Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti


Download 392.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.11.2019
Hajmi392.09 Kb.
  1   2

O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI 

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 

TOSHKЕNT  DAVLAT  SHARQSHUNOSLIK  INSTITUTI 

SHARQ FILOLOGIYASI  VA  FALSAFA  FAKULTETI 

Falsafa ta‘lim  yo‘nalishi 

IV kurs arab-ispan guruhi  talabasi 

QAYUMOV ZOKIRJONning 

―Ijtimoiy  falsafa‖  fanidan 

 

 

 



KARL POPPERNING IJTIMOIY-FALSAFIY  

QARASHLARI

 

mavzusidagi 

KURS ISHI 

 

 

 

 

 

Ilmiy rahbar: o‘qit. A. Abduhalimov   

 

 

 

 

TOSHKENT  – 2014 



 

REJA:



 

 

 

Kirish 



1.  Karl  Popper – postpozitivizm falsafasining  yirik  vakili 

2.  Popperning  falsafa  tarixi  davrlarin  va  qadimgi  faylasuflarning  davlat 

to‘g‘risidagi  fikrlari  tahlili   

3.  K.Popperning  ― Ochiq jamiyat  va uning  dushmanlari  ‖  

asaridagi  ijtimoiy-  falsafiy  qarashlari   

Xulosa 


Foydalanilgan  adabiyotlar ro‘yxati 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Kirish



 

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‗zbekiston o‗z davlat mustaqilligi – 

suverenitetini  1991-yil  31-avgustda  e‘lon  qilinishi  nafaqat  xalqimiz  ijtimoiy–

iqtisodiy  va  siyosiy  taqdirida,  balki  xalqimiz  ma‘naviy  taraqqiyotida,  ta‘lim–

tarbiya  tizimida,  shu  jumladan  yuksak  malakali  mutaxassislar  tayyorlash 

tizimida  ham  tom  ma‘noda  mustaqil  taraqqiyot,  asl  milliy  va  ayni  paytda  yangi 

zamonaviy  umuminsoniy  ma‘naviy–ilmiy  qadriyatlarning  qaytadan  kashf  etilishi 

xalqimizga  qaytarilishi,  chuqur  manbaviy  va  har  tomonlama  zamonaviy  ilmiy 

falsafiy  usul  va  prinsiplar  asosida  o‗rganish,  tadqiq  etish,  ayniqsa,  yangi  davr 

g‘arb  falsafasi  ixtisosligi  bo‗yicha  mutaxassislar  tayyorlash  imkoniyatlarini  ham 

ochib  berdi.  ―Avvalgi  yillarda,  -  deb  ta‘kidlaydi  Prezidentimiz  I.A.Karimov,  - 

ta‘lim  tizimimiz  jahon  sivilizatsiyasining  ilg‗or  yutuqlaridan  va  xalqimizning 

tarixiy  ildizidan  ajralib  qolgan  edi.  Bu  ahvol  tubdan  o‗zgartirilishi  lozim.  Aslini 

olganda,  xalqimizning  aqliy  boyliklarini,  jahon  fani  va  madaniyatining  eng 

yaxshi  yutuqlarini  o‗ziga  singdirib  oladigan  yangi  avlodni  kamol  toptirish  … 

shu  asosdagina  millatning  ongli  vatanparvar  birligi  ruhini  vujudga  keltirish 

mumkin


1

‖.  Umuman  olganda  jamiyat  rivoji  uchun  falsafa  ilmi  o‘ziga  xos 

ravishda  xizmat  qiladi.  Uni  shakllantirishda  esa  g‘arb  va  sharq  faylasuflarining 

o‘rni beqiyosdir.  

Prezidentimiz  Islom  Abdug‗aniyevich  Karimov  aytganlaridek,  ―Dunyo 

tan  olgan  ko‘p  ulug‘  faylasuflarning  asarlari  hanuzgacha  o‘zbek  tilida  nashr 

etilmaganligi  tufayli  aksariyat  ziyolilar,  xususan  yoshlarimiz  ularning  g‘oyaviy 

qarashlari  bilan  yaxshi  tanish  emas.  Suqrot,  Platon,  Nitsshe  va  Freyd  kabi 

olimlarning,  hozirgi  zamon  faylasuflarining  kitoblarini  tushunarli  qilib,  izoh  va 

sharhlar  bilan  o‘zbek tilida chop etishimiz  kerak

2

‖. 


Shuningdek, 

prezidentimiz 

ota-bobolarimizning 

asrlar 


davomida 

to‘plagan  hayotiy  tajribalari,  diniy,  axloqiy,  ilmiy  qarashlarini  o‘zida  mujassam 

                                                                 

1

 Karimov  I.A. O'zbek  xalqi  hech qachon hech kimga  qaram  bo‘lmaydi.  - T.: ―O‘zbekiston‖,  2006.  – B. 104. 



2

 O‘sha asar. – B. 112. 



 

etgan  nodir  qo‘lyozmalarni  jiddiy  o‘rganish  davri  kelgan



3

  ligini  mustaqillikning 

dastlabki  yillarida  alohida  ta‘kidlab  o‘tgan.  Bular  orasida  Sharq  va  G‘arb 

falsafasi  ahamiyatlidir.   

Jamiyat  taraqqiyotidagi  har  qanday  o‗zgarishlar,  yangiliklar,  ayniqsa, 

insoniyat  rivojiga  katta  turtki  beradigan  jarayonlar,  kashfiyotlar  o‗z-o‗zidan  yuz 

bermaydi.  Buning  uchun,  avvalo,  asriy  an‘analar,  tegishli  shart-sharoit,  tafakkur 

maktabi,  madaniy–ma‘naviy  muhit  mavjud  bo‗lmog‗i  kerak.  ―…Biz  ko‘p 

masalalarda  g‘arb  faylasuflarining  fikrlari  bilan,  ayniqsa,  individualism,  egoizm 

qarashlarini  ilohiylashtirish  bilan  kelishmasligimiz  mumkin.  Lekin  ularni 

hisobga  olishimiz,  keraklisini  e‘tirof,  keraksizini  inkor  etishimiz  zarur

4

‖.



 

Umuman  olganda,  Markaziy  Osiyo  madaniy  merosi  jahon  madaniyati  va 

ma‘rifatining  uzviy  ajralmas  qismini  tashkil  etadi.  Demak,  Prezidentimiz 

yuqorida  ta‘kidlab  o‘tganlaridek,  g‘arb  faylasuflarining  qarashlarini  ham  yoshlar 

ongiga  ularni  sharq  faylasuflarining  fikrlari  bilan  uyg‘unlashtirgan  holda 

singdirib  borish  darkor.  Shuning  uchun  hozirda,  yangi  davr  g‘arb 

faylasuflarining,  xususan,    Karl  Popperning  ijtimoiy-falsafiy  fikrlarini  o‗rganish 

shu bugungi kunning  eng muhim  va dolzarb vazifalaridandir. 



Kurs ishining maqsad va vazifalari. Mavzuni yoritishdan maqsad – Karl 

Popperning  ilmiy  merosini  o‘rganish  va  uning  ijtimoiy-falsafiy  qarashlari  haqida 

ma‘lumotlar  berishdan iborat. 

 

Yuqoridagi  maqsadlarga erishish  uchun quyidagi  vazifalar  belgilandi: 



  XIX  –  XX  asrlarda  Yevropadagi  tarixiy  shart-sharoit,  madaniy  va  ma‘naviy 

muhitni  o‘rganish;  

  Karl  Popperning hayot yo‘li va ilmiy  me‘rosini tadqiq etish; 

  Karl  Popperning  ―Ochiq  jamiyat  va  uning  dushmanlari‖  asaridagi  ijtimoiy-

falsafiy  qarashlarini  tahlil  qilish; 

  Popperning  falsafa  tarixi  davrlari  va  qadimgi  faylasuflarning  davlat 

to‘g‘risidagi fikrlari  o‘rganish va tahlil  qilish; 

                                                                 

3

 

Qarang:  Karimov  I.A. Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo‘q.   - T.:  ―Sharq‖, 1998.  – B.4. 



4

 Karimov  I.A. O'zbek  xalqi  hech qachon hech kimga  qaram  bo‘lmaydi.  - T.:  ―O‘zbekiston‖, 2006.   – B.  113. 



 

  K.Popperning  ―  Ochiq  jamiyat  va  uning  dushmanlari  ‖asaridagi  ijtimoiy- 



falsafiy  qarashlari  falsafiy  tahlil  qilish; 

  Karl  Popperning  ―ochiq  va  yopiq  jamiyat‖  haqidagi qarashlarini o‘rganish va 

tadqiq etish; 

  Karl  Popperning  ijtimoiy-falsafiy  fikrlarining  yangi  davr  ilm-fani 

taraqqiyotidagi  ahamiyatini  tahlil  qilish; 

  Karl  Popperningning  ijtimoiy-falsafiy  qarashlarini  umumlashtirgan  holda 

umumiy  xulosalar  berish; 

Kurs  ishi  mavzusining  nazariy-metodologik  asoslari.  Tadqiqotning 

metodologik  asosini  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti    I.  A.  Karimovning 

asarlari,  ma‘ruza  va  nutqlarida  ilgari  surilgan  G‘arb  falsafasini  o‘rganishga, 

shuningdek,  jamiyat  taraqqiyotiga  oid  uslubiy,  ilmiy-nazariy  ko‘rsatmalari 

muhim  rol o‘ynadi.  

Tadqiqot  jarayonida  ilmiy  bilishning  obyektivlik,  mantiqiylik,  tarixiylik 

va tizimlilik  tamoyillariga  amal  qilindi. 

Kurs  ishning  obyekti  va  predmeti.  Kurs  ishining  obyekti  –  XX  asr 

G‘arbiy Yevropadagi postpozitivizm  falsafasi. 

Kurs  ishining  predmetini  esa  Karl  Popperning  ijtimoiy-falsafiy  qarashlari 

tashkil  etadi. 



Kurs  ishi  mavzusining  yangiligi.  Karl  Popperning  ―Ochiq  jamiyat  va 

uning  dushmanlari‖  asaridagi  ijtimoiy-falsafiy  qarashlari,  uning  falsafa  tarixi 

davrlari  va  qadimgi  faylasuflarning  davlat  to‘g‘risidagi  fikrlari,  u  ilgari  surgan 

ijtimoiy  fikrlari  va  g‘oyalarining  bevosita  ingliz  va  rus  tilidan  tarjima 

qilinganligi,  hamda  kurs  ishi  darajasida  tahlil  qilinganligi  jihatidan  yangi 

tadqiqot va izlanish  hisoblanadi. 

Mavzu  doirasida  asosan  ―Ochiq  jamiyat  va  uning  dushmanlari‖  ning 

ingliz  va rus tillaridagi  nusxalaridan  foydalanildi  va ular qiyosiy o‘rganildi.   



Tadqiqot  natijalarining  ahamiyati.  Bugungi  kunda  butun  dunyo  tarixi, 

turli  xalqlarda  mavjud  bo‘lgan  jamiyatlar,  ular  haqida  turli  olimlarning  bildirgan 

fikrlarini  dunyo  faylasuflari  asarlaridan  bevosita  tarjima  qilish  orqali  o‘rganish 


 

muhim  ahamiyatga  egadir.  Shu  nuqtai  nazardan  kelib  chiqib,  kurs  ishi 



mavzusining  ahamiyati  quyidagilar  bilan  belgilanadi: 

Birinchidan,  XIX  –  XX  asrlarda  Yevropadagi  tarixiy  shart-sharoit, 

madaniy  va  ma‘naviy  muhitni  obyektiv  ravishda  o‘rganish  va  tegishli  xulosalar 

berish muhim. 

Ikkinchidan,  Karl  Popperning  hayot  yo‘li  va  ilmiy  me‘rosini 

respublikamizda  birinchilar  qatorida o‘rganish va tadqiq etish. 



Uchinchidan,  Karl  Popperning  falsafiy  asarlari  bilan  tanishish,  ular 

haqida umumiy  ma‘lumot  olish. 



To’rtinchidan,  Karl  Popperning  ―Ochiq  jamiyat  va  uning  dushmanlari‖ 

asaridagi  ijtimoiy-falsafiy  qarashlarini  bevosita  ingliz  tilidan  tarjima  qilish  va 

tahlil  qilish. 

Beshinchidan,  Karl  Popperning  falsafa,  tarix,  ijtimoiy  falsafaga  oid 

fikrlarini  boshqa  faylasuf-olimlarning  qarashlari  bilan  taqqoslagan  holda 

o‘rganish, bu fikrlarning  jamiyatdagi  ahamiyati  tahlil  qilish. 

Mazkur  ish  materiallari  oliy  o‘quv  yurtlari  falsafa  yo‘nalishi  va  g‘arb 

falsafasi  mutaxassisligining  bakalavr  va  magistratura  bosqichi  talabalari  uchun 

maruza  matnlarini,  maxsus kurs mavzularini  tayyorlashda yordam beradi.  

 

Kurs  ishining  tarkibi.  Kurs  ishi  ―Kirish‖,  uch  band,  ―Xulosa‖  hamda 

―Foydalanilgan  adabiyotlar ro‘yxati‖  dan iborat. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Karl Popper – postpozitivizm  falsafasining  yirik vakili



 

XIX  asrning  oxiri  –  XX  asrning  boshlaridagi  davr  shu  bilan  ajralib 

turadiki, 

falsafiy 

maktablar 

XIX 


asr 

ikkinchi 

yarmida 

ijod 


qilgan 

mutafakkirlarning  g‗oyalarini  rivojlantirib,  to‗plagan  ilmiy  bilimlarni  Gegeldan 

keyingi  davrdagi  falsafiy  asoslarning  biri  atrofida  birlashtirishga    harakat 

qildilar. 

Yangi  pozitivistcha  ta‘limotning  parchalanishi  umumiy  nomda  birlashgan 

―postpozitivizm‖  deb  atalagan  bir  qator  fan  falsafasining  prinsiplarini  vujudga 

kelishiga  olib  keldi.  Bu  yo‗nalishning  asoschisi  ―kritik  ratsionalizm‖  ijodkori 

Karl  Popper  edi.  Postpozitivizmga  I.Lakatos,  T.Kun,  S.Tulmin,  D.Agassi, 

P.Feyerbend  kabi  yirik  g‗arb  faylasuflarining  qarashlari  taalluqlidir.  Bu 

faylasuflarning  asosiy  vazifasi  fan  falsafasida  pozitivistcha  uslubdagi  tafakkurni 

bartaraf etish edi. 

Karl  Raymund  Popper  jahon  falsafasi  postpozitivizmining  asosiy  yirik 

vakillaridan  biri  hisoblanadi.  Avstriyalik  va  britaniyalik  faylasuf  va  sotsiolog 

Karl  Raymond  Popper  1902-yilning  28-iyulida  Vena  shahrida  yurist  oilasida 

tavallud  topdi.  Uning  otasi  Simon  Zigmund  Karl  Popper  Vena  universitetida 

professor  bo‘lgan  va  u  sotsiologiya,  politologiya,  falsafa  fanlari  bilan  qiziqqan. 

Karl  Popper  bolaligidan  ko‘plab  falsafiy  ilmlar  bilan  shug‘ullangan.  U  1918-

yilda  Vena  universitetiga  o‘qishga  kirgan  va  matematika,  fizika,  falsafani 

o‘rgangan.  Karl  Popperning  onasi  unga  musiqa  sirlarini  ham    o‘rgatgan. 

Keyinchalik  u  konservatoriyaga  ham  kirgan.  Dastlab  u  1937-yilgacha  Vena 

shahrida,  1937  –  1945  –  yillarda  Yangi  Zelandiyada  ishlagan.  1946-yildan 

boshlab  70  –  yillarning  o‘rtalariga  qadar  Londondagi  iqtisodiyot  va  siyosiy 

fanlar  maktabida  professor  sifatida  faoliyat  yuritgan.U  qadimgi  davr 

faylasuflarinig  davlat,  jamiyat  haqidagi  qarashlarini,  Zigmund  Freyd,  Protagor, 

Platon,  Geraklit  va  boshqa  faylasuflarning  ta‘limotlarini  o‘rgangan.  Karl  Popper 

ko‘plab  asarlar  yozgan.  Uning  eng  mashhur  asarlaridan  biri  bu  ―Ochiq  jamiyat 

va  uning  dushmanlari‖  asaridir.  Ushbu  asarda  u  qadimgi  davr  faylasuflarining 

qarashlarini  o‘rgangan,  tahlil  qilgan  va  asar  boblarida  ularning    qarashlariga  o‘z 



 

fikrini  ham  bildirib  o‘tgan.  Karl  Popper  1994-yil  17-sentabrida  92  yoshida 



Londonda  vafot etgan. 

XX  asr  30-yillardayoq  Popper  yangi  pozitivizmning  induktivizmi, 

ma‘noning  verifikatsiyachilik  nazariyasi,  fan  asosini  tajribaviy  tabiatni  hodisa 

sifatida  talqin  qilishni  qattiq  tanqid  ostiga  olgan  edi.  U  ilmiy  bilishda 

metafizikaning  o‗rni  va  metafizik  (an‘anaviy  falsafiy)  muammoni  oqlash 

masalasini  qo‗ygan  edi.  U  shuni  ko‗rsatadiki,  metafizikada  aytilgan  hukmlarni 

hissiy  ma‘lumotlarga  tadbiq  qilib  bo‗lmasligi  asosida  uni  rad  etish,  mantiqiy 

jihatdan  fundamental  fanlarning  butun  nazariy  asoslarini  rad  etishga  olib  keladi. 

―O‗zlarining  metafizikani  barbod  qilish  intilishlarida,  -  deb  yozadi  K.Popper,  - 

pozitivistlar  u  bilan  birgalikda  tabiiy  fanlarni  ham  yakson  qiladilar,  negaki,  ilm-

fan  qonunlari  aynan,  metafizik  hukmlarga  o‗xshash  bo‗lib,  ularni  hissiy  tajriba 

haqidagi  oddiy  ifodalarga  taalluqli  deb  bo‗lmaydi.  Ma‘noni  tushunishda  agar 

izchil  ravishda  Vitgenshteyncha  mezonlar  qo‗llanilsa,  u  vaqtda  o‗sha  tabiat 

qonunlarini  ahamiyatsiz  narsa  sifatida  uloqtirishga  to‗g‗ri  keladiki,  Eynshteyn 

ta‘biricha, ularni  qidirish  «fizikaning  oliy vazifasi‖  dir

5

‖.  



Popper  fikricha,  ilmiy  bilim  asosan  faraziy  xususiyatga  ega:  ―Biz 

bilmaymiz-  biz  faqat  faraz  qilishimiz  mumkin‖

6

.  Popper  ―Ochiq  jamiyat  va 



uning  dushmanlari‖  deb  atalgan  mashhur  kitobning  muallifi  bo‗lib,  unda  totalitar 

davlat  tuzumlarini  tanqid  ostiga  olib,  ularga  liberal  qadriyatlarni  qarama-qarshi 

qo‗ydi. 

Karl  Popper  mantiqiy  pozitivizm  ta‘siri  ostida  bo‘lgan,  lekin  o‘zining 

falsafiy  konsepsiyalari  –  tanqidiy  ratsionalizm,  ilmiy  bilimning  ortishi  haqidagi 

nazariya  va  falsifikatsionizmni  neopozitivizmga  qarshi  qo‘ygan.  Popper 

mantiqiy  empiristlarning,  ilmiy  mulohazalar  mezoni  verifikatsiya  tamoyili  degan 

fikriga  qarshi  falsafaning  asosiy  vazifalaridan  biri  sifatida  demarkatsiya 

muammosi  (ilmiy  bilimni  noilmiy  bilimdan  ajratish)  ni  ilgari  surgan.  Popperning 

fikriga  ko‘ra,  demarkatsiya  usuli  –  falsifikatsiyadir,  ya‘ni  fanga  tegishli  bo‘lgan 

                                                                 

5

 Поппер Карл. Логика и рост научного знания.—М.,  «Наука», 1983.  –С 57-58. 



6

 O‘sha asar. –B 226. 



 

har  qanday  fikrni  inkor  etish.  U  mantiqiy  pozitivistlarning  tor  empirizmidan 



hamda  bilimning  mutlaq  ishonchli  asosini  izlashdan  voz  kechdi.  Popperning 

qarashlariga  ko‘ra,  bilimning  empirik  va  nazariy  darajalari  bir  –  biri  bilan  uzviy 

darajada  bog‘liqdir;  har  qanday  ilmiy  bilim  faqat  gipotetik,  taxminiy  harakterga 

ega  va  xato  (fallibilizm  tamoyili)  bo‘lishi  mumkin.  Ilmiy  bilimning  ortishi  dadil 

gipotezalarni  ilgari  surish  va  ularni  rad  etilishini  amalga  oshirishdan  iboratdir. 

Buning  natijasida  muhim  bo‘lgan  muammolar  hal  etiladi  va  bu  jarayon  unda  hal 

qiluvchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Popper  o‘zining  mantiqiy  –  metodologik  va 

kosmologik  konsepsiyalarini  asoslash  uchun  neodarvinizm  va  emerjent 

rivojlanish  g‘oyalaridan  foydalangan.  U  ilmiy  bilimning  ortishini  dunyodagi 

umumiy  evolutsion  jarayonlarning  xususiy  ko‘rinishi  sifatida  tushunadi.  Popper 

tomonidan  ilgari  surilgan  ―uch  dunyo‖  metafizik  nazariyasida  bir-biriga 

reduksiya  qilib  bo‘lmaydigan  jismoniy  va  mental  dunyolarning,  shuningdek 

obyektiv  bilim  dunyosining  mavjudligi  ta‘kidlanadi.  Popper,  shuningdek 

tushuntirishning  deduktiv  –  nomologik  sxemasi  asoschisidir.  Bu  sxemaga 

muvofiq,  agar  mulohaza  muvofiq  qonunlar  va  chegara  shartlari  majmuidan 

deduktiv  ravishda  chiqarilgan  bo‘lsagina  u  tushuntirilgan  hisoblanadi.  Mantiqiy 

semantika  g‘oyalariga  asoslangan  holda  Popper  ilmiy  nazariya  (gipoteza)  lar 

mazmunining  haqiqiyligi  yoki  yolg‘onchiligini  aniqlash  usulini  taklif  qildi. 

Ilmiy  bilimni  ortishi  nazariyasini  yaratish  dasturini  amalga  oshirishda  Popper 

tomonidan 

falsifikatsiya 

tamoyilining 

mutlaqlashtirilishi, 

ilmiy 


bilimning 

obyektiv  jihatdan  haqiqiyligini  tan  olmasligi,  bilim  asoslarini  talqin  etilishidagi 

konvensionalizm  hamda  obyektiv  bilimning  tarixiy  konkret  biluvchi  subyektdan 

ajratilishi  bilan  bog‘liq bo‘lgan jiddiy  qiyinchiliklarga  duch keldi

7

.  


Ilmiy  va  g‗ayri  ilmiy  bilimlarni  ajratish  mezoni  sifatidagi  pozitivistcha 

verifikatsiya  qoidasini  tanqid  qilib,  Popper  haqli  ravishda  ko‗rsatib  o‗tadiki, 

―nazariyani  hech  qachon  tajribaviy  jixatdan  verifikatsiya  qilib  bo‗lmaydi‖

8



Ilmiy  haqiqatga  erishish  vositasi  sifatida  intuktiv  mantiqni  mutlaqlashtirishni 

ham  Popper  haqli  ravishda  tanqid  qiladi.  Ma‘lumki,  o‗z  vaqtida  D.Yum 

                                                                 

7

 Qarang: Jowet W.. The works of Karl  Popper. —Nyu York.,  «Education», 1998.  –P 313. 



8

 Поппер Карл.  Логика и рост научного знания.—М.,  «Наука», 1983.  –С 62. 



10 

 

induksiyani  mantiqiy  asoslash  muammoli  ekanligini  ko‗rsatib  o‗tgan  edi.  Shu 



munosabat  bilan  Popper  yozadi:  ―Induksiya  qoidasini  oqlash  uchun,  biz  uchun 

induktiv  xulosalarni  qo‗llashga  to‘g‗ri keladi, ularni oqlash uchun esa, yuqoriroq 

darajada  turgan  induktiv  qoidani  kiritish  lozim,  va  hokazo  shu  ruhda  davom 

etish  zarur.  Demak,  tajribadan  kelib  chiqib,  induksiya  qoidasini  asoslashga 

urinish,  zaruriy  ravishda  yemirilishga  duchor  bo‗ladi,  negaki,  u  muqarrar 

ravishda cheksiz (regress) tanazzulga  olib keladi‖

9



Yangi  pozitivistcha  ta‘limotga  qarshi  o‗laroq,  Popper  o‗zining 



verifikatsiyalar  (tasdiqlash)  nazariyalariga  emas,  balki  ularning  falsifikatsiya 

qilish  (soxtalash)  jihatlariga  asoslangan  ilmiy  bilim  uslubini  tavsiya  qiladi.  Ilmiy 

usulning  mantiqiy  asosi  sifatida  Popper  induktiv  emas,  balki  deduktiv  mantiqni 

ko‗radi,  aniqroq  aytganda  esa,  uning  qoidasi  bo‗lgan  modus  tollensni  nazarda 

tutadi.  Popper  nazaridagi  ilmiy  nazariyalarni  tanlash  va  tekshirishning  umumiy 

tasviri  quyidagicha  ko‗rinishga  ega:  taxminlar  o‗rtacha  qo‗yilgandan  keyin 

mantiqiy 

deduksiya 

yordamida 

ulardan 


qandaydir 

xulosalar 

keltirib 

chiqariladiki,  ularni  tajribada  tekshirishdan  o‗tkazish  mumkin  bo‗ladi.  Agar  

xulosalardan  biri  tasdiqlanib  qolsa,  biz  ham  taxminning  haqiqiyligi  haqida  hukm 

yurita  olmaymiz.  Ammo  agar  ana  shunday  xulosalardan  biri  rad  etilsa,  undan 

shu  narsa  kelib  chiqadiki,  taxmin  yolg‗on  bo‗ladi.    Bundan  Popper  shunday 

xulosaga  keladiki,  ―nazariyaning  ilmiy  maqomining  mezoni  uning  soxtalash 

mumkinligi  va raddiyaligidir‖

10

.     



Popper  taklif  qilgan  ilmiy  nazariyalar  haqiqiyligini  baholash  me‘yorining 

ichki  qarama  –  qarshiligi  isbotlangan.  Popperning  oxirgi  falsafiy  asarlari  ong 

nazariyasini  ishlab  chiqishga,  hozirgi  zamon  falsafasidagi  irratsional  va 

relyativistik  mayl  (tendensiya)  larga  qarshi  yo‘nalgan  ratsionalizm  himoyasiga 

bag‘ishlangan.   

Ijtimoiy  falsafa  sohasida  Popper  marksizm  va  tarixiylikni  tanqid  qiladi.  U 

ijtimoiy  rivojlanishning  obyektiv  qonunlari  va  jamiyat  rivojlanishi  taqdirlarini 

bashorat  qilish  mumkinligini  rad  etadi.  Popper  g‘oyalari  I.Lakatos,  U.Bartli, 

                                                                 

9

 Поппер Карл.  Логика и рост научного знания.—М.,  «Наука», 1983.  –С 48-49. 



10

 O‘sha asar. –B 245. 



11 

 

J.Agassi 



konsepsiyalarida, 

shuningdek 

tanqidiy 

ratsionalizmning 

turli 

yo‘nalishlarida  rivojlantirildi.    



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

12 

 

Popperning  falsafa tarixi   davrlari   va  



qadimgi  faylasuflarning  davlat  to’g’risidagi   fikrlari  tahlili 

Karl  Popper  postpozitivizmning  yirik  namoyondalaridan  biri  sifatida  o‘z 

diqqat-e‘tiborini  ijtimoiy-tarixiy  jarayonlarni  o‘rganishga  jalb  qildi.  Uning 

ushbu  sohaga  tegishli  bo‘lgan  asosiy  asari  ―Ochiq  jamiyat  va  uning 

dushmanlari‖  deb  nomlanadi.  Mazkur  asarda  Popper  falsafa  tarixi  davrlarini 

tahlil  qilib  chiqadi.  

Popper  tahlilni  qadimgi  davr  falsafasidan  boshlaydi,  bunda  dastlabki 

demokratik  jamiyatlarning  paydo  bo‘lishini,  xususan,  Afina  davlat-shaharlari 

tarixini  tahlil  qilib  beradi.  

Shuningdek,  Popper  Qadimgi  davr  faylasuflarining  davlat  to‘g‘risidagi 

fikrlarini  ham  tahlil  qilib  chiqadi.  Dastlabki  demokratik  jamiyat  Afinada 

shakllanadi,  u  quldorlik  demokratiyasi  edi.  Bu  jamiyat  qadimgi  aristokratik 

tuzumga  qarshi  qurol  natijasida  vujudga  keladi.  Aristokratik  polis  davlatlarni 

oliyzotlar  sulolasi  boshqarar  edi.  Aristokratik  tuzumni  qadimgi  faylasuflardan 

Effeslik  Geraklit,  Protagor  va  Aflotun  yoqlab  chiqqan  edi

11

.  Popper  bu  ikki 



donishmandning  jamiyat,  davlat  haqidagi  qarashlarini  tahlil  qiladi.  U  Geraklitni 

jamiyat  taraqqiyotini  orqaga  qaytish  jarayonida  deb  talqin  qilgani  uchun  tanqid 

qiladi.  Geraklit  fikricha,  go‘zallik  va mutanosiblik  dunyosi abadiy dunyodir.  

Shuning  uchun  ham  u  o‘zgarmasdir.  Zaminiy  dunyoda  esa  hamma  narsa 

o‘tkinchidir,  o‘zgaruvchandir,  nisbiydir.  Shunga  zaminiy  hayot  mutanosib  va 

abadiy  bo‘la  olmaydi.  Go‘zallik  dunyosi,  Geraklit  fikricha,  ilohiy  logos 

dunyosidir.  Bu  dunyo  oquvchanlikni,  o‘zgaruvchanlikni  aniqlab  beradi.  Zaminiy 

qonunlarda  samoviy  qonuniyatlar  in‘ikos  etadi.  Bu  dunyoda  hamma  narsa 

o‘zgaruvchan,  oquvchandir.  Popper  Geraklitni  demokratik  jamiyatni  birinchi 

dushmani deb biladi, uni ―tanlanganlar‖  nazariyasining  tarafdori deb, hisoblaydi. 

Geraklitning  intuitsiya  haqidagi  ta‘limotini  Popper  mistika  deb  ataydi, 

dunyoqarashini  esa ratsionalizmga  qarshilikda  ayblaydi.    

                                                                 

11

 Qarang: Jowet W.. The works of Karl  Popper. —Nyu York.,  «Education», 1998.  –P 342. 



13 

 

Popper  o‘zining  ―Ochiq  jamiyat  va  uning  dushmanlari‖  asarining  5  – 



bobida  mazkur  faylasuflar  qatorida  sofistlarning  ham  tabiat,  jamiyat,  davlat  va 

shartnoma haqidagi  fikrlarini  tahlil  qilib o‘tadi.  

Popper  bu  bobda  keltirishicha,  ―Aflotun  jamiyatni  ilmiy  analiz  qilgan 

birinchi  faylasuf  emas.  Dastlabki  buyuk  mutafakkirlar  o‘zlarini  sofistlar  deb 

ataganlar.  Odamning  atrof  muhitdagi  tarkibiy  qismi  –  uning  tabbiy  va  jamiyat 

muhitidagi  farqi  ehtiyoj  deb  tushunishgacha  belgilanganidan  farq  qiladi.  Bu  farq 

murakkab  barpo  etilgan  va  anglangan  dalillardan  xulosa  chiqarilganidek,  hozir 

biz  fikrimizda  mavjud  bo‘lgan  isbotdan  farq  qilmaydi.  Protagor  davridan  beri 

har  doim  savol-javoblar  mavjud  bo‘lgan.  Bizga  ko‘proq  ma‘qullangan 

jamiyatimizning  hayratomuz  kuchli  ishtiyoqi  tabiiydek  tuyuladi.  Ibtidoiy 

qabilaga  oid  xatti-harakatlar  ajoyib  xarakterlidir.  Yopiq  jamiyatda  yashash 

quyosh nur sochganda undan bebahra qolgandekdir

12

‖. 


Qonun  – tabiiy qonun ifodasida aniq tasvirlanadi. Agar biz tabiat qonunini 

to‘g‘ri  yoki  noto‘g‘riligini  bilmasak  va  agar  yana  biz  o‘zimizning  ishonchsiz 

qarashlarimizni  belgilasak,  biz  uni  keyin  gipoteza  deb  ataymiz.    Agar  biz  tabiat 

qonunlari 

o‘zgarmas 

va 


bu 

qonunlarga 

qarshiliklarni 

mavjudligini 

ta‘kidlaydigan  bo‘lsak,  bu  o‘z  gipotezamizni  yetarlicha  darajada  rad  etish 

bo‘ladi.  Tabiat  qonunlari  o‘zgarmagandan  beri,  bular  na  parchalanadi,  na 

bo‘ysunishga  majbur  etadi.  Bular,  ya‘ni  tabiat  qonunlari  inson  boshqaruvidan 

keyin  deyarli  imkoni  boricha  texnologik  maqsadlar  uchun  foydalanilgan. 

Hammasidan  farqli  o‘laroq,  tabiatda  yana  normativ  qonunlar  ham  mavjud.  Bu 

ehtimol  yaxshi  yoki  yomon,  to‘g‘ri  yoki  noto‘g‘ri,  ma‘qul  yoki  noma‘qul 

shaklda  ifodalangan  bo‘lishi  mumkin.  Agar  normativ  qonunga  rioya  qilinganida, 

o‘sha  paytda  bu  harakatlar  va  qarorlar  har  doim  inson  boshqaruvi  natijasidir. 

Men  mutafakkirlarga,  ayniqsa  jamiyatdagi  ko‘p  sonli  olimlarga  ishonaman. 

Ammo  bu  fikrlar  anglanmaguncha  umuman  qabul  qilinmaydi.  Ko‘plab 

mutafakkirlar  ta‘qiqlar  va  buyruqlar  normasi  borligiga  ishonadilar  va  quydagi 

                                                                 

12

 Popper K.R..  The Open Society and Its Enemies.  (―Ochiq jamiyat  va uning dushmanlari‖).  —London., « Soros 



Foundation », 1964.  –P 238. 

14 

 

fikrni  aytib  o‘tadilar:  mutlaq  qonuniy  normalar  inson  tabiati  yordamida  qabul 



qilinadi.  Men  Platonning  sotsiyalogiyasini  tushunish  zaruriy  deb  bilaman  va 

tabiat hamda normativ  qonun o‘rtasidagi tafovut borligiga  aminman‖.   

Go‘zallik  va  mutanosiblik  dunyosini  Aflotun  g‘oyalar  dunyosi deb ataydi. 

G‘oyalar  dunyosini  Aflotun  narsalar  dunyosiga  qarshi  qo‘yadi.  Abadiy g‘oyalar 

ilohiy  mohiyatlardir

13

.  Popper  Aflotunning  g‘oyalar  dunyosini  harakatsizlikda, 



o‘zgarmaslikda  ayblaydi.  Lekin  bu  Aflotun  ajodining  birinchi  davriga  xosdir, 

ikkinchi  davrida  esa  Aflotun  g‘oyalar  dunyosining  evolutsiyasi  va 

mukammallashishi  haqida  fikr  yuritadi.  O‘zining  ―Pir‖,  ―Timey‖,  va  ―Fedon‖ 

kabi  dialoglarida  koinotning  pifagorcha  tuzilishi  haqida  fikr  yuritadi.  Aflotun 

kosmogoniyasi  Geraklitning  qarashlariga  o‘xshashdir.  Har  ikki  ta‘limotda  ham 

markazda  doimiy  harakatchan,  faol  olov  turadi.  Aflotun  ham,  Geraklit  ham 

olovni  jismoniy  jarayon  sifatida  emas,  ruhiy  samoviy  hodisa  sifatida 

tushunganlar.  Shuning  uchun  ham  olov  ularda  abadiy  tiriklik  timsolida  namoyon 

bo‘ladi. 

Popper  Aflotunning  ijtimoiy  qarashlarini  tanqid  qiladi.  Aflotunning 

fikricha,  ideal  davlat  boshqaruvi  davlat  qonunchiligiga  asoslangan  totalitar 

rejimdir.  Shuningdek,  Popper  Aflotun  dunyoqarashida  markaziy  o‘rinni 

egallagan  kollektivlik,  adolat  tushunchalarini  ham  tanqid  qiladi.  Kollektivlik, 

deb  yozadi  Popper,  shaxs  rivojiga  to‘siq  bo‘ladi,  unda  shaxs  o‘zining  to‘liq 

manfaatini  kollektiv  manfaatga  bo‘sundirishga  majburdir.  Kollektiv  individning, 

shaxsning ijodiy  kuchini  ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiladi.   

Lekin  Aflotunning  ideal  davlatida  oddiy  fuqarolar  harakati  boshliqlar 

ko‘rsatmalariga  bo‘ysungandir.  Boshliqlarning  buyruqlariga  itoat  qilish  kerak. 

Bunday  qullik  ruhiyati  Aflotun  tomonidan  oqlanadi,  chunki  insonlar  tabiatan 

boshqaruvchilar  va  boshqaruvchilarga  bo‘linadilar.  Insonlar  o‘z  ruhiy  rivojlariga 

ko‘ra  bir  xil  darajada  emaslar.  Ana  shu  ruhiy  tengsizlik  davlatda  tabaqa, 

toifalarni  vujudga  keltiradi.  Yuqori  tabaqalar  ruhiy  rivoji  yuksakligi  uchun 

boshqarishlari  kerak,  quyi  tabaqalar  esa  itoat  qilishlari  lozim.  Ana  shunday 

                                                                 

13

 Qarang: Лосев А.Ф.. Платон.  – Философская энциклопедия,  т.  4. – М., «Наука», 1967.  –С 351. 



15 

 

davlat  tuzumi  Aflotun  fikricha,  ―davlat  farovonligi‖ga  olib  keladi.  Agar  davlat 



rivojlansa,  pirovard natijada  omma ham yuksaladi. 

Davlat  boshqaruvchilari  donishmandligiga  ko‘ra  saylanadi.  Ideal  davlat 

boshqaruvchilari  donishmandlar,  faylasuflardir

14

.  Aflotun  o‘zining  davlat 



haqidagi  qarashlarida  ikki  bir-biriga  zid  hodisalarni  patriarxlar  –  jamoaviy 

tuzumni,  hamda  davlatni  qo‘shishga  harakat  qiladi.  Bunday  davlat  namunasi 

qadimgi  Sparta  davlatida  namoyon  bo‘ladi.  Popper  bu  hodisani  tahlil  etib, 

qadimgi  jamiyatlar  asosida  butunlay  yangi  tipdagi  davlatlar  vujudga  keladi, 

deydi.  Bunday  davlatlarni  demokratik  davlatlar,  deb  ataydi  va  ular  hozirgi  g‘arb 

demokratik  davlatlarining  asosidir,  deb  hisoblaydi  Popper.  Qadimgi  Afina 

demokratiyaning  namunasidir.  Ularda  Popper,  individualizmni,  egolitarizmning 

tug‘ilishini  ko‘radi.  Popper  fikricha,  individualizm  altruizmni  inkor  qilmaydi. 

Individualizm  egoizmning  sinonimi  emas.  Shunday  qilib  individualizm 

Popperning  fikricha,  bu  gumanizmdir.  U  aynan  Shoh  Perikl  va  Afina 

demokratiyasining  boshqa  rahnamolari  orqali  demokratiya  o‘z  tabiatiga  ko‘ra 

insonparvarlik  asosiga egaligini  isbotlashga harakat  qiladi

15

.  


Demokratiya  qonun  oldida  hammaning  tengligini  anglatadi.  Demak, 

jamiyatning  har  bir  azosining  teng  imkoniyatlarini  targ‘ib  qiladi.  Bu  tenglik 

insonning  tabiiy  holatidan  kelib  chiqmaydi,  balki  qonun  oldidagi  tenglik  nazarda 

tutiladi.  Har  bir  kimsa  boshqaruvchi  hukumatni  saylash  huquqiga  ega  va  o‘zi 

ham  saylanishi  mumkin.  Mana  shu  tamoyil  Popperning  demokratik  davlatidan 

Aflotunning  ideal  davlatini  bir-biridan  keskin  farqlaydi.  Aflotunda  saylash 

huquqi  yo‘q.  Bir  sinf  vakili  ikkinchi  sinfga  o‘ta  olmaydi.  Shuning  uchun  ham 

Popper  Aflotunning  ―ideal  davlat‖ini  yopiq  jamiyat  deb  ataydi.  Popperning 

demokratik  davlatida  esa  har  bir  shaxs  erkin  faoliyat  bilan  shug‘ullanish 

huquqiga ega.  

Davlat  xususiy  mulkni  himoya  qiladi.  Demokratiya  inson  huquqlarini  ham 

himoya  qiladi.  Shunday  qilib,  demokratik  davlat  o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyot 

                                                                 

14

 Qarang: O‘sha asar. –B 353. 



15

 Qarang:  Popper K.R..  The Open Society and Its Enemies.  (―Ochiq jamiyat  va uning dushmanlari‖).  —

London., « Soros Foundation », 1964.  –P 241. 


16 

 

yo‘lini  bosib  o‘tadi,  o‘rta  asr,  yangi  davr  va  hozirgi  eng  yangi  davrgacha 



evolutsiyani  boshdan  kechiradi.  Demak,  Aflotun  davlat  to‘g‘risidagi  fikri  orqali 

biz  eng  qadimgi  tatalitar  davlat  tuzumi  bilan  tanishdik.  Kommunistik  davlat  ham 

totalitar  ahamiyatga  ega.  Lekin  Popperda  totalitarizm  tushunchasi  kommunizm 

tushunchasiga  nisbatam  kengroq  ma‘noda  ishlatiladi.  Masalan,  xristianlik 

tarixida  ham  u  totalitarizm  xususiyatlarini  ko‘radi.  O‘rta  asr  xristianlik  cherkovi 

inkvizitsiyasida 

bu 

hodisa 


yaqqol 

namoyon 


bo‘ladi. 

Inkvizitsiya 

hurfikrlovchilarni  ta‘qib  ostiga  olib,  ularni  yondirib,  azob-uqubatlarga  duchor 

qilar  edi.  Yana  shuni  hisobga  olish  kerakki,  hurfikrlik  hozirgi  demokratik 

davlatlarning  asosiy  tamoyillaridan  birini  tashkil  qiladi.  Hurfikrlik  nima? 

Hurfikrlik  to‘g‘ri  aqliy  tafakkurdir.  Shuning  uchun  ham  Popper  Popper  mana 

shuning  uchun  davlat  deganda  ,  birinchi  navbatda  ,  aql  ustuvorligini  nazarda 

tutadi. 


Aql  ustuvorligi  deganda  nima  tushuniladi?  U  mantiqiy  tafakkurlash 

qobiliyatidir.  Mantiqiy  pozitivizm  vakili  sifatida  Popperga  bunday  uslub  xosdir. 

Mantiqiy  tafakkurning  quroli  sifatida Popper tanqidni tanlaydi. 

Shu  pozitsiyada  turib,  Popper  Arastu  mantig‘ini  tanqid  qiladi.  Uning 

uchun  e‘tiqod  ahamiyat  kasb  etmaydi,  uni  tafakkurlash  jarayoni  qiziqtiradi. 

Shuning  uchun  ham  u  intuitsiyaga  tanqidiy  yondashadi,  uni  g‘ayritabiiy  hodisa 

deb  tushunadi,  mantiqiy  aql  aql  chegarasiga  sig‘maydi.  Arastu  birlamchi 

intuitsiya  asoslarining  mavjudligini  tan  oladi.  Bu  asoslar  bilim  orqali  isbot  talab 

qilmaydi,  ular  dastlabki  birlamchi,  tayyor  bilimlardir.  Shuning  uchun  ham  bu 

bilimlar  hech  qanday  tahlilga  muhtoj  emas.  Ularni  shubha  ostiga  olish  mumkin 

emas,  aksincha,  ularga  ishonish  kerak.  Intuitsiya  ilohiy  bilim  sifatida 

tushuniladi,  unga  hech  qanday isbot kerak emas, shubha va tanqiddan mustasno 

ilohiy  bilimdir.   

Popper  intuitiv,  irratsional  bilimni  tanqid  qiladi.  Aflotunning  davlat 

to‘g‘risidagi nazariyasini  irratsional,  deb ataydi. U individ  manfaatlarini  inkor  


17 

 

qiladi,  individuallik  jamoatchilikka  bo‘ysundirilgandir



16

.  Adolat,  Aflotun 

fikricha,  davlatning  butun  talablariga  javob  berishni  anglatadi.  Masalan,  bir 

tabaqa  vakili  ikkinchi  tabaqaga  o‘tib  ketsa,  unda  davlat  talablari  buziladi  va 

adolatning  barham  topishiga  olib  keladi.  ―Davlat‖  ga  ma‘qul  bo‘lgan  narsa 

adolatli,  noma‘qul  bo‘lgan  narsa  esa  adolatsizdir.  Adolatni  bunday  tanqid 

qilishni  Popper  o‘z  navbatida  haqli  ravishda  totalitarizm,  deb  ataydi.  Popper 

jamoa  tushunchasini  totalitarizm  tushunchasi  bilan  aynanlashtiradi.  Altruizm  va 

gumanizm  tushunchalari  kollektivizmdan,  totalitarizmdan  kelib  chiqmaydi,  balki 

individualizmga  xosdir.  Popper  Aflotunni  kollektivni  individga  qarama-qarshi 

qo‘yishda ayblaydi, lekin  o‘zi ularni  bir-biriga  zid qo‘yadi.  

Popper  o‘zining  ―ochiq  jamiyat‖  to‘g‘risidagi  ta‘limotini  ilgari  suradi. 

―Ochiq  jamiyat‖  nima?  Ochiq  jamiyat,  Popper  nuqtai-nazaricha,  demokratik 

jamiyatdir.  Bunday  jamiyat  individuallik  tamoyillariga  asoslangan  bo‘ladi.  Unga 

yopiq  jamiyat  qarshi  turadi.  Aflotun  fikricha,  matriarxat  tuzumining  buzilishi, 

mazhab  munosabatlarini  barbod  bo‘lishi  axloqiy  buzilishga,  inqirozga  olib 

keladi,  bu  esa  ijtimoiy  bo‘hronlarni  keltirib  chiqaradi.  Ularga  barham  berish 

maqsadida  Aflotun  ―ideal  davlat‖  nazariyasini  ilgari  surgan  edi.  Lekin  uning  bu 

ta‘limoti  Popper fikricha, yopiq jamiyat  ta‘limotiga  o‘xshab ketadi.  

Bu  ta‘limotni  Popper  tarixiylik  tamoyili  bilan  asoslaydi.  Tarixiylik 

shunday  dunyoqarashki,  u  o‘z  ibtidosini  tarixiy  jarayondan  keltirib  chiqaradi

17



Popper  Karl  Marksning  qiymat  nazariyasini  chuqur  tahlil  qilib  chiqadi  va  uni 

axloq bilan  bog‘liqligini  ochib beradi.  

Popper  Marksning  ijtimoiy  qarashlarini  tahlil  qilar  ekan,  jamiyat  va  shaxs 

haqida  fikr  yuritadi.  Shaxsning  kamol  topishi ko‘p jihatdan jamiyatga bog‘liqdir. 

Jumladan,  oilaga,  do‘stlarga,  atrof  muhitga  ham  bog‘liqdir.  Shaxs  ijtimoiy  va 

tabiiy  atrof-muhitning  mahsulidir.  Shaxs  haqida  fikr  yuritib,  Popper  Bethovenni 

misol  qilib  keltiradi.  U  mashhur  musiqashunos  bo‘lgan,  lekin  aqli  zaif  bo‘lgan. 

Uni  mashhur  bo‘lishiga  oilasi,  tabiiy  iqtidori,  jamiyatning  ahvoli  hamda  musiqiy 

                                                                 

16

 Qarang: Jowet W.. The works of Karl  Popper. —Nyu York.,  «Education», 1998.  –P 329. 



17

 Qarang:  Виппер Р.Ю.  Философия нового времени. –M..:  Черо, 1999.  –С 421. 



18 

 

ma‘lumoti  sabab  bo‘ldi.  Ana  shu  faktorlarni  keltirib,  Popper  daholikning  siri 



nimada  ekanligini  ochmoqchi  bo‘ladi.  Daholik  bu  yangilikning  tug‘ilishidir. 

Yangilikning  o‘zini  mantiqiy  yo‘l  bilan  isbot  qilib  bo‘lmaydi,  buni  mantiqiy 

pozitivizm  va  vakillarining  ham  o‘zlari  tan  olishgan.  Masalan,  Anri  Puankare 

yangilikni  intuitsiya  orqali  tug‘ilishini  tan  olgan.  Hech  bir  yangi  matematik 

g‘oya  eski  matematik  g‘oyalardan  keltirib  chiqarilmagan

18

,  deb  hisoblaydi 



Puankare.  Uning  fikricha,  yangilikning  tug‘ilishi  intuitiv  jarayonlardir,  u  hech 

qanday  mantiqiy  chegara  chiziqlariga  to‘g‘ri  kelmaydi.  Shundan  kelib  chiqqan 

holda  aytishimiz  mimkinki,  Bethovenning  daholigi,  ilohiy  intuitsiyaning 

namoyon  bo‘lishidir.  U  aqli  zaif  bo‘lishiga  qaramay,  samoviy  musiqa 

ohanglarini  o‘z  qalbida  his  etib,  kosmos  garmoniyasini  eshitib,  o‘z 

simfoniyalarini  yaratadi.  Uning  daholigining  siri  ham  mana  shundadir.  Albatta, 

jamiyatdagi  o‘rni,  musiqiy  ma‘lumoti,  oilasining  yordami  ikkilamchi 

sabablardir.  

Ratsionalizmni  insonlarning  bir-birlariga  bo‘lgan  munosabatlarini,  yurish-

turishlari  nuqtai-nazaridan  ham  baholab,  Popper  shunday  yozadi:  ―men 

adashishim  ham  mumkin,  u  ham  xato  qilishi  mumkin,  lekin  birgalikda  biz 

haqiqatga  yaqinlashamiz‖

19

.  Ratsionalizmni  bunday  holda  tushunish,  Popper 



fikricha,  insonlarni  bir-birini  tushunishiga  yordam  beradi,  o‘zaro  kelishuv 

yo‘llarini  topishiga  turtki  bo‘ladi.  Kelishuv  tafakkurdan  tashqarida  bo‘lmaydi, 

masalan,  yuksak  hissiyot  bo‘lgan  muhabbat  orqali  kelishuvga  kelib  bo‘lmaydi. 

Har  bir  sevuvchi  tomonlar  o‘z  manfaatlarini  unutib,  sevuvchisi  manfaatlarini 

ko‘zlab  harakat  qiladi,  natijada  kelishuvga  kelinmay,  o‘z  manfaati  amalga 

oshmaydi.  Natijada,  deydi  Popper,  ikkinchisi  ham  o‘z  manfaati  yuzasidan 

kelishuvga  kelmaydi.  Keyinchalik  bunday  muhabbat  asta-sekin  nafratga  olib 

kelishi  mumkin.  Shunday  qilib,  Popper  xulosa  qiladiki,  muhabbat  nafratni 

keltirib  chiqaradi.  Chunki  har  ikki  tomon  manfaatidan  voz  kechib,  o‘z 

qiziqishini  amalga  oshira olmaydi.   

                                                                 

18

  Qarang:  Альтерматт У. Философия нового времени в Европе.  –M.: Российский гос. гуманит. ун-т, 2000. 



– 113  с. 

19

 Popper K.R..  The Open Society and Its Enemies.  —London, « Soros Foundation », 1964.  –P 273. 



19 

 

Suqrot  ta‘limotini  tahlil  qilganda  ham  Popper  uning  mashhur  shiorini 



(ya‘ni  ―  Inson,  o‘zingni  bil  ‖)  mushohadaviy  tafakkur  ongi  sifatida  talqin  etadi. 

Suqrotning  ruh  haqidagi  eslatmalarini  tan  olmay,  ularni  psixik  holatlarga 

yo‘yadi.  Popper  irratsionalizmni  tafakkurdan  mahrum  bo‘lgan  psixologizmga 

bog‘laydi.  Agar  Popper  irratsionalizm  tarixiga  nazar  tashlaganda,  uning  ildizi 

qadimgi  panteistik  ta‘limotlarga  borib  taqalishini  sezar  edi.  Masalan,  g‘arbdagi 

orfik  maktablarning  ta‘limotida  biz  irratsionalizm  belgilarini  ko‘ramiz.  Pifagor 

qarashlarida  irratsionalizmning  mohiyati  ochib  berilgan,  unda  inson  tafakkuri 

intuitsiya  orqali  dunyoviy  aql  bilan  bog‘lanishi  ta‘kidlanadi.  Pifagorda 

ratsionalizm  bilan  intuitsiyaning  bog‘langanligini  ko‘ramiz.   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



20 

 


Download 392.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling