Shart tezkor savollar 7-sinf


Download 14.26 Kb.
Sana11.11.2021
Hajmi14.26 Kb.

  1. Shart tezkor savollar 7-sinf

I variant

1 jismlarni harakati fizikaning qaysi bo’limida o’rganiladi? (mexanika)

2 jismning vaziyati bilan bog’liq energiyasi nima deb ataladi? (potensial energiya)

3 jism massasi va tezligining ko’paytmasiga teng bo’gan kattalik… deyiladi (jism impulsi)

4 quvvatni birligi nima? (Vatt)

5 o’quvchi uyidan maktabga ketayotganda moddiy nuqta bo’ladimi? (ha)

6 vaqt birligi ichida bajarilgan ish … (quvvat)

7 nima uchun poyavzallarimizni tag qismi yumshoq rezinadan qilinadi? (ishqalanishni orttirish uchun)

8 erkin tushayotgan jismning og’irligi nimaga teng? (0 ga)

9 jism deformatsiyalanganda qanday kuch hosil bo’ladi? (elastiklik kuchi)

10 yerning tortishish kuchi nima drb ataladi? (og’rlik kuchi)

II variant

1 kuch bilan ko’chishning ko’paytmasi nimaga teng? (mexanik ish)

2 jismnning tezligi bilan bog’liq energiyasi nima deb ataladi? (kinetic energiya)

3 kuchni o’lchaydigan asbob nima deb ataladi? (dinamometr)

4 a= formulaning nomi nima? (Nyutonning II qonuni formulasi)

5 erkin tushish tezlanishining qiymati nimaga teng? (9.8 m/s2)

6 mexanizmlarning aylanadigan qismlaridagi ishqalanishni kamaytirish uchun nima qilinadi?

(Podshipniklar qoyiladi, moylandi)

7 jism tezlanish bilan yuqoriga harakat qilganda uning og’rligi ortadimi yoki kamayadimi? (ortadi)

8 tinch turgan jismning og’irligi nimaga teng? (og’rlik kuchiga)

9 butun olam tortishish qonunini kim kashf qilgan? (Nyuton)

10 biz yurayotganimizda ishqalanish kuchining qaysi nuri yordam beradi? (tinchlikdagi ishqalanish)


  1. Shart tezkor savollar 9-sinf

I variant

1 yadrodagi protonlar va neytronlar umumiy holda nima deb ataladi? (nuklonlar)

2 oyni yer atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri nima deb ataladi? (siderik oy)

3 yilian kalaendarini kim joriy qilgan? (Yuliy sezar)

4 fotosintez yorug’likning qanday ta’siriga misol bo’ladi? (biologik)

5 linzalarning optic kuchini birligi nima? (dioptriya)

6 tushayotgan nur bilan tshish nuqtasiga o’tkazilgan perpendikulyar chiziq orasidagi burchak nima deb ataladi? (tushish burchagi)

7 yorug’likning vakuumdagi tezligi qancha? (300 000km/s)

8 dumli yulduzni fanda nima deb ataladi? (kometa)

9 quyoshga eng yaqin sayyora qaysi? (Merkuriy)

10 qaysi sayyorada atmosfera yo’q (merkuriy)

II variant

1 neytronni kim kashf qilgan? (chedvik)

2 quyosh qanaqa rangli yulduzlarga kiradi? (sariq)

3 fotografiyada yorug’likning qanday ta’siridan foydalaniladi? (kimyoviy)

4 ko’zning eng yaxshi ko’rish masofasi qancha? (25 sm)

5 yorug’lik tezligini birinchi bo’lib kim aniqlagan? (Ryomer)

6 mars va yupiter oralig’da aylnib yuruvchi mayda osmon jismlari nima deb ataladi? (asteroidlar)

7 Koinotdagi yuz milliardlab yulduzlardan tashkil topgan sistema nima deb ataladi? (Galaktika)

8 quyosh sistemasida nechta sayyora bor? (8 ta)

9 eng katta sayyora qaysi? (yupiter)

10 yerga kelib uriladiga osmon jismlari nima deb ataladi? (meteorit)

2-shrt 7-sinf

Qaysi o’lchov asbobi?



  1. Asosiy qismi prujinadan iborat (10 ball)

  2. Ilgagi bor (8 ball)

  3. Shkalasi bor (6 ball)

  4. Rangi yashil (4 ball)

  5. Kuchni o’lchaydi (2 ball) (dinamometr)

2-shart 9-sinf

Qaysi osmon jismi?



  1. qalin atmosferaga ega (10 ball)

  2. quyosh atrofida aylanish davri 225 sutka (8 ball)

  3. yerdan kichik (6 ball)

  4. mars emas (4 ball)

  5. yer bilan merkuriy oralig’ida joylashgan (2 ball) (venera)

3-shart Gap tuzish musobaqasi 7-sinf

  1. Mexanik ish kuchning shu kuch yo’nalishida jism bosib o’tgan yo’lning ko’paytmasiga teng

  2. Jism yoki jismlar sistemasining ish bajara olish qobiliyatini tavsiflaydigan fizik kattalik energiya deb ataladi

  3. Jism massasi va tezligi kvadrati ko’paytmasini yarmiga teng bo’lgan fizik kattalik kinetic energiya deyiladi

  4. O’zaro ta’sirlashuvchi jismlar yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan vaziyatiga bog’liq energiya potensial energiya deyiladi

  5. Vaqt birligi ichida bajarilgan ish quvvat deyiladi

3-shart Gap tuzish musobaqasi 9-sinf

  1. Yulduzlar asosan nihoyatda qizigan vodorod va geliy gazlaridan tashkil topgan ulkan sharlardir

  2. Oyning yerga nisbatan aylanish davri sinodik oy deyiladi

  3. Sayyoraning radius – vektori teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi

  4. Mars va yupiter oralig’ida quyosh atrofida aylanib yuruvchi mayda osmon jismlari asteroidlar deyiladi

  5. Kometa - “bosh” va unga ergashib yuruvchi “dum”dan iborat mayda osmon jismidir

4-shart: guruhlardan bittadan o’quvchi o’zaro fizikaga oid terminlar aytish bo’yicha bellashadi

Quyida berilgan ta'riflar so'zlarga bo'lib qirqiladi. Komandalar belgilangan vaqt ichida bu so'zlardan gap tuzadilar



Maexanik ish kuchning shu kuch yo’nalishida jism bosib o’tgan yo’lning ko’paytmasiga teng Jism yoki jismlar sistemasining ish bajara olish qobiliyatini tavsiflaydigan fizik kattalik energiya deb ataladi Jism massasi va tezligi kvadrati ko’paytmasini yarmiga teng bo’lgan fizik kattalik kinetic energiya deyiladi O’zaro ta’sirlashuvchi jismlar yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan vaziyatiga bog’liq energiya potensial energiya deyiladi Vaqt birligi ichida bajarilgan ish quvvat deyiladi

Yulduzlar asosan nihoyatda qizigan vodorod va geliy gazlaridan tashkil topgan ulkan sharlardir Oyning yerga nisbatan aylanish davri sinodik oy deyiladi Sayyoraning radius – vektori teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi Mars va yupiter oralig’ida quyosh atrofida aylanib yuruvchi mayda osmon jismlari asteroidlar deyiladi Kometa - “bosh” va unga ergashib yuruvchi “dum”dan iborat mayda osmon jismidir
Download 14.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling