TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI
ARAB FILOLOGIYASI KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: ARAB TILIDA SINIQ KO’PLIK
BAJARDI:______________________
TEKSHIRDI:____________________
TOSHKENT 2020
MUNDARIJA
KIRISH 3
I.BOB. ARAB TILIDA SINIQ KO‘PLIK TUSHUNCHASI 4
1.1 Arab tilidagi otlarning siniq ko‘pligi. 4
1.2 Siniq ko‘plik shakllarini hosil qilish 7
14
II. BOB. SINIQ KO‘PLIK SHAKLLARI 15
2.1 So‘zlarning siniq ko‘pligi 15
2.2 Siniq ko‘plikning qo‘llanilishi. Ikki kelishikli ismlar 22
26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 27
KIRISH
Mazkur “Siniq ko‘pliklarini tizimga solish” ma’vzuidagi kurs ishi arab nahvida juda muhim bo‘lgan qoida siniq ko‘plikka bag‘ishlangan bo‘lib, unda turli qoliplarda yasalagan uch o‘zakli fe’llarni ma’lum qoliplarga solib, ularning siniq ko‘pliklarini yasash qoidalari sharxlangan.
O‘zbek tili o‘z taraqqiyotida turkiy va boshqa tillar bilan yaqin aloqada bo‘lib, ular o‘zbek tilining lug‘at tarkibi va grammatik qurilishiga bevosita ta’sir etgan. Ayniqsa, Markaziy Osiyo va Volga bo‘yida Islom dinining yoyilishi, XI asrdan keyin arab tilining fan tili sifatida tarqalishi o‘zbek tilida arab elementlarining keng qo‘llanishiga olib keldi. O‘zbek tili tarkibiga arab elementlarining kirib kelishi forsiy badiiy adabiyot tili orqali ham yuz bergan. SHuning uchun, o‘zbek badiiy adabiyoti va adabiy tili taraqqiyotida arab tilining o‘rni sezilarlidir. Bu holat esa hozirgi ilm toliblariga arab tilining xususiyatlarini zarurat darajasida bilishni taqozo etadi.
Bundan tashqari, ma’naviyatimiz tarixiga oid bo‘lgan ilmiy va adabiy asarlarning aksariyati arab tilida bitilgan. Bu asarlarni bugungi kunda o‘rganish katta ahamiyat kasb etib, tarix, til va adabiyot kabi fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotganlar uchun muhim manba bo‘lib hisoblanadi. Arab yozuvi va tilini o‘rganish tarixiy manba’lar bilan tanishish va ulardan ilmiy, amaliy maqsadlarda foydalanish imkonini beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |