Sharafiddin Ali Yazdiy


Download 13.44 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi13.44 Kb.
#111481
Bog'liq
Sharafiddin Ali Yazdiy


Sharafiddin Ali Yazdiy

Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiydur – Mavlononing sohibkamollig`i olam ahli qoshida musallamdur. Shohrux sulton buzug`lig`ida faqirning volidi jamoati kasir bila ro`zg`or havodisi fitnasidin Xurosondin qochib, Iroqqa borurda Taftg`akim Mavlononing muvalladidur, yarim kecha yetib tushdilar. Ittifoqo manzil alarming xonaqohi eshikida voqe’ erdi, tong otqonda, andoqkim, o`yuni atfol da’bi bo`lur, ul jamoatning atfoli ul xonaqohg`a o`ynag`ali kirdilar va faqir ham alar bila erdim, taxminan olti yoshimda bo`lg`ay erdim va Mavlono bir rahbada o`lturub ermishlar, tushgan jamoatning kayfiyatin ma’lum qilmoq uchun atfoldin birini tiladilar. Faqir alar sori borurg`a muvaffaq bo`ldum. Har nekim so`rdilar javob aytdim. Tabassum qilib tahsin qildilar, dag`i so`rdilarkim, maktabg`a borubmusen? Dedimkim:boribmen. Dedilarkim: ne yergacha o`qibsen? Dedimki: “taborak” surasig`acha. Dedilarkim: bu jamoat atfolidin biz tilaganda, sen kelib biz bila oshno bo`ldung, sening uchun fotiha o`quli deb o`z fotihalarig`a musharraf qildilar. Hamul zamon faqirning volidi va ul xayl ulug`lari kelib, Mavlono xizmatida anvoi niyozmandlig`lar qilg`ondin so`ngra, faqirg`a andoq shuur hosil bo`ldi angakim, “ne kishi er-kandurlar”. Va alar musannafotidin ulcha mashhurdur: “Qasidai Burda” sharhi va “Asmoulloh” sharhi va “Zafarnoma” tarixidur va muammo fanini alar tadvin qildilar, anda ham “Hulal” va “Munozara” va “Muntaxab” alarming tasnifidur. Va Mavlono himmat va bazl bobida ta’rifdin mustag`niy erdilar. Tabarrukan bir matla’lari bitildikim: Sufiy, mabosh munkiri rindoni mayparast, K-andar payola partave az aksi do`st hast. Va Mavlononing qabri Taftda hamul xonaqohda-o`qdur.

Sohibkamol – yetuk kishi, olim

Musallam – tan bermoq

Buzug`luq – podshoning mag`lub bo`lib qochishi

Havodis – hodisalar

Muvallad – tug`ilgan

Atfol – go`daklar

Volid – ota

Niyozmand – hojatmand



Musannaf – tasnif etilgan

Mustag`niy - ehtiyojsiz
Download 13.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling