Sharofatxon Toshmatjonovna Roʻzmatova
Download 278.66 Kb. Pdf ko'rish
|
593-599
- Bu sahifa navigatsiya:
- Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 593 www.ares.uz UMUMIY OʻRTA TAʼLIMI MUASSALARIDA BIOLOGIYA XONASI
- ANNOTATSIYA
- Kalit soʻzlar
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-593-599 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 593 www.ares.uz UMUMIY OʻRTA TAʼLIMI MUASSALARIDA BIOLOGIYA XONASI JIHOZLANISHIGA OID ZAMONAVIY TALABLAR Sharofatxon Toshmatjonovna Roʻzmatova Chirchiq davlat pedagogika institutining magistranti ANNOTATSIYA Maqolada, umumiy oʻrta taʼlimi maktablarda biologiya xonasini jihozlanishiga qoʻyilgan talablar yoritilgan. Ushbu talablar zamonaviy texnik vositalar bilan birga, pedagogik, sanitariya-gigenik talablarda ham oʻzgarishlar berilgan. Bu talablarning tranformatsiyasi oʻquvchilarda biologiya fanini oʻqitishda kreativlikni rivojlantirish uchun muhim ekanligi xulosa qilingan. Kalit soʻzlar: Biologiya xonasi, laboratoriya, jihozlanish, talablar, kreativlik. KIRISH Biologiya oʻquv dasturi asosida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini egallash jarayoni, oʻquv faoliyatining asosiy qismi boʻlgan biologiya kabineti va uning jihozlanish darajasiga bogʻliq. Fanlarni chuqur oʻzlashtirish borasida oʻquvchilarga beriladigan bilim va koʻnikmalardan tashqari, uning tasavvurini shakllantirish uchun didaktik-koʻrgazmalarni takomillashtirish davr talabiga aylanib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.Mirziyoyev 2020-yil 12-avgustdagi ―Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi PQ-4805-sonli Qarorida ham biologiya fanini oʻqitish boʻyicha tegishli tashkilotlarga bir necha vazifalar yuklatildi. Qarorning ilova qismida ―Xalqaro tajriba, zamonaviy innovatsion texnologik jarayonlar va olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, maktablarda tabiiy fanlarni oʻqitish uchun laboratoriya jihozlari boʻyicha yangi talablar yuzasidan takliflarni ishlab chiqish ham belgilandi‖[1]. Biroq biologiya xonasi va laboratoriyasini zamonaviy, didaktik-koʻrgazmali koʻrsatmalar bilan jihozlanishiga boʻlgan talablar hali yetarlicha ishlab chiqilmadi. Psixologlar A.N. Leontiev, Naumov va boshqalar isbotladilarki, odam koʻrgan narsasining 50 foizini eslab qoladi, eshitgan narsasi esa atigi 20 foiz takrorlanadi, oʻqituvchilarni charchatmasdan, diqqatni darsning bir elementidan ikkinchisiga oʻtkazishga majbur qiladi[4: 86]. Download 278.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling