Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intelektual tizimlar va kompyutyer texnalogiyalari fakulteti


Download 22.38 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi22.38 Kb.
#1106470
Bog'liq
Rustamov F. 4 mustaqil ish
1, YAKUNIY NAZORAT savollari kriptografik usullar, YAKUNIY NAZORAT savollari kriptografik usullar, Matematika 1, Matematika 1, 2020-yil Mavzu ip adres va ularning turlari, Saydullayeva Sevinch G, YOU ARE OUR FUTURE summary, Уй олди сотти деклорацияси, Уй олди сотти деклорацияси, Уй олди сотти деклорацияси, Триггеры, SHmidt Trigger. Kurbanbaev Nurlıbek, SHIOR, 2022 yil nomi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
INTELEKTUAL TIZIMLAR VA KOMPYUTYER TEXNALOGIYALARI FAKULTETI


KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI YO’NALISHI
201- guruh talabasi
Rustamov Farrux
Programmalash asoslari fanidan
MUSTAQIL
ISHI
Tekshirdi: Urunbayev Jasur
Mavzu:Sinflar va const o’zgaruvchilar
C++da sinflar
C ++ - bu ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash tili. C++ dasturlash tilida hamma narsa uning xususiyatlari va usullari bilan bir qatorda sinfllar va obyektlar bilan bog'liq.
Sinf - bu bizning dasturimizda foydalanishimiz mumkin bo'lgan foydalanuvchi belgilaydigan ma'lumot turi va u ob'ekt tuzuvchisi yoki ob'ektlarni yaratish uchun "reja" sifatida ishlaydi.
Sinf yaratish.
Sinf yaratish uchun class kalit so'zdan foydalanamiz. " MyClass" Nomli sinf yaratamiz.
class MyClass { // class
public: // ochiqlik siyosati
int myNum; // Attribute (int tipiga tegishli)
string myString; // Attribute (string tipiga tegishli)
};
Misolni tushuntirish.

  • class Kalit so'z MyClass deb atalgan bir sinf yaratish uchun ishlatildi .

  • publicKalit so'z bir bo'lib kirish belgisi ifodalaydi. Bu degani class dan tashqarida ham attributlardan foydalanish mumkin .

  • Sinf ichida butun son myNum va satr o'zgaruvchisi mavjud myString. O'zgaruvchilar sinf ichida e'lon qilinganida, ular atributlar deb nomlanadi .

  • Nihoyat, sinf ta'rifini nuqta-vergul bilan tugatdik ;.

  • Biz class lar orqali obyetlarni yaratamiz.

Sinflar va sinf a'zolari.
Yangi tip sinfni e'lon qilish bilan tuziladi.
Sinf - bu bir – biri bilan funksional orqali bog’langan o'zgaruvchilar va metodlar to'plamidir. Sinflarga amaliyotdan ko'pgina misollar keltirish mumkin. Masalan, avtomabilni g’ildirak, eshik, o'rindiq, oyna va boshqa qismlardan tashkil topgan kollektsiya yoki qaydash tezligini oshirish, to'xtatish, burish imkoniyatlariga ega bo'lgan ob'ekt deb tasavvur qilish mumkin. Avtomobil o'zida turli ehtiyot qismlarni va ularni funksiyalarini inkapsulyatsiya qiladi. Avtomobil kabi sinfda ham inkapsulyatsiya qator imkoniyatlarni beradi. Barcha ma'lumotlar bitta ob'ektda yig’ilgan va ularga osongina murojaat qilish, ularni o'zgartirish va ko'chirish mumkin. Sizning sinfingiz bilan ishlovchi dasturiy qismlar, ya'ni mijozlar sizning ob'ektingizdan, uning qanday ishlashidan tashvishlanmasdan, bemalol foydalanishlari mumkin.
Sinf o'zgaruvchilarning ixtiyoriy kombinatsiyasidan, shuningdek boshqa sinflar tiplaridan iborat bo'lishi mumkin. Sinfdagi o'zgaruvchilar o'zgaruvchi – a'zolar yoki xossalar deyiladi. car sinfi o'rindiq, radiopriyomnik, shina va boshqa o'zgaruvchi - a'zolardan iborat. O'zgaruvchi – a'zolar faqatgina o'zlarining sinflarida yotadilar. G’ildirak va motor avtomobilning qanday tarkibiy qismi bo'lsa, o'zgaruvchi – a'zolar ham sinfning shunday tarkibiy qismidir.
Sinfdagi funksiyalar odatda o'zgaruvchi a'zolar ustida biror bir amal bajaradilar. Ular funksiya – a'zolar yoki sinf metodlari deb aytiladi. Mashina sinfi metodlari qatoriga Haydash() va Tuxtatish() metodlari kiradi. Mushuk sinfi hayvonni yoshi va og’irligini ifodalovchi o'zgaruvchi – a'zolarga ega bo'lishi mumkin. Shuningdek, bu sinfning funksional qismi Uxlash(), Miyovlash(), SichqonTutish() metodlaridan iborat bo'ladi.
Funksiya – a'zolar ham o'zgaruvchi a'zolar singari sinfda yotadi. Ular o'zgaruvchi a'zolar ustida amallar bajaradi va sinfni funksional imkoniyatlarini aniqlaydi.
Sinflar orasidagi munosabatlar.
Murakkab sinflarni hosil qilishda oldin uni tashkil etuvchi oddiyroq sinflarni e'lon qilib, keyin esa ularni birlashtirish orqali sinfni hosil qilish maqsadga muvofiqdir. Masalan, g’ildirak sinfi, motor sinfi, uzatish korobkasi sinfi va boshqa sinflarni hosil qilib, keyin esa ularni birlashtirish orqali avtomobil sinfini qurish oldimizga turgan masalani yechishni ancha osonlashtiradi.
Sinf a'zolariga murojaat qilish imkoni.
Mushuk sinfining real ob'ektini aniqlaganimizdan so'ng bu ob'ektning a'zolariga murojaat qilish zaruriyati tug’ilishi mumkin. Buning uchun bevosita murojaat (.) operatori qo'llaniladi
Sinf a'zolariga murojaat qilish imkonini chegaralash. Sinfni e'lon qilishda bir nechta kalit so'zlardan foydalaniladi. Ulardan eng muhimlari public (ochiq) va private (yopiq) kalit so'zlari bo'lib, ular orqali ob'ektning a'zolariga murojaat qilish imkoniyati chegaralanadi.

C++ Konstanta


Konstanta - bu o'zgarmas hisoblanadi. C++ dasturlash tilida o'zgarmaslarni e'lon qilish uchun const ko'makchi so'zidan foydalanib ( Ushbu o'zgaruvchini o'zgarmas deb e'lon qilamiz). Konstanta faqat qiymatini (olish) o'qish mumkin.

#include


using namespace std; ​
int main() {
const int n = 13; // n ning qiymati doim 13 ga teng bo'ladi;
return 0; }
Mumkin bo'lmagan hollarni ko'rib chiqamiz
.#include
using namespace std;
​ int main() {
const int n = 13; // n ning qiymati doim 13 ga teng bo'radi n = 15; // error: n bu yerda faqat o'qish mumkin
cout << n;
return 0; } ​
In function 'int main()': 6.9: error: assignment of read-only variable 'n'
2 - qator: bu yerda o'zgarmasni o'zgartirishga urunilgan bunday holatga C++ komplyatori yo'l qo'ymaydi va sizga yuqoridagi xatolik ekranini chiqaradi. Kontanstant e'lon qilishda etiborli bo'ling chunki dastur ishlash mobaynida ushbu indentifikator o'zgartirib bo'lmaydi agar o'zgartirishga harakat qilsangiz xatolikka yuz quyasiz.
Konstanta - e'lon qilishda ehtiyoriy tipga mansub o'zgaruvchini o'zgarmas deb e'lon qilish mumkin.
#include
using namespace std; ​
int main() {
const int age = 24; // age (yosh) konstanta const string name = "MasterSherkulov"; // name (ism) konstanta const bool is_developer = true; // is_developer (dasturchimi) konstanta const char is_char = 'M'; // is_char konstanta const float PI = 3.14; }

Download 22.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling