Oyoq skeletining erkin qismi (sceleton membri inferioris liberi)
son suyagi (femur), tizza qopqog'i (patella), boldir suyaklari (ossa cruris)
va oyoq panjasi skeleti (ossa redis) dan tashkil topgan.
Son suyagi (femur), tizza qopqog'i (patella), boldir suyaklari (ossa cruris)
va oyoq panjasi skeleti (ossa redis) dan tashkil topgan.
Son suyagi (femur, 23-rasm) odam organizmidagi eng uzun va katta
naysimon suyak. Uning tanasi, yuqori va pastki uchlari tafovut qilinadi. Son
suyagining yuqori uchida chanoq suyagi sirka kosachasi bilan bo'g'im hosil
qiladigan sharamon boshchasi (caput femoris) bor. Boshchaning bo'g'im
yuzasi yuqoriga va medial tomonga qaragan. Uning o'rtasida son suyagi boshcha
yuzasidagi chuqurcha (fovea capitis ossis femoris) bo'lib, unga son suyagi
boshchasi boylami birikadi.
Son suyagining bo'yni (collum femoris) suyak tanasiga 130° o'tmas
burchak hosil qilib qo'shilgan, shu sohada mushaklar birikadigan ikkita
ko'st bor. Katta ko'st (trochanter major) yuqori va lateral joylashgan
bo'lib, uning orqa yuzasini yuqori qismida chuqurcha (fossa trochanterica)
mavjud. Kichik ko'st (trochanter minor) suyak bo'ynining pastki chekkasida
orqaroqda va medialroq joylashgan. Ko'stlar old tomondan o'zaro ko'stlararo
chiziq (linea intertrochanterica), orqa tomondan esa ko'stlararo qirra
(crista intertrochanterica) vositasida birikib turadi.
Son suyagi tanasi (corpus femoris) oldinga qarab biroz bukilgan silindisimon
shaklda. Oldingi yuzasi silliq, orqasida g'adir-budir chiziq (linea aspera) bor, u
ichki va tashqi lablaiga (labium mediate et laterale) ajragan.
Lablar suyak tanasining o'rta qismida bir-biriga yaqin tursa, yuqoriga va
pastga yo'nalib bir-biridan ajraladi. Yuqoriga qarab lablar katta va kichik ko'stlar
tomonga yo'naladi. Tashqi lab kengayib katta dumba mushagi birikadigan dumba
bo‘itig‘ini (tuberositas glutea) hosil qiladi. Ichki lab taroqsimon chiziqqa (linea
pectinea) o‘tib ketadi. Pastga tomon ikkala lab bir-biridan uzoqlashib, uchburchak
shaklidagi taqim osti yuzasini (facies poplitea) chegaralaydi. Son suyagining
pastki (distal) uchi kengayib, ikkita yumaloq do‘ngsimon o'simtani hosil qiladi.
Ichki do'ngsimon o'simta (condulus medialis) tashqisidan (condulus lateralis)
kattaroq. Ular orqa tomonda o‘zaro do‘ngsimon o‘simtalararo chuqurcha (fossa
intercondularis) bilan ajrab turadi. Do‘ngsimon o'simtalaming yon tomonida
ichki va tashqi do‘ng usti tepachasi (epicondulus medialis epicondulus lateralis)
ko'rinib turadi. Do‘ngsimon o'simtalaming oldingi yuzalari o‘itasida ti77a qopqog‘i
yuzasi (facies patellaris) bor. Har bir do‘ngsimon usti tepachasi sohasida
chiziqlar (linea supracondularis medialis et linea supracondularis lateralis)
bo'ladi. Tashqi do'ngsimon usti tepachasi sohasida taqim egati (sulcus popliteus)
joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |