Fayl tizimi va fayllar bilan ishlash.
Fayl tizimi
Fayllarni boshqarish uchun fayllarni boshqarish tizimi tuziladi. Faylli tizim, bu uning dasturiy ta’minotiga mos keluvchi maxsus instruksiyalar majmui bo’lib, u fayllarni tuzish, yo’qotish, tashkil etish, o’qish, yozish, faylli axborotlarni modifikasiya qilish va siljitish, shuningdek fayllarga kirishni boshqarish va resurslarni boshqarishga javob beradi.
Faylli tizim- bu operatsion tizimning qismi bo’lib, uning vazifasi foydalanuvchiga diskda saqlanayotgan malumotlar bilan ishlash uchun qulay interfeysni yaratish, va fayllardan bir nechta foydalanuvchilar va jarayonlarda birgalikda foydalanishini ta’minlashdan iborat. Fayl tizimi - bu kompyuterda saqlangan ma'lumotlarga shaxsiy kompyuter foydalanuvchilarining samarali kirishini tashkil qilish uchun ishlatiladigan algoritmlar va standartlar to'plami.
Fayl tizimining asosiy funktsiyalari Fayl tizimining asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi: • fayllar ko'rinishidagi ma'lumotlarni axborot saqlovchi qurilmalarga joylashtirish va tartiblash; • saqlovchi qurilmalarda ma'lumotlarning maksimal qo'llab-quvvatlanadigan hajmini aniqlash; • fayl atributlarini belgilash va o'zgartirish (hajmi, yaratish va o'zgartirish vaqti, fayl egasi va yaratuvchisi, faqat o'qish uchun mo'ljallangan, yashirin fayl, vaqtinchalik fayl, arxiv, bajariladigan fayl, fayl nomining maksimal uzunligi va boshqalar); • fayl tuzilishini aniqlash; • tizim ishlamay qolganda faylni himoya qilish; • fayllarni ruxsatsiz kirishdan va ularning tarkibidagi o'zgarishlardan himoya qilish. Qattiq diskda yoki boshqa har qanday qurilmalarga yozilgan ma'lumotlar unga klasterlar tashkil etish asosida joylashtiriladi. Qattiq diskda yoki boshqa har qanday qurilmalarga yozilgan ma'lumotlar unga klasterlar tashkil etish asosida joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |