Sharq olamida azaldan adabiyot so‘z san’atiga alohida nazar bilan qaralgan. Adabiyot asrlar davomida uch tarkibiy qismga ajratilib, ularning har biri mustaqil fan sifatida chuqur tadqiq etilgan


Download 137.5 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi137.5 Kb.
#154459
Bog'liq
uljon




  1. Sharq olamida azaldan adabiyot – so‘z san’atiga alohida nazar bilan qaralgan. Adabiyot asrlar davomida uch tarkibiy qismga ajratilib, ularning har biri mustaqil fan sifatida chuqur tadqiq etilgan. Ular quyidagilar: ilmi aruz, ilmi bade’ va ilmi qofiya. Fors ulamolari bu uchlikni “Ilmhoye segona” (Ilmlar uchligi) deb atashgan.

Turkiy she ‘rshunoslik sohasida Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” risolasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘zbek tilida yaratilgan ilk nazariy manbadir. Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” risolasi adabiyotimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Turkiy mumtoz she’rshunoslik, umuman, adabiyotshunoslikni o‘rganish borasida bu asar eng avvalgisi va eng asosiysi sanaladi. Adabiyotning har uchala tarkibiy qismlari (ilmi bade’, ilmi aruz, ilmi qofiya) haqida Taroziy asari keng ma’lumot beradi. Ayniqsa, uning ilmi bade’ga bag‘ishlangan qismi mumtoz adabiyotimiz nazariyasi uchun bosh manbadir. “Funun ul-balog‘a” asari an’anaviy Allohga hamd va payg‘ambarga na’t qismlari bilan boshlanadi. Undan keyin asarning yozilish sabablariga o‘tiladi. Muqaddima ham ancha pishiq ishlangan. Unda arabiy, forsiy she’riy parchalar uchraydi. Muallif kirish qismida asarni temuriyzoda Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlaniga ishora qilib, bir qasida keltiradi.

Risola muqaddimadan tashqari she’r qismlari, qofiya va radif, she’riy san’atlar, vazn, muammo ilmiga bag‘ishlangan besh qismdan iborat. Bu qismlar “fann” deyilib, sarlavhalari arab tilida berilgan: “Al-fann ul-avval fi aqsom ush-she’r”; “Аl-fann us-soniy fi-l-qofiya va radif”; “Аl-fann us-salis fi-sanoe’ ush-she’r”; “Аl-fann ur-robe’ fi-avzon ush-she’r”. Asarning muammoga bag‘ishlangan beshinchi qismi bizgacha yetib kelmagan. “Al-fann-us-solis fis sanoe’-ish-she’r”ning kirish qismida 97 san’at turi sanab o‘tiladi. Bunda muallif arab alifbosi tartibiga rioya qiladi. Bob mundarijasida 97 san`at turi sanaladi, izohda esa 94 ta. “Funun ul-balog‘a”ning “Al-fann-us-solis fis-sanoe’-ish-she’r” bobida mustqil holatda 64 she’riy san’at mavjud.

Risoladagi lafziy san’atlar soni 25 tani tashki etadi, biroq ayrim san’atlar o‘z ichki nav’lariga ham egadir. Agar ular ham hisoblansa, jami lafziy san’atlar hisobi 40 tani ko‘rsatadi. Tushirib qoldirilganlari 3 san`atgina bo`lib qolmay, mundarija va izohda yana bir necha nomutanosibliklar ko`rinadi: tafsir ul-jalo, tafsir ul-xafo, at-tarzeh san`atlari bob avvalida aytilib, bob ichida umuman tilga olinmaydi. Sahli mumtane, nomutanohiy kabilar esa bob ichida ko`rsatiladi-yu, avvalida tilga olinmaydi. Risolada tilga olingan har bir badiiy hodisaga moslab misollar keltirilgan. Ular arab, fors va turkiy tillardagi nasr yoki nazmiy asarlardan olingan. “Asarda jami 91 manbadan misollar keltirilgan bo‘lsa, shulardan 84 tasi shoirlarning she’rlari bo‘lib, qolgan qismi Qur’oni Karim, Hadisi sharifdan olingan. Shuningdek, “arab donishmandlari” va “fors oqillari”ning nasriy hamda “arab fasehlari” va “ajam donolari”ning naзmiy asarlaridan ham keltirilgan. Ayni vaqtda, muallifi ko‘rsatilmagan she’riy parchalardan ham misol sifatida foydalanilgan”1.


  1. Irsoli masal - bu san’atning arabcha nomi irsol ul-masal fil-bayti. Biroq mumtoz poetikaga doir bir qator asarlarda irsoli masal (forsiy izofa) tarzida qayd etilgan.
    She’riyatimiz tarixida juda ko’p ishlatiladigan bu san’at haqida poetikaga doir deyarli hamma asarlarda ma’lumot berilgan. Biroq uning ta’rifi masalasida ayrim tafovutlar uchraydi. Masalan “Tarjimon ul-balog’a”da; “Balog’at jumlasidan yana biri shuki, shoir baytda hikmat keltiradi va u masal (tamsil) yo’li bilan bo’ladi” deyilsa, “hadoiq us-sehr”da: bu san’at shundan iboratki, shoir baytda mashhur bo’lgan timsol keltiradi deb tushuntiradi. “Aruzi Humoyun”da: “Irsoli masal shundayki, shoir o’z she’rida mashhur masalni keltiradi” deyilsa, “Jami muztasar”da ta’rif berilmay, faqat misol tariqasida keltirilgan bayt va undagi irsoli masal izohlanadi.
    “Ilmi bade’ dar zaboni forsiy”da berilgan ta’rif quyidagicha: “Irsoli masal shundayki, shoir gapda tamsil qilishga loyiq bo’lgan mashhur masal “Ki hikmatomuz ibora keltiriladi, yohud gap ravonligi jihatidan juda maqul tushib, zarbulmasalga aylanadi”.

“Funun ul-balog‘a” risolasining uchinchi bobida 39 ma’naviy san’at haqida ma’lumot beriladi. Bu san’atlarning ba’zilari ichki turlarga ham ega. Jumladan, at-tashbehot, al-irsolul-masal, al-iltifot, al-jam’-ul-mufrad san’atlari bu xususiyatga ega.

Al-irsolul masal san’ati. Bu san’at ham 2 nav’ga ega: al-irsolul masal va al-irsolul-masalayn. Biroq muallif nazarida ularning har biri alohida mustaqil san‘at sifatida talqin etilgan.



Xullas, bu san’atning mohiyatini shunday izohlash mumkin: Irsoli masal gapda, yoki she’rda maqol, metal va hikmatli so’zlarni muayyan maqsadda tamsil yo’li bilan ishlatish san’atidir. soli masal poetik san’at sifatida she’riyatimizning qadimgi namunalarida ham uchraydi. “Qutadg’u bilig” da “Hibat ul-haqoyiq” singari mashhur obidalarda bu san’atning mahorat bilan ishlatilgan o’nlab namunalarini ko’rish mumkin. Chunonchi, Ahmad Yugnakiy: “O’qigan va eshitganlarga foydali va yoqimli bo’lsin deb kitobimni nasihat va maqollar bilan bezadim”, deb yozadi.
Mazkur asarlardan keyin yuzaga kelgan nasriy va she’riy asarlar tarkibida ham bu san’at muhim poetik vosita sifatida ishlatilgan.
Irsoli masalning Alisher Navoiygacha bo’lgan o’zbek lirikasida qo’llanishi ustida gap borar ekan, bu san’atning yuksak namunasi sifatida Lutfiy va Atoiyning yuzlab baytlarini keltirish mumkin. Chunki bu shoirlar g’azaliyotida mazkur usul xilma-xil yo’sinda nihoyatda ko’p ishlatilgan bo’lib, ular uslubining yetakchi fazilatlaridan biriga aylangan. Hattoki Lutfiy, Atoiy devonlarida barcha baytlari irsoli masal bilan tugagan yaxlid g’azallarni uchratish mumkin.
Alisher Navoiy g’azaliyotida bu uslub yanada sayqal topdi: uning she’rlarida, bir tomondan, yangidan jalb qilingan maqol, metal va hikmatli so’zlarni ko’plab uchratsak. Ikkinchi tomondan, ularning xilma-xil maqsad uchun rang-barang uslubda ishlatilganligini ko’ramiz. Shuningdek, Navoiyning o’zi ham hikmatli so’z darajasiga yetgan ko’plab bayt, misra va iboralar yaratgan.
She’riyatimiz tarixida maqol, metal va hikmatli iboralarning poetik maqsad uchun ishlatilishida, asosan uchta muhim xususiyat ko’zga tashlanadi: 1. Keltirilayotgan maqol yoki matalga “masaldur” yoki “masaldurkim” so’zi yordami bilsn aniq ishora qilinadi., uning xalq orasida ma’lum va mashhur ekanligi ta’kidlanadi. 2. Maqol yoki metal (hech qanday ishorasiz) aynan keltiriladi. 3. Maqol yoki matalning mazmuni saqlangan holda, uning shakli biroz o’zgartiriladim yoxud she’riy vazn talabi bilan yangicha shaklda ifodalanadi.



  1. Masal (arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Ta’limiy harakterdagi, aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy shakldagi asar. Masalda insonga xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar, hayvonlar orasidagi munosabatlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi. Mazmuni majoz asosiga quriladi, komiklikning va kinoyaning, ijtimoiy tanqid motivining ustunligi masalga hajviy ruh bag‘ishlaydi. Masalning hikoya qismi hayvonlar haqidagi ertaklar, novella yoki latifalarda yaqin bo‘lib, xotimasi, ta’limiy xulosasi maqol, hikmatli so‘z va iboralar tarzida bo‘ladi. Masal materiallari aksariyat ertak, majoz, novella, latifa va boshqalarda ham qo‘llanishi mumkin. Ramzli hikoyadan farqli ravishda masalning o‘z an’anaviy obrazlar va motivlar doirasi mavjud bo‘ladi (hayvonlar, o‘simliklar, qushlar, muayyan tizimdagi odamlar va h.k.). Masal janri unsurlari juda qadimdan ma’lum. Uning namunalari “Kalila va Dimna” (Panchatantra) tarkibida uchraydi. Masallar Farididdin Attor, Rumiy, Navoiy asarlarida tamsil uchun ishlatilgan. Gulxaniy “Zarbulmasal” asarida masaldan mohirlik bilan foydalangan. Qadadimgi yunon adabiyotida Ezop (mil. 6—5-a.lar), Rim adabiyotida Fedr (mil. av. 1-a.), fransuz adabiyotida Lafonten (17-a.), rus adabiyotida Krilov bu janrning yetuk namoyandalari sifatida shuhrat qozonganlar. Rus adabiyotida D. Bedniy, S. Marshak, S. Mixalikov masalning ajoyib namunalarini yaratdilar. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida S. Abduqahhor, O. Qo‘chqorbekov, Ya. Qurbonov va b. masal janrini rivojlantirdilar. “Masal — majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, nasriy yoki she’riy shakldayoziladi. Uning asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsa-buyumlardan iboratdir. Bular ramziy-majoziy ma’noda qo‘lanilib, insonlar fe’l-atvoridagi turli xususiyatlarga ishora sifatida keltiriladi. Masalning asosiy jihati shuki, u to‘liq ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo‘naltiriladi.”2 Masal bola aqlining rivojiga, qiziqishiga imkoniyatlar ochib beradi. Ular yordamida bolalarning go‘daklik chog‘laridanoq adolatparvarlik, do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg‘ularining shakllanishi, tabiatga, hayvonot olamiga mehr-muhabbatlarining oshishi uchun keng yo‘l ochiladi. Bolalar har bir masaldagi yaxshi-yomonni, gunoh-savobni bilib, mag‘zini chaqib, tushunib o‘sadilar. Bu esa, ularning kelajakda oqko‘ngil, mehnatkash, ota-onaga, ona-Vatanga, hayvonot olamiga muhabbatli bo‘lishlari uchun ko‘prik vositasini ado etadi. Masal eshitib, tinglab o‘sgan har bir inson kelajakda, albatta, o‘ylab, chamalab, aql bilan ish ko‘radigan, qissadan hissa chiqaradigan bo‘ladi. Masallar ko‘proq hayvonlar, jonivorlar, parranda-yu darrandalar, o‘t-o‘lanlar misolida bo‘ladi. Vaqti kelganda bular ustidan kulinadi, xulosalar chiqariladi.

Buyuk Karimiy ikkinchi jahon urushi va undan keyingi dastlabki yillarda “Zarbulmasal”ning ikki qo‘lyozma va to‘rt litografik nusxalari asosida asarning tanqidiy matnini tuzdi, lekin bu matn, ma’lum sabablarga ko‘ra, ommalashmay qo‘lyozma xolida qolib ketdi. 1970-yillarga kelib Andijondan asarning nisbatan eskiroq, butunroq va ishonchliroq qo‘lyozma nusxasi topilib qolgan. Shu munosabat bilan ushbu satrlar muallifida ham “Zarbulmasal”ning bor qo‘lyozma va bosma nusxalarini jamlash, qiyoslash, agar manbalar izn bersa, ilmiy-tanqidiy matnini yaratish niyati to‘g‘ildi. O.Sharafiddinovning Gulxaniy “Zarbulmasal”ining xilma-xil qo‘lyozmalari borligi haqidagi xabarga ishongan edi.

“Zarbulmasalning” Andijon nusxasi (A), Buyuk Karimiy qo‘lida bo‘lgan ikki qo‘lyozma (BK1, BK2), Qo‘qon adabiyot muzeda saqlanuvchi uch manba (Q1, Q2, Q3) va undan ziyot litografik nusxalarni jamlab ularni qiyosiy o‘rganish natijasida asarni ilmiy – tanqidiy matnini yratdi. Bu matnlarga tayanib Muhammad Sharif Mulla Gulxaniyning “Zarbulmasal” nomli asari o‘zbekcha nasriy badiiy obidalrning kamyob namunasi bo‘lishi bilan birga, mazmuni, tuzilishi, tasvir usuli va vositalarining milliyligi o‘ziga xoslik jihatidan ham alohida qiymatga ega bo‘lgan nodir yodgorliklardan biridir desak adashmagan bo‘lamiz. Uning iliy-tanqidiy matnini yaratishga birinchi bo‘lib qo‘l urgan Buyuk Karimiy edi va u “Zarbulmasal” haqida shunday fikrlarni bildirdi: “Bu asar yuzasidan so‘z yuritgan bir qator olimlar “Zarbulmasal”ni, ko‘pincha, masallar to‘plami sifatida izohlab kelishmoqda. Ammo shunisi hammaga aniq va ravshanki, o‘zbek klassik adabiyotida “masal” va “Zarbulmasal” terminlari hozir biz tushunadigan ma’noda ya’ni ”basnya” ma’nosida emas, balki boshqacharoq ma’noda qo‘llaniladi.

Mavlono Lutfiy va Alisher Navoiydan keltirilayotgan quydagi baytlar mazmuniga e’tibor bering:

Nazar ahli ko‘rub nordek yanoqing.

Masal: “Bir noru ming bemor” derlar .

Ayoqingga tushar har lahza gesu,

Masaldurkim: “Charog‘ tubi qarong‘u”.

(Lutfiy)
Yitti jon og‘zimakim chiqmas uyidin ul hur,

Chiqmqg‘on jonga umid” ushbu masaldur mashhur.



(Alisher Navoiy)
Ko‘rinib turibdiki, shoirlarimiz bu yerda “masal” terminini maqol, hikmatli so‘z, xalq iboralari ma’nosida ishlatilmoqda. Muhammad Sharif Gulxaniy ham “masal” terminini yuqoridagi ma’nolarda tushuntiradi”18. “Zarbulmasal” asarini yozishdan uning asosiy maqsadi oddiy xalq orasida mashhur bo‘lgan xalq maqollari va hikmatli so‘zlarni bir kitobga to‘plashdan iborat edi.

Gulxaniy o‘z asarining muqadimasida kitobning yozilish tarixi haqida so‘z yuritib, xon saroyida bo‘lgan shuaro majlislaridan birida maqol va hikmatli so‘zning nutqdagi ahamiyati ustida so‘z ketganini eslaydi. Gulxaniy ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytda Amir Umarxon saroyida Sultonxoja Ado Axroriy Faziliy Namangoniy va ko‘plab shoirlar yig‘ilgan ekan. Xon ularga qarata burungi yaxshilardan qolgan, kishilar so‘zlashganida ko‘proq foydalanadigan “Zarbulmasali ro‘zgor”ni to‘plab bir kitob keltirish zarurligini aytadi. Ammo yig‘ilish ishtirokchilarning birortasi bu ishni o‘z zimmasiga olshini bildirmaydi. Shunda Amir Umarxon bu ishni Gulxaniyga topshiradi. Bu haqida “Zarbulmasal”da quydagicha ma’lumot berdi: “… Banogoh nazari kimyo asarlari kamina mullo Gulxaniyga tushub e’trof va altofi xusravonlarni qarin va shomil ahvolim ko‘rib, buyurdilarki, bu zarbulmasallarni necha hikoyatlar orasida aql donishning borligi yitishicha tartib vir. Men aydim: “Ey shohi jahon panoho, tojikning bir masali bordirki: “az ko‘za hamon yarovad, ki dar ost”. Alar aydilarki: “O‘zbekning bir masala bordirki : “Eshokig‘a yarosha tashog‘i”. Va yana bu so‘zni eshitgan so‘ng… amirimiz amirlarini vojib bilib, kamari himmat beliga bog‘lab, talab yo‘lig‘a sobit qadam bo‘ldim … va to‘rt yuz zarbulmasali avomunnos Yapoloq qush va Boyqushning qudaliklari arosinda o‘z mavridida bayon bo‘lur ”.

Unda hayotning dolzarb muammolari turli odamlar o‘rtasidagi munosabatlari, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so‘z yuritiladi. “Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko‘chirib tasvirlangan asarlar majoziy asar deyiladi”3 Gulxaniy ham qizim, senga aytaman kelinim sen eshit qabilida qushlar misolida o‘z davri voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toj-u taxt talashlari, urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo‘lgan. O‘sha davrda Buxoro va Qo‘qon xonliklari o‘zaro urishib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go‘yoki vayronalarga boy muzofot sifatida tasvirlanadi. Qo‘qon ham undan obod emas edi. Adib aytmoqchi. xonning atrofini Boyo‘g‘li, Yapaloqqush, Ko‘rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon amaldorlar o‘rab olgan. Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning ustidagi Boyo‘g‘liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning yirtqich va asosan, tunda ov qiladigan qushlarni o‘z asariga qahramon qilib olishida nozik ishora mavjud.

“Zarbulmasal” arabcha zarb va masil so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, “masallar yig‘indisi”manosini beradi. Masal so‘zi o‘tmishda biz hozir qo‘llaydigan maqol ma’nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so‘zga maqol qo‘shib gapirish, o‘xshashi va dalilini keltirish ma’nolarini ham anglatadi. Zarbuhmasal bo‘lish — el og‘ziga tushish, afsona bo‘lish, mashhur bo‘lish ma’nolarida ham keladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki. Gulxaniy o‘z davri va zamondoshlarini asarda zarbulmasal qilgan. Asar qahramonlari o‘z nutqlarida vaziyatga mos ko‘plab maqollarni keltiradilar, to‘g‘rirog‘i, maqollar yordaimida gapiradilar. Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli masal va hikoyatlarni aytib beradilar. Asarda Yapaloqqush va Boyo‘g‘li bir-biriga quda bo‘lishi voqeasini keltiradi. Bu ikki quda to‘y bahonasi bilan mamlakatni honavayron qiladi. Yozuvchi Ko‘rqush, Hudhud, Kulonkirsulton, Sho‘ranul, Malik shohim va Kordonlarning bir-biriga aytgan masallari, hikoyalari orqali asarning g‘oyaviy mazmunini ochadi.

Yapaloqqush va Boyo‘g‘li yuqori tabaqa vakillari. Ularning xatti-harakatlari ochkoz va qonxo‘r bo‘ri, aldamchi va shayton tulkilarga o‘xshaydi. Bularning o‘y-fikrlari, yurish-turishlari shumlik, shahar va qishloqlarning vayron bo‘lishi ular uchun bayramdir.

Gulxaniyning “Maymun bilan Najjor” masalida hunar va hunar ahlini ulug‘ladi, qo‘lingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi bo‘lma, ko‘r- ko‘rona birovga taqlidqilib falokatga yuliqma, degan fikrni maymun qismati orqali ko‘rsatadi. Najjor esa juda aqlli va mohit hunarmand sifatida tasvirlanadi. U ijtimoiy, foydali mehnat bilan shug‘illanishni har narsani yuqori qo‘yadi. Gulxaniy Najjor va uning mehnatini, durodgorlik mahoratini katta mahoratni katta muhabbat bilan muhabbat bilan tasvirlar ekan, hattoki maymuni ham mehnatga muhabbat bilan qaraydi, hunariga va hunar egasiga uning havasi keladi, degan fikrni olg‘a suradi. Bu masal Ezopning “Burgut Zag‘cha va Cho‘pon” masalida ham keltirilganligini ko‘rish mumkin.

Mehnatkash xalqning og‘ir hayoti, huquqsizligi va nochorligi, bir so‘z bilan aytganda ayanchli qismati “Tuya bilan bo‘toloq”da o‘ziga xos badiiy ta’sirli qilib beriladi. Shoirning tasvirlashicha tuya hayotda, ezilgan, tutqin, erk-ixtiyorsiz, og‘ir mehnat bandisi hamda qul qismatiga mahkum etilgan mehnatkashlarning majoziy obrazidir. Bo‘taloq esa ona sutiga to‘ya olmay, og‘ir mashaqqatli hayot kechirgan, och-yalang‘ochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsolidir.Jumladan, adib “Toshbaqa va Chayon” rivoyatida jamiyatdagi nohaqliklarni, yovuz, nonko‘r insonlarning obrazini ochib bergan.

Muallifning ushbu masalida bir-biriga zid va qarama-qarshi ikki obraz berilgan: Toshbaqa – aqlli, farosatli, safarlarda ko‘p yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli sodiq va qadrdon do‘st timsoli. U o‘z hamrohi chayonning suvdan o‘ta olmasligini bilgach, uning yordam qo‘lini cho‘zadi. Lekin toshbaqa chayonning xiyonatini “sen bilmaysanmi? Chayonning muddosi hoh do‘sting ko‘ksiga, hoh dushmanning oraqasiga bo‘lsin nish urishdir” degan javobni eshitgach uni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali Chayonga o‘xshagan odamlar bilan do‘st va hamroh bo‘lmaslikka, kishi o‘zini va taqdirini o‘shanday kishilarga topshirib qo‘ymaslikka chaqiradi.

Shuningdek, adib badiiy so‘zning nechog‘liq qudratli ekanini, uni qadriga yetadigan kishilarga aytish kerakligi, behuda isrof qilmaslikni maqollar misolida shunday ta’riflaydi: “So‘zni aytqil uqqanga, jonni jonga suqqanga, so‘zni aytib netarsan, ondin yamon tuqqanga”, “Yaxshilar topib so‘zlar, yomonlar qopib so‘zlar”, “Agar so‘z jona paydo qilmasa so‘z, ani so‘z demagil, ey majlis afro‘z”, “Shirin-shirin so‘zlasang ilon inidan chiqar, achiq-achiq so‘zlasang musilmon dinidan chiqar” va boshqa bir qancha maqollar keltiradi.

“Zarbulmasal”da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq hayoti, turmush-tarzi, an’ana va marosimlari, og‘zaki va yozma adabiyotni chuqur bilganligidan dalolat beradi. U mashhur hind eposi “Kalila va Demna” Abdurahmon Jomiyning “silsilat uz-zahab” asarlari, shuningdek, Sa’di Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, So‘fl Olloyor kabi ulug‘ so‘z ustalari hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan.

5.Muvashshah (“bezatilgan”) – ma’naviy san’at turlaridan biridir. Ayni vaqtda buning o‘zi mustaqil she’riy janr hisoblanadi. Bunda she’r, asosan, g‘azal shaklida yoziladi. She’r misralari boshidagi terma harflar yig‘indisidan birorta ism yoki narsaning nomi kelib chiqadi. Muvashshah janrida inson nomi berkitilib, o‘sha odam haqida ta’rif beriladi. Boshqacha aytganda, xat boshidagi harflarni tepadan pastga qarata o‘qilganda, kishining ismini bilib olish mumkin. Ba’zi o‘rinlarda ichki va tashqi harflar tartibida ham bo‘lishi mumkin. Azaldan maktub hamda yodgorliklarda, shuningdek, oyat, hadis va hikmatli so‘zlar she’r tarkibiga joylash maqsadida foydalanilgan. Dastlab muvashshah janri IX-X asrlarda Ispaniyada arab shoiri Muqaddam ibn Muaf tomonidan ijod qilingan.

So‘zlarimizning bosh mezoniga qayta murojaat qilamiz. Navoiy ta’biri bilan aytganda, Hirot adabiy muhitida “so‘z pardozchisi”, “qasida maydonining chavandozi” va “o‘z zamonasining mislsiz so‘z ustozi” deb tan olingan Xoja Savojiy va Mavlono Kotibiyning “Dah bob” (“O‘n bob”), Mavlono Ahli Sheroziyning dostonlari boshdan-oyoq ikki vaznli va qo‘shqofiyali bo‘lib, qofiyalarning birinchisi – to‘g‘ri so‘zlardan, ikkinchisi – tajnislardan tashkil topgan. Bu allomalarning katta-kichik qasidalari ham muvashshah shaklida yozilgan. She’rning ayrim so‘zlaridan yoki baytlarning boshlanish harflaridan yangi she’rlar kelib chiqadi. Shunaqa usullar bilan kelib chiqqan ruboiy va qit’alarda yana o‘ziga xos “san’at” mavjud bo‘ladi. Bu janrning mukammal namunalari Munis, Ogahiy, Shavqiy, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Maqsud Shayxzoda, Erkin Vohidov kabi shoirlar ijodida ravnaq topgan.

Oy desam oftoba o‘xshar,

dilrabo hayronlaring,

Jonima qasd otlamoqda

tiyrati mujgonlaring

deb boshlanadigan g‘azal-muvashshah shoir Yolqin qalamiga mansub bo‘lib san’atkorlar murabbiysi Ovtodxon Murodovaga atab yozilgan. Yetti banddan iborat g‘azalning bosh harflari bittadan tashlanib, bo‘yiga o‘qilganida – “OVTODXON” ismi paydo bo‘ladi.

Uvaysiy Alisher Navoiydan so'ng lug‘z-chiston, muammo va muvashshah janrlariga alohida e’tibor berdi, bu sirli janrlaming adabiy ijodda an’ana sifatida davom etishida katta xizmat qildi. Fikrimizcha, Nodira Uvaysiyga kanizak va yosh qizlaiga balog‘at(she’r ilmi), advor (musiqa) ilmlarini o‘rgatishni Uvaysiyga topshirgan. Uvaysiy bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, navnihol yoshlarning bilimi va topqirliklarini chuqurlashtirish, so‘zga chechanligini oshirish maqsadida muammo baytlar, tajnisli qit’alar, fardlar, chistonlar, muvashshahlar yozib turgan. U o‘zi yozgan shunday qiziqarli she’rlari sirlarini yoshlarga o‘igatgan. Binobarin, fikrimizcha, Uvaysiyning sirli she’r janrlariga alohida mayl va e’tibor bilan qarashining sababi faqat an’ana bilangina emas, balki shoiraning o‘z ijodini ma’rifiy-ta’limiy yo‘nalish bilan bogiashga harakat qilganligida hamdir. Buning dalillaridan yana biri shundaki, Uvaysiyning sirli-topishmoqsimon she’rlarida shaklbozlikki beriJish alomatlari sezilmaydi, balki ulaming ta’limiy jihatlariga ahamiyat beriladi. Uvaysiy qalamiga mansub «sirli» she’rlar o'ttizdan oshadi. Uning muvashshahlarining qariyb hammasi g'azal shaklidadir. Biroq, muammo-chistonlari bir, ikki, ba’zan uch bayt hajmidadir. Chunonchi, quyidagi «Jahon» ismi chiquvchi: «Jimu, hoyu, alifi nunkim darding yuki birla Dilida nuqtasi, bag‘rida dog‘i loyiqi xunman» baytli muammoning birinchi misrasidagi to‘rt so‘zning yig‘indisi (-jim, -alif, -ho,-nun) jahon bo'lsa, ikkinchi misrasidagi «Dilida nuqtasi bag'rimda dog'i» so'zlari «i» harfi bo'lib, mazmun e’tibori bilan yurak dog'ini, ko'ngul g'ussalarini ifodalab kelgan. Bu bayt muammoda jim, alif, ho, nun harflari kitobat san’ati taizida ham mahorat bilan qo'llanilgan. Uvaysiyning mana bu tajnisli baytlari ham yoshlarning so'z boyligini oshirish maqsadida yozilganligini anglash qiyin emas.

Bul jahonda yor seningdek bormukin,

So‘zlamassan, ко'kragingda bormu kin?

Dilbaro o‘ltur, boshingdan aylanay,

Pandim ol, o'lsam so‘ngokim ayla nay.

Uvaysiy chiston yozishning abjad raqamlari orqali so'z yasash, predmetning nomini keltirib chiqarish usulidan ham mohirlik bilan foydalanadi:

Ul na qushdurkim, qanoti uch erur,

Jismi bir ammo о ‘zi ellik turur

fardida «jon» so‘zi yashiringan. Bu quyidagicha topiladi. Bayt tarkibidagi 3, 1, 50 raqamlari abjad hisobiga solinsa, ya’ni raqamlar harfga aylantirilsa: 3(j), l(alif), 50(nun) - «jon» so'zi kelib chiqadi.

Klassik adabiyotimizdagi sirli she’riy janming yana bir turi boigan muvashshahda shoir biror kishining nomini g'azal baytlarining boshida yashiradi. Uvaysiy esa, ba’zan nom yashirish san’atida chiston shaklidan ham foydalanadi. U mana bu ruboiy-to'rtlikka raqamlar orqali mashhur yunon donishmandi Platon nomini Falotin tarzida berkitgan:

Ul nadurkim, boshi sakson, jismi о ‘ttiz, poyi bir,

Joni to ‘rt yuz, aql о ‘ndur, fahmi ellik benazir.

Jomi o‘ymaslikki xat olmish qo‘liga toabad,

Yoshirubdur о ‘zini abjad ichrakim ul dirpazir.

Chistondagi 80, 30, 1, 400, 10, 50 raqamlarida Falotin so'zi yashiringan boiib, shoiraning buyuk faylasuf shuhratidan xabardorligi seziladi.

Uvaysiy yetuk shоira sifatida shaklbоzlikka, san’atpardоzlikka qarshi edi. U asarlarida mazmun, fikr, g‘оya muhim ekanligini e’tirоf etgan o‘rinlar bоr:

Uvaysiy, qоfiya tang o‘lsa ham mazmuni mahvashdin

Hayolin mahkam et, ayg‘ilki: “Ehrоmingga sallamnо!”

O‘zbek mumtоz adabiyotida Jahоn оtin Uvaysiy ijоdi o‘ziga xоsliklari bilan ajralib turadi. U nafaqat mazmun, ma’nо va badiiy san’atkоrlik nuqtai nazaridan, balki janrlar takоmilida ham takrоrlanmas iqtidоrini namоyish eta оlgan. Xususan, g‘azal janrining ajoyib namunalarini yaratadi. Uning g‘azallarida ruhiy jo‘shqinlik, ruhiy g‘alayon, zamonada adolatsizliklaridan isyon kabi tuyg‘ular jo‘sh uradi. Mazkur g‘azallar sodda va ravonligi, ohangdorligi, qofiya va radiflarning o‘ziga xosligi bilan alohida ajralib turadi.


Uvaysiyning, chistоn yaratishda o‘ziga xоs mahоrat sоhibi. Shоira o‘z uslubiga ega. Birinchidan, u hajman qisqalikka intilgan. Shu sababli, chistоnlari 2, 4, va 6 misradan ibоrat. Ikkinchidan, Navоiy chistоnlari uchun tanlangan vazn оhangi vazminrоq (hazaji musammani sоlim), Uvaysiy chistоnlarining barchasi esa nisbatan yengilrоq оhangga ega ramali musammani mahzuf va ramali musaddasi mahzuf vaznlarida yaratilgan. Bu shоira uslubining xalq оg‘zaki ijоdira mоnandligini ko‘rsatadi. Uchinchidan, u timsоl tanlashda xalq оg‘zaki ijоdi mahsullaridan, hikmat va naqllaridan unumli fоydalanadi. Bu bоrada nоyob iste’dоdga eta ekanligini namоyish eta оladi. To‘rtinchidan, chistоnlarida zоhiriy va bоtiniy mazmunni mujassamlashtirib ifоdalashga harakat qiladi. Narsa va ijtimоiy muammоlar nazarda tutiladi. Beshinchidan, shоira chistоnlarida tashbeh, istiоra, mubоlag‘a kabi badiiy san’atlar mahоrat bilan qo‘llanadi. Ba’zan kinоya, ba’zan yumоr singdiriladi.
Xullas, o‘zbek mumtоz adabiyotidagi g‘azal, muhammas, fard, chistоn, nazira-g‘azallarning tarixiy takоmilida Uvaysiy ijоdining beqiyos o‘rni bоr. Shоira ularni mazmun-mundarija jihatidan ham, badiiy mahоrat va shakl xususiyatlari nuqtai nazaridan ham yuksak bоsqichga ko‘tarishga erishgan.

1


2


3


Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling