Sedana moyi Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism


Download 97.88 Kb.
bet1/12
Sana18.06.2022
Hajmi97.88 Kb.
#764494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sedana yog’i
401 402, 4. Karimova, 4. Karimova, таълим йўналишлари ва мутахассисликларни, 11 sinf uzb tarixi 001, Малакавий имтиҳонга АРИЗА, Yarim o’tkazgichlarda atomlar diffuziyasi, 1, 1Микроиктисодиёт 2-курс 2019-2020 , Далолатнома, Адабиёт, 1-mavzu -model-va-modellashtirish-tushunchalari, IJRTE Notification Form A2872059120, 1, 2.



Sedana moyi


Reja:


I. Kirish:
II. Asosiy qism:

  1. Qora sedananing tasnifi.

  2. Qora sedana yog’i.

  3. Qora sedana moyining foydali xususiyatlari

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun va mohiyatida qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash va intensiv rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, agrar sektor eksport salohiyatini oshirish, ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, unda oziq-ovqat ekinlari turlarining ulushini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy infratuzilma tizimini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini mo‘l va mahsulot sifati yuqori hamda biotik va abiotik omillarga bardoshli yangi seleksiya navlarini yaratishga katta e’tibor berib, soha mutaxassislari oldiga vazifa qilib qo’ydilar.
Yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Mamlakatimiz agrosanoat kompleksida integratsiya jarayonlarini takomillashtirish va chuqurlashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan ushbu tarmoq mahsulot sifatini oshirish va turlarini kengaytirish, xom ashyodan to‘liq hamda samarali foydalanish, aholi extiyoji va bandligini ta’minlash masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyatga ega.
Agrosanoat majmuining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlaridan biri ham - mamlakatning oziq-ovqat muammosini hal qilish va unga bo‘lgan iste’molni ilmiy asoslangan me’yorlarga yaqinlashtirish bo‘lib hisoblanadi. Bu kabi maqsadlarga erishishda agrosanoat majmui tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan soha mutaxassislari va ilmiy xodimlar oldiga bir qator vazifalar yuklanadi.
Shu jihatdan qarasak, respublikamiz xalq xo‘jaligida, ayniqsa aholini oziq- ovkat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rinni egallaydigan “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyatida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada rivojlantirish talab etiladi.
Har yili mazkur tarmoqning istiqbolini belgilab beruvchi va uzoq yillarga
mo‘ljallab qabul qilinayotgan Davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda. Davlat
dasturlarida yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish xajmini oshirishga qaratilgan maqsad va vazifalar mamlakatimizning bugungi va ertangi taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash lozim.
Hozirgi kunda, Respublikamizda jami 121 ta yog‘-moy korxonalari faoliyat yuritmoqda. Mazkur korxonalarning 23 tasi «O‘zpaxtayog‘» AJ tarkibida bo‘lsa, 98 tasi xususiy korxonalar hisoblanadi. «O‘zpaxtayog‘» AJ tarkibidagi mavjud korxonalarning yillik ishlab chiqarish quvvati 2,57 mln. tonnani tashkil etishiga qaramay, xom ashyo resurslarining yetishmasligi natijasida 2019 yilda o‘rtacha hisobda 1,25 mln tonna xom ashyo qayta ishlangan, xolos. Ushbu ko‘rsatkich, jami yillik ishlab chiqarish quvvatning 49 % ini tashkil qilib, foydalanilmayotgan quvvat esa 51 % ni tashkil etadi.



Download 97.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling