Sen yashar koʻchadan mastona yurdim, Toliga suyanib,entikdim,turdim


Download 16.5 Kb.
Sana06.06.2020
Hajmi16.5 Kb.
#115365
Bog'liq
Sen yashar koʻc


Sen yashar koʻchadan mastona yurdim,

Toliga suyanib,entikdim,turdim.

Sen kirgan makonni koʻnglimga solib,

Eng yorugʻ, eng toza bir dunyo qurdim.

Sen yashar koʻchada bir yi - kun boʻldim,

Soʻngra asrlardan uzun tun boʻldim.

Sogʻinchning holidan bir bor xabar ol,

Tun ichra oʻksinib, bagʻri xun boʻldim.

Sen yashar koʻchaning bir eshigi berk,

Eshikni ocholmas na gado, na bek.

Kimga ochiladi - oʻzi biladi,

Qulfni ochib qoʻy, eshikka ber erk

Sen yashar bu koʻcha eng sevimli bayt,

Yodaki oʻqiyman, yuragimda qayt.

Men bilan yur desam, sensiz yurmaydi,

Bu sensiz koʻchada nima qilay ayt?

Sen yashar koʻchaga boʻlmaydi toʻyib,

Uni olib ketdim yelkamga qoʻyib.

Oh ursam, esimga tushgan chogʻlaring,

Yigʻlay devoriga boshimni qoʻyib.




Download 16.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling