“Sen: “Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin”, degin”


Download 30.46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.09.2020
Hajmi30.46 Kb.

 “Qonunda diniy erkinlik boʻlsa, nega mazhabdan bittasini tutishga majburmiz. Vaholanki insonlarni

yahudiy, nasroniy, shirk va kufrda boʻlishiga rozisan-u, lekin mazhabda boʻlmaganlarga qarshilik

qilasan”, deydiganlarga raddiya.

 

Alloh taolo Islom dinini mukammal qilib yubordi. Shu jumladan oʻzga din vakillari bilan boʻladigan



muomalalarni ham belgilab berdi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib

kelganlaridan keyin Madinada Islom jamiyati paydo boʻldi. Shu vaqtda U zot yangi ahdnoma qonun

(deklaratsiya) qabul qildilar. Bu qonunning baʼzi bandlarida yahudiylar bilan boʻlgan kelishuv

koʻrsatilgan edi. Kelishuvga koʻra yahudiylar oʻz dinlarida qolishlarigan ruxsat etilgan edi. Lekin

Madinaga dushman hujum qilsa, yahudiylar ham yordam berishlariga kelishilgan edi. Rasululloh

sollallohu alayhi vasallam ulardan Islom dinini qabul qilishlarini talab qilmaganlar. Shu jumladan

nasroniylar va boshqa din vakillariga ham din taklif qilingan. Agar bosh tortsalar ham

musulmonlarga dushmanlik qilmay yoʻl ochsalar, va maʼlum miqdordagi toʻlovlarni qilib tursalar,

ularni Islom davlati oʻz himoyasiga olgan. Sharʼiy masʼalalarda zimmiy deb ahli kitoblarni aytilgan

va ularni haq-huquqlari taʼminlab berilgan. Agar ularga dinni qabul qilishdan boshqa yoʻl yoʻq

boʻlganda yo dinni qabul qilishardi yoki yoʻq boʻlib ketgan boʻlishardi. Lekin adolatli Islom dini hech

kimni majburlab dinga kirgizmagan, shu sababli dinni qabul qilganlar hech qachon dinni tark

etmaganlar. Alloh taolo Kahf surasi 29-oyatida:

 



ﺮﻔﻜﻴﻠﻓ ءﺎﺷ ﻦﻣ و ﻦﻣﺆﻴﻠﻓ ءﺎﺷ ﻦﻤﻓ ﻢﻜﺑر ﻦﻣ ﻖﺤﻟا ﻞﻗو“

 

“Sen: “Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr



keltirsin”, degin” deb marhamat qilgan. Alloh tomonidan kelgan haq – Islom va Qurʼondir, kim

xohlasa qabul qilib iymon keltirsin va kim xohlamasa ixtiyori oʻzidadir.

 

Alloh taolo Baqara surasi 256-oyatda:



 

“”

ﻲﻐﻟا ﻦﻣ ﺪﺷﺮﻟا ﻦﻴﺒﺗ ﺪﻗ ﻦﻳﺪﻟا ﻲﻓ هاﺮﻛا ﻻ “



 

“Dinga majburlash yoʻq. Batahqiq, haq botildan ajradi”, deb marhamat qilgan. Oyatning maʼnosi

shundan iboratki, har bir inson oʻz aqli va idroki bilan haqni tanib iymonga kelishi kerakligi, hech kim

majburan dinga kiritilmasligiga ochiq dalildir. Baʼzilar oʻylaganidek Islom majburan singdirilmagan,

agar shunday boʻlganida majburan singdirilgan kommunizmga oʻxshash mafkuralar singari yoʻq

boʻlib ketardi. Bu maʼno dinga kirmagan kishilar uchun aytilgan, ammo baʼzilar oʻylaganidek dinga

kirgandan keyin amallarga majburlash yoʻq maʼnosida emas. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq

Muhammad Yusuf Hazratlari ushbu oyat tafsirida shunday deganlar: ”Dinga majbur qilish yoʻq”

jumlasiga tegishli koʻp tarqalgan tushunmovchilik ham bor. Oʻzini musulmon sanab yurgan baʼzi

kishilarga musulmonlik vazifasini bajarish zarurligi eslatilsa, darhol: ”Dinga majbur qilish yoʻq”,

deydi. Bu - dalildan notoʻgʻri foydalanishdir. Rost, sen yahudiy yoki nasroniy boʻlsang, seni Islomga

majbur qilish yoʻq. Lekin sen musulmonlik daʼvosini qilib tursangu, oʻz musulmonlik vazifangni

bajarmasang, boʻlmaydi.



 

Ana endi Islomni qabul qilgan kishiga kelsak, unga toʻrt mazhabdan birini qabul qilishi vojib boʻladi.

Mazhabni ushlamaslik turli nizo va ixtiloflarga olib boradi. Oʻz foydasiga nima dalil kelsa olaveradi

hatto eng zaif qavllarni ham olib, havoi nafsiga ergashib ketadi. Hindistonda mazhabsizlikni targʻib

qilgan bir muhaddis olim boʻlgan. Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh “Malfuzot” kitoblarida

muhaddis olimdan iqtibos keltirib, “Men 25 yillik tajribam asosida shuni bildimki, hozirgi davrda

biror mazhabni tutmaslik oxir oqibat dinsizlikka olib borar ekan” deganlar. Mazhabboshilarimiz

rahimahumullohlar tobeʼin yoki tabaʼa tobeʼin boʻlishgan. Bu degani sahobadan ilm olgan, yoki

sahobadan oʻrgangan kishidan ilm olgan, deganidir. Va bu zotlarning ilmiy salohiyatlari minglab

zabardast ulamolar tomonidan qabul qilingandir va ming yildan ortiq vaqt mobaynida eʼtirozsiz

amal qilib kelingan. Mazhablar birlik ramzi boʻlib, oʻzaro ixtiloflarning oldini oladi. Mazhab imomlari

Qurʼon va Sunnatni mukammal oʻrganib chiqib oʻz ijtihodlarini keltirganlar. Mazhablar barcha sahih

hadislarni ham qamrab olgan va mazhabga amal qilgan kishi barcha sunnatga amal qilgan boʻladi.

Alloh taolo birlikka chaqirib, boʻlinishdan qaytaradi. Oli Imron surasi 103- oyatida:

 



اﻮﻗﺮﻔﺗ ﻻ و ﺎﻌﻴﻤﺟ  ا ﻞﺒﺤﺑ اﻮﻤﺼﺘﻋاو“



 

“Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va boʻlinib ketmang”, deb marhamat qilgan.

 

Imom Termiziy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:



 

ﺔﻋﺎﻤﺠﻟا ﻊﻣ  ا ﺪﻳ و ﺔﻟﻼﺿ ﻲﻠﻋ ﻲﺘﻣا ﻊﻤﺠﻳ ﻻ  ا نا“



 

“Alloh ummatimni zalolatda jamlamaydi va Allohning qoʻli jamoat bilandir”, deyilgan. Hadisning

maʼnosi Alloh, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarini botil va notoʻgʻri narsada

jamlamasligini bildiradi.

 

Imom Termiziy rivoyat qilgan boshqa hadisda:



 

ةﺪﺣاو ﻻا رﺎﻨﻟا ﻲﻓ ﻢﻬﻠﻛ ﺔﻗﺮﻓ ﻦﻴﻌﺒﺳ و ثﻼﺛ ﻲﻠﻋ ﻲﺘﻣا قﺮﺘﻔﺗ و



 

“Meni ummatim yetmish uch firqaga boʻlinadi. Ularning hammasi doʻzaxda faqat bittasi najot

topadi”, dedilar.

 


ﻲﺑﺎﺤﺻا و ﻪﻴﻠﻋ ﺎﻧأ ﺎﻣ“:لﺎﻗ ؟ ا لﻮﺳر ﺎﻳ ﻲﻫ ﻦﻣ :اﻮﻟﺎﻗ

 

“Sahobalar soʻradilar: Kim ular ey Rasululloh? U zot: “Meni va sahobalarimni yoʻlini tutganlar”,



dedilar. Mazkur toʻrt mazhab ahli sunnat val-jamoat hisoblanib oʻsha najot topuvchi firqa

hisoblanadi. Hanafiy mazhabi Turkiya, oʻrta osiyo davlatlari, Hindiston va Pokistonda koʻp

tarqalgan. Molikiy mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash va Liviya kabi davlatlarda tarqalgan. Shofeʼiy

mazhabi Misr, Indoneziya, Malayziya va Checheniston kabi yurtlarda amal qilinadi. Hanbaliy

mazhabi esa Saudiya Arabistonida dasturul amal hisoblanadi. Toʻrt mazhab bir xil eʼtiborda boʻlib,

asrlar osha ummatning birlik ramzi va firqalanishdan saqlovchi omil boʻlib kelmoqda.

 

Akram Abdullayev

“Mir Arab” oʻrta maxsus islom

bilim yurti mudarrisi

http://www.mirarabmadrasa.uz/oz/maqolalar/83



Download 30.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling