Seminar: Geliy-neon lazerining ishlashini o’rganish Kerakli asboblar materiallar


Download 53.5 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi53.5 Kb.
#188699
  1   2   3   4   5   6

Seminar: Geliy-neon lazerining ishlashini o’rganish
1. Kerakli asboblar materiallar

He-Ne aralashmali LG-34 yoki He-Ne aralashmali LG-75 lazer qurilmasi, to’g’rilagich; voltmetr; doimiy tok manbai; kalitlar va ulagich simlar.



2. Ishning maqsadi

He-Ne aralashmali LG-34 lazerining bloklari bilan tanishish va uning ish rejimi o’rganish.



3.Ishning qisqacha nazariyasi

XX asrning ajoyib kashfiyotlaridan biri yorug’likning kvant generatorlari, ya’ni lazerlardir. Lazerlar inglizcha’’Light Amplification by Stimulated Emissiion of ... so’zlarining bosh harflaridan olingan bo’lib, yorug’likni majburiy nurlanish tufayli kuchaytirish ma’nosini anglatadi. N.G.Basov, A.M.Proxorov, Ch. X.Taunes (1953) santimetrli diapazonda ishlaydigan induktsion nurlanish hosil qiluvchi molekulyar-lazerni ishlab chiqdilar.

Lazerlar: a) to’lqin uzunligining qaysi sohasida induktsion nurlanish hosil qilishiga ko’ra, ko’rinadigan nurlar, infraqizil nurlar, yaqin ul’trabinafsha nurlar uchun mo’ljallangan optik diapazondagi va santimetrli radioto’lqinlar diapazonida ishlatiladigan lazerlarga;

b) induktsion- aktiv moddaning tabiatiga ko’ra, gazli, qattiq jismli, yarim o’tkazgichli va suyuq moddali kvant generatorlariga;

v)induktsion holatni zichlashtirish –usuliga ko’ra, optik, issiqlik, kimyoviy va elektroionizatsion generatorlarga bo’linadi;

g)ish rejimiga ko’ra, impul’sli yoki uzluksiz rejimli generatorlarga ajratiladi.




Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling