«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


Download 2.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana16.02.2017
Hajmi2.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Buxoro xalqini amirning mutlaq tuzumini ag‘darib
tashlash uchun faol kurashga da’vat etib borildi.
Gap Buxoro amirligini ag‘darish, xalq hokimi-
yatchiligini tashkil qilish, demokratik o‘zgarishlar
to‘g‘risida borar ekan, bunda sovet hukmdorlarining
asl maqsadlari nimadan iborat edi? Ularning muddao-
lari mahalliy xalq kurashchilarini ishga solib, amirlik-
ka qarshi harakatga safarbar etish edi. Faqat bugina
emas, balki ularning tashabbusidan foydalanib, sovet
qo‘shini bilan Buxoroga ochiq hujum uyushtirish edi.
Negaki, sovet tomoni ustamonlik bilan ishlab chiqqan
rasmiy hujjatlar va yo‘1-yo‘riqlarda amir Buxorosiga
qarshi kurash boshlash tashabbusi faqat mahalliy
«inqilobchi» kuchlar tomonidan bo‘lishi kerakligi alo-
hida ta’kidlangandi.
Amirlik tuzumini ag‘darib tashlash uchun tayyor-
garlik ishlari sovet Turkistoni hukumati va uning
Frunze boshliq Turkiston fronti qo‘mondonligi  tomo-
nidan boshlab yuborilgandi. Chunonchi, 1920-yil iyun
o‘rtalaridayoq zamonaviy qurol-aslahalar bilan qurol-
langan qizil qo‘shinlar Buxoro chegaralariga keltirib
qo‘yilgandi. Ayni paytda Buxoroda qurolli qo‘zg‘olon-
ni o‘tkazish yuzasidan harbiy-inqilobiy byuro tashkil
65
3 — O‘zbekiston tarixi

etildi. Uning tarkibiga Turkkomissiya vakillari M.
Frunze, V. Kuybishev, TKP vakili N. To‘raqulov, BKP
Markaziy Qo‘mitasi raisi N. Husainov, Yosh buxoro-
liklar partiyasi rahbari F. Xo‘jayevlar kirgandilar. Hatto
bo‘lajak Buxoro Inqilobiy qo‘mitasi va hukumati tar-
kiblari ham avvaldan tayyorlab qo‘yilgandi. Shuning
uchun ham Buxoro amirligining ag‘darilishi aslida bol-
sheviklar zo‘ravonligi va makkorona siyosatining
yaqqol ifodasi bo‘lgandi.
1920-yil 29-avgustda Chorjo‘yda amir tuzumiga
qarshi «xalq qo‘zg‘oloni» boshlanishi bilanoq, Beshim
Sardor boshchiligidagi inqilobiy qo‘mita avvaldan
tuzilgan kelishuvga binoan darhol sovet hukumatiga
murojaat qiladi. Bu sovet qo‘shinining qo‘zg‘olonchi
kuchlarni himoya qilib, Buxoroga qarshi urush
harakatlarini boshlashiga bahona bo‘ladi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sovet qo‘shini ixtiyorida
shu davrda 10 ming qizil askar, 40 ta to‘p, 230 taga yaqin
pulemyot, 10 ta zirhli avtomobil, 5 ta zirhli poyezd va 12 ta
samolyot bor edi. Shuningdek, Turkiston fronti qo‘shini
bilan birga hujum harakatlarida 5 ming kishiga yaqin bu-
xorolik «inqilobiy tuzilmalar» ham ishtirok etdilar.
Amir lashkari son jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan (20
mingga yaqin) biroq uning qurollanish darajasi qizil-
lar qo‘shiniga nisbatan ancha zaif holda edi. Hujumga
tashlangan sovet qo‘shinlari amirlikning Chorjo‘y,
Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa hududlarini egal-
lab, Buxoro tomon siljib bordilar. Ayniqsa, bu bosqin
natijasida Buxoro va uning ko‘p sonli aholisi mislsiz
zarar ko‘rdi. Shahar bir necha kun davomida zamo-
naviy qurollardan o‘qqa tutildi, bombardimon qilindi.
Uning ko‘plab noyob osori-atiqalari, tarixiy obidalari
vayron etildi. Nihoyat, 1920-yil 2-sentabrda amir va
uning lashkari yengilib, Buxoroni tark etadi. Shun-
dan so‘ng shahar sovet bosqinchilari tomonidan egal-
lanadi.
Garchand amirlik tuzumining ag‘darilishi uzoq
davrlar davomida «xalq qo‘zg‘oloni» yo‘li bilan amal-
ga oshirilgan, deb kelingan va son-sanoqsiz adabiyot-
larda bitilgan bo‘lsa-da, biroq bunda sovet qo‘mon-
donligining to‘la harbiy kuchi hal qiluvchi rol o‘yna-
66

67
ganligi faktdir. Bu haqiqat istiqlol sharofati bilan mil-
liy tariximizga haqqoniy, xolis yondashuv tufayli
yuzaga chiqdi va e’tirof topdi. Buxoro qizil qo‘shinlar
tomonidan egallangach, hokimiyat Butun Buxoro
Muvaqqat Inqilobiy Qo‘mitasi qo‘liga o‘tdi.
1920-yil 14-sentabrda BKP MQ va Butun Buxoro
Muvaqqat Inqilobiy Qo‘mitasining birlashgan majlisi-
da A.Muhitdinov boshchiligida oliy qonun chiqaruv-
chi organ — Butun Buxoro Inqilobiy Qo‘mitasi va
F.Xo‘jayev raisligida Respublika hukumati — Xalq
Nozirlar Kengashi tashkil qilindi. O‘sha yilning 6—8-
oktabr kunlari xalq vakillarining I Butun Buxoro
qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro Xalq Sovet Res-
publikasi tuzilgani to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
1921-yil 4-martda Moskvada BXSR bilan RSFSR
o‘rtasida ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitim
imzolandi. Bu rasmiy hujjatlar asosida Buxoro davla-
tining sovet Rossiyasiga harbiy-siyosiy va iqtisodiy
jihatdan har tomonlama bog‘liq bo‘lib qolganligi
qonuniy belgilab qo‘yildi. Bu esa Rossiya Federa-
tsiyasi va uning Turkistondagi vakolatli namoyan-
dalariga Buxoro Xalq Respublikasining ichki ishlariga
bevosita aralashish, u yerdagi o‘zgarishlarni nazoratga
olish va uni aniq sotsialistik maqsadlar sari qaratish
uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.
Darhaqiqat, sun’iy inqilob yasash yo‘li bilan xalqni
Qizil qo‘shinlarning «Buxoro inqilobini yasash» borasida 1920-yil
sentabri boshida Buxoroga yetkazgan mislsiz  zarari oqibatlari.

68
«harakatga keltirib», amirlik tuzumini zo‘rlik, kuch
asosida ag‘darib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
tuzilishiga erishgan sovet hokimiyati endilikda unga
o‘zining sotsialistik g‘oyalari-yu tartib-qoidalarini
bemalol tiqishtira olardi. Bu hol  Buxoroning mus-
taqil, suveren davlat sifatida taraqqiy topishiga,
xalqining asriy orzularining ro‘yobga chiqishiga, uning
o‘ziga xoslik, milliylik xususiyatlarining bardavomligi-
ga jiddiy to‘sqinlik tug‘dirardi, albatta. Shu bois
Buxoro hukumatining mustaqil siyosat yuritishiga,
qo‘shni mamlakatlar yoxud Turkiya, Germaniya sin-
gari uzoq xorijiy davlatlar bilan diplomatik va savdo-
sotiq aloqalari o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlariga
izn berilmadi. Markazning S. Orjonikidze, Sh. Eliava,
Y. Peters singari nufuzli emissarlari Buxoroga tez-tez
yuborilib, Buxoro hukumati faoliyatini taftish qilish,
uning yo‘l qo‘ygan xato, nuqsonlarini fosh qilish bilan
shug‘ullandilar. Hatto RKP(b) MQ 1922-yil mayida
«Turkiston—Buxoro ishlari haqida» qaror qabul qildi.
Unda O‘rta Osiyoda, jumladan, Buxoroda jadallik
bilan sotsialistik tuzumni mustahkamlash qat’iy uqti-
rilgan edi. Shuningdek, RKP(b) MQning 1923-yil 12-
iyunda qabul qilgan Buxoro masalasiga doir maxsus
qarori ham BXSRning ichki ishlariga qo‘pollik bilan
aralashish edi. Negaki, bu qarorda Buxoroning rivoj-
lanish jarayonini «sotsialistik iz»ga burib yuborish
maqsadi ko‘zda tutilgandi. Buxoro xalqining tub mil-
liy manfaatlari yo‘lida fidoyilik bilan faoliyat yuritgan
Abdurauf Fitrat, Mo‘injon Aminov, Ota Xo‘jayev,
Sattor Xo‘jayev, Rahimjon Yusufzodalarning respub-
lika hukumati tarkibidan chetlatilishi ham Moskva
vakillarining talabi bilan amalga oshirilgan edi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining asosiy rahbar
tashkiloti — Buxoro Kompartiyasi RKP(b) MQning
viloyat tashkiloti maqomida faoliyat yuritishga majbur
edi. Respublika hududida sovetlarga qarshi kuchlarni
bostirish bahonasi bilan to‘plangan son-sanoqsiz qizil
askarlarning mutlaq ko‘pchiligi chetdan keltirilgandi.
Masalan, 1922-yilda mavjud 40 ming kishilik qizil
armiya tarkibida buxoroliklar atigi 500 kishini tashkil
etardi, xolos. Buxoro respublikasining 1921-yil sen-

69
tabrida qabul qilingan Konstitutsiyasi ham RSFSR
konstitutsiyasi andozasida tuzilgan edi.
Markaz tashabbusi bilan 1923-yil martida O‘rta
Osiyo Iqtisodiy Kengashining tuzilishi va uning tar-
kibiga Buxoroning ham jalb qilinishi, bu uning iqti-
sodiy mustaqilligining asta-sekin qo‘ldan boy beri-
lishiga sabab bo‘ldi. Hukmron Markaz tazyiqi asosida
bu hududda qat’iy tarzda sotsialistik o‘zgarishlar
amalga oshirilib borildi. 1923-yilda qabul qilingan
BXSR Konstitutsiyasiga binoan mulkdorlar, savdogar-
lar, ruhoniylar saylov huquqidan mahrum etildi.
1924-yil sentabrida bo‘lib o‘tgan 5-Butun Buxoro
qurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Res-
publikasi deb e’lon qildi. Nihoyat, 1924-yilda o‘tka-
zilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida uning
hududlari O‘zbekiston va Turkmaniston SSR tarkibi-
ga qo‘shib yuborildi. Sovetlarning bu zo‘ravonlik
siyosati voha xalqining keyingi tarixiy qismatida aso-
ratli iz qoldirdi. Shu bois tez orada boshlanib ketgan
Buxoro mehnatkashlarining sovetlar tuzumi zo‘ravon-
ligiga qarshi harakati XX asrning 30-yillari o‘rtalariga
qadar davom etdi.
Savol va topshiriqlar
1. 1917-yil fevral inqilobiy o‘zgarishi davrida xonliklarda
qanday ijtimoiy-siyosiy vaziyat hukm surayotgandi?
2. Xiva xonligida siyosiy ahvol qanday edi?
3. Yosh xivaliklar faoliyatiga oid nimalarni bilasiz?
4. Yosh xivaliklar tashkiloti rahbarlaridan kimlarni alohida
ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi?
5. Junaidxon xonlik hukmdori bo‘lib olganidan keyin ne-
ga xonlikdagi siyosiy tanglik jiddiy tus olib bordi?
6. Xiva xonligi qay yo‘sinda tugatildi?
7. Buxoro amirligida vaziyat qanday edi?
8. «Kolesov voqeasi» nima maqsadda tashkil etilgandi va
u qanday oqibatlarga sabab bo‘ldi?
9. Yosh buxoroliklar faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
10. Bolsheviklar va sovet hokimiyatining Buxoro ichki ish-
lariga aralashuvining kuchayishi sabablari nimada edi?
11. Sovet Turkistoni harbiy qo‘shinining Buxoroga bosqin
uyushtirganini qanday baholash mumkin?
12. Buxoro amirligi ag‘darilgach qanday hokimiyat organ-
lari tuzildi?

70
O‘RTA OSIYO MILLIY-DABLAT CHEGARALANISHI
KASPIY DENGIZI
S I R D A R Y O  
Q I R G‘ I Z I S T O N
Ò
U
R
K
I S
T
O
N
Buxoro
BUXORO
E R O N
Êrasnovodsk
XORAZM
XALQ SOVET
RESPUBLIKASI
Kushka
OROL
DENGIZI
Sirdaryo
Chimboy
Xiva
To‘rtko‘l
Asxabod
Ural
Emba
R    F
    S
Amudaryo
Tajan

71
À S S R
        V I L O Y A T I
Chimkent
Namangan
Skobelev
Zarafshon
SAMARQAND
o
XALQ
Termiz
FARG‘ONA
VILOYATI
HINDISTON
Hind
A F G‘
O N I
S T O
N
X I Ò O Y
Issiqko
‘l
VERNIY
SOBET
RESPUVLIKASI
Andijon
SAMARQAND
VILOYATI
TOSHKENT
Chirchiq
Pishpak
Avliyoota
À
  S
  S
  R
ARAFASIDA (1920–1924-YILLAR)
Chy
Balxash k.
S       R
Turkiston
Dushanbe

72
II b o b. Sovet hokimiyatining 
O‘zbekistonda yuritgan siyosiy, 
iqtisodiy, ma’naviy siyosati va amaliyoti
6-§. MILLIY SIYOSAT VA DAVLAT 
QURILISHI MASALALARI
Bolsheviklar partiyasi   bosh
bo‘lgan sovet hokimiyati
Turkistonda uzoqqa mo‘ljallangan o‘z makkorona
rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni
ko‘zlab u XX asrning 20-yillari boshlaridan bu zamin-
da mustamlakachilarga xos «orani buz, hokimlik qil»
qabilidagi o‘z milliy siyosatini hayotga izchil tatbiq
etish yo‘lini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosati
podsho Rossiyasining ko‘p zamonlar bu yurtda yuritib
kelgan shovinistik, ulug‘ davlatchilik siyosatidan mo-
hiyat e’tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli-
shamoyili o‘zgargandi, xolos.
Gap shundaki, Rossiya imperiyasi hukmronligi
davrida chekka o‘lkalar xalqlari ochiq-oshkora tarzda
kamsitilar, ularning insoniy qadr-qimmati, or-
nomusi, asliy milliy qadriyatlari tahqirlanar edi. Sovet
mutasaddilari esa o‘zlarining niqoblangan soxta ish-
lari, yolg‘on-yashiq va’dalari va da’vatlari bilan maz-
lum millat kishilarini laqillatishga, o‘z hukmlariga
bo‘ysundirishga, «yagona Turkiston uchun» kurash
g‘oyasini yo‘qqa chiqarishga intildilar.
Turkiston xalqlari o‘z milliy davlatchiligini tiklash
va rivojlantirishga intildi. 1920-yil yanvarida bo‘lib
o‘tgan Turkiston Kompartiyasining V o‘lka konferen-
siyasida Turkiston ASSR MIQ raisi T. Risqulov so‘zga
chiqib mushtarak Turkiston g‘oyasini ilgari suradi,
asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston Avtonom
Respublikasini Turk Sovet Respublikasi, Turkiston
Kompartiyasini Turkiy xalqlar Kompartiyasi, deb
o‘zgartirishni taklif qiladi. Bu takliflar o‘lka ijtimoiy-
siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo‘mi, uning Siyosiy
byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga
sabab bo‘ladi. Shu bois «Turkiston masalasi» bir
necha bor Markazda, RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi
Milliy siyosat

73
Siyosiy byurosining 1920-yil mart—iyun oylaridagi
majlislarida muhokama qilindi. Garchand Markaz
«Turkiston masalalari»ga yuzadan turib qiziqish bildir-
gan bo‘lsa-da, biroq Turkistonga mustaqillik berishni
o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan edi. Shu zaylda
masalaning yechimi cho‘zila boradi.
1920-yil 13-iyunda T. Risqulov, N. Xo‘jayevlardan
iborat Turkiston xalqlari delegatsiyasi o‘z amaliy tak-
liflari bilan bevosita sovet hukumati rahbari V. I. Lenin
qabulida bo‘ladi. Bu ular uchun so‘nggi umid va najot
ilinji edi. Oqibat natijada shunday bo‘ldiki, na sovet
hukumati rahbariyati va na bu masalani 1920-yil 29-
iyulida ko‘rgan RKP(b) Markazqo‘mi Siyosiy byurosi
turkistonlik delegatsiya iltimosnomasiga ijobiy baho
bera oldi. Buning aksincha, sovet hukumati va partiya
rahbariyati o‘lkadagi vaziyatni tezlikda bartaraf etish
uchun shoshilinch tarzda «RKP(b)ning Turkistondagi
asosiy vazifalari to‘g‘risida» degan nom ostida bir necha
qarorlar qabul qildi. Jumladan, «Turkistonda hokimiy-
atni tashkil etish to‘g‘risida»gi maxsus qarorda
Turkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘-
mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b)
Markaziy Qo‘mitasining doimiy vakolatxonasi bo‘lishi
kerakligi zarur, deb ko‘rsatildi. Mazkur qaror o‘lka ha-
yoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati
negizlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Shunday qilib, o‘lka xalqlarining o‘z taqdirini o‘zi
belgilash, o‘z milliy davlatchiligini o‘z xohishlaricha
huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir uri-
nishi barham topdirildi. O‘lka xalqlarining orzu-
umidlarini ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘la olma-
gan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi,
taniqli arbob T. Risqulov tez orada o‘z lavozimidan
iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Gap shundaki,
sovet Rossiyasi hukumati Turkistonning emin-erkin
rivojlanish yo‘lidan ilgarilab borishini emas, balki
uning doimiy o‘z nazoratlari ostida bo‘lishini xohlar-
di. O‘lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning boy-
liklari, tabiiy va mineral resurslari Markaz foydasiga
ishlashi, xizmat qilishi ularning birdan bir muddaolari
edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan

74
Turkkomissiya, O‘rta Osiyo Byurosi, O‘rta Osiyo Iqti-
sodiy Kengashi singari nufuzli organlarning o‘lka
hayotining barcha jabhalarini o‘z nazoratiga olishi, o‘z
iznlariga bo‘ysindirish borasida harakat etib kelganligi
boisi ham mana shundadir.
Ma’lumki, bolsheviklar boshliq sovetlar hokimiyati
barcha usul va g‘oyaviy ta’sir vositalarini ishga solib,
mazlum millatlarni yagona bir qizil saltanat tarkibiga
birlashtirish, shu asosda qudratli ittifoq davlatini
barpo etishni o‘z oldilariga bosh maqsad qilib qo‘ydi-
lar. Podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini
boshqacha shakl va ko‘rinishlarda ustamonlik bilan
davom ettirgan makkor sovet rejimi sovet respub-
likalari ittifoqini tuzishga, ularni RSFSR atrofiga jips-
lashtirishga asosiy e’tibor qaratdi. Bunda yosh sovet
respublikalarining Birinchi jahon urushi (1914—
1918-yillar) va Fuqarolar urushi oqibatlari, o‘z milliy
davlatchiligi va iqtisodiy-ijtimoiy hayotini qurish,
xo‘jalik ishlarini tashkil etish, kadrlar masalasi, o‘z
hududiy yaxlitligini saqlash kabi ayrim vaqtinchalik
qiyinchiliklarga duch kelganligi bolsheviklarga qo‘l
keldi. Shu bilan birgalikda RSFSR hukumati
tomonidan 1918—1922-yillarda yangi sovet respub-
likalariga diplomatik, siyosiy-iqtisodiy, harbiy, moli-
yaviy ta’sir o‘tkazildi. Bu jarayonga bolsheviklar
boshchilik qildilar.
Garchi bo‘lajak Ittifoq sovet respublikalarining
do‘stlik va tenglikka asoslangan ixtiyoriy ittifoqi
bo‘ladi deyilsa-da, biroq uzoqni ko‘ra biladigan
respublikalarning bir qator rahbarlari bunga qarshi
edilar. Masalan, Ukraina Kompartiyasi Markaziy
Qo‘mitasi kotiblari X.G.Rakovskiy va D. L. Pyatakov
yagona ittifoq davlati g‘oyasiga qarshi chiqib, umum-
ittifoq hokimiyat organlari bo‘lmagan «konfederat-
siya» tuzishni yoqlab chiqdilar. Gruzin milliy ziyolilari
ham yangi ittifoq tuzish g‘oyasini qo‘llamadilar. Bir
necha bor RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy
byurosida, partiyaning syezdlari va plenumlarida,
shuningdek, sovet tashkilotlarida bu masala keng
muhokama qilindi. Muhokamalarda, jumladan, sovet
hukumati arboblaridan biri I. Stalin «avtonom-

75
lashtirish» g‘oyasini ilgari surdi. Unga ko‘ra, sovet
respublikalari muxtor (avtonom) respublika maqomi
bilan RSFSR tarkibiga kirishlari kerak degan g‘oya
ilgari surilgan edi.   Tabiiyki, bunday taklifga milliy
respublikalar xohish bildirmasliklari ham mumkin edi.
Bu xavfni anglagan Lenin yangi ittifoq RSFSR dan
yuqori bo‘ladi va unga RSFSR ham boshqa milliy
respublikalar kabi teng maqom va huquqlar bilan
kiradi, degan fikrni bildirdi. Bu sovetlarning yana bir
o‘ziga xos hiylasi edi.
Nihoyat, RKP(b) rahbarligida joylarda uzoq vaqt
olib borilgan tashviqot-targ‘ibot ishlari va ko‘rsatilgan
tazyiqlar o‘z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya,
Zakavkazye Federatsiyasi Kompartiyalari, bu respub-
likalarning sovetlar syezdlari RKP(b) Markazqo‘mi-
ning «SSSRni tuzish to‘g‘risida»gi takliflarini qo‘llab-
quvvatlashlarini bayon qildilar.
1922-yil 26-dekabrda Sovetlarning Butun Rossiya
X syezdi sovet respublikalarini yagona sovet davlatiga
birlashtirishni zarur deb topdi. Syezd o‘zi saylagan
delegatsiyasiga USSR, BSSR va ZSFSR delega-
tsiyalari bilan birgalikda Sovet Sotsialistik Respub-
likalari Ittifoqini tashkil etish to‘g‘risidagi Dekla-
ratsiya loyihasini ishlab chiqish va Ittifoq shartno-
masini tayyorlashni topshirdi.
1922-yil 29-dekabrda Moskvada to‘rt respublika
vakolatli delegatsiyalarining konferensiyasi bo‘lib
o‘tadi. Konferensiya SSSR ni tuzish to‘g‘risida
RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi plenumi tasdiqlagan
Deklaratsiya va Shartnoma loyihasini muhokama
qilib, uni ma’qullaydi. 30-dekabrda uni to‘rt respub-
likalarning vakolatli delegatsiyalari imzolaydilar.
1922-yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq
Sovetlarining I syezdi SSSR ni tuzish to‘g‘risidagi
Deklaratsiya loyihasini ko‘rib chiqib, Deklaratsiya va
Ittifoq Shartnomasini tasdiqlaydi.
Syezd yangi ittifoq — SSSR ning yuqori hokimiyat
organlari — Markaziy Ijroiya Qo‘mitasini va hukuma-
tini tuzdi. SSSR MIQ Raislari etib, RSFSR dan
M.I.Kalinin, Ukrainadan G. I. Petrovskiy, Belorus-
siyadan A. G. Chervyakov, ZSFSRdan N. N. Narima-

novlar saylandi. V. I. Lenin SSSR Xalq Komissarlari
Soveti raisi etib tasdiqlandi.
Shunday qilib, oktabr to‘ntarishidan 5 yil o‘tgan-
dan keyin 1922-yil 30-dekabrda SSSR tuzildi. Uning
ta’sischilari RSFSR, BSSR, USSR, ZSFSR hukumat-
lari bo‘ldilar. Keyinchalik uning tarkibi kengayib
bordi. XX asrning 30—40-yillari boshlariga kelib bu
ittifoq davlati tarkibi yangi respublikalar hisobiga ken-
gayib, u son jihatidan 15 taga yetkazildi. Shunday
qilib yer yuzi hududining 1/6 qismini egallagan
qudratli sovetlar saltanati vujudga keldi.
Bu ittifoqqa asos solgan barcha dasturilamal hujjat-
larda tenglik, birodarlik tushunchalari aks ettirilsa-da,
biroq amalda u hukmron Markaz uchun butun-butun
xalqlarning taqdir-qismati, inon-ixtiyorini tamomila
o‘z tasarrufiga bo‘ysundirishga xizmat qilgan tuzoq
rolini o‘tab keldi. Negaki, bu ittifoq uning tarkibiga
kiritilgan har bir milliy respublikaning amaldagi mus-
taqilligini barham toptirdi, emin-erkin rivojlanishiga
g‘ov soldi. Bunday og‘ir ayanchli qismatni O‘zbekiston
va uning jabrdiyda xalqi ham o‘z boshidan kechirdi.
Ma’lumki, O‘rta Osiyo hu-
dudida qadim-qadimdan
tili, dini, tarixi, madaniyati,
an’analari bir-biriga juda
yaqin va mushtarak qardosh va qondosh xalqlar
yashab kelganlar. Bu yerda istiqomat qilgan o‘zbeklar,
turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoq-
larning xo‘jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham
o‘xshash bo‘lib, shu muqaddas ona zaminni o‘zlari-
ning asl Vatanlari deb bilganlar. «Biz ildizi, tomirlari
bir xil xalqmiz», degan g‘oya azaldan avloddan
avlodga o‘tib keladi. Bu g‘oya doimo hudud yaxlitligi,
birligiga xavf tug‘ulganda  kuchli,  yengilmas  tushun-
chaga  aylangan, xalqlarning bir-biridan ajralib, uzoq-
lashib ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Ular hamisha bir-bir-
lariga og‘a-ini, quda-anda bo‘lganlar. Yurtboshimiz
Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Bizning ota-
bobolarimiz ham, momolarimiz ham bir».
Biroq, afsuslar bo‘lsinki, pixini yorgan sovet hoki-
miyati arboblari qondosh va jondosh, tarixan bir yagona
76
Milliy-hududiy 
chegaralanish va uning
oqibatlari

hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan
ajratib tashlash, ularning birlashib davlat tuzishlariga
izn bermaslik uchun butun choralarni ishga solib bor-
ganlar. Bundan kuzatilgan bosh maqsad — o‘lka xalq-
larining birlashuviga, o‘z istiqlolini va istiqbolini birga-
likda bunyod etishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu asosda
Markazning bu yerdagi hukmronligiga, sotsialistik qayta
qurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratish
edi. Shu maqsadda Turkistonni milliy o‘ziga xoslik, til
birligi asosida bo‘lib tashlash g‘oyasi ilgari surildi.
Markazning hukmronlik irodasini bajarishga da’vat
etilgan Turkiston ishlari bo‘yicha maxsus komissiya —
Turkkomissiya zimmasiga o‘lkada milliy-hududiy
chegaralanishni o‘tkazish va shu asosda bu hududda bir
qator sovet respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuk-
langan edi. RKP(b) Markazqo‘mi kotibi Y. E. Rud-
zutak bu sohaga bosh mutasaddi etib belgilangan edi.
Markaz mo‘ljallayotgan milliy siyosat mazmuni,
mohiyatidan xabardor bo‘lgan Turkistonning ilg‘or
ziyolilari uzoqni ko‘ra bilgan donishmand arboblari


Download 2.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling