Seni desam yuragimda ochilar gullar


Download 34 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi34 Kb.
#1269001
Bog'liq
ccccc


VATAN
Seni desam yuragimda ochilar gullar,
Yomg’ir bo’lib samolardan sochilar gullar,
Sahrolardan, daryolardan sochilar gullar,
Yuragimning gulisan sen, gullagan Vatan!


Isming aytib uyg’onadi chuchuk jilg’alar,
Sunbulalar tonglaringdan taqar sirg’alar,
Kiprigimda yog’dularing solar jilvalar,
Tilagimning gulisan sen, gullagan Vatan!


Xushbo’y-xushbo’y olmalarda jannat havosi,
Tog’laringning bag’rida ming dardning davosi,
Shudir, axir, bir insonning umr safosi,
Yuragimning gulisan sen, gullagan Vatan!


Hovuch-hovuch, zilol-zilol suvingdan ichdim,
Mehring qanot bo’ldi, moviy ko’klarda uchdim,
Yana qaytib senga keldim,tuprog’ing quchdim,
Tilagimning gulisan sen, gullagan Vatan!
… Yuragimning gulisan sen, gullagan Vatan!

https://www.remove-vocals.com/en/


SEQUYOSH YURT
Quyosh nuri dilni yoritgan,
Ona zamin borini sochgan.
G’amlar emas quvonch yig’latgan.
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Kim qiziqsa bizning ishlarga,


Qolmas aslo g’azzod qishlarga.
Xush navosi ôxshar qushlarga,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Tinch yurtim,ozod yurtim,


Har gôshasi obot yurtim.
Kônglim senla shod yurtim,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Ôzing menga beshik bôlding,


Baxtga eltar eshik bôlding.
Har ishimga sherik bôlding,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Ollox seni inom etgan,


Bu zaminda dono ôsgan.
Doim bizni dunyo kôgan,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

Joni fido Shamshod Safar!


Senga mudom xizmat qilar.
Sendan albat qarzin uzar,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!

BU MENING VATANIM O’ZBEKISTONIM




Har jabhada dong taratgan dunyoda
Xumosi ham mag’rur uchar samoda
Betakrordir , benazirdir jamolda
Bu mening vatanim o’zbekistonim !!!


Osmonlardan yuksak erur kamoli
Ham boy ham zo’r yoqimlidir kalomi
Hilollardan go’zalroqdir ayoli
Bu mening vatanim o’zbekistonim !!!


Osmonida porlab turar axtarlar (yorug’ yulduz)
Udir mening bag’rimdagi bor jonim
Butun dunyo qarsak ila maqtarlar
Bu mening vatanim o’zbekistonim !!!


Har yerlari gulshanlarga burkangan
Cho’p qadasang nihollarga aylangan
O’g’lonlari mardlik uchun yaralgan
Bu mening vatanim o’zbekistonim !!!


Hech bir guli behudaga so’nmagan
Kimki boqsa bu zaminga to’ymagan
Vosilikni(bag’ri keng) yerga tashlab qo’ymagan
Bu mening vatanim o’zbekistonim !!!


Kabutarlar erkin uchar osmonda
Ishlaridan butun dunyo hayronda
Gullab borar baxtiyorlik har onda
Bu mening vatanim o’zbekistonim !!!
Bu mening vatanim o’zbekistonim !!!
Tomrimda oqyotgan to’kilmas qonim
Ulug’lik , buyuklik siymosi bo’lgan
Bu mening vatanim o’zbekistonim !!!
MUSTAQIL VATANIM O’ZBEKISTON

O’tgan ming asrdan beradi sado


Boshqalar bir dunyo o’z bir dunyo
Tanamda doimo jo’sh urgan qonim
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim

Har bir qarich yeri jannatlarga teng


Buxoro Samarqand Xivasin ko’ring
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim

Zamonlarga boqing bugun tengdoshim


Boshqadan kam qilmas bizni yurtboshim
Yaxshi-yomon kunda Vatandir panoh
Bu yurtni qo’llaydi yaratgan Alloh

Birlashib shu elning ertasi uchun


Yurakda porlasin o’chmas bir uchqun
Dilda bo’lsin abad yolg’iz so’zimiz
Axir biz buyuk yurt farzandlarimiz.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling