Shahrisabz filiali


Download 1.2 Mb.
bet1/6
Sana05.12.2020
Hajmi1.2 Mb.
#159748
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
UMK Maktabgacha ta'lim adabiyotu bilan


O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI

NIZОMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT DАVLАT PЕDАGОGIKА UNIVЕRSITЕTI

SHAHRISABZ FILIALI

«Tasdiqlandi»

TDPU Shahrisabz filiali

direktorining o‘quv va

tarbiyaviy ishlar bo‘yicha

o‘rinbosari

________ N.J.Toshmanov

«__» __________2019-yil


MAKTABGACHA PEDAGOGIKA

FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar

Tа’lim sоhаsi: 110000 – Pedagogika

Tа’lim yo‘nаlishi: 5111800 – Maktabgacha ta’lim




Mаshg‘ulоt turi

Аjrаtilgаn sоаt

Semestr

I II

1

Nаzаriy (ma’ruza)

52

24 28

2

Amaliy

96

48 48

3

Mustаqil ta’lim

132

66 66

4

Kurs ishi

-

-

Jami auditoriya soatlari

148

72 76

Umumiy o‘quv soatlari

280

138 142


Shahrisabz– 2019

Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Maktabgacha pedagogika” fani bo‘yicha yaratilgan bo‘lib, unda mazkur fanning o‘quv dasturi, ishchi dasturi, ma’ruza mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyasi va seminar mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyalari jamlangan.

Mazkur o‘quv-uslubiy majmua oliy o‘quv yurtlarining bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.


Tuzuvchi:

Z.K.Alimova

Taqrizchi:

A.Muxsiyeva

O‘quv-uslubiy majmua Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali kengashining 2019-yil «__ » dagi №__-sonli qarori bilan ma'qullangan.



MUNDARIJA

I. ISHCHI DASTUR..................................................................

II. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI...............................

III. NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI............

IV. KEYSLAR BANKI..........................................................

V. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI........................

VI. GLOSSARIY................................................................

VII. ADABIYOTLAR RO‘YXATI.......................................



Kirish

XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlar, dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi ham bevosita ijtimoiy-gumanitar fanlarni puxta biladigan, jahon maydonida o‘z bilimi orqali raqobatlasha oladigan, o‘zining fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, Vatani hamda millatiga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ularini maktabgacha ta'lim tarbiyachilarida shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu tizimga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu masalaga doir bir necha yig‘ilish o‘tkazildi, tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda.

Mazkur dasturda Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini, respublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qaror mazmun-mohiyati. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari. Ta'lim sohasidagi islohotlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 16- avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori bayon etilgan.



Modulning maqsadi va vazifalari

Modulning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta'lim sohasidagi dolzarb muammolar va tizim faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berish, bo‘lajak tarbiyachilarni ta'lim-tarbiya qonuniyatlari, shuningdek, maktabgacha ta'limga qo‘yiladigan talablar, uning tamoyillari, mazmuni, pedagogik asoslarini bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Modulning vazifalari:

- maktabgacha pedagogika nazariyasi va amaliyoti, o‘ziga xos xususiyatlari, ta'limiy-tarbiyaviy jihatlari, tarbiyachining kasbiy faoliyati va unga qo‘yiladigan talablar; yosh fuqaroni tarbiyalash ishining murakkabligi, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi va rivojlanishi, maktabgacha pedagogikada ilmiy-tadqiqot metodlari maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalashda yangi pedagogik texnologiyalar, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, maktabgacha pedagogika tarixi, maktabgacha muassasalarini tashkil etish va unga rahbarlik etish. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim muassasalari sistemasi, unga rahbarlik qilish va tashkil etishning zamonaviy usullari haqida bilim, tegishli ko‘nikma ыva malakalarni hosil qilish.


Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikma, malakasi va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

Tinglovchi:

- maktabgacha ta'limning ta'lim tizimida tutgan o‘rni, maktabgacha ta'lim bo‘yicha kasbiy faoliyatning umumiy tamoyillari, maktabgacha pedagogikaning pedagogika nazariyasi va tarixi fani bilan uzviyligi,maktabgacha pedagogikaning rivojlanish tamoyillari to‘g‘risida maktabgacha pedagogika tarixi, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim muassasalari sistemasini bilishi kerak;

- maktabgacha pedagogikaning nazariy va amaliy bilimlarini egallash,maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiya berish, maktabgacha pedagogikadan o‘z faoliyatini rejalashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;

- maktabgacha ta'limning asosiy prinsiplari, maktabgacha ta'lim pedagogika qo‘yiladigan asosiy talablar, maktabgacha ta'limning mazmuni, ilmiy-tadqiqot metodlari,maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish, maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash, maktabgacha ta'limning uzviyligi va uzluksizligi, maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilada tarbiya jarayonini tashkil etish malakalariga ega bo‘lishi kerak.


Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar

Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari moduli nazariy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.

Nazariy mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma'ruzalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardagi maktabgacha ta'lim sohasidagi dolzarb muammolar va tizim faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini singdirishdan iborat.

Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, “SWOT-tahlil” yoki “FSMU” metodlari bilan ishlash va boshqa interaktiv ta'lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.


Modulning o‘quv rejadagi boshqa bloklar bilan bog‘liqligi va
uzviyligi

Maktabgacha pedagogika umumkasbiy fan bo‘lib, «Umumiy pedagogika», «Pedagogika tarixi», «Psixologiya» kabi fanlarga bog‘liq ravishda o‘qitiladi. «Ijtimoiy va oila pedagogikasi», «Maktabgacha ta'limni axborotlashtirish», «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.


Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Mazkur modul “Ilg‘or ta'lim-tarbiya texnologiyalari va pedagogik mahorat”, “Ta'lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash” va “Mutaxassislik fanlari” bloklaridan avval o‘rganiladi. Unda keyin o‘rganiladigan bloklarning mazmun yo‘nalishlarni va g‘oyaviy jihatlarini maktabgacha ta'limga tatbiq etish imkoniyatlarni ochib beradi.


Modulning ta’limdagi o‘rni

Tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta'lim sohasidagi dolzarb muammolar va tizim faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarning siyosiy hamda huquqiy asoslarini o‘rgatish hamda amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashdan iborat.


Modul bo‘yicha soatlar taqsimoti

1.1. Maktabgacha pedagogika



Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

1-semestr

2-semestr

1

Nazariy (ma'ruza)

24

28

1-2

2

Amaliy

48

48

1-2

3

Mustaqil ta'lim

66

66

1-2

5

Kurs ishi
















6

Jami

138

142

1-2


NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI

1-Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti, vazifalari

Maktabgacha pedagogika fanining maqsad va vazifalarini o‘rganish Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini, respublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi. Ta'lim sohasidagi islohotlar.



2-Mavzu: Maktabgacha pedagogika fanining tadqiqot metodlari.

Maktabgacha pedagogika fanining tadqiqot metodlari.


3-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tarixi.

Maktabgacha ta’lim tarixi.


4-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta’limi tizimi va uning turlari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta’limi tizimi va uning turlari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.


5-Mavzu: Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimiga yangicha yondashuv.

Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimiga yangicha yondashuv.


6-Mavzu: Maktabgacha ta’lim – uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini

Maktabgacha ta'lim – uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini.


7-Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Uning shaxsini shakllantirish

Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Uning shaxsini shakllantirish


8-Mavzu: Pedagog tarbiyachi shaxsini shakllantirish, tarbiyachining nutq madaniyati

Pedagog tarbiyachi shaxsini shakllantirish, tarbiyachining nutq madaniyati


9-Mavzu: Mashg‘ulot jarayonida pedagog tarbiyachining pedagogik mahorati

Mashg‘ulot jarayonida pedagog tarbiyachining pedagogik mahorati


10-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta’lim tarbiyasi

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim tarbiyasi


11-Mavzu: Maktabgacha ta’lim davrini yosh davrlarining o‘ziga xos xususiyatlari

Maktabgacha ta'lim davrini yosh davrlarining o‘ziga xos xususiyatlari


12-Mavzu: Shaxsni rivojlanishi haqida tushuncha

Shaxsni rivojlanishi haqida tushuncha


13-Mavzu: Shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi omillar.

Shaxs kamolotiga t'asir etuvchi omillar.


14-Mavzu: Bola shaxsini rivojlanishida tarbiyaning o‘rni

Bola shaxsini rivojlanishida tarbiyaning o‘rni


15-Mavzu: Bola shaxsini rivojlanishida faoliyatlarning o‘rni. MTTni yosh guruhlaridagi faoliyatlar tahlili

Bola shaxsini rivojlanishida faoliyatlarning o‘rni. MTTni yosh guruhlaridagi faoliyatlar tahlili


16-Mavzu: Tarbiya turlari va uning shaxs kamolotiga ta’siri

Tarbiya turlari va uning shaxs kamolotiga ta’siri


17-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi.
18-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasining asoosiy vazifalari, vositalari.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasining asoosiy vazifalari, vositalari.


19-Mavzu: Aqliy tarbiya

Aqliy tarbiya


20-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishning o‘ziga hosligi

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning o‘ziga hosligi


MUSTAQIL TA’LIM MAZMUNI

Fanga oid o‘rganilgan materiallar asosida “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida mustaqil ish bajariladi. U asosida malaka ishining kirish qismi tayyorlanadi.


O‘QITISH SHAKLLARI

Mazkur modul bo‘yicha quyidagi o‘qitish shakllaridan foydalaniladi:



  • ma'ruza mashg‘ulotlar (ma'lumotlarni anglab olish, aqliy qiziqishni rivojlantirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash);

  • davra suhbatlari (ta'lim sohasidagi islohotlar bo‘yicha taklif berish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish);

  • bahs va munozaralar (maktabgacha ta'lim tizimi rivoji bo‘yicha dalillar va asosli argumentlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar yechimini topish qobiliyatini rivojlantirish).


BAHOLASH MEZONI



Baholash turlari

Maksimal baho

Baho

1

“Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida mustaqil ish

(malaka ishi mavzusi misolida)



5

5


Mashg‘ulotda jarayonida qo‘llaniladigan «Aqliy hujum» usuli


Aqliy xujum

- (breynstorming – miya bo‘roni), amaliy va ilmiy muammolarni yechishda jamoa bilan ma'lumot yig‘ish

Usulni asosiy g‘oyasi



- g‘oyalar to‘plash, ularni baholash va tahlil kilish, ajratish. “Aqliy hujum”ni olib boruvchining hatti-xarakati uchun bu g‘oya asosiy ko‘rsatgich bo‘lib, ishtirokchilarni imkoniyat qadar ko‘p g‘oyalar taklif kilishga undaydi.

Qoidalari

Imkoni boricha ko‘proq g‘oyalarni taklif etish (jamlash), ularni talqin qilish, muammolarni yechish va ularni doskaga yozib qo‘yish.

Ta'lim beruvchi

Qatnashchilarni 3-4 guruhga bo‘ladi va har biriga muammolar taklif etadi (Ilova 1)

- Ishtirokchilarni qo‘llab-qo‘vvatlaydi (imo-ishora, jilmayish, ha-yo‘q so‘zlari bilan);

- yumshoq, ammo astoydil talabalarni boshqalarni tanqid qilishdan qaytarib turadi;

- har bir fikrni o‘zgartirmasdan doskaga yozdirib qo‘yadi;

- talabalarni so‘rovga kirishib ketishiga yordam berish va psixologik to‘sqinlikni yo‘qotish uchun, oldingi yoki shu darsdan kutilmagan, original savollar berib mashq o‘tkazadi (blits so‘rov) (Ilova 2).


Fidbeyk

-har bir g‘oyani muhokama qilish;

-eng to‘g‘ri g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash




Aqliy hujumning maqsadi va qoidalari


Aqliy hujumni o‘tkazishdan maqsad:

- muammoni hal qilish uchun g‘oyalarni topish;

- g‘oyalarni ularning ahamiyatliligiga qarab tartiblash;

- faol fikrlash malakasini shakllantirish;

- kutilmagan g‘oyalarni paydo bo‘lish jarayonini namoyish qilish;

- topilgan g‘oyalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.





Aqliy hujum qoidalari:

- g‘oyalarni ilgari surilishi bosqichida tanqid taqiqlanadi;

- original hatto fantastik g‘oyalar rag‘batlantiriladi;

- barcha g‘oyalar yozib boriladi yoki qayd qilinadi;

- agar ma'qul topsa muallifning o‘zi ham yozib boradi;

- “aqliy hujum” metodida qatnashchilar bir-biri bilan yuridik va

ma'muriy jihatdan bog‘liq bo‘lmasligi zarur;

- tahlilchilar guruhi nisbatan samarali g‘oyalarni tahlil qiladi, sintez

qiladi, baholaydi va tanlaydi;

- ushbu tadbirni o‘tkazishda Keynsning “ iqtisodchilar adashsalar ham

ularni g‘oyasi kelajak uchun xizmat qiladi” degan qoidasiga amal qilish.





Natija:

- talabalar tomonidan muayyan nazariy bilimlarni puxta o‘zlashtirishga

erishiladi;

- vaqt ajratiladi va qilinadi;

- har bir talaba faollikka intiladi;

- ularda erkin fikrlash layoqati shakllanadi.


SWOT-tahlil” metodidan foydalanish


Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.


Namuna: Maktabgacha ta'lim tizimning kechagi va bugungi holati masalasida “SWOT-tahlil” metodida tahlil qiling.

S

Respublikada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamram olish ko‘rsatkichi 27 foizni tashkil etadi.

Maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni 100 foiz qamrab olishga qaratilgan

W

Maktabgacha ta'lim muassasalarida moddiy-texnik bazaning nochorligi, malakali kadrlar yetishmasligi, sifatli oziq-ovqat ta'minotining pastligi.

Ushbu sohada har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilayotgan bo‘lsa, shundan 85 foizini o‘rta ma'lumotli kadrlar tashkil etadi.

O

Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Shu bois bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda -muhim o‘rin tutadi.

Maktabgacha ta'limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, MTTTlar infratuzilmasi va moddiy-texnik ta'minotini yaxshilanadi.

T

So‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari 45 foizdan ziyodroq kamaygan.

Kelgusi besh yillikda 2200 ta maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasi oxiriga yetkazish.


«FSMU» metodi
Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma'ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.

Texnologiyani amalga oshirish tartibi:

  • qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;

  • har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:



  • ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.

FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.

Namuna.

Fikr: “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” dasturi”.

Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling