Semestr ishi


Download 1.26 Mb.
bet1/5
Sana28.04.2022
Hajmi1.26 Mb.
#659683
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Egamberganov A smestr ishi
miynet shartnamasi, 8-сон 05.01.2002. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, OT-02 Designs OS, kasbiy psixologiya, Review tests, Magistr savollari, Mavzu O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora , Rezume Tarjimon Tuychiyeva Malika , QO`L TO`PICHILARNING CHAQQONLIGINI TAKOMILLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH, VOLLEYBOL MUSOBAQASINI O`TKAZISHNING ILMIY-TASHKILIY ASOSLARI, O`ZBEKISTONDA BASKETBOLNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. BASKETBOLNING PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI, Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sababl, BASKETBOL SPORT TURI BO`ICHA MUSOBAQALARNI TASHKILLASHTIRISH VA UNI O`TKAZISH TIZIMLARI2, BASKETBOL O`YIN MASHQLAR TEXNIKASI VA TAKTIKASI USULLARINI O`RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH HAMDA MAHORATINI OSHIRISH

Toshkent davlat transport universiteti

Yuk transport tizimlari”


kafedrasi


SEMESTR ISHI
“Tashish jarayonida matematik modellashtirish” fanidan

Bajardi: STLT-3a guruh talabasi


Egamberganov A
Tekshirdi: Ergasheva Z.V.





Toshkent 2022



MUNDARIJA


Kirish 2
14-variant 6
TRANSPORT MASALASI. 6
TRANSPORT MASALASIDA POTENSIALLAR USULI. 11
DEYSKRIT ALGORITMI 21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 26


Kirish


Temir yoʻlni boshqarishda asosan koʻp variantli yechimga ega boʻlgan masalalarning eng yaxshi, maqsadga muvofiq, (optimal) yechimini topishga toʻgʻri keladi. Bu jarayon boshqaruv apparatidagi ma’sul xodimlarning koʻp vaqtini oladi va koʻp hollarda qoʻyilgan arzimas xatolik qo‘shimcha katta iqtisodiy sarf-xarajatlarga olib keladi. Shu jihatdan ham temir yoʻlda tezkor qaror qabul qilish jarayonlarida mavjud matematik modellar va usullar yuqori samara beradi. Matematik dasturlash chiziqli dasturlash, chiziqli boʻlmagan dasturlash va dinamik dasturlash deb ataluvchi qismlami oʻz ichiga oladi. Birinchi boʻlib temir yoʻl transportida matematik modellar va usullarni qoʻllash, chiziqli dasturlashtirish hamda chiziqli modellar yordamida amalga oshirilgan. Jumladan, temir yoʻlda uzeldagi boʻsh vagonlarni stansiyalarga tarqatish "transport masalasi" yordamida amalga oshirilgan va undan olinadigan iqtisodiy samara oʻrtacha 20 %ni tashkil qilgan. Navbatdagi taqsimlash masalasida esa turli turdagi boʻsh vagonlarga turli xildagi yuklarni ortish va (Akulinchev tomonidan) vagonlarning yuk ortish normalaridan maksimal foydalanish masalasi L.V. Kantorovich tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu chiziqli matemak modellar olim A.N. Tolstoy 1930 yilda mahsulot tashishni optimal rejalashtirish masalasini chiziqli dasturlash masalasi sifatida ifodalagan. Venger olimi B. Egerveri 1931 yilda "tanlash muammosi" deb atalmish masalani qoʻyib, uni yechish usullarini kashf qildi. Bu usul keyinroq "venger usuli" deb atala boshladi. Chiziqli dasturlash masalalarini tizim orqali va ularni yechish uchun umumiy, umumiy boʻlgan usul yaratish L.V. Kantorovich 1939 yildan boshlab shugʻullana boshlagan. L.V. Kantorovich kashf qilgan usul "hal qiluvchi koʻpaytuvchilar usuli" deb keltiriladi. L.V. Kantorovich M.K. Gavurin bilan hamkorlikda 1943 yilda transport masalasi deb ataluvchi chiziqli dasturlash masalalarini yechish uchun "potensiallar usuli"ni kashf qildi. L.V. Kantorovich, V.S. Nemchinov, V.V. Novojilov, A.L. Lure, A.L. Brudno, A.G. Aganbegyan, D.V. Yudin, Ye.G. Golshteyn va boshqa olimlar oʻz faoliyatlarini chiziqli va chiziqli boʻlmagan dasturlashning matematik nazariyasini taraqqiy ettirish va matematik usullami iqtisodiy muammolarni hal qilishga qoʻllanishga bagʻishladilar. Chiziqli dasturlash usullarini taraqqiy ettirish muammosi bilan koʻpgina chet ellik, jumladan amerikalik olimlar shugʻullanganlar. Masalan, amerika olimi Xichkok 1941 yilda transport masalasining matematik modelini tuzdi, Dansig 1949 yilda chiziqli dasturlash masalasini yechish uchun umumiy usul simpleks usulni kashf etdi. Chiziqli va chiziqli boʻlmagan dasturlash usullari Ford, Falkerson, Kun, Lemke, Gass, Chames, Bil va boshqa olimlarning ishlarida oʻz rivojini topdi. Hozirgi davrda chiziqli va chiziqli boʻlmagan p dasturlash usullarini, iqtisodiy masalalarni yechishda qoʻllanish hamda ularni EHMda yechish uchun eng qulay algoritmlar yaratish muammosi boʻyicha ish olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda koʻp olimlaming e’tibori chiziqli boʻlmagan dasturlash usullarini taraqqiy ettirishga bagʻishlangan. Bu sohada birinchi marta Kun va Takker 1951 yilda isbotlagan teorema birinchi yutuq boʻlib, unda chiziqli boʻlmagan dasturlash masalasining optimal yechimga ega boʻlishining zarur va yetarlilik sharti keltirilgan. Bu ishning amalga oshishi chiziqli boʻlmagan dasturlashga oid koʻpgina ilmiy tadqiqotlar uchun turtki boʻldi. Chames va Lemke 1954 yilda maqsad funksiyasi separabel formada va chegaralovchi shartlari chiziqli boʻlgan masala uchun taqribiy yechish yoʻlini koʻrsatdilar. 1955 yildan boshlab kvadratik programmalash (maqsad funksiyasi chiziqli va kvadratik qismlarning yigʻindisidan iborat boʻlgan masala) usullarining taraqqiyotiga bagʻishlangan koʻp ishlar nashr etildi. Lekin shuni aytib oʻtish kerakki, chiziqli boʻlmagan dasturlash masalasini yechish uchun umumiy universal usul yoʻq. Shu davrgacha yaratilgan usullar asosan chiziqli boʻlmagan dasturlash masalalarining ayrim, xususiy xollari uchun moslashtirilgan. Ayrim chiziqli boʻlmagan dasturlash masalalari uchun chiziqli approksimasiya topilib, ularni chiziqli dasturlash usullarini qoʻllanib yechish mumkin. Ba’zi iqtisodiy jarayonlar vaqtga bogʻliq boʻladi. Bunday masalalarning turli bosqichlaridagi yechimini aniqlash uchun dinamik dasturlash usullari qoʻllaniladi. Masalan, rejalashtirilayotgan davrning har bir yilida korxonalararo vositalarni optimal taqsimlash masalasi dinamik dasturlash masalasiga misol boʻla oladi. Dinamik dasturlash matematik programmalashdan mustaqil fan sifatida 50-yillardan boshlab ajralib chiqdi. Bu fanning rivojlanishida amerika olimi R. Bellman katta rol oʻynadi. Dreyfus, Roberte, Lange, Deyskrit va boshqalar dinamik dasturlashning keyingi taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshgan olimlardandir.
Mazkur oʻquv qoʻllanma matematik programmalashning chiziqli dasturlash, butun sonli dasturlash, asosan iqtisodiy, tashishlarni samarali tashkil etish ya’ni boshqaruvchilik sohasidagi, injenerlik ixtisosligi boʻyicha bilim olayotgan talabalarning o‘zlashtirishi maqsadga muvofiq.

14-variant



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling