Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar
Download 34.09 Kb.
|
May (1)
fizika 1ci ON, fizika 1ci ON, fizika 1ci ON, fizika 1ci ON, fizika 1ci ON, TTAT mustaqil ish, TTAT mustaqil ish, TTAT mustaqil ish, TTAT mustaqil ish, hisob grafik iw, 1ci tajriba, 1ci tajriba, Muhit va ekologik omillar laboratoriya, 6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy – tadqiqot ishlari bo’yicha :May oyida
- II.Magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha
- III. Ilmiy - pedagogik ishlar bajarilishi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar ” kafedrasida magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash yuzasidan olib borilgan o’quv uslubiy , ilmiy tadqiqot, pedagogik va amaliyot faoliyati bo’yicha 2021-yil may oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Ilmiy – tadqiqot ishlari bo’yicha :May oyida: Ushbu oyda, fundamental loyiha tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi ,ilmiy tezis yozish,ilmiy maqola yozish,ilmiy risola yozish va rasmiylashtirish tartibi, analitik ma’lumotnoma va hisobot yozish hamda uni rasmiylashtirish tartibi haqida tushuncha va bilimlarga ega bo’lindi hamda ko’nikmalar hosil qilindi. Ushbu jarayon mobaynida ilmiy tadqiqot ishida yo’lga qo’yiladigan uslubiy xatolar va metodlar tanlovi yuzasidan ham bilimlar o’zlashtirilib, nazariy va amaliy xulosalar olindi. Ushbu oyda quyidagi xulosalar va mulohazalar qilindi: Fundamental loyiha tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi; Ilmiy tezis yozish; Ilmiy maqola yozish; Ilmiy risola yozish va rasmiylashtirish tartibi, Analitik ma’lumotnoma va hisobot yozish hamda uni rasmiylashtirish tartibi; II.Magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha : May oyi mobaynida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalaridan kelib chiqqan holda, magistrlik dissertatsiyasi birinchi bobi bo‘yicha ilmiy rahbar ko‘rsatgan taklif va kamchiliklarni bartaraf qilish, magistrlik dissertatsiyasi birinchi bobini kafedra muhokamasidan o‘tkazish, magistrlik dissertatsiyasi birinchi bobi bo‘yicha kafedra muhokamasida ilgari surilgan taklif va o‘zgartirishlarni dissertatsiyaga kiritish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida bitta ilmiy maqola va tezis nashr etish kabi vazifalar bajarildi. Tanlab olingan va shakllantirilgan usullami, metodlarni va yo'nalishlar haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'linib, ularni yaxshilab o'rganib chiqildi va ulardan siyosiy yordamechilarini shaxsiy tadqiqot o'tkazish uchun tanlab olindi. Shundan kelib chiqib, tadqiqot usullari va yo'nalishlari borasida amaliy ko'nikmalarga ega bo'lindi. III. Ilmiy - pedagogik ishlar bajarilishi: "Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar" kafedrasi tarkibi bilan ilmiy- pedagogik tadbirlarda qatnashdi. Bakalavr yo'nalishidagi talablarga o'tilayotgan darslarda ishtirok etildi. Shu bilan birga, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar olib borish bilan bog liq bilim va ko'nikmalar o'zlashtirildi. Taqdim etilgan oyda: - Mustaqil ishlarni qabul qilish tartibi; - Mustaqil ishlarni baholash tartibi; - Mustaqil ishlarni ro‘yxatga olish tartibi; - Qayta topshirishlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va baholash tartibi haqida bilim va ko’nikmalar o‘zlashtirildi. Magistrant: D.O‘. Botirov Ilmiy rahbar: U.Y. Idirov Kafedra mudiri: D.I.Madaminova O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO‘LIMI “Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati” magistratura mutaxasisligi magistranti BOTIROV DONIYOR O’TKIROVICHNING Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq mamlakatlari siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasida magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash yuzasidan may oyida olib borilgan o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, pedagogik va amaliyot faoliyati bo‘yicha HISOBOTI
Toshkent – 2021 Download 34.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling