Shahrisabz koica kasb-hunarga oʻqitish markazida ishsiz xotin-qizlarning davlat xisobidan kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha Ma’lumot


Download 14.73 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi14.73 Kb.
#1173469
Bog'liq
Shahrisabz KOICA. Xotin qizlar. Ma\'lumot


Shahrisabz KOICA kasb-hunarga oʻqitish markazida ishsiz xotin-qizlarning davlat xisobidan kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha
Ma’lumot
Shahrisabz shahridagi ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish (KOICA) oʻquv markazi 2022-yil davomida jami 357 nafar ishsiz fuqarolar tuman shahar ABKM yoʻllanmalari asosida oʻqitildi. Shundan xotin-qizlar 210, yoʻnalishlar kesimida:

  1. Axborot texnologiyalari- 109

  2. Elektr va elektronika – 1

  3. Tikuvchilik- 64

  4. Yigiruv ishlab chiqarish texnologiyasi- 36 nafarni tashkil etdi.

Oʻqishni tamomlagan jami 210 nafar xotin-qizlarning 86 nafariga kasb-malaka diplomlari berildi. Shundan, tinglovchilar orasida ayollar davtarida 9 nafar, temir daftar 1 nafar va qolgan tinglovchilar umumiy asosda oʻqishga jalb qilingan. Bitirgan 86 nafar xotin qizlar orasida, oʻzini-oʻzi band qilganlar 33 nafar, ishga joylashtirilganlar 6 nafar, ishga joylashganlar (YAMMT) 15 nafarni tashkil etdi. 32 nafar bitiruvchilarning bandlik xolati boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qolgan jami 124 nafar xotin-qizlarning 8 oylik (32 hafta) oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti yakunlandi va kasb-malaka imtihon jarayonlari boshlandi.
Ayni vaqtda 5 ta yoʻnalish boʻyicha markazda jami 278 nafar tinglovchilar oʻqishmoqda. Shundan 139 nafar 50% xotin-qizlarni tashkil etadi.
Download 14.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling