
Saytingiz dizayni haqida gapiradigan bo’lsak, unda asosan quyidagi sahifalar uchun dizayn qilasiz. Ammo ularning fon va menulari deyarli bir xil bo’lishi ham mumkin.

  • Bosh sahifa

  • Bo`limlar sahifasi

  • Maqolalar bo`limi

  • Ro`yhatdan o`tish sahifasi

  • Qidirish natijalarini chiqaruvchi sahifa

  • Baholash natijalarini chiqarish sahifasi

  • Foydalanuvchilarni qayta ishlash sahifasi…

Qolgan barcha sahifalar dizayinni kuchirmasi bilan bir xil bo`ladi va faqat o`rta qismi kontenti o`zgaradi.
Misol:
Sayt dizayni tuzilishi
Ulkan tizimida sayt veb sahifalardan iboratdir. Veb sahifa esa veb elementlardan, ya’ni vidjetlardan iborat. Veb sahifani yaratishda siz oldindan tayyorlab qo’yilgan xilma-xil vidjetlardan foydalanishingiz mumkin. Ulkan vidjetlari eng ko’p uchraydigan ma’lumot joylashtirish turlarini o’rganib chiqqan holda tuzilgan va ular barcha turdagi ma’lumotlarni ko’ngildagidek joylashtirishingizni ta’minlaydi.
Ikkita maxsus vidjet: Yuqori qism va Pastki qism vidjetlari mavjud bo’lib, ularning boshqalaridan asosiy farqi shundaki, ular barcha sayt sahifalarida bir xil, o’zgarmas ko’rinishda bo’ladi. Yuqori qism ko’p hollarda brend logosini, bosh menyuni, aloqa ma’lumotlarini, xarid savatini va ijtimoiy tarmoqlarga havolalarni o’z ichiga oladi. Pastki qism ham yuqoridagisiga o’xshaydi, lekin bunda qo’shimcha sifatida mualliflik huquqlari, sayt haqida qisqacha ma’lumot va ikkinchi darajali menyu bo’lishi mumkin. Quyidagi rasmda asosiy sahifa aks ettirilgan.

Asosiy axborot esa aylanib turuvchi rasmlarrasm va matnrasmli va matnli ustunlar kabi markazdagi vidjetlarda joylashtiriladi. Bu kabi vidjetlar sahifaga qarab har xil ketma-ketlikda bo’ladi. Masalan, katalog sahifasida mahsulotlar ro’yxati vidjeti, yangiliklar sahifasida esa so’nggi yangiliklar vidjeti bo’ladi.
Dizayn o’rnatish
Ulkan sizga turli xil mavzularga mos dizayn variantlarini taqdim etadi. Xohlagan variantingizni tanlashingiz mumkin. Buning uchun boshqaruv markazidagi Saytni sozlash > Dizayn sahifasiga o’ting. Joriy dizayn pastida o’rnatilishi mumkin bo’lgan dizaynlar ro’yxati keltirilgan.

Ulardan birortasini o’rnatishdan oldin, uni sinab ko’rgan ma’qul. Har bir dizayn pastida ikkita tugma bo’lib biri dizaynni o’rnatishga, ikkinchisi esa sinab ko’rishga xizmat qiladi. Dizaynlar to’liq ro’yxati uchun ushbu havolaga o’ting.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling