Sharoitining


Download 37.59 Kb.
bet1/5
Sana19.04.2022
Hajmi37.59 Kb.
#644515
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Geografik o
01.2505 ot 29.08 0, 14992-конвертирован, tish kattik tukimasi va sulak, tish kattik tukimasi va sulak, test chiziqli tenglama, 4235 ва 5020, Doc1, KINEMATIKA MA'RUZA, KINEMATIKA MA'RUZA, kurs burg‘ulash Yulliyev Dilshodbek (6), 03-18440 сонли хатига жавоб (2), Navoiy davlat pedagogika instituti xorijiy tillar fakulteti ingl, Биография Александра Сергеевича Пушкина, МОИ педагог, Методист дастур

Geografik orni va chegaralari
Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari.
Atlantika okeani barcha okeanlar o’rtasida maydonining kattaligi jihatidan ikkinchi o’rinda turadi. Uning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shimoldan janubga qarab juda katta (16 000 km) masofaga cho’zilganligidir. Okeanning eng keng joyi(13 ming km) mo’’tadil va subtropik kengliklardagi dengizlarning materiklar ichkarisiga kirib borgan joylarga to’g’ri kelib, Meksika qo’ltig’ining g’arbiy qirg’og’idan Qora dengizning sharqiy qirg’og’igacha bo’lgan oraliqdadir. Eng qambir joyi esa 2830 km bo’lib, San-Roke burni va Afrika qirg’og’i oralig’idadir. Maydoni 91,5 mln km2 ga tent. O’rtacha chuqurligi 3597 m. Suv hajmi 329,7 mln km3. Atlantika okeanini g’arbda SHimoliy va Janubiy Amerika qirg’oqlari, sharqda Yevropa va Afrika qirg’oqlari o’rab turadi. Janubi-g’arbda u Tinch okeani bilan va janubi-sharqda Hind okeani bilan tutashgan. SHimolda Atlantika okeani Kanada arxipelagilari va Norvegiya dengizi orkali SHimoliy Muz okeani bilan bog’langan. Janubda Antarktida bilan chegaralanadi.
Atlantika okeani uzoq yillar davomida turli xil nomlar bilan atalib kelindi. Strabon davridan boshlab Atlantika okeani haritalarda G’arbiy okean deb nomlangan. Ruf Fest Avien (IV asr) uni Atlantika okeani deb atagan. Arxiepiskop Medblanskiy (Amvrosiy, IV asr) okeanning sharqiy, Ispaniya va SHimoliy Afrika qirg’oqlarini yuvib turuvchi qismini Gaditan dengizi degan. O’rta Osiyolik qomusiy alloma Abu Rayxon Beruniy (XI asr) Atlantika okeanini «Mudhish dengiz» nomi bilan ta’riflagan bo’lsa, arab geografi va sayyohi Abu Abdulloh Idrisiy (XII asr) "Qorong’ilik dengizi" nomi bilan shohnoma yozgan. Atlantika okeani nomi birinchi bor 1507 yilda Vald Zemyuller tomonidan to’zilgan haritalarda berilgan. Bu nom o’sha davrdan boshlab barcha manbalarda keng qo’llanilib kelinmoqda. Atlantika okeanining qirg’oq chiziqlari shimolda, ayniqsa Yevropa va SHimoliy Amerika sohillarida kuchli parchalangan va murakkab shakllarni hosil qiladi. Janubiy yarimsharda esa, Afrika va Janubiy Amerika sohillarida qirg’oq chiziqlari ancha sodda, kam parchalangan.
Tekshirilish tarixi. Atlantika okeani juda qadim zamondan kishilarga ma’lum bo’lgan. U ilmiy tadqiqot etilishi jihatdan boshqa okeanlar o’rtasida birinchi o’rinda turadi. Bunga asosiy sabab okean sohillarida ko’plab iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning joylashganligidir. Qadimgi davrdan boshlab okean va uning dengiz qirg’oqlarida dengizda suzishning markazlari Qadimgi Gresiyada, Karfagenda, Skandinaviyada vujudga kelgan.
Atlantika okeani eramizdan oldingi 2 minginchi yillarda O’rtaer dengizidan keyin dengizda suzuvchilarning ikkinchi ob’ekti bo’lib qoladi. Eramizdan oldingi (VI asr) davrlarda finikiyaliklar, rimliklar okeaning Yevropa va SHimoliy Afrika qirg’oqlari bo’ylab suzishgan. Marsellik Pifey eramizdan oldingi IV asrda SHimoliy Atlantika bo’ylab suzishni amalga oshirdi. U suzish paytida bir qator punktlarning kengliklarini aniqladi, suvning ko’tarilish jaryonini o’rganib, uning sababini Oy bilan Quyoshning o’ziga tortish qonuniga bog’liq ekanini birinchi bo’lib isbotlab berdi. 1X-X asrlarda slavyan qabilalari Baltika dengizini o’zlashtira boshlaganlar. X asrda Leyf Erikson Atlantika okeanini so’zib o’tib, Nyufaundlend oroli bilan tanishdi, 40° shimoliy kenglikgacha yetib borib SHimoliy Amerika qirg’oqlarini tekshirdi.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Atlantika okeani Yerning asosiy suv yo’li bo’lib qolgan edi. XV asrda Ispan va Portugal dengizchilari Hindiston va Xitoyga boradigan dengiz yo’llarini qidirib, okeanning ichkari qismlarigacha suzib borganlar. SHulardan portugal B. Diash (1487), X. Kolumb (1492, 1493, 1498 va 1502 yy), ingliz J.Kabot (1497) va portugal Vasko da Gamma (1498) sayyohotlari alohida e’taborga sazovor. X. Kolumb kemada suzish paytida Atlantika okeanining SHimoliy ekvotorial oqimini birinchi bor tezligini o’lchagan, tropik dovul shamolini tafsilotini bergan, Karib dengizi orollarigacha va Janubiy Amerikagacha bo’lgan masofani aniqlagan, magnitning og’ish anomaliyasini toptan va okean chuqurligini o’lchash ishlarini bajargan. 1519-1523 yillarda F. Magellan o’zining dunyo bo’ylab qilgan birinchi sayohati paytida Atlantika okeanini kesib o’tkan. J. Kuk (1772), I.F. Kruzenshtern (1803), F.F. Bellinsgauzen va M.P. Lazerov (1819-1821) sayyohatlari okean haqida ko’plab ilmiy ma’lumotlar berdi.
Atlantika okeani tabiatini kompleks o’rganish XIX asrning oxirida boshlanadi. «CHellenjer» kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi chuqurliklarni, suvning sho’rligini o’lchadi, okeanning suv massasi xususiyatlari haqida, organik dunyosi to’g’risida materiallar to’pladi. Okean tabiatini tadqiq etishga rus va sovet okeanografik ekspeditsiyalari ham katta hissa qo’shdilar. Xalqaro geofizika yili (1957-1958 yy) davrida okean hayotiga va tabiat komponentlariga taalluqdi juda ko’p materiallar to’plandi. Hozirgi vaqtda ko’plab mamlakatlarning 40 ta zamonaviy texnika asboblari bilan jihozlangan ilmiy kemalardan tarkib topgan ekspeditsiyasi suv massalari xususitlarini, okean tagi relьefi va geologiyasini, tabiat zonalarini tadqiq kilishni davom ettirmoqda. Okeanshunoslar okean bilan atmosferaning o’zaro aloqadorligi va ta’sirini, Golfstrim, SHimoliy Atlantika hamda Passat oqimlarning tabiatini o’rganmoqdalar.

Download 37.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling