Quyidagi xususiyatlar tufayli, bu yog’ yurak-qon tomir tizimi uchun foydalidir:
Qora sedana yog’i qon tomirlari devorlarini mustahkamlash va ularning elastikligini oshirishga yordam beradi.
U qondagi «yomon» xolesterin darajasini pasaytiradi (uning oziq-ovqatlardan so’rilishiniga to’sqinlik qiladi) va aterosklerotik blyashkalar va qon tromblari shakllanishiga to’sqinlik qiladi.
Qon tomirlarining spazmlarini to’xtatadi.
Yurak-qon tomir tizimidagi yallig’lanish jarayonlarini oldini oladi (umuman olganda, butun organizmda).
Gipertoniyaning boshlang’ich bosqichlarida qon bosimni pasaytiradi.
Yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarga ko’ra, qora sedana va uning yog’ini muntazam iste’mol qilish quyidagi kasalliklarning oldini olish va davolashda yordam beradi: varikoz, vegeto-tomirli distoniya, arterial gipertoniya, ateroskleroz, yurak-qon tomir tizimining yallig’lanishli kasalliklari.
Bundan tashqari, bu mahsulot yurak ishemik kasalliklari, tromboz, tromboflebitni oldini olishda foydali, ammo bu kasalliklarning faol bosqichida sedanani qo’llash !!mutlaqo qarshi ko’rsatiladi (hatto minimal miqdorlarda ham).
ALLERGIYADA QORA SEDANA YOG’INING FOYDASI
Allergiya qoida tariqasida bezarar bo’lgan moddalarga organizm immunitet tizimining yuqori reaktivligi tufayli chaqiriladi. Organizmning himoya mexanizmi zararli va zararsiz moddalarni ajrata olmaydi va organizmga kiruvchi barcha yot moddalarga qarshi kurash olib boradi. Eng ko’p uchraydigan allergiya turli — bronxial astma, mavsumiy allergik rinit va surunkali rinit, shuningdek, eshakemi va ekzema hisoblanadi.
Qora sedana yog’i allergiya alomatlarini samarali ravishda bartaraf etadi. Uning terapevtik ta’sir mexanizmi haligacha to’liq o’rganilmagan, ammo u asosan immunitetni qisqa muddatga yaxshilash qobiliyati bilan tushuntiriladi. Aftidan, qora sedana nafaqat immunitet tizimini kuchaytiradi, balki uni normallashtiradi ham, ya’ni allergiyada buzilgan sog’lom immunitetni tiklaydi.
Allergiya haqida batafsil→
Do'stlaringiz bilan baham: |