Shartli(orttirilgan) va Shartsiz(tug’ma) reflekslar turlari


Download 182.5 Kb.
bet1/2
Sana01.06.2020
Hajmi182.5 Kb.
#113069
  1   2
Bog'liq
Shartsiz reflekslar(2)


Shartli(orttirilgan) va Shartsiz(tug’ma) reflekslar turlari.

Atrofdagi muhitning tinmay o'zgarib boradigan shart-sharoitlari organizmning bularga beto'xtov moslashib turishini talab etadi. Ana shunday sharoitlardagina organizm normal yashashi mumkin.

Moslashtiruvchi reaksiyalarni hayvonlar va odamda nerv sistemasining reflektor faoliyati tufayli ta'minlab boradi. Evolutsiya jarayonida mahkam o'rnashgan, nasldan-naslga o'tib turadigan reflekslar paydo bo'lganki, bular organizmning moslanish imkoniyatlarini ta'minlab, uning funksiyalarini birlashtirib turadi va bir-biriga uyg'unlashtirib, moslashtirib boradi.

Organizmning mukammal moslashuvi uchun I. P. Pavlov tomonidan shartsiz reflekslar deb atalgan tug'ma reflekslarning o'zi kifoya qilmay-di. Yuqori darajada turadigan hayvonlarda individual hayot jarayonida tashqi ta'sirlarning tabiati va shartlariga qarab organizmni atrofdagi muhit bilan muvozanatlashtirib turadigan sifat jihatdan yangi reflektor reaksiyalar vujudga keladi. Mana shunday reflekslarni I. P. Pavlov shartli reflekslar deb atagan. Shartli reflekslar harakatchan bo'ladi, zaruriyat tug'ilgan holda har qanday retseptor apparatlarning ta'sirlanishiga organizmning har qanday faoliyatida yuzaga kela oladi va shu sababdan moslashtiruvchi mexanizmlar sifatida nihoyatda mukammal bo'ladi.

Bosh miya faoliyatining reflektor xarakteri to'g'risidagi tushuncha I. M. Sechenov tomonidan uning «Bosh miya reflekslari» kitobida birin-chi raarta maydonga qo'yilgan va rivojlantirilgan. Bosh miyaning butun faoliyati, jumladan ruhiy faoliyati ham reflektor jarayonlardan iborat ekanligi mana shu asarda ko'rsatib berilgan.

I. M. Sechenovning bosh miya ishi tabiatan reflektordir, degan nazariy farazlarini tajriba yoii bilan ishlab chiqish va tasdiqlab berish I. P. Pavlovning xizmati bo'ldi. I. P. Pavlov juda yirik bir kashfiyot yaratdi. Katta yarim sharlar po'stlog'i faoliyatining asosiy mexanizmi bo'lmish shartli  refleksni kashf etdi.  Shu tufayli bosh  miya fiziologiyasini o'rganishning obyektiv va mukammal metodi shartli reflekslar metodi — shartli reflekslar metodi qo'lga kiritiladi.

I. P. Pavlov va uning maktabi hayvonlar va odam shartli reflektor faoliyatining asosiy qonuniyatlarini o'rganib chiqib, yangi bilimlar sohasini — oliy nerv faotiyati to'g'risidagi ta'limotni yaratdi.

I. P. Pavlov ta'biri bilan aytganda, oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlar po'stlog'i va unga eng yaqin po'stloq ostining birlashgan, hayvon va odamning atrofdagi muhitga moslashuvini (unga yarasha yurish-turishini) ta'minlab beradigan reflektor (shartli va shartsiz reflektor) funksiyasidir.

Markaziy nerv sistemasining organizmning o'zidagi fiziologik jarayonlarni idora etishga qaratilgan funksiyasini tuban nerv faoliyati deb qaraladi.

Oliy nerv faoliyati to'g'risidagi ta'limot asoslarini bayon qilishdan awal oxirgi miyaning tuzilishini tasvirlab o'tamiz, shartli reflektor faoliyatning moddiy substrati shu miyaning oliy bo'limi — yarim sharlar po'stlog'idir.



 Oxirgi miyaning anatomik tuzilishi. Oxirgi miya ikkita yarim shardan iborat. Har bir yarim shar tarkibiga: yopqich yoki po'stloq, hid bilish miyasi va asoslar tuguni yoki bazal yadrolar kiradi. Oxirgi miya ikkala pufaklari dastlabki bo'shliqlarining qoldig'i yon qorinchalardir.

Tarixiy rivojlanish tartibiga qarab olganda oxirgi miyada quyidagi markazlar guruhlari tafovut qilinadi:

1) eng qadimgi va shu bilan eng kichkina bo'ladigan, ventral joylashgan qism, hid bilish miyasi;

2) yarim sharlarning bazal yadrolari, «po'stloq osti», oxirgi miyaning ichkarida pinhon turadigan qadimgi qismi. Bazal yadrolarga quyidagilar kiradi: medial tomonda yotuvchi dumli yadrodan va birmuncha lateral yotuvchi yasmiqsimon yadrodan tashkil topgan targ'il tana; to'siq hamda yasmiqsimon yadrodan tashqarida joylashgan bodomsimon tana. Mana shu po'stloq osti yadrolari ongga aloqador bo'lmagan, avtomatik ravishda


bajariladigan harakatlarni (instinktiv yurish-turishni) boshqarib boradigan ekstrapiramida sistemasini tashkil etadi;

3) po'stloqning kulrang moddasi yarim sharlarni go'yo yopqich kabi qoplab turadigan eng yosh qismi (uning yopqich-mantiya degan nomi ham shundan olingan) yoki bosh miya po'stlog'i.



Oxirgi miya ikkita kattagina yarim sharlardan — uzunasiga ketgan tirqish bilan bir-biridan ajralib turadigan o'ng va chap yarim sharlardan hosil boigan.

 

O'sha tirqishning ichkarisida ikkala yarim shar qalin gorizontal plastinka — qadoqsimon tana bilan bir-biriga birikkan, qadoqsimon tana bitta yarim shardan ikkinchisiga ko'ndalang boradigan nerv tolalaridan iborat. Yarim shar yuzasi qalinligi 1,3—4,5 mm keladigan bir tekis kulrang modda qatlamidan hosil boigan, unda nerv hujayralari bo'ladi. Mana shu qatlam 
Download 182.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling